Iii kurs “G” guruh talabasi Usmonova Nafisa Xudoyorovna


Kurs ishining yakuniy natijalari


Download 102.98 Kb.
bet4/13
Sana18.01.2023
Hajmi102.98 Kb.
#1100126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Usmonova Nafisa Xudoyorovna III G

Kurs ishining yakuniy natijalari


Kurs ishi talablari asosida
Bajarilishi va sifatli rasmiylashtirilishi

Himoya vaqtidagi ma`ruza uchun

Berilgan savollarga
javoblar

Jami ball

40

30

30

100













Rahbar: o`qituvchi L.Xo`jayeva. _________________
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlat ramzlarining qabul qilinishi" mavzusini o'qitishda enterfaol usullardan foydalanish
Mundareja:
Kirish
I.BOB
1.Konstitutsiyaning qabul qilinishi sabablari
2. Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasidan
o‘tishi va qabul qilinishi
3. Amaldagi Konstitutsiyaning sobiq Ittifoq
davridagi Konstitutsiyalardan farqi
4.Konstitutsiyaning xalqaro talablarga javob berishi
II.BOB
2.1Konstitusiyamizning yaratilish tarixi
2.2Yangi konstitutsiyaning qabul qilinishi
2.3Davlat ramzlari
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan Adabiyodlar

1.Konstitutsiya qabul qilinishining sabablari
Har bir mamlakatning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy
munosabatlarni to‘g‘ri tartibga solish alohida muhim ahamiyatga
ega. Ijtimoiy munosabatlar xilma-xil bo‘lib, ularning tizimida salmoqli
o‘rinni huquq bilan tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar
tashkil etadi.
O‘zbekiston sobiq Ittifoq tarkibidan chiqib, mustaqillikka erishgach,
o‘z davlatchiligini tashkil qilish zarurati tug‘ildi. Bu davlat
qanday bo‘lishi, unda fuqarolar nimaga ega bo‘lishi, shaxs bilan
fuqaro munosabatining qanday bo‘lishi haqidagi masalalarni hal
qilishni kun tartibiga chiqardi. Bularni, avvalo, huquqiy jihatdan
to‘g‘ri hal qilish zarur edi. Bu esa ma’lum huquqiy hujjat bo‘lishini
taqozo etdi. Dunyo davlatchilik tarixida bu masalalar Konstitutsiya
qabul qilish bilan hal qilib kelingan.
1978-yilda O‘zbekistonda qabul qilingan Konstitutsiya mazmunmohiyati,
masalalarni hal qilishi nuqtayi nazaridan endi mutlaqo
yaroqsiz bo‘lib qoldi.
1991-yil 31-avgustda O‘zbekistonning mustaqilligi e’lon
qilinib, 1-sentabr — Mustaqillik kuni deb belgilanar ekan, «O‘zbekiston
Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi
Qonun O‘zbekistonning mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamladi.
Bu mustaqil O‘zbekistonning dastlabki Konstitutsiyaviy
hujjati hisoblanadi. Unda O‘zbekiston mustaqil demokratik davlat
ekanligi belgilanib, demokratik davlatga xos xususiyatlar, tamoyillar
o‘z ifodasini topdi.
Bu hujjat qisqa vaqtda qabul qilinganligi va faqat eng muhim
masalalarnigina hal qilishga qaratilishi natijasida ko‘plab Konstitutsiyaviy
darajada hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni shu bir
hujjatda hal qilish imkoniyati bo‘lmagan. Ko‘plab mamlakatlarning
tajribasini ko‘radigan bo‘lsak, ana shunday amaliyotni, ya’ni
Konstitutsiya qabul qilinguncha, boshqa hujjatlar amal qilganligini
ko‘ramiz. Bu hujjatlar Konstitutsiya qabul qilingunga qadar,
Konstitutsiyaning ma’lum vazifasini bajargan. Lekin mustaqil
davlatda, albatta, Konstitutsiya bo‘lishi zarur. Shuning uchun
O‘zbekiston ham o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘lishi kerak edi.
O‘zbekistonda Konstitutsiya qabul qilinishi ko‘p yillar amal
qilib kelgan Konstitutsiya haqidagi markscha-lenincha ta’limotning
noto‘g‘ri ekanligini amalda isbotladi. Bu ta’limot sinfiy xarakterda
bo‘lib, yangi Konstitutsiya qabul qilinishi uchun faqat sinfiy kuchlar
nisbati o‘zgarishi kerak deb hisoblab, davlat tuzilishi, boshqaruv
shakli, ijtimoiy tuzumlarning o‘zgarishini chetga surib qo‘yar
edi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi sabablarini
ko‘radigan bo‘lsak, uni ikkiga bo‘lish mumkin. Birinchi, bu bosh
sabab — O‘zbekistonning mustaqil davlat bo‘lishi. Ikkinchi, ana
shu sababdan kelib chiqadigan boshqa masalalar, ya’ni yangi
ijtimoiy munosabatlarning vujudga kelishi, unda shaxs manfaatining
ustunligi, ana shunga mos ravishda shaxsning huquqiy holatini,
davlat hokimiyati tuzulmalarining huquqiy holatini belgilash
zarurligi hisoblanadi.
O‘zbekistonning mustaqil davlat bo‘lishi ana shu masalalarni
yangicha, o‘z ixtiyoriga ko‘ra hal qilish imkoniyatini keltirib chiqaradi
va ularni to‘g‘ri hal qilish uchun esa huquqiy asos zarur edi,
bu vazifa Konstitutsiya qabul qilinishi bilan hal qilinar edi.
O‘zbekistonning mustaqilligi — uning jahon hamjamiyatida
tutadigan o‘rniga bevosita ta’sir qildi, natijada, O‘zbekistonning
dunyodagi boshqa davlatlar bilan munosabatini to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yish muhim ahamiyat kasb etdi. Òashqi munosabatlarning asoslari,
asosiy prinsiplari qonuniy asosga tayanishi to‘g‘ri yo‘l ekanligi
ham Konstitutsiyaning bo‘lishiga zarurat tug‘dirdi.
Hozirgi mamlakatlar taraqqiyoti ko‘p jihatdan mamlakatda
inson huquqlarining qay darajada ta’minlanganiga bog‘liq. Bunda
xalqaro huquq qoidalarining mamlakat miqyosida amal qilishi
muhim masala bo‘lib, uni amaliyotga joriy qilish mexanizmlaridan
biri xalqaro hujjat qoidalarini Konstitutsiyaviy normalarga
singdirishdir. Bu masala ham O‘zbekistonda Konstitutsiya qabul
qilishga sabab bo‘ldi.
Konstitutsiya normalari, qachonki, ular xalqning xohishirodasini
ifodalay olsa, ularda xalq ruhiyati, axloqi, ma’naviyati
aks etsa, milliy qadriyatlar o‘z ifodasini topsa, jamiyat taraqqiyotiga
ijobiy ta’sir qilishi mumkin, shu sabablar ham Konstitutsiya qabul
qilish asoslaridan biridir.
Mustaqillikning dastlabki davridanoq, davlatchiligimiz qiyofasi,
vazifasi, demokratiya, inson huquqiy holati masalalariga
yangicha yondashuv nazariyalari ilgari surildi, ular Prezident
asarlarida, nutqlarida o‘z ifodasini topdi. Ana shu nazariy qoidalarni
huquqiy jihatdan mustahkamlash, ularni huquq normalariga
aylantirish zarurligi Konstitutsiya qabul qilinishiga asos bo‘ldi.
Òaraqqiyot yo‘liga kirgan har bir mamlakat, faqat bugungi
kunni emas, kelajakni ko‘zlab yashashi ijobiy holdir. Kelajak
ko‘zlanar ekan, uni muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun mustahkam
poydevor yaratish zarurligi Konstitutsiya qabul qilinishiga olib
keldi.
O‘zbekistonda yangi Konstitutsiya qabul qilish jarayoni,
mustaqillikdan avval boshlandi. Konstitutsiya yaratish g‘oyasi 1990-
yil 20-iyunda Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan «Mustaqillik
deklaratsiyasi» bilan bog‘liq. Ana shu hujjatda yangi Konstitutsiya
tayyorlanishi haqida xulosa mavjud. Va shu asosda Oliy Kengash
sessiyasida I.A. Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat
Konstitutsiya loyihasini tayyorlovchi komissiya tuzildi. Komissiya
tarkibi vakolatli bo‘lib, unga deputatlar, barcha hududiy tuzilmalardan,
davlat va jamoat tashkilotlaridan, korxona va xo‘jaliklardan
vakillar, huquqshunoslar, olimlar va boshqa mutaxassislar
vakillari kiritildi. Keyinchalik uning tarkibiga o‘zgartirish kiritilib,
u yanada kuchaytirildi.
Komissiya o‘zining birinchi majlisini I.A. Karimov boshchiligida
1991-yil 12-aprelda o‘tkazdi. Vaziyat va olib borilayotgan ishlar
tahlil qilinib, loyihani ishlab chiqish jarayonini kuchaytirish, shu
jarayon bilan bog‘liq barcha ishlarni muvofiqlashtirib borish uchun
Konstitutsiya komissiyasi a’zolari va yetakchi olim, mutaxassislardan
iborat 32 kishi tarkibida ishchi guruhi tashkil qilindi.
Shuningdek, Konstitutsiya loyihasida mo‘ljallangan 6 bo‘limni
tayyorlash uchun 6 ta maxsus kichik guruh tashkil qilindi, ularning
tarkibiga 50 nafar huquqshunos, mutaxassis kiritildi.
Komissiya va barcha guruhlar ishining samarali bo‘lishi uchun
komissiya raisi ular oldiga quyidagi aniq vazifalarni qo‘ydi:
birinchi, Konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasini
sinchiklab o‘rganib chiqish;
ikkinchi, boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida,
demokratiya va qonunchilik sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlarini hisobga
olish;
uchinchi, keng xalq ommasi diliga yaqin va tushunarli siyosiyyuridik
hujjat yaratish.
Agar shu uch topshiriqqa sinchiklab nazar tashlasak, ularda
inson huquqlari va manfaatining ustuvorligi asosida Konstitutsiya
yaratilishi maqsad qilib qo‘yilganligini ko‘ramiz. Shu maqsadda
xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganildi, e’tiborga olindi, demokratiya
masalalarini hal qilish vazifasi Konstitutsiyamizning mazmun-
mohiyatini belgilashda bosh omil bo‘ldi.
Konstitutsiya loyihasi ishlab chiqilar ekan, ana shu vazifalar
to‘la bajarilishi bilan, Konstitutsiya normalariga, qoidalariga,
xalqimiz davlatchiligining an’analari singdirildi, shu tufayli xalq
diliga yaqin va hamma tushunadigan hujjat yaratish mumkin bo‘ldi.
Jahon qonunchilik tajribasi o‘rganilishi bilan bir qatorda, milliy
qonunchiligimiz, uning asosi bo‘lgan bobokalonlarimiz ta’limoti,
jumladan, «Temur tuzuklari» yanada sinchiklab o‘rganildi va
loyihada foydalanildi. Bularning hammasi Konstitutsiya yaratilganda
kuchli zaminga tayanilganligini ko‘rsatdi.
Konstitutsiya yaratilishida muqobil Konstitutsiya loyihalari
tayyorlanganligi, qiyoslash va chuqur o‘rganish asosida, ularning
eng ma’quli tanlab olinib, takomillashtirilib, u asosida yagona loyiha
tayyorlanganligi to‘g‘ri yo‘ldan borishga sabab bo‘ldi.
Konstitutsiya loyihasining dastlabki varianti 1991-yil noyabrda
tayyorlanib, uning ustida 1992-yil bahorigacha juda katta ish olib
borildi. Loyiha tayyorlash davrida O‘zbekiston hayotida olamshumul
voqea sodir bo‘ldi — u mustaqillikka erishdi. Konstitutsiya mazmun mohiyatiga
mamlakatimizning mustaqillikka erishishi katta ta’sir
qildi. Loyihaning birinchi varianti guruhlarda takomillashtirilib,
1992-yil boshida 149-moddadan iborat loyihaning ikkinchi varianti
tayyorlandi. Navbatdagi komissiya yig‘ilishida qilingan ishlar
muhokama qilindi va vazifalar belgilandi. Komissiya qilingan ishlarni
o‘rganib chiqib, unga baho berib, ishni tashkil etishni yanada
yaxshilash maqsadida 25 kishidan iborat tarkibda yangi ishchi guruhi
tuzdi va uning zimmasiga yanada aniqroq vazifalarni qo‘ydi.

Download 102.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling