Iii kurs “G” guruh talabasi Usmonova Nafisa Xudoyorovna
Kurs ishining yakuniy natijalari
Download 102.98 Kb.
|
Usmonova Nafisa Xudoyorovna III G
- Bu sahifa navigatsiya:
- Berilgan savollarga javoblar Jami ball 40
- Rahbar: o`qituvchi L.Xo`jayeva. _________________
- 1.Konstitutsiya qabul qilinishining sabablari
Kurs ishining yakuniy natijalari
Rahbar: o`qituvchi L.Xo`jayeva. _________________ O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlat ramzlarining qabul qilinishi" mavzusini o'qitishda enterfaol usullardan foydalanish Mundareja: Kirish I.BOB 1.Konstitutsiyaning qabul qilinishi sabablari 2. Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasidan o‘tishi va qabul qilinishi 3. Amaldagi Konstitutsiyaning sobiq Ittifoq davridagi Konstitutsiyalardan farqi 4.Konstitutsiyaning xalqaro talablarga javob berishi II.BOB 2.1Konstitusiyamizning yaratilish tarixi 2.2Yangi konstitutsiyaning qabul qilinishi 2.3Davlat ramzlari III.Xulosa IV.Foydalanilgan Adabiyodlar 1.Konstitutsiya qabul qilinishining sabablari Har bir mamlakatning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy munosabatlarni to‘g‘ri tartibga solish alohida muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy munosabatlar xilma-xil bo‘lib, ularning tizimida salmoqli o‘rinni huquq bilan tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar tashkil etadi. O‘zbekiston sobiq Ittifoq tarkibidan chiqib, mustaqillikka erishgach, o‘z davlatchiligini tashkil qilish zarurati tug‘ildi. Bu davlat qanday bo‘lishi, unda fuqarolar nimaga ega bo‘lishi, shaxs bilan fuqaro munosabatining qanday bo‘lishi haqidagi masalalarni hal qilishni kun tartibiga chiqardi. Bularni, avvalo, huquqiy jihatdan to‘g‘ri hal qilish zarur edi. Bu esa ma’lum huquqiy hujjat bo‘lishini taqozo etdi. Dunyo davlatchilik tarixida bu masalalar Konstitutsiya qabul qilish bilan hal qilib kelingan. 1978-yilda O‘zbekistonda qabul qilingan Konstitutsiya mazmunmohiyati, masalalarni hal qilishi nuqtayi nazaridan endi mutlaqo yaroqsiz bo‘lib qoldi. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekistonning mustaqilligi e’lon qilinib, 1-sentabr — Mustaqillik kuni deb belgilanar ekan, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun O‘zbekistonning mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamladi. Bu mustaqil O‘zbekistonning dastlabki Konstitutsiyaviy hujjati hisoblanadi. Unda O‘zbekiston mustaqil demokratik davlat ekanligi belgilanib, demokratik davlatga xos xususiyatlar, tamoyillar o‘z ifodasini topdi. Bu hujjat qisqa vaqtda qabul qilinganligi va faqat eng muhim masalalarnigina hal qilishga qaratilishi natijasida ko‘plab Konstitutsiyaviy darajada hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni shu bir hujjatda hal qilish imkoniyati bo‘lmagan. Ko‘plab mamlakatlarning tajribasini ko‘radigan bo‘lsak, ana shunday amaliyotni, ya’ni Konstitutsiya qabul qilinguncha, boshqa hujjatlar amal qilganligini ko‘ramiz. Bu hujjatlar Konstitutsiya qabul qilingunga qadar, Konstitutsiyaning ma’lum vazifasini bajargan. Lekin mustaqil davlatda, albatta, Konstitutsiya bo‘lishi zarur. Shuning uchun O‘zbekiston ham o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘lishi kerak edi. O‘zbekistonda Konstitutsiya qabul qilinishi ko‘p yillar amal qilib kelgan Konstitutsiya haqidagi markscha-lenincha ta’limotning noto‘g‘ri ekanligini amalda isbotladi. Bu ta’limot sinfiy xarakterda bo‘lib, yangi Konstitutsiya qabul qilinishi uchun faqat sinfiy kuchlar nisbati o‘zgarishi kerak deb hisoblab, davlat tuzilishi, boshqaruv shakli, ijtimoiy tuzumlarning o‘zgarishini chetga surib qo‘yar edi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi sabablarini ko‘radigan bo‘lsak, uni ikkiga bo‘lish mumkin. Birinchi, bu bosh sabab — O‘zbekistonning mustaqil davlat bo‘lishi. Ikkinchi, ana shu sababdan kelib chiqadigan boshqa masalalar, ya’ni yangi ijtimoiy munosabatlarning vujudga kelishi, unda shaxs manfaatining ustunligi, ana shunga mos ravishda shaxsning huquqiy holatini, davlat hokimiyati tuzulmalarining huquqiy holatini belgilash zarurligi hisoblanadi. O‘zbekistonning mustaqil davlat bo‘lishi ana shu masalalarni yangicha, o‘z ixtiyoriga ko‘ra hal qilish imkoniyatini keltirib chiqaradi va ularni to‘g‘ri hal qilish uchun esa huquqiy asos zarur edi, bu vazifa Konstitutsiya qabul qilinishi bilan hal qilinar edi. O‘zbekistonning mustaqilligi — uning jahon hamjamiyatida tutadigan o‘rniga bevosita ta’sir qildi, natijada, O‘zbekistonning dunyodagi boshqa davlatlar bilan munosabatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etdi. Òashqi munosabatlarning asoslari, asosiy prinsiplari qonuniy asosga tayanishi to‘g‘ri yo‘l ekanligi ham Konstitutsiyaning bo‘lishiga zarurat tug‘dirdi. Hozirgi mamlakatlar taraqqiyoti ko‘p jihatdan mamlakatda inson huquqlarining qay darajada ta’minlanganiga bog‘liq. Bunda xalqaro huquq qoidalarining mamlakat miqyosida amal qilishi muhim masala bo‘lib, uni amaliyotga joriy qilish mexanizmlaridan biri xalqaro hujjat qoidalarini Konstitutsiyaviy normalarga singdirishdir. Bu masala ham O‘zbekistonda Konstitutsiya qabul qilishga sabab bo‘ldi. Konstitutsiya normalari, qachonki, ular xalqning xohishirodasini ifodalay olsa, ularda xalq ruhiyati, axloqi, ma’naviyati aks etsa, milliy qadriyatlar o‘z ifodasini topsa, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir qilishi mumkin, shu sabablar ham Konstitutsiya qabul qilish asoslaridan biridir. Mustaqillikning dastlabki davridanoq, davlatchiligimiz qiyofasi, vazifasi, demokratiya, inson huquqiy holati masalalariga yangicha yondashuv nazariyalari ilgari surildi, ular Prezident asarlarida, nutqlarida o‘z ifodasini topdi. Ana shu nazariy qoidalarni huquqiy jihatdan mustahkamlash, ularni huquq normalariga aylantirish zarurligi Konstitutsiya qabul qilinishiga asos bo‘ldi. Òaraqqiyot yo‘liga kirgan har bir mamlakat, faqat bugungi kunni emas, kelajakni ko‘zlab yashashi ijobiy holdir. Kelajak ko‘zlanar ekan, uni muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun mustahkam poydevor yaratish zarurligi Konstitutsiya qabul qilinishiga olib keldi. O‘zbekistonda yangi Konstitutsiya qabul qilish jarayoni, mustaqillikdan avval boshlandi. Konstitutsiya yaratish g‘oyasi 1990- yil 20-iyunda Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan «Mustaqillik deklaratsiyasi» bilan bog‘liq. Ana shu hujjatda yangi Konstitutsiya tayyorlanishi haqida xulosa mavjud. Va shu asosda Oliy Kengash sessiyasida I.A. Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlovchi komissiya tuzildi. Komissiya tarkibi vakolatli bo‘lib, unga deputatlar, barcha hududiy tuzilmalardan, davlat va jamoat tashkilotlaridan, korxona va xo‘jaliklardan vakillar, huquqshunoslar, olimlar va boshqa mutaxassislar vakillari kiritildi. Keyinchalik uning tarkibiga o‘zgartirish kiritilib, u yanada kuchaytirildi. Komissiya o‘zining birinchi majlisini I.A. Karimov boshchiligida 1991-yil 12-aprelda o‘tkazdi. Vaziyat va olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, loyihani ishlab chiqish jarayonini kuchaytirish, shu jarayon bilan bog‘liq barcha ishlarni muvofiqlashtirib borish uchun Konstitutsiya komissiyasi a’zolari va yetakchi olim, mutaxassislardan iborat 32 kishi tarkibida ishchi guruhi tashkil qilindi. Shuningdek, Konstitutsiya loyihasida mo‘ljallangan 6 bo‘limni tayyorlash uchun 6 ta maxsus kichik guruh tashkil qilindi, ularning tarkibiga 50 nafar huquqshunos, mutaxassis kiritildi. Komissiya va barcha guruhlar ishining samarali bo‘lishi uchun komissiya raisi ular oldiga quyidagi aniq vazifalarni qo‘ydi: • birinchi, Konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasini sinchiklab o‘rganib chiqish; • ikkinchi, boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokratiya va qonunchilik sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlarini hisobga olish; • uchinchi, keng xalq ommasi diliga yaqin va tushunarli siyosiyyuridik hujjat yaratish. Agar shu uch topshiriqqa sinchiklab nazar tashlasak, ularda inson huquqlari va manfaatining ustuvorligi asosida Konstitutsiya yaratilishi maqsad qilib qo‘yilganligini ko‘ramiz. Shu maqsadda xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganildi, e’tiborga olindi, demokratiya masalalarini hal qilish vazifasi Konstitutsiyamizning mazmun- mohiyatini belgilashda bosh omil bo‘ldi. Konstitutsiya loyihasi ishlab chiqilar ekan, ana shu vazifalar to‘la bajarilishi bilan, Konstitutsiya normalariga, qoidalariga, xalqimiz davlatchiligining an’analari singdirildi, shu tufayli xalq diliga yaqin va hamma tushunadigan hujjat yaratish mumkin bo‘ldi. Jahon qonunchilik tajribasi o‘rganilishi bilan bir qatorda, milliy qonunchiligimiz, uning asosi bo‘lgan bobokalonlarimiz ta’limoti, jumladan, «Temur tuzuklari» yanada sinchiklab o‘rganildi va loyihada foydalanildi. Bularning hammasi Konstitutsiya yaratilganda kuchli zaminga tayanilganligini ko‘rsatdi. Konstitutsiya yaratilishida muqobil Konstitutsiya loyihalari tayyorlanganligi, qiyoslash va chuqur o‘rganish asosida, ularning eng ma’quli tanlab olinib, takomillashtirilib, u asosida yagona loyiha tayyorlanganligi to‘g‘ri yo‘ldan borishga sabab bo‘ldi. Konstitutsiya loyihasining dastlabki varianti 1991-yil noyabrda tayyorlanib, uning ustida 1992-yil bahorigacha juda katta ish olib borildi. Loyiha tayyorlash davrida O‘zbekiston hayotida olamshumul voqea sodir bo‘ldi — u mustaqillikka erishdi. Konstitutsiya mazmun mohiyatiga mamlakatimizning mustaqillikka erishishi katta ta’sir qildi. Loyihaning birinchi varianti guruhlarda takomillashtirilib, 1992-yil boshida 149-moddadan iborat loyihaning ikkinchi varianti tayyorlandi. Navbatdagi komissiya yig‘ilishida qilingan ishlar muhokama qilindi va vazifalar belgilandi. Komissiya qilingan ishlarni o‘rganib chiqib, unga baho berib, ishni tashkil etishni yanada yaxshilash maqsadida 25 kishidan iborat tarkibda yangi ishchi guruhi tuzdi va uning zimmasiga yanada aniqroq vazifalarni qo‘ydi. Download 102.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling