Iqtisodiy tarix faniga kirish


 Yevropada “narxlar inqilobi”


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

3.6. Yevropada “narxlar inqilobi” 
Buyuk geografik kashfiyotlarning muhim oqibati “narxlar 
ravolyusiyasi”dir. Bu XVI asr davomida qishloq xo‘jalik va sanoat 
mahsulotlariga narxlar juda tez ko‘tarilib ketishida o‘z ifodasini 
topdi. XVI asrgacha narxlar asosan barqaror bo‘lib, faqat urush 
va tabiiy ofatlar davridagina o‘zgargan bo‘lsa, XVI asrning 30-yil-
laridan boshlab oxirigacha Ispaniyada narxlar 4 baravar, qishloq 
xo‘jalik mahsulotlariniki esa xatto 5 baravar, Fransiyada o‘rtacha 
2,3 baravar, Angliyada 2,5 baravar, Germaniyada 2 baravar, G‘arbiy 
Yevropa bo‘yicha esa o‘rtacha 2-2,5 baravar oshib ketdi. 
56


3-MAVZU. O‘RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI 
Narxlarning bunday o‘zgarishini qimmatbaho metallarning Yev-
ropaga ko‘plab keltirilishi yoki, Ispaniyada bo‘lgani kabi, ularning 
boshqa davlatlarga ko‘plab tashib ketilishi bilan bog‘laydilar. Yan-
gi yerlardan Yevropaga ko‘p miqdorda oltin va kumush keltirildi. 
Natijada bir asr davomida Yevropadagi oltin miqdori 550 ming-
dan 1192 ming kg.gacha, ya’ni 2 baravardan oshiq kumush miq-
dori esa 7 mln.dan 21,4 mln.kg.gacha, ya’ni uch baravardan oshiq 
ko‘payib ketdi. 
Lekin “narxlar inqilobi”ning asl sababi pullik metallar miq-
dorining ko‘payishi emas, balki ularning qiymati tushib ketishida 
edi. Oltin va kumushning arzonlashuvi ularning juda boy konlar-
dan, qaram ishchilar va qullarning arzon mehnati evaziga, xatto 
oddiygina talonchilik yo‘li bilan topilayotgani bilan bog‘liq edi. 
Boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish sharoitlari esa deyarli 
o‘zgarmagan, o‘sha miqdordagi mahsulotning XVI asrdagi ekviv-
alenti avvalgiga nisbatan anchagina ko‘p miqdordagi oltin va ku-
mush bilan o‘lchanar edi. 
Shuning uchun narxlarning keskin o‘sishi yuz berdi. Birinchi 
navbatda va eng ko‘p darajada qishloq xo‘jalik mahsulotlariga, 
eng avvalo non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga narxlar os-
hdi. XVI asr o‘rtasidan boshlab narxlar oshishi umum xususiyatga 
ega bo‘ldi. Lekin baribir qayta ishlash sanoati mahsulotlari va 
sanoat xom-ashyosiga narxlar birinchi navbatda kerak bo‘ladigan 
mahsulotlar narxlariga nisbatan kamroq oshdi. 
“Narxlar inqilobi” muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega 
bo‘ldi. Bir tomondan “... ish haqi va yer rentasining qadrsizlani-
shi, ikkinchi tomondan sanoat daromadlarning o‘sishi” kuzatildi. 
Shuning uchun “narxlar inqilobi” o‘sha davrda tug‘ilayotgan sano-
at burjuaziyasining boyishi va proletariatning qashshoqlashuviga 
olib keldi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari va keng iste’mol buyum-
lariga narxlarning oshishi aholining haqiqiy daromadlari miq-
dorining tushib ketishiga olib kelib, yollanma ishchilarning hayot 
darajasini keskin pasaytirdi. Angliyada tovarlar narxi o‘rtacha 155 
ga, yollanma ishchilarning ish haqi esa faqat 30 % gagina os-
hdi. 
Savdo burjuaziyasi ham “narxlar inqilobi”dan yaxshigina boyib 
oldi, chunki chayqov shartnomalari va chayqov daromadlarini ol-
ishga qulay shart-sharoit yaratilgan edi. “Narxlar inqilobi” o‘ziga 
to‘q dehqonlarning tez boyishiga, qishloq burjuaziyasining paydo 
57



bo‘lishiga ham olib keldi. Sababi, qishloq xo‘jalik ishchilarining 
real ish haqlari tushdi, pulning sotib olish qobiliyati pasayishi 
bilan yer egalari oladigan to‘lovlar yoki ijara haqining real miq-
dorlari kamaydi, qishloq xo‘jalik mahsulotlariga narxlar esa misli 
ko‘rilmagan darajada oshib ketdi. 
Shu bilan birga miqdori barqaror turgan rentani pul holida 
oladigan feodallar narxlar oshishidan jiddiy zarar ko‘rdilar. 
Shunday qilib, “narxlar inqilobi”ning ijtimoiy-iqtisodiy natijalari 
feodallar va endi paydo bo’layotgan yollanma ishchilar sinflarin-
ing jamiyatdagi ahvoli yomonlashuvi hamda kapitalistlar sinfining 
rivojlanishida o‘z ifodasini topdi. “Narxlar inqilobi” katta ahami-
yatga ega bo‘ldi: u kapitalistik xo‘jalikning shakllanishi va feodal 
tuzumning yemirilishini tezlashtirdi. 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling