Iqtisodiy tarix faniga kirish


G‘arbiy Yevropada ishlab chiqarish kuchlari ahvolidagi


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/41
Sana03.02.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1151939
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu boyicha (1)

G‘arbiy Yevropada ishlab chiqarish kuchlari ahvolidagi 
ma’lum o‘zgarishlar shundan dalolat beradiki: jamiyatdagi 
asosiy ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan hunarmand va dehqonlarn-
ing mayda xo‘jaliklari XVI asrda o‘z imkoniyatlarini tugatib bitirdi 
va endilikda mustaqil rivojlanishga qodir bo‘lmay qoldi. 
Mayda ishlab chiqaruvchining iqtisodiy ahvoli o‘zgara bordi, 
chunki u endi mehnat qurollarini olish uchun tobora ko‘proq 
mablag‘ sarflashi kerak bo‘la boshladi. 
Bu pirovard natijada hunarmandning savdogar yoki boshqa kap-
ital egasiga iqtisodiy qaram bo‘lib qolishini yengillashtirdi, mayda 
ishlab chiqarishning yemirilishiga va kapitalga bo‘ysunishiga olib 
keldi va nihoyat, mayda sanoatni unumliroq kapitalistik ishlab 
chiqarish shakllariga o‘z joyini bo‘shatib berishga majbur qildi. 
Tog‘-kon sanoati, metallurgiya va metallga ishlov berish so-
halarida mayda sanoatning “qobiliyatsizligi” yanada yaqqol 
namoyon bo‘ldiki, hunarmand o‘z mablag‘lariga shaxta, domna 
o‘choqlari, temirga ishlov berish uchun og‘ir to‘qmoqlar sotib 
ola olmas va bularni faqat o‘z kuchi bilan ishlata olmas edi. Bu 
sohalarda alohida hunarmandlarning mayda sanoati yirik ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan surib tashlanishi aniq edi. 
Mayda ishlab chiqaruvchilarni mahsulot yoki sudxo‘rlar kap-
italiga asta-sekin bo‘ysundirish yo‘li bilan kapitalistik sanoatni 
tashkil etish amalga osha bordi. Bunday bo‘ysundirish darajasi va 
aniq shakllari turlicha edi. 
Avvaliga hunarmand, o‘z xo‘jaligiga shaxsiy egaligini saqla-
gan holda, savdogardan xom-ashyo sotib olar yoki xom-ashyoni 
qarzga olar edi. 
Amalda mayda ishlab chiqaruvchi bora-bora savdogarga qaram 
bo‘lib borar, undan xom-ashyo olib, avvaldan belgilab qo‘yilgan 
narxda mahsulot tayyorlab berishga majbur edi. Hunarmandning 
savdogarga yoki sudxo‘rga bo‘ysunish va qaramlik shaklining ay-
nan shu ko‘rinishi XVI asrda G‘arbiy Yevropada keng tarqalgan 
edi. 
50


3-MAVZU. O‘RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI 
Hunarmand savdogardan vaqtincha foydalanish uchun meh-
nat qurolini olib turishga yoki uni sotib olish uchun pul qarz ol-
ishga majbur bo‘lar edi. Bunday holda mayda ishlab chiqaruvchi 
maosh olib ishlovchi yollanma ishchiga deyarli to‘liq aylanib qo-
lar edi. Shunday qilib, asta-sekin bevosita ishlab chiqaruvchi o‘z 
xo‘jaligi va ishlab chiqarish vositalariga egalik huquqidan mah-
rum bo‘lgan ishlab chiqarishning mini shakli paydo bo‘ldi. Sanoat 
ishlab chiqarishishning bunday shakli kapitalistik uy sanoati deb 
nom oldi, Demak, mayda ishlab chiqarish xususiyatini saqlab qol-
gan kapitalistik ishlab chiqarishning eng quyi shakli uyda ishlash 
yoki tarqoq manufaktura edi. 
Kapitalistik ishlab chiqarishning bunday shakli XVI asrda juda 
keng tarqaldi, ayniqsa, sex cheklashlari yo‘q bo‘lgan qishloqlarda 
tarmoq yoydi. Iqtisodiy hayotning yangi sharoitlarida qishloq hu-
narmandlari mustaqil ishlab chiqaruvchi bo‘lish imkoniyatiga ega 
emas va bir yo‘la savdogarga ishlab boshlar edilar, ya’ni amalda 
yollanma ishchilar bo‘lib qolgan edi. Natijada qishloqda mayda, 
lekin mohiyati jihatidan kapitalistik bo‘lgan, jun va zig‘irdan ga-
zlama to‘qish, ko‘pgina metall buyumlar va boshqalarni ishlab 
chiqarish bo‘yicha rayonlar paydo bo‘ldi. 
Tarqoq manufakturada ishchilar bir-biridan makon jihatidan 
ajralgan bo‘lishiga qaramay, mehnat taqsimoti bilan bog‘langan 
edilar; birovlari xom-ashyodan yarim tayyor mahsulot ishlab 
chiqarsa, boshqalari uni tayyor mahsulot darajasiga yetkazardi-
lar. Mahsulot ishlab chiqarishning ayrim bosqichlari ustaxonalar-
da amalga oshirilar edi, bu yerda yollanma ishchilar bir binoning 
ichida tadbirkorning rahbarligi ostida ishlar edilar. Odatda bun-
day ustaxonalarda mahsulot tayyorlashning ko‘proq jarayonlari, 
masalan soat yig‘ish ishlari va hokazolar bajarilar edi. Bunday 
manufakturalar aralash manufakturalar deb atalar edi. 
Eng rivojlangan manufaktura, odatda sobiq sex ustalari to-
monidan tashkil etilgan, markazlashgan manufaktura edi. Unda 
mehnat taqsimoti qo‘llanilar, ayrim ishchilar u yoki bu jarayon-
larni bajarishga ixtisoslashgan bo‘lib, bu ish unumdorligini ancha 
oshirar edi. Barcha ishchilar bitta binoda tadbirkor yoki ustalar 
nazorati ostida ishlar edilar. 
Kapitalizm rivojlanishining birinchi davrida - XVI asrdan XVIII 
asrning so‘ngi uchdan birigacha - G‘arbiy Yevropada manufak-
tura kapitalistik ishlab chiqarishning asosiy shakli edi. Ishchilarni 
51



bir binoga birlashtirish ular orasida mehnatni mukammal taqsim-
lash, texnologiyani, ish qurollari va asboblarini takomillashtirish 
imkonini berdi hamda sanoat to‘ntarishi davrida mashinalashgan 
texnologiyalarga o‘tishga zamin tayyorladi. 
Sanoatning alohida sohalarida kapitalistik ishlab chiqarishning 
rivojlanish darajasi va shakli turlicha edi. Ishlab chiqarish vositalari 
sezilarli qimmatlashgan va murakkablashgan sohalarda kapitalizm 
ayniqsa jadal rivojlandi. Bunday sohalar qatoriga tog‘-kon sanoa-
ti, metallga ishlov berish, ayniqsa qurol ishlab chiqarish, kemaso-
zlik, qog‘oz ishlab chiqarish, porox, ipak tolalari ishlab chiqarish, 
bosma ishlari va boshqalar kiradi. 
Bu sohalarda kapitalistik tashkilotlarning hajmi unchalik katta 
bo‘lmagan, faqatgina ayrim artilleriya va boshqa turdagi qurol-
larni ishlab chiqarish manufakturalarida bir necha yuz kishidan ib-
orat ishchilar ishlagan. Hunarmandchilik texnika saqlanib qolgan 
sohalarda kapitalizm juda sekin rivojlanardi. Bu ishlab chiqarish 
sohalariga G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida to‘qimachilik va teri 
mahsulotlaridan kiyim tikish kabilar kirardi. 
Qishloq xo‘jaligida sanoat sohasiga nisbatan kapitalizm ancha-
gina sekin ildiz otardi. Bunga asosiy sabab qishloq xo‘jaligida tex-
nikaning sust rivojlanishi, yerga feodal mulkchiligining mavjudligi, 
dehqonlarning shaxsiy erkinligi yo‘qligi va feodal munosabatlari 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida saqlanib qolganligi bo‘ldi. 
Qishloq xo‘jaligida kapitalizmning paydo bo‘lishini dehqon-
larning qayta tabaqalanishi, zodagonlarning paydo bo‘lishi, 
yetishtirilgan mahsulot bozorlarga chiqarilishi hamda past sifatli 
qaram dehqonlar mehnatini yollanma ishchilar mehnatiga al-
mashtirilishi jarayonlarida kuzatish mumkin. G‘arbiy Yevropadagi 
bunday o‘zgarishlar qishloq xo‘jaligida kapitalizmning keng rivojl-
anishiga olib kelmadi, faqatgina Angliyada kapitalizatsiya jarayoni 
juda keng miqyosda rivojlandi va natijada agrar sektorda katta 
o‘zgarishlarga olib keldi. 
Umuman olganda G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida kapitalizm 
rivojlanishi bir xilda kechmasdi, lekin bu hududda kapitalizm qay-
sidir ma’noda faol rivojlanardi. Bu holatga, har bir mamlakatda 
mavjud aniq sabablarga bog‘liq edi. Bunga misol qilib, XIV-XV as-
rlada Italiyada kapitalizmning ilk kurtaklari paydo bo‘lib, XVI asr-
da inqirozga uchraganini ko‘rsatishimiz mumkin. XVI asrga kelib, 
Germaniya va Ispaniya davlatlari iqtisodiy rivojlanishda orqada 
52


3-MAVZU. O‘RTA ASRLARDA YEVROPANING IQTISODIY RIVOJLANISHI 
qola boshladi va Angliya, Gollandiya, Fransiya davlatlari intensiv 
ravishda iqtisodiy jihatdan juda tez rivojlanadi hamda iqtisodiy 
jihatdan eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shiladi. 
Lekin shuni aytib o‘tish kerakki, XVI asrda G‘arbiy Yevropa 
mamlakatlarida kapitalizmning rivojlanishi kapitalizmdan oldingi 
xo‘jalik tizimining butunlay yo‘q bo‘lib ketishidan dalolat ber-
masdi. Kapitalistik ishlab chiqarish faqatgina feodalizm unsurlari 
muhitida shakllanayotgan uklad edi, xolos. 
Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida kapitalistik munosa-
batlar rivojlanishi sur’atlari tezlashdi. 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling