Jahon tarixi (milodiy V asr oxiridan – XV asr oxirigacha)
-§. MUQADDAS RIM IMPERIYASI
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5-§. MUQADDAS RIM IMPERIYASI Xalqlarning buyuk ko‘chishlari davrida german qabi- lalari G‘arbiy Yevropa bo‘ylab joylashib, qabila harbiy sarkardalari yurtlaridan uzoq o‘lkalarda davlatlar tuzishgan va ularga qirollik qilishgan. Lekin Germaniyaning o‘zida kuchli mustaqil qirollik nisbatan kech vujudga kelgan. Yangi qirollik. Franklar imperi- yasi 843-yilda uchga bo‘linib ket- ganida, dastlab ularning hammasini Buyuk Karl ning avlodlari boshqar- gan. Lekin 919-yili Sharqiy Frank qirolligida (bo‘lajak Germaniya) mahalliy zodagonlar knyaz lardan eng qudratlisi bo‘lgan Saksoniya gersogi Genrixni qirollikka saylay- dilar. Natijada, franklarning karo- linglar sulolasi o‘rniga mahalliy saksoniyaliklar sulolasi hoki myatga keladi. Shu tariqa yangi davlat – Germaniya qirolligi vujudga keladi. Gånrix I uzoqni ko‘zlab, aql bilan 17-rasm. Zodagonlar gersog Genrixga qirol etib saylanganligini bil di rish moqda 27 I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI ish bosh lab mamlakatni ku chayti rish yo‘lini tutadi. Vån- gerlar bilan 9 yilga tinchlik sulhi tuzgan qirol mamlakat mudofaa qudratini yuklasal tirish maqsadida qator tadbirlar- ni amalga oshiradi. Gånrix qishloqda yashaydigan har 9 kishidan bittasini tanlab, uni burg (qal’a)ga ko‘ chi radi. To‘plangan lar burgda o‘z birodarlari uchun ham uy-joy qurishga ki ri sha dilar. Qishloqda qolgan sakkiz kishi o‘z- larining jang chilikka tayinlangan shåriklari uchun ham dåhqonchilik qilganlar. Gånrix barcha yig‘inlar, chårkov soborlarini, bazm larni burgda o‘tkazishni buyuradi. Qurilish kåcha-yu kunduz davom etgan, sulh muddati tugaguni- ga qadar aholining asosiy mulki burglarda bo‘lishi lozim bo‘lgan. Vengerlar bilan kurash. Genrix I ning o‘g‘li Otton I (936–973) davrida kuchli nemis otliq qo‘shini vujudga kel di. Uning aso sini og‘ir qurollangan ritsarlar otliq qo‘- shini tashkil etgan. Burglarga tayangan yangi otliq qo‘shin ko‘magida Otton I vengerlar bilan hal qiluv chi jangga shaylanadi. 955-yilda Bavariya ning Lex daryosi bo‘yida bo‘lib o‘tgan og‘ir jang da vengerlar mag‘lub etiladi. Shundan so‘ng ularning Germaniyaga bosqinlari to‘xtaydi. Yangi imperiya. O‘zidan avval hech kim yenga olmagan dushman- ni mag‘lub etgan Otton I o‘zini Yevropadagi eng kuchli qirol deb hisob lay boshlaydi. Ushbu g‘alaba unda Buyuk Karl singari Rimda imperatorlik tojini kiyish hamda imperator unvonini olish istagini uyg‘otadi. 962-yilda o‘z qo‘shini bilan Rimga kelgan Otton I ga papa Ioann XII imperatorlik tojini kiy- diradi. Yangi imperiya – Muqaddas Rim imperiyasi nomini oladi. Uning tarkibiga Germaniya yerlaridan tashqari Italiyaning shimoliy hududlari ham kirgan, lekin bu yerdagi shahar lar german imperatorlariga 18-rasm. Muqaddas Rim imperiyasi imperatorlarining toji 28 I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI hech qachon to‘liq bo‘ysunmagan. Shunga qaramasdan, har bir german qiroli taxtga kel ganidan so‘ng o‘z qo‘shi- ni bilan Alp tog‘lari orqali Italiya ga yurish qilib, Rimda imperatorlik tojini kiyardi. German imperatorlari o‘z davlatlarini qa dimgi Rim- ning davomchisi deb hisoblaganlar. Zamondoshlari «dun- yo mo‘ jizasi» deb nomlagan Otton I ning nabirasi Ot ton III Rimni ulkan davlatning poytaxtiga aylantirish orzusida bo‘lgan. U butun xristian dunyosi Rim impera tori hukmi- da birlashishi lozim deb hisoblagan. Tabiiyki, butun dunyo xristian imperiyasi haqidagi orzularning amalga oshi shi mushkul ish edi. Shunga qaramasdan, german mo narx lari o‘z davlatlarini Rim impe riya si, keyinroq Muqaddas Rim imperiyasi deb atashda davom etadilar. Bu davlat uzoq asrlar davomida hukm surgan. Muqaddas Rim imperiyasi 962-yildan 1806-yil- gacha hukm surgan. Xristian katolik cherkovi homiyligida bo‘lgani uchun unga «muqaddas» nomi berilgan. German imperatorlari va cherkov. Yirik mamlakatni boshqarish uchun joylarda qirolning buyruqlarini baja- radigan amaldorlar bo‘lishi lozim edi. Ilk o‘rta asrlarda esa faqat taraqqiy etgan va boy jamiyatgina minglab amaldorlarni ta’minlashi mumkin bo‘lgan. X asrda Ger- maniya aholisi imperatorga nisbatan o‘z gersoglarining gapiga ko‘proq quloq solgan. Bunday vaziyatda Otton I va uning vorislari o‘ziga xos usul qo‘llaganlar. Ular cherkov tashkilotlaridan o‘z maq sadlarida foydalanishgan. Tarixdan ma’lumki, frank qirollari davridayoq yepiskoplar ularning ishonchli xizmatchisi hisoblangan. Otton I bu borada yanada ilgarilab ketadi. U Germaniyadagi yepiskop va abbatlarga yer-mulk, boyliklardan tashqari ko‘plab huquq va imtiyozlar beradi. Natijada cher kov zodagonlari o‘z imkoniyatlari, hokimyatlari bo‘yicha gersog va graflardan kam bo‘lmagan. Ular har qanday kishini hukmdor iro- 29 I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI dasiga bo‘y sundirishga qodir edilar. Imperatorning o‘zi esa kerakli odam- ni cherkov lavozimiga tayinlagan, zarur bo‘lsa yepiskoplarni va hatto, Rim papalarini hech qiyinchiliksiz almashtirgan. Xususan, Otton I Rim- da ko‘plab yepiskoplar ishtirokida o‘zi yoqtirmagan papalardan birining ustidan sud jarayonini uyushtirib, uni tahqirli holatda vazifasidan chet- latgan. Uning vorisi Otton III esa o‘zining ustozi Gerbertning Silvestr III (999–1003) nomi bilan Rim pa- paligiga saylanishiga erishgan. 1. Germaniya davlati qay tariqa tashkil topdi? 2. Yozuvsiz xaritaga Otton I davlatining hudud- larini tu shiring. 3. Otton I ning vengerlar bilan olib borgan ku- rashi qan day yakunlandi? 4. Darslikdagi 17, 18, 19-rasmlarni qanday maz- mun birlashtiradi? 6-§. VIZANTIYA: G‘ARB VA SHARQ ORASIDA Impåriyaning tàshkil tîpishi. Vizantiya – Rim imperiyasi vorisi bo‘lib, imperiyaning sharqiy hududlarida vujudga kelgani uchun u Sharqiy Rim imperiyasi deb ham ataladi. Vizanti- yaga ham Yevropa, ham Osiyo hududlari kirganligi bois uni G‘arb va Sharq orasidagi mamlakat deyish ham mumkin. Ma’lumki, Impåràtîr Feîdosiy ning o‘g‘il làri 395-yil- da Rim im påriyasini ikki mustàqil dàvlàtgà: G‘àrbiy Rim impåriyasi – pîytàõti Rim và Sharqiy Rim impåriyasi (Vizàntiya) – pîytàõti Kînstàn tinîpîlgà bo‘lib îlishàdi. Kîn stàntinîpîl shàhri o‘rnidàgi yunonlarning Megara shahri koloniyasi Vizàntiy nîmi dàn ko‘pinchà Vizàntiya dåb ham atashgan. 19-rasm. Otton I rafiqasi bilan 30 I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI Vizàntiya tàrkibigà Bîlqîn yarimîrîli, Kichik Îsiyo, Kàvkàz, Suriya, Fàlàstin, Misr, shuningdek, Krit va Kiðr îrîllàri kirgàn. Sharqiy Rim imperiyasida yunon lar son jihatidan ko‘p bo‘lganidan davrlar o‘tib, yunon tili lotin tilini surib chi- qarib, davlat tiliga aylanadi. Sharqiy Rim imperiyasi aholi- sini yevropaliklar grek (yu non) lar deyishgan. Lekin imperiya fuqaro- lari o‘zlarini rimliklar (yunoncha, romeylar), davlatlarini esa Rim (Ro mey) imperiyasi deb hisoblash- gan. Ularni Sharq xalqlari ham rimliklar deb bilishgan. Vizàntiyadà qulchilik sàq lànib qîlsà-dà, àhîlining kàttà qismini erkin dåhqînlàr tàshkil eti shi, sun’iy sug‘îrishgà àsîs làn gàn sårmàhsul zirîàtchilik- ning bo‘lishi uning iqti sîdiy bàrqàrîrligini ta’minlàgan. Shu ning uchun impåriyadà VI àsr dà hàm Kînstàntinîpîl, Àlåksàndriya, Ànti îõiya, Edåssà sha har làri yirik savdo va hunarmandchilik markazlari sifatida gullàb-yashnàgàn. Dunyoning turli mamlakatlari savdogarlari romeylar bozoriga shoshilganlar. Konstantinopol Osiyo va Yevropani bog‘laydigan «Oltin ko‘prik» hisoblangan. Vizantiya savdo- garlari G‘arbiy Yevropa bozorlariga hasha matli kiyimlar-u zeb-ziynatlar, ziravorlar va qimmatbaho matolar, qurol- 21-rasm. Vizantiya oltin puli 20-rasm. Konstantinopol shahri 31 I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI yarog‘ lar-u idishlar, cherkov anjomlari-yu turli buyumlarni olib borishgan. Vizantiya oltin puli (numisma) ko‘p asrlar davomida eng ishonchli xalqaro pul hisoblangan. Vasilevs hokimiyati. Vizantiya imperiyasini vasilevs (yunoncha, podsho) boshqargan. Vasilevsga ko‘p son- li sud, harbiy va soliq muassasalari, davlat amal dorlari, shuning dek, maslahat organiga aylangan sinklit (lotincha, senat) bo‘ysungan. Vizantiyada amaldor va senatorlar faqat zodagonlardan bo‘lmagan. Iqtidorli va bilimli oddiy xalq farzandlari ham yuqori lavozimlarga erishishi mumkin edi. Ulardan hatto imperatorlar ham chiqqan. Bu holat romeylarni umuman ajablantirmagan. Sababi, ular qadimgi rimliklar singari imperiyaning barcha fuqarolari tug‘ilishi- dan teng huquqli, deb hisoblashgan. Vizantiya hayotida ellinizm. Vi- zantiya hayotida ko‘p narsalar an’anaviy tusda qolgan. Vizanti- yaliklar hayotida ellin madaniyati mustahkam o‘rin olgan. Ippodrom- larda xalq avvalgidek chavandoz lar, ku rashchilar, gimnastlar musobaqa- lari, mim lar (ak tyor lar) chiqishlarini tomosha qilganlar. Shahar aholisi ilgarigidek ma’ muriyatdan maosh oladigan tabiblarda davolanishgan, jamoa hammomlariga borib tu- rishgan. Eng muhimi, Vizantiya antik davr yunon ilmini saqlab qolgan. Boshlang‘ich va o‘rta maktab larning ko‘pchiligi G‘arbiy Yevropadagi cherkov va monastir o‘quv muassasalaridan farqliroq, xususiy yoki davlatniki bo‘lgan. Vizantiyaning oltin asri. Vizantiya imperiyasi o‘z qudrati cho‘qqisiga Yustinian I imperatorligi davri (527–565)da erishadi. U kambag‘al deh qon oilasida tug‘ilgan. Amakisi Yustin oddiy askardan sarkarda darajasigacha ko‘tarilib, impera torlik taxtini egallaydi. Yustin jiyanini saroyga ya- qinlashtirib, uning yaxshi ta’lim olishiga sharoit yaratadi. Amaki sining vafotidan so‘ng Yustinian taxtga o‘tiradi. 22-rasm. Imperator Yustinian 32 I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI Yangi imperator mamlakat hayotini islohotlar orqa- li ancha yangi laydi, xalqaro savdoni jonlantirib, davlat xazinasini to‘ldiribgina qolmasdan, xalq farovonligini ham ta’minlaydi. Yustinian I siymosida harakatchanlik, qat’iyat bilan bir qatorda siyosatdonlarga xos ikki yuzlamachilik, mug‘ombirlik, zolimlik xususiyatlari ham mujassamlashgan. Yustinianning rafiqasi malika Feodora ham o‘z davrida mashhur bo‘lgan. Yoshligida Feodora aktrisa bo‘lgan. U davrda aktyorlik e’zozli kasb hisoblanma- sa-da, Feodoraning chiroyiga mahliyo bo‘lgan Yustinian I jamoat chilikning salbiy fikriga qaramasdan unga uylangan (Feodora aqli, shuhratparastligi, qo‘rqmasligi bilan ajralib turgan). Yustinian yurishlari. Yustinian I ning maqsadi Rim imperiyasi ning avvalgi hududlarini tiklash edi. U 534-yilda sarkarda Velisariyni Shi- moliy Afrikada joylashib davlat tuzgan va O‘rta dengizda savdo ke- malarini talash bilan shug‘ullangan vandallarga qarshi yuboradi. Yaxshi qurollangan vizantiyaliklar qo‘shini vandallar qi rol ligini bo‘ysundirib, Shimoliy Afrikani Vizantiya viloyatiga aylantiradilar. Shundan so‘ng Velisariy Italiyaga yo‘l oladi. Vizantiya- liklar Sitsi liya orolini qiyin chiliksiz qo‘lga kiritadilar. Lekin Italiyada ular ostgotlarning qattiq qarshiligiga uch raydi. Velisariyga qarshi kurashda ostgotlar qochoq qullarga ozodlik berib, ulardan foy da lanishgan. Vizantiyaliklar esa aksincha, qulchilikni tiklashgan, har qanday aybi uchun qulni qattiq jazolashgan. Shunga qa ramasdan, vizanti- yaliklar Italiya ning katta qismini bo‘y sundirib, poytaxti Ravenna bo‘lgan alohida noiblik tuzishadi. Italiyadagi urush so‘ngida Yustinian I Ispaniyaga ham qo‘shin yu bo radi. Ispaniyada vestgotlar hukmronlik qilar edi. Vestgotlar qo‘shinini qiyinchiliksiz yenggan Vizanti- ya janubiy viloyatlarni egallab, Gibraltar bo‘g‘ozi ustidan nazorat o‘rnatadi. 23-rasm. Vizantiya qo‘shini 33 I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI Vizàntiyada feodal munosabatlarning shakllanishi. Vizàn- tiyaga VI àsr ning o‘rtàlàridàn slàvyan qàbi làlàri kelib o‘rnasha boshladi. VII àsrdà Àràb õàlifàligi hujumlàri nàtijàsidà vizantiyaliklar Suriya và Misrni hàm boy beradi. Vizàntiya qishlîq õo‘jàligidà erkin dåhqînlàr qàsh- shîqlàshib, qàràmlikkà tushishi dàvîm etàdi. Qishlîqdà mulkiy tàbàqàlànish jarayoni kuchàyib, yirik yår egàlàri – fåîdàllàr hàmdà yårsiz dåhqînlàr tîifàlàri pàydî bo‘ladi. X–XI àsrlàrdà impåràtîrlàr àmàldîrlàr, ibîdàtõînàlàr va mînàstirlàrgà ko‘plàb yår-mulklar in’îm etàdilàr. Ma’lum vàqt o‘tib Vizàntiyadà hàm fåîdàllàr qàl’àlàr qu- rib, hàrbiy bo‘ linmàlàr tuzàdilàr. Fåîdàllàr hîkimiyatining ku chàyishi và màrkàziy hîkimiyatning zàiflàshishi IX–XI asr larda yer egaligi munîsàbàtlàrining uzil-kåsil o‘rnàtili- shigà îlib kålàdi. 1. Vizàntiya impåriyasi qàndày vujudgà kålgàn? 2. Vizàntiyaning qaysi shaharlari yirik savdo va hu- narmandchilik markazlari edi? 3. Impåràtîr hîkimiyati qàndày àmàlgà îshirilàdi? 4. Yustinian I impåràtîrligi dàvri hàqidà hikîya qilib båring. 5. Darslikdagi 22, 23-rasmlarga qarab, xayolingizga qanday fikrlar keldi? 7-§. SLÀVYANLAR VA ULARDA DÀVLÀTLÀRNING TÀSHKIL TÎPISHI Slàvyanlàr. Yozmà mànbàlàrdà vizàntiyalik tàriõchilàr tîmînidàn «slà vyanlàr» àtàmàsi VI àsrdàn boshlab ish- làtilgàn. Låkin slàvyan qàbilàlàri yunîn-rim tàriõchilàri àsàrlàridà, gårmànlàr bilàn bir pàytdà, milîddàn àvvàlgi II–I àsrlàrdà tilgà îlinàdi. VI–VII àsrlàrga kelib, slàvyanlàr g‘àrbdà Elbà dàr- yosidàn, shàrqdà Vislà dàryosigà qàdàr, shi mîl dà Bîltiq dångizidàn, jànubdà Dunày dàryosigà qàdàr cho‘zilgàn hududlàrdà yashàgànlàr. Kåyingi àsrlàrdà ulàr uch guruh- gà: g‘àrbiy, jànubiy và sharqiy slàv yanlàrgà bo‘lingàn. 3 — Jahon tarixi 7 34 I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI 26-rasm. Knyaz Vatslav G‘àrbiy slàvyanlàr – chåõlàr, pîlyaklàr và slî vàk làr. Jànubiy slàvyanlàr – bîl gàrlàr, sårblàr, õîrvàtlàr, slovenlàr, chår- nîgîrlàr, makedonlar va bosniya- liklar. Sharqiy slàvyanlàr – ruslàr, uk- ràinlàr, bålîruslàrdàn tàshkil tîpgàn. Slàvyanlàrning màshg‘ulîtlàri. Slàvyanlàr qàdimdàn dåh qîn- chilik bilan shug‘ullangan. Vizàntiya tà riõchisi Màvrikiyning yozi shichà, deh- qonlàr bîshîqli ekin làrdàn ko‘p rîq àrpà và tà riq ekkanlàr. Ulàr yig‘ilgan g‘àl- làni àlîhidà îmbîrlàrdà sàqlàgànlàr. Mi lîdiy àsr bîsh làridàn slàvyanlàr uy chîr vàchi ligi va hunàr màndchilik bilàn ham shug‘ullànà bîshlàganlàr. Vislà, Dnåpr, Dunày, Elbà dàr yo l àri bo‘ylàridà yashàgàn àhîli õo‘jàli gidà bàliqchilik hàm muhim o‘rin tutgàn. Ijtimîiy tuzum va din. Slàvyanlàrning ijtimîiy tuzumi gårmànlàrnikigà o‘õshàsh. Ulàr qàbilà và urug‘làrgà bo‘linib yashà- gànlar. Yozma mànbà làrdà õàlq yig‘inlàri («vå chå»), knyazlàr, hàrbiy drujinàlàri, slà vyanlàrning îlib bîrgàn urushlàri hàqidà ma’lumîtlàr uchràydi. Vizàntiya tarixchilàrining yozishichà, slàvyanlàr erksåvàr, jàsur, jàngîvar bo‘li- shi bilàn birgalikdà, tinchlikparvàr, qo‘ sh - nilàrigà nisbàtàn do‘stînà munîsàbàtgà shày qàbilàlàr bo‘lgàn. Slàvyanlàrning diniy tàsàvvurlàri tàbiàt kuchlàri và o‘z àj dîdlàri ruh- làrigà sig‘inish ko‘rinishidà bo‘lgàn. Àhîli îràsidà jinlàr, suv pàrilàri và bîshqà àfsînàviy siymîlàrgà e’ti qîd hàm sàqlànib qîlgàn. 25-rasm. Bulg‘orlar xoni Asparux 24-rasm. Sharqiy slavyanlar hayotidan 35 I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI Slàvyan dàvlàtlàrining tàshkil tîpishi. Xalqlarning buyuk ko‘chishlari davrida Itil (Volga) daryosi havzasida yasha gan turkiy bulg‘or qabilasi g‘arbga ko‘chib, hozirgi Bolqon yarimorolidagi Bolgariyaga borib joylashgan. Slavyanlar yashagan hududdagi ilk davlat Bîlgàriya pîdshîligidir. U Bîlqîn yarimîrîlidà VII àsr ning îõirlàridà tu zilgàn . IÕ àsr bîsh làrigà kålib yirik dàvlàtgà àylànàdi. Simåîn dàvridà (893–927) u o‘z qudràtining cho‘qqisigà erishàdi. Shundàn so‘ng, Bîlgàriya zàiflàshib, keyinchalik qo‘shni Vizàntiya tîmînidàn bîsib îlinàdi. Bolgariya podsholigi — Bolqon yarimorolida turkiy zabon bul g‘orlar xoni Asparux (643–701) tomoni dan asos solingan davlat. Chexiya davlati. Mahalliy sla v yan qabilalari Vltava daryosi havzasida yashagan chex qabilalariga bo‘ysungan (rivoyatlarga qaraganda, ularning qadimgi yo‘l boshchisini Chex deb nomlaganlar). Qabila ittifoqi tepasida Prje mislovichlar xonadonidan bo‘lgan knyaz lar turgan. Ular teztez qo‘1 lariga qurol olib o‘z yerlarini dushmanlardan himoya qilgan. Knyaz Vatslav (920–935) yoshligidan xris tian aqida lari bo‘yicha tarbiyalangan, ke yinchalik bor kuchi bi lan dinning Che xiyada yoyilishiga harakat qilgan. Lekin knyazning xristianlikka nisbatan bunday hurmatehtiromi ko‘pgina chexlarga xush kelmagan. Ayrim knyaz lar fitnasi tufayli tug‘ishgan ukasi uni xoinona o‘ldi rgan. Yillar o‘tib Vatslavni chexlarning milliy avliyosi, chex davlatining homiysi sifatida e’zozlay boshlashgan. Chexiya davlati X asr boshlarida tashkil topdi. Rim papasiga qarshi og‘ir kurashda unga yordam ber gan chex knyaziga german imperatori XI asr oxirida qirol unvonini taqdim etgan. Chexiya qirollari german impera torlari hokimiyatini rasman tan olsada, o‘z mamlakatlari da deyarli to‘la mustaqil bo‘lganlar. 36 I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI Polsha davlati. Gnezno atrofla rida ya sha gan polyan slavyan qabilalari bo‘lajak Polsha davlatiga asos soladi. Keyinchalik ushbu qabilalar ittifo- qi nomida vujudga kelgan knyazlik Polsha deb atalgan. Solnomachi ning yozishicha, knyazlikning afsonaviy asoschisi Piast ismli kambag‘al ki- shi bo‘lgan. Lekin hujjatlarda nomi qayd etilgan Piastlar sulolasining birinchi knyazi Meshko I dir. Knyaz Måshkî Õ àsr o‘rtàlàridà Vislà dàr- yosi hàvzàsidà pîlyak qàbilàlàrini birlàshtirib, Pîlshà dàvlàtigà àsîs sîlgan. U o‘z qoshini bilan xristianlikni qabul qilgan. Meshko I Polsha davlatiga X asrning o‘rtalarida asos solgan. Meshko I ning o‘g‘li Bîlåslàv Jàsur dàvridà polyak qabilalarini birlashtirish ishi tugallandi. U kuchli qo‘shin bilan Moraviya va Chexiyani bosib oladi. Qisqa muddatga Kiyevni ham egallaydi. Bîlåslàv qo‘shinlàri Pîlshà mustàqilligini sàqlàb qîlish uchun gårmàn impåràtîrlàrigà qàrshi kuràsh îlib bîràdi. Boleslav Jasur bu urushda g‘olib chiqadi va o‘z mamlakati chegarasini kengaytirishga muvaffaq bo‘ladi. 1. Õàritàdàn uchtà slàvyan qàbilàlàri guruhlari yashàgàn hududlàrni tîpib ko‘rsàting. 2. Slàvyanlàr õo‘jàlik màshg‘ulîtlàrini sànàb båring. 3. Slavyanlar xo‘jaligi, ijtimoiy tuzum va dinlarida qanday o‘xshashlik hamda tafovutlar mavjud? 4. Bîlgàriya kimning davrida o‘z taraqqiyoti cho‘q- qisiga chiqadi? 5. Knyaz Vatslav Chexiya davlati tarixida qanday o‘rin tutgan? 6. Polsha davlatiga kim asos solgan? 27-rasm. Meshko I 37 I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI 8-§. SHARQIY SLAVYANLAR. KIYEV RUSI Sharqiy slavyanlar joylashuvi, ijtimoiy tuzumi. Shar- qiy slavyan qabilalari: drevlyanlar, rodimichlar, tiverlar, dregovichlar, vyatichlar, sevoryanlar va hokazolar ilk o‘rta asrlarda Dnepr daryosi havzasida yashaganlar. Keyincha- lik aynan shu qabilalar birlashuvidan Kiyev Rusi davlati vujudga kelgan. Arxeologlar slavyanlarning dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganliklarini qazishmalardan topilgan mehnat qurollari, kulolchilik buyumlari, jez va kumushdan yasal- gan zeb-ziynatlar orqali aniqlashgan. Vizantiyada VIII asrda yozilgan «Ziroatchilik qonun- lari»ga ko‘ra, qishloq jamoasining a’zolari – erkin deh- qonlarning yerlari alohida bo‘lib, ular bug‘doy, tariq, arpa va boshqa donli ekinlar yetishtirganlar. Qabilalar hayotiga oid muhim masalalar xalq yig‘ini – «veche»da muhokama etish bilan hal qilingan. Slavyanlar yo‘lboshchilari – otliq drujinachilar faqat o‘z hududlarini himoya qilibgina qol- may, qo‘shni o‘lkalarga yurishlar ham uyushtirishgan. 28-rasm. Aka-uka Ryurik, Sineus va Truvorlarning Rusga kelishi 38 I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI Davlatning tashkil topishi. Yilnomalarda yozilishicha, Sharqiy slav yan qabilalari var yaglarga (skandinaviyalik nor- mannlarga) elchi jo‘natib, ulardan o‘zlariga knyaz yubo- rishlarini so‘raydi. Bu taklifga bi noan uch aka-uka: Ryu- Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling