Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
116
– Yo‘q-yo‘q, yana silay, ko‘p silay, qo‘llarim
ham sizni sog‘ingan.
– Mayli, î‘g‘lim, silay qol. Faqat yig‘lama.
– Yo‘q, to‘xtang, yana jinday yig‘lay.
– Asalim, do‘mbog‘im...
Buvim ham yig‘lashga tushdi, yelkasini silkitib-
silkitib yig‘ladi. Meni yerga qo‘yib, engashib, endi
kiyimlarimdan ham o‘pa boshladi.
– Meni ko‘rgani keldingizmi? – deb so‘rayman.
– Ko‘rgani keldim, o‘g‘lim.
– Sog‘indingizmi?
– Sog‘indim, qattiq sog‘indim, asalginam.
– Menam sog‘indim, mana shu ko‘zlarim bilan
sog‘indim. Kechasiyam sog‘inaman, o‘ynayot-
ganimdayam sog‘inaman, har kuni ko‘rgim keladi.
Keyin enamga bildirmay yig‘lab-yig‘lab olaman.
Endi ketmaysizmi?
– Ketmayman, shirinim, ketmayman.
Tepalik tomonga qaradim. Hayitvoy buvim
borligini bir ko‘rib qo‘ysin, dedim. Qachon urishsa,
buvisi tug‘magan, bobosi tuqqan, deb labini burib
masxara qiladi. Yo‘q, bizga qaramadi. Qaramasang,
qarama, senga ko‘rsatadigan buvim yo‘q, hali o‘zim
to‘yganim yo‘q-ku?!
Qo‘l ushlashib uyimizga jo‘nadik, buvimning
qo‘li issiqqina, biram yumshoq, baxmal to‘ni, jun
ro‘moli, yaltiroq mahsilariyam yaxshi, hammasi
chiroyli.
– Endi ketmaysiz-a? – yana so‘rayman.
– O‘zingni olib ketsam-chi, asalim?
– Yo‘q-yo‘q, u yoqqa hecham bormayman,
sizam bormaysiz endi. O‘gay akalarimni yomon
ko‘raman.


Jannati odamlar
117
– Unday dema, î‘g‘lim, akalaring yomon bolalar
emas, esli, odobli.
Hecham-da, qachon borsam, bu sening
buvingmas, bizni buvimiz, otamiz sotib o‘lgan,
deydi. Oyinchoqlarimniyam o‘g‘irlab qo‘yishadi,
o‘yingayam qo‘shishmaydi. Endi ketmaysiz, ularam
o‘zini buvisini topib olsin, ularning otasi bor,
mening otam yo‘q-ku.
– Qo‘y, yig‘lama, î‘g‘lim.
– Yiglayveraman.
– Ko‘tarib olaymi?
– Kerakmas.
– Men seni katta yigit bo‘lib qoldi desam...
– Ketmayman desangiz keyin katta yigit bo‘-
laman.
– Xo‘p, ana, asalim, ketmayman.
– Uxlaganimda ham ketmaysizmi?
– Ketmayman, shirinim, – shunday deb buvim,
meni yana ko‘tarib, yosh oqib turgan ko‘zlarimdan,
sovqotgan yuzlarimdan, haligi, men ochqab tur-
ganimda ovqatni shoshilib yeyman-ku, o‘shanaqa
qilib o‘pa boshladi.
Uyga kelsak, enam bilan bobojonim jizzali
nonlarni yopib, qaymoqlardan qo‘yib, omborxona-
ning shiftiga osgan uzumlarimizdan olib chiqib
bizni kutib o‘tirishgan ekan. Ozgina yedimu, keyin
hecham yegim kelmay, nuqul buvimga tikilib
o‘tirdim.
Menga atab tikib kelgan yangi ko‘ylak bilan
beqasam to‘nni kiygim kelaverdi. Enam, ha, mayli,
kiyib ko‘ra qolsin, degan edi, kiyib bo‘lib bunday
qarasam, endi buvim enamning tizzasiga boshini
qo‘yib piq-piq yig‘layotgan ekan.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling