Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
120
– Ha, sog‘inganman.
– Sorabibi senga ona bo‘lsa, bizga o‘rtoq, qiz
o‘rtog‘imiz bo‘ladi-ya, biz ham uni sog‘inganmiz.
Sen kechasi gaplashaverasan.
– Kechasi o‘gay otam obketib qoladi, bildin-
gizmi?
Enam kelib, yur, qulunim, bobong poya qir-
qyapti, qarashib yuborgin, dedi. Men ko‘nmay,
buvim ketib qoladi, degandim, buvimning o‘zi, yo‘q
asalim, ketmayman, deb ishontirdi. Poyani ushlab
turganimdayam bobom, hoy ko‘zingga qara, qo‘-
lingni qirqib olaman, desayam ko‘cha eshik to-
mondan nazarimni uzmay turdim. To‘y bo‘lgan
kuniyam qo‘rqma, onang ketmaydi, deb aldashib,
keyin paranji yopintirib obqochib ketishgan. Men
o‘shanda yerga yotib rosa yig‘laganman... Qo‘sh-
nilarimizdan keyin endi Zahroxolam keldi. Undan
keyin Ahmadqul boboning cho‘loq kelini chiqdi.
Gaplari cho‘zilib ketuvdi, poygakka tushib olib,
cho‘loqlanib yurib o‘sha opani rosa masxara qildim.
To‘g‘ri-da, nega endi buvimni menga berishmaydi?
Hammalari ketgach, enam vaqt allamahal bo‘lib
qoldi, yotaqolaylik, gapning chalasini ertaga gap-
lashamiz, deb buvim ikkovimizga uyning to‘riga
to‘yimga atalgan serpaxta ko‘rpalardan to‘shab,
yumshoqqina joy qilib berdi. Ko‘rpaga kirishim
bilan buvimni mahkam achomlab oldim. Oh, qanday
yaxshi-ya, qanday mazza-ya, qani endi, ming yil
shunday qilib yotsam, hecham tong otmasa, bomdod
namozigayam turmasak, keyin ikkovimiz qo‘shilib
bitta bo‘lib qolsak, hech kim ajratmasa...
– Katta yigit bo‘p qopsan, asalim, – dedi buvim
orqamni silab, – quchog‘imga sig‘mayapsan-a.


Jannati odamlar
121
– Men, buvi, namozlarniyam bilaman, – deb
shivirladim yana ham xursand qilmoqchi bo‘lib, –
ajinalarni qochiradigan duolarni ham o‘rganib
olganman. Keyin o‘yinchoqlarim ham ko‘p, ko‘r-
sataymi?
– Yo‘q, ertalab ko‘rarmiz.
Yettita cho‘yan soqqam bor, yong‘oqqa almash-
tirib olganman, xo‘p deng, ko‘rsata qolay, qorong‘i
bo‘lsayam ko‘rinaveradi.
– Asalim, hammasini ertalab ko‘ramiz.
– Ketmasangiz, o‘yinchoqlarimni hammasini
sizga berardim.
– Voy, shirinim-ey, rahmatli otangga o‘xshab
sen ham biram mehribonsanki, tillaring ham bi-
ram shirinki...
– Rahmatli otam mehribonmidi?
– Judayam.
– Nega bo‘lmasa î‘lib qolgan?
– Ajali yetgan-da, o‘g‘lim.
– Ajali yetganda odam o‘ladimi?
– Ha, o‘ladi.
– Buvi, otamni quloq qilishganmi?
O‘ynaganimizda bolalar nuqul quloqning bolasi,
quloqning bolasi, deb masxara qilishadi. Rostdan
ham otamning qulog‘i juda katta bo‘lganmi?
– Yo‘q, o‘g‘lim, qulog‘i katta bo‘lgani uchun-
mas, boyligimiz ko‘p bo‘lgani uchun quloq qi-
lishgan.
– Keyin qulog‘idan cho‘zishganmi?
– Kim biladi, o‘g‘lim.
– Buvijon, otam haqida gapirib bering.
Bobomdan so‘rasam, katta bo‘lganingda bilasan, o‘
zolimlar, o‘ zolim zamona, deb osmonga qarab mana



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling