Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
126
– Buvi, anavi kuni Xoneshon bobom o‘l-
magan bo‘lsayam arvohlarini ko‘rdim, xuddi
o‘zlariga o‘xshaydi, kitob o‘qishni o‘rgatmoqchi
bo‘ldilar.
– Ha, eshitdim, o‘g‘lim, enang aytib berdi.
– Voy, aytdimi, endi uyimiz kuyib ketsa nima
bo‘ladi?
– Begonalarga aytsa kuyadi-da, men begona
emasman-ku, do‘mbog‘im.
– Enam og‘zing bo‘sh, ichingda gap yotmaydi,
hammasini birovlarga aytaverasan, degandi. Eshon
bobomning arvohini yana ko‘rganimda og‘zimga
dam soldirib olmoqchi edim, hech kimga gap
aytmasdim. Kirsam, yo‘q bo‘p qoptilar.
– Xudo xohlasa, yana ko‘rishib qolarsizlar,
o‘g‘lim.
Uxlagim kelyapti, – dedim esnab, – uxlab
qolsam, ketib qo‘lmaysizmi?
– Asalim-ey, –dedi buvim meni bag‘riga
mahkam bosib. Keyin bolishimiz ikkita bo‘lsayam,
o‘zimiz bitta bo‘p qoldik, bittaligimizcha ertalab-
gacha qimirlamay uxladik...
 QABRISTONDA FOTIHA O‘QIDIK 
B
uvim ham bizni sog‘inib, ham otamning
qabriga borib, Shayxboboga xayr-sadaqa berib,
arvohlarni yo‘qlayman deb kelgan ekan. Kelmasa
hech bo‘lmas ekan. O‘sha o‘lgan otam tushiga kirib,
Sorabibi, gullar orasidan tanlab, olganim Sora
gulim, meni unutdingmi, yo‘qlamay qo‘yding-ku,
shu umidda bir yostiqqa bosh qo‘yganmidik,
deyaveribdi. Enam, ona qizim, kelib yaxshi qilibsan,


Jannati odamlar
127
To‘xtavoyning arvohini sen yo‘qlamasang kim ham
yo‘qlardi, arvoh osh-non so‘ramaydi, bir hovuch
fotiha kifoya, fotiha o‘qimasak, arvoh och qolgan
chumchuqday chirqillab qoladi-ya, dedi. Keyin
buvimni bag‘riga olib, o‘zimning esli qizim bor-
da, xudoga shukr, esim yo‘g‘ida tug‘ib o‘lgan
ekanman, deb maqtab ham qo‘ydi. Bobom boshini
sandalga bosib o‘tirgandi:
– O‘ zolimlar, – dediyu yana jim bo‘ldi.
Men ko‘rpaning tagidan qo‘limni uzatib san-
dalning taxtasini taka-taka-tak, taka-taka-tak qilib
chalayotgandim, chalayotgan bo‘lsam ham, Eshon
bobom o‘lmagan bo‘lsayam arvohlari bor ekan,
o‘zlariga juda o‘xsharkan, odam o‘lganda arvohi
o‘ziga o‘xsharmikan yoki o‘ziga o‘xshamasmikan,
mening otamning arvohi ham bormikan, men uni
hech ko‘rmaganman-ku, arvohini qanday taniyman
endi, deb o‘ylayotgandim, enamning gapiga quloq
solaman deb o‘ylayotgan narsamdan adashib
ketdim.
Keyin, otamni ham arvohi bormi, deb enamning
o‘zidan so‘radim.
– Bor, albatta, – deb qo‘ydi enam.
– U kimga o‘xshaydi?
– O‘zimga o‘xshaydi-da, qulunim.
– Biznikiga hech kelganmi?
– Kelgan, Xudo xohlasa yana kelib turadi,
î‘g‘lim.
– Men otamni tanimayman-ku, kelganini
qanday bilaman endi?
– Namozliklarning hammasini o‘rganib olsang,
deb tushuntirdi enajonim, – ana undan keyin
darrov tanib olasan.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling