Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
128
Men yana ko‘p narsalarni so‘ramoqchi edim.
E, bo‘lmadi-da. Uxlayotganimda tog‘oraga xamir
qorib ustiga bobomning po‘stinini yopib qo‘yishgan
ekan. Enam o‘sha xamirni supaga ag‘darib, ustiga
yana unlardan sepib, zuvala tugib, non yasay
boshladi. Buvim ayvonga chiqib, hoy, o‘tinlaring
qayerda deb so‘radi. Ko‘rsatib beruvdim, tandirga
olov yoqa boshladi. Qani, enamchalik bilarmikan
deb, anchagina qarab turdim. Men o‘t qalashganda
tandirning ichi oldin qop-qora, keyin qip-qizil,
keyin oppoq bo‘lishini tomosha qilib turishni yaxshi
ko‘raman.
Shuning uchun bir enamning oldiga yugurib
kirib, qani menga nechta kulcha yasayapti ekan
deyman, buvimning oldiga chiqib e, tandirning
ichi endi qizaribdi-ku, deb o‘ylab, buvijon, o‘tinni
ustma-ust qo‘ymang, tagidagisi yonsa ustidagisi
tutab tandirni yana qoraytirib qo‘yadi, ishonma-
sangiz enamdan so‘rang, deyman. Oxiri nonni yopib
endi qatlama pishira boshladik. Shayxboboga
qatlama ham olib borsak savobi ko‘p bo‘lib, arvohlar
chirqillamasin dedik-da. Oh, qatlamani men biram
yaxshi êî‘ramanki, qaymoq solib pishirilsa, sal-
pal so‘lqillab tursa, lum-lo‘m qilib yeyishni yaxshi
ko‘raman. Yo‘q, zig‘ir yog‘iga pishirilganinimas,
u qop-qora bo‘ladi, men saryoqqa yo‘g‘rilib, sap-
sariq qilib pishirilgan qatlamalarni yaxshi ko‘ra-
man. O‘shanda xursand bo‘lib:
– Qatlama, qatlama,
Ostonadan hatlama,
Qatlama, qatlama,
Xom bo‘lsa indama,


Jannati odamlar
129
Qatlama, qatlama,
Ko‘p bersa yo‘q dema,
– deb ashula aytishni yaxshi ko‘raman. Ahmadqul
bobom o‘rgatib qo‘ygan. Shuni aytsang, enang har
kuni qatlama pishirib beraveradi, menga ham bitta-
yarimtasini qo‘ltig‘ingga berkitib olib chiqib turgin,
degan...
Keyin dasturxonga yettita patir, qatlama, yettita
non behi, yettita anor tugib mozorboshiga jo‘nadik.
«Yo‘q, otishmada o‘lgan tog‘amlar ko‘milgan
Laylak mozorga emas, rahmatli otam uxlab yotgan
mozorga deyapman. Ketguncha men yangi etigim
bilan qorlarni g‘archillatib orqada bordim. Anuv
kuni aytuvdim-ku, men qorlarning g‘archillagan
ovozini yaxshi ko‘raman. Mozor bobo yonidagi
xonaqohga kelsak, voy, xonaqohni bilmaysizmi,
enam ham, bobom ham biladi-ku, hamma biladi-
ku, uni shayx o‘tirgan xonaqoh deyishadi-ku! Asta
kirsak Shayxboboning oldida sandalda emas, yo‘q,
sal pastroqda, bo‘yra ustida bitta opa, uchta qiz
bola o‘tirishgan ekan. Qizlardan bittasi menga nega
keldilaring, degandek g‘alatiroq qilib qarovdi, men
ham o‘zlaring nega keldilaring degandek unga ham
g‘alatiroq qarab qo‘ydim.
Shayxbobo duo o‘qishdan to‘xtamay, qo‘li bilan
o‘tiringlar, deb ishora qiluvdi, biz ham tezgina
bo‘yraga o‘tirib, duoning tugashini kutib turdik.
Men bilmagan duolarni o‘qiyapti ekan. Enamga
qarab ko‘zimni qisib turaverdim. Oxiri fotiha
o‘qishgach, menam o‘qiganimdan keyin enam bilan
buvim o‘sha opa bilan esonmisiz, omonmisiz, deb
ko‘rishib olishdi.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling