Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
124
otangni ushlab, qamab qo‘yishdi. Qamoqxonada
ko‘p kaltaklashgan ekan, jigari ezilib, qon tupurib,
olamdan o‘tdi.
– Ko‘p urishganmikan?
– Ha, ko‘p urishgan ekan.
– Nega urishadi, nega? – sakrab o‘rnimdan
turib ketdim.
Zamon shunaqa edi-da, o‘g‘lim.
– Otamni nega urishadi, deyapman, nega
o‘ldirishadi? – baqirib, ko‘rpa-yostiqlarni tepa
boshladim. Bobom bilan enam uyg‘oq ekan,
ikkovlariyam tepamizga yugurib kelishdi. Bobom
bag‘riga olmoqchi bo‘luvdi, qo‘lini tishlab oldim.
Nega otamni o‘ldirishadi? – battarroq baqirdim.
– Obbo qizim-ey, bolaga bu gaplarni aytib
bo‘larkanmi? – deb buvimni urishgan bo‘ldi
bobom.
– Axir nima qilay, o‘zi qistadi-da, – ovozini
sal chiqarib, dedi buvim.
– Bolaning ko‘ngli nimalarni istamaydi, e
qizim-ey... Kel, o‘g‘lim, men bilan yota qol, soqolim
qichiyapti, bir qashlab qo‘ygin.
– Qashlamayman, – deb ko‘rpani yana tepib,
bobomning oyoqlaridan mahkam quchoqlab oldim,
– ayting, nega urishadi? Joni og‘riganda yig‘la-
gandir, nega bormadingiz?
– Qo‘y, o‘g‘lim, qo‘y.
– Qo‘ymayman, nega siz bormadingiz?
– Borganman, o‘g‘lim.
– Yolg‘on, sizni o‘ldirishmapti-ku... Otam tirik
bo‘lganida birga yotardim, bildingizmi? Endi
soqolingizniyam taramayman, enam sigir soqqanda
buzoqchaniyam ushlamayman, bildingizmi? Otamni


Jannati odamlar
125
topib berasiz, hammaning otasi bor-ku, topib
berasiz dedim, topib berasiz...
Ko‘rpaga yotib rosa yig‘ladim, bolishni musht-
layverdim, mushtlayverdim. Axiyri o‘zim jim bo‘l-
dim. Charchab qoldim-da, bo‘lmasa yana yig‘-
lardim. Buvim yonimda yotgan ekan, yuzini sila-
moqchi bo‘lib paypaslagan edim, voy endi u
yig‘layotgan ekan, qiziq, nega kattalar ovozini
chiqarmay yig‘lar ekan, bunaqada ularning yig‘la-
ganini hech kim bilmaydi-ku? Men bo‘lsam,
hecham yashirincha yig‘lay olmayman, yo enamga,
yo bobomga ko‘rsatib yig‘layman.
Hovlida bo‘lishsa, eshitishsin deb qattiqroq
yig‘layman, bog‘da yurishgan bo‘lsa, derazani ochib
qo‘yib yig‘layman.
– Buvi, – deya sekin shivirladim.
– Uyg‘oqman, î‘g‘lim, – deb meni bag‘riga
tortdi u.
– Siz nega yig‘layapsiz?
– Yig‘laganim yo‘q, asalim.
– Yig‘layapsiz, mana, barmog‘imni yalab
ko‘rsam sho‘rtakkina ekan... Sizam otamni so-
g‘inyapsizmi?
– Íà, î‘g‘lim, sog‘inaman-da.
– Buvi, o‘lganlar tiriladimi?
– Qaydam.
– Otinbibi xolam bitta kitob o‘qib bergandi...
daryoga cho‘kib o‘lganlarning qarindoshlari Xudo-
dan so‘rab duo o‘qishganda, ular tirilib, yana
uylariga kelgan ekan... O‘sha duoni siz bilasizmi?
– Bilmayman, î‘g‘lim.
– Kim biladi bo‘lmasa?
– Qaydam...



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling