Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
144
yo‘q ekan, Sahrobekning kuch-qudratiga qoyil
qolib, uni o‘ziga o‘g‘il qilibdi. Qirq kun to‘y-
tomosha beribdi. Sahrobek qilich chopishni, yoy
tortishni, palaxmon otishni o‘rganib, hokimining
navkarlariga sarkarda ham bo‘libdi.
Alqissa, kunlar soqqaday dumalab o‘taveribdi,
qazo kuni yetib hokim olamdan o‘tgach, Sahrobek
voris emasmi, shaharning hokimi bo‘lib qolibdi.
Bu shahar Shohmalik podsholigiga tobe ekan, oliq-
soliqlar haddan tashqari ko‘p ekan, uy solig‘i, qo‘y
solig‘i, to‘y solig‘i deb elning tinkasini qo‘ritishar-
kan, Sahrobek o‘zining kuch-qudratiga, navkar-
larining mahoratiga ishonganidan uch yilgacha
shoh xazinasiga o‘lpon to‘lamabdi. Boju xirojni
tezroq to‘la deb chopar ustiga chopar kelarmish.
Sahrobek ojiz va mute odamlar soliq to‘laydi, ey
shoh, zo‘r bo‘lsang, kel, soliqni o‘zing yig‘ib ol,
deb noma jo‘natibdi. Tobe shaharning yosh hokimi
qilgan bu beadablik shohni darg‘azab qilibdi.
Qo‘shin tortib shahar ustiga yurish boshlabdi.
Sahrobek shahar atrofiga xandaq qazib, bildir-
maydigan qilib poxol bosib qo‘ygan ekan. Shoh-
malik askarlari urho-ur deb kelaturib, xandaqlar
ichiga tushib ketgan ekan, poyloqda turgan odamlar
o‘t qo‘yib yuborishibdi. Sarbozlarning bir qismi
o‘tda kuyib kabob bo‘libdi. Qolganlari kattaroq
qo‘shin bilan yana qaytib kelarmiz deb orqaga
ketayotgan ekan, sahrodagi qumlar ichida berkinib
yotgan navkarlar ularni qurshab, qilichdan o‘tkaza
boshlashibdi. Vazir Donishzamon ham Shohmalik
bilan birga kelgan ekan, qarasa, shohning kuni
bitayotganday, qurshovdan chiqishning hech iloji
yo‘qday, bordiyu shohni o‘ldirib, boshini olib


Jannati odamlar
145
chiqsam, e pahlavon hokim, men hamisha siz
tarafda edim, bu zolimdan qutulishning ilojini
topolmay yurgan edim, o‘ldirdim, mana uning boshi
desam, zero jonimni qutqarib olsam deb o‘ylabdi.
Sahroda o‘tov tikishgan ekan, qorong‘i tushishini
betoqat kuta boshlabdi. Shom payti ekan, Shoh-
malik namoz o‘qigani joynamozga o‘tirganda battol
vazir orqasidan pusib kelib, yelkasiga xanjar
uribdi.
Ikkinchi bor urishga chog‘lanayotganda o‘tovga
shiddat bilan Sahrobek kirib kelib, to‘xta, mard
yigit yotgan kishiga xanjar urmaydi, pusib xanjar
urish nomardning ishi deb, bir hamla bilan
vazirning qo‘lidagi qonli xanjarni urib tushiribdi.
Og‘ir paytda o‘z shohiga xiyonat qilgan vazir
begonaga hech qachon vafo qilmaydi, deya uni shu
zahotiyoq o‘limga buyuribdi.
Shohmalik uch bora tush ko‘rgan ekan. Har
gal tushida oq salla o‘ragan, malla chopon kiygan
bir avliyo paydo bo‘larkan-da, ilon qo‘yningda,
o‘g‘ling qutqaradi derkanu yana ko‘zdan g‘oyib
bo‘larkan. Shoh ko‘rgan tushiga hech ta‘bir topol-
may qiynalib yurarkan. Negaki, farzand ko‘rmagan
ekan. Hozir o‘tov ichida bandilikda yotib, qarshisida
turgan mag‘rur sarkardaga tikilib, shular haqida
o‘ylabdi. O‘ylay-o‘ylay oxiri, e g‘olib yigit, men
asiringga bor haqiqatni ayt, mabodo onaizoringning
oti Gulira’no emasmidi, deb so‘rabdi. Sahrobek
shohga yaqin borib, barmoqdagi uzukni ko‘rsatibdi,
uzukning ko‘ziga Gulira’noga Shohmalikdan degan
yozuv bitilgan ekan. Shohmalik dod debdi-yu, yerga
yiqilib tushibdi, boshini ko‘tarib, î‘g‘lim, o‘g‘lim,
deya yana o‘zidan keta boshlabdi.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling