Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
146
Alqissa, endi gapni bechora ona Gulira’nodan
eshiting...
Shunday qilib onaizor go‘dagini chordevor
xonada qoldirib, ko‘ksini yirtib yig‘lab, zolim
vazirning ta'qibidan qochib, bir kun yuribdi, ikki
kun yuribdi, oxiri holdan toyib yiqilibdi. Nariroqda
qabriston bor ekan, o‘lsam o‘sha yerda o‘lay, mur-
dam tashqarida qolmasin, deya sudrala-sudrala
mozoristonga kiribdi-yu, yangi bir qabr bor ekan,
o‘shani quchoqlab, voy bolam, Xoldorbegim, deyish-
ga ham holi kelmay hushidan ketibdi. Yaqin o‘rtada
bir cho‘pon yasharkan. Xotini ilon chaqib o‘lgan
ekan. Har kuni ertalab ikki o‘g‘lini ergashtirib,
qabristonga fotiha o‘qigani kelisharkan. Ertalab
yana kelishsa, onalari tirilib, qabrning ustiga
chiqib, behush yotgan emish. Onajon, deya qich-
qirib yuborishibdi o‘g‘illari. Suyukligim, vafodo-
rim, deb dodlabdi otalari. Keyin behush yotgan
Gulira’noni ko‘tar-ko‘tar qilib kulbalariga olib
ketib, onalarining ismi Gulbodom ekan, shu nom
bilan atay boshlashibdi. Gulira’no ismi o‘zgarganiga
xursand bo‘libdi, endi Xudo xohlasa, zolim
vazirning ta’qibidan qutulaman, deb o‘ylabdi.
Xaloskor cho‘ponga yor, o‘g‘illariga mehribon
ona bo‘libdi. Ammo jigarbandi Xoldorbegini hech
unutaolmas ekan, surishtira-surishtira oxiri kam-
pirning uyidan uni topibdi, ammo men sening
onang bo‘laman, sen shohning o‘g‘lisan deyolmabdi,
zolim vazirning ayg‘oqchilari bilib qolishsa albatta
o‘ldirib yuboradi, deb qo‘rqarkan. Sog‘inganda
gadoy kiyimini kiyib, goh kampirning eski eshigiga,
goh hokimning hashamatli darvozasiga yaqin borib,
tilamchilik qilib:


Jannati odamlar
147
Oq sut berib boqolmadim,
Diydoriga to‘yolmadim,
Erkam deya suyolmadim,
Sahroda qolgan bolam,
– deya zorlanarkan.
Ko‘rsa yaxshi, ko‘rolmasa yana yig‘lab-yig‘lab
qaytarkan. Qaytayotganda:
Zavol ko‘rma, unib-o‘sgin,
Zolimlarning yo‘lin to‘sgin,
Zulmkorning qo‘lin kesgin,
Sahroda qolgan bolam,
– deb yana yig‘larkan.
Umri yig‘lab, zorlanib, intizorlikda o‘tayotgan
ekan, sog‘inib borsayu, ko‘rolmasa, ko‘rganda
î‘g‘lim deya aytolmasa, onalar uchun bundan og‘ir
azob bo‘lmas ekan.
Og‘ir yaralangan Shohmalik o‘limi oldidan
jamiki vaziru vuzarolarni, hokimu hakamlarni
chaqirib, Sahrobek mening qonuniy o‘g‘lim bo‘ladi,
taxtimning vorisi podsholik saltanatini unga
topshirdim, deya farmoni oliy e’lon qilib, butun
yurtga jar chaqirtiribdi. Onaizor shohning hasha-
matli darvozasi yoniga kelib:
Oq sut berib boqolmadim,
Diydoriga to‘yolmadim,
Erkam deya suyolmadim,
Sahroda qolgan bolam,
– deya yig‘layveribdi. Mulozimlar tovoqda tilla
olib chiqishgan ekan, tillo menga kerakmas, podsho
bo‘lgan Xoldorbek o‘g‘limni bir bora ko‘rsam
bas, debdi.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling