Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
138
endi. Buvijonim, asalim, ketmang, hecham
ketmang, sochlaringizni hidlab yotaman, duolar
o‘qib beraman. Jon buvi, buvijonim, ketsangiz yana
yetim bo‘p qo‘laman, yetimcha yetti kulcha deb
masxara qilishadi. Mayli, bobom joy bermasa qochib
ketamiz, uzoq-uzoqlarga qochib ketamiz, faqat
achomlashib uxlasak bo‘ldi, yuzlaringizni silab
qo‘yaman, yuvinganingizda qo‘lingizga suv quyib
turaman, buvijonim, hech bo‘lmasa tepalikka qo‘l
ushlashib chiqaylik, sizni bolalarga ko‘rsatay,
mening ham buvim bor, hammaning buvisidan
yaxshi, chiroyli deb êî‘rsatay, qayting, qayta
qo‘ling.
Hidingizga to‘ymadim, asalim deb erkala-
shingizga to‘ymadim, yelkamni silaganingizda
huzur qiluvdim, o‘sha huzuringizga to‘yganim yo‘q
hali, jon buvim, qayting, men duolar o‘qiyman,
otam tirilguncha o‘qiyman. Otinbibi aytdi-ku, ko‘p
duo o‘qilsa, o‘lganlar tiriladi, deb. Ko‘rasiz, otam
tirilib keladi, keyin hammamiz qo‘l ushlashib»
sayillarga boramiz, tepalikka chiqib kaboblar pishi-
ramiz. Katta bolalar kabob pishirishyapti-ku.
Endi menam katta bo‘p qoldim-ku, jon buvi,
buvijonim, hammaning buvisi o‘yinchoqlar beradi,
menga hech kim bermaydi, meniki hammanikidan
oz, bobom tanga pul beradi-da, keyin ertasiga bor,
o‘g‘lim, nos olib kelgin, senga kattasidan beraman,
deb yana aldab olib qo‘yadi, enam mushkulkushod
o‘qigani borganida meni ichkariga olib kirmaydi,
tashqarida, derazaning tagida o‘tirib eshitaman.
Buvijonim ketmang, ketmang!
Dodlab yuguraverdim, yuguraverdim. Oxiri
Vahm ko‘chaga yetganda charchab yiqilib tushdim.


Jannati odamlar
139
Mana shu qorlar bo‘lmaganda, oyog‘im hadeb
sirpanavermaganda buvijonimga yetib olgan
bo‘lardim, endi qorlarni mushtlab yig‘lay bosh-
ladim. Bitta opa chiqib ko‘tarib olmoqchi bo‘luvdi,
qo‘llarini tishlab oldim, eriniyam itarib tashladim,
yuziga changallab rosa qor otdim. Nega buvimni
to‘xtatib turishmadi, to‘xtatishganda hozir achom-
lab olardim, nega meni tashlab qochdingiz deb
so‘rardim, nega, nega to‘xtatishmadi? Endi buvim-
gayam î‘g‘il bo 'lmayman, enam bilan ham birga
yotmayman, sigir soqqanida buzoqchasiniyam
ushlab turmayman, bobomning soqo‘liniyam tara-
mayman, hammasiyam yomon ekan, nega meni
aldashadi, nega?.. Qochib ketaman, ajinasi yo‘q,
bo‘rilari yo‘q dashtlarga qochib ketaman. Kel,
o‘g‘lim, yarashaylik deyishsa ham kelmayman,
hech kelmayman.
Hoy bolamlab enam yetib keldi, uch oyoqlab
bobom yetib keldi, qo‘shnilar chiqishibdi, hamma-
sining qo‘lini, oyoqlarini tishlab olaverdim, oxiri
ovozim chiqmay qoldi, yig‘lay desam kuchim
yetmayapti, bitta amaki ko‘tarib uyimiz tomonga
yuruvdi, o‘shaning yelkasiga boshimni qo‘yib
hiqillab-hiqillab ketaverdim, uyga kelganimdayam
hiqillashim hech bosilmadi, hiqillamay desam ham
ichimdan hiqillash kelaverdi. Enam sutli osh pishir-
gan ekan, yolvorsayam ichmadim. Endi sirayam
ovqat yemayman. Yotishganda yonlariga chaqirish-
gandi, bormadim. Uyning burchagiga borib o‘tirib
oldim, chiroqni o‘chirishgandi, qop-qorong‘i bo‘p
qoluvdi, endi qo‘rqa boshladim. Uyning mo‘risidan
ajina tushib meni achomlab olayotganday bo‘la-
verdi... Mayli, enam bilan hozir yarashaman, erta-



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling