Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
154
yuvib beringlar, degan ekan. Biz rosa uyaldik,
uyalganimizdan anchagacha ko‘chaga chiqolmay
yurdik..
Hozir men yotgan joyimda ana shularni o‘ylab,
To‘rtko‘z o‘lgan bo‘lsa, yaxshi bo‘ptimi, yomon
bo‘ptimi, o‘lgan bo‘lsa, qanday o‘ldi ekan, deya
xayol surayotgan edim. O‘rtog‘im Hayitvoy akasi-
ning eski etigini oyog‘iga, dadasining kir qalpoq-
chasini boshiga kiygancha hovliqib kirib, tezroq
yur, bo‘rining o‘lganini birgalashib ko‘ramiz deb
qistadi. Enajonim qaymoq solib qatlama pishirayot-
gan edi, o‘shandan bittadan olib, Ahmadqul
bobomnikiga qarab yugurdik.
 BO‘RI BILAN OLISHGAN
ARSLON 
H
ayitvoy ikkimiz yugurib borib qarasak, yo‘q,
baribir kech qolibmiz, Ahmadqul bobomning katta
hovlisiga allaqachon bolalar, bobolar, opalar yig‘i-
lishib bo‘pti, qori kuralmagan hovlining o‘rtasiga
yotqizib qo‘yilgan bo‘ri bilan To‘rtko‘zning o‘li-
gini tomosha qilishyapti. Oldiga borishga avval
qo‘rqdim, «Lo iloho illollohu» deb kalima o‘girib
olgan edim, endi sal qo‘rqmay qoldim, engashib
bo‘rining junidan tortib ko‘rgan edim, sip-silliq
ekan.
– O‘ziyam bo‘rining eng kattasi ekan-da!
– Qishlog‘imizni oralab yurgan bo‘ri shu bo‘lsa
kerak.
– Yo‘q, qo‘shni, u ko‘k bo‘ri edi, o‘z ko‘zim
bilan ko‘rganman.
– To‘g‘ri, bu begonaga o‘xshaydi.


Jannati odamlar
155
Shunaqa gaplarni gaplashib bo‘lgach, tomosha
qilayotganlar endi bo‘rining shiqirlab yuradigan
tuyog‘i, oshigi kimga tegarkin, kimga tegsa o‘sha
baxtli bo‘ladi, ishini hamisha Xudo o‘nglab turadi,
deb gaplasha boshlashdi, men hech narsa demadim,
nega desangiz, ilgari bo‘rini hech ko‘rmagan edim.
Ahmadqul bobom odamlar to‘plangan katta
mehmonxonadan yugurib chiqib:
– Hamzaxon, – deb qattiq chaqirdi, – yoningga
bir kishini olginda, borib Erkacholni zambilga
solib olib kelinglar, u mening yetmish yillik qadr-
donim bo‘ladi-ya, og‘ir kunimda yonimda tursin...
Nega angrayapsan, tez bo‘l, senlarga ko‘prik
quraman deb shu ahvolga tushib, oyoqsiz yotibdi
bechora. Yo‘q deganiga ko‘nma, jo‘na tezroq, –
deb, yana ichkariga kirib ketdi.
Bobojonimni olib kelishdi, zambilda emas,
qo‘ltiqdan suyab olib chiqishdi. Enajonim ham
chiqdi; bir lagan qatlama ham olib chiqibdi, oppoq
dasturxonga o‘ralgan bo‘lsa ham men uning hididan
bildim. Men hidni yaxshi bilaman, o‘rtoqlarim
qo‘ltig‘iga bir narsani berkitishsa, hidlab nomini
aytib beraveraman. Bobom bahonasida menam
o‘rtaga olov qalangan katta mehmonxonaga kirib
oldim. Bo‘ri bilan To‘rtko‘z qanday o‘lganini bilgim
keldi-da. Men o‘zim hamma narsani bilgim
kelaveradi. Kirsam, voy, mehmonxonaga achchiq
tutun to‘lib ketibdi. To‘rida ostiga serpaxta ko‘rpalar
solib, boshiga yumshoq yostiqlar qo‘yib bo‘ri bilan
olishgan Abbosxon amakimga joy qilib berishibdi.
Yonginasida Dehqon shapka amaki ham o‘tiribdi.
Kichkina pichoqchasi bor ekan, o‘sha bilan anor
so‘yayapti. Voy, biram yegim keldi-ey! Bolalarning



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling