Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
160
ko‘zlarini êî‘rib qoldim. Xuddi menga qarab tur-
gandek bo‘ldi, xuddi, «ey bolalar, hech qaysingiz-
ni tishlamadim, orqangizdan quvmadim, qishlog‘in-
gizni bo‘rilardan qo‘riqladim, xolos. Agar qattiq
vovullab sizlarni qo‘rqitgan bo‘lsam, meni kechi-
ringlar. Men narigi dunyoga, ota-onamning oldiga
ketyapman, Ahmadqul bobomni xafa qilmanglar,
u juda mehribon, saxiy odam, mening o‘rnimga
uni sizlar qo‘riqlanglar, pakana deb masxara
qilmanglar...», – deyayotgandek bo‘ldi. Negadir
unga rahmim keldi, yig‘lab yubordim, yig‘im
anchagacha hech to‘xtamadi. Ahmadqul bobomning:
Hamzaxon o‘g‘lim, ombordagi yong‘oqdan bir qop
olib chiq, bolalarga cho‘ntaklari to‘lguncha ulash,
kattalardan shu bolalar yaxshi ekan, qabriga
arslonimni kuzatib borishmoqchi, qara, bellariga
belbog‘-bog‘lab, qo‘llariga hassa ushlabdi, – degan
gaplaridan keyin yig‘lashdan sal-pal to‘xtadim.
Keyin Ahmadqul bobomning katta bog‘iga
qarab jo‘nadik, To‘rtko‘zni o‘sha yoqqa ko‘mmoqchi
bo‘lishgan ekan. Eng oldinda zambildagi oq kafanga
o‘ralgan To‘rtko‘zni ko‘tarib borishdi, ketidan
Ahmadqul bobomning o‘zi, bo‘ri bilan olishgan
Abbosxon amakim, ularning ketidan qo‘rg‘oncha-
mizdagi hamma bolalar ergashdik.
Ahmadqul bobom: – Bobong bobomni ko‘r-
gandi, otang otamni ko‘rgandi, qadrdonim poyloq-
chim, iloyo jo‘ying jannatda bo‘lsin, – deb yig‘lab
yubordi. Yo‘q, Hayitvoy bilan Murodxon o‘rtog‘im-
ga o‘xshab yolg‘ondakam emas, rostakamiga yig‘lab
borardi, ko‘z yoshlarini artib-artib ham olardi. Bo-
lalar ham bir xili rostakamiga, bir xili nomigagina
yig‘lagan bo‘lib, har xil gaplarni aytib borardi:


Jannati odamlar
161
– Jo‘ying jannatda bo‘lsin, arslonim.
– Dadamni qutqarib, o‘zi o‘lgan arslonim.
– Senga nechta yong‘oq tegdi?
– Yigirma uchta, senga-chi? Voy arslonim.
– Men sanaganim yo‘q... Joying jannatda
bo‘lsin.
– O‘lgani yaxshi bo‘ldi, endi oq o‘rikni mazza
qilib yeymiz.
– Astaroq, Ahmadqul bobom eshitib qolsa xafa
bo‘ladi.
– Xafa bo‘lmaydi, joying jannatda bo‘lsin,
arslonim.
Qattiqroq yig‘lasang yana yong‘oq beri-
sharkan...
– Jigarim, bizni tashlab qayga ketding, jigarim!
– Men bilan o‘ynashib, dumalashib katta
bo‘lding, To‘rtko‘zim... To‘rtko‘zni ko‘mib qaytib
kelsak, allaqachon katta qozonlarni osib, ostiga
guldiratib olovlar yoqib palov pishirishayotgan
ekan. Sovqotib qolgan qo‘limizni isitish uchun
o‘choqqa yaqin borgan edik, oshpaz amaki:
– Jinni cholning gapiga kirib shu sovuqda itni
ko‘mgani bordinglarmi, – deb so‘radi.
– Ha, bordik, – dedik.
– O‘ziyam ahmoq edi, sizlarniyam ahmoq
qilibdi, nari tur hammang, xalaqit berasanlar.
Shunday deb oshpaz amaki hammamizni oldiga
solib quvlab yubordi, nariga borgach, Hayitvoy
o‘rtog‘im:
– O‘zingiz jinnisiz, bog‘ingizda bir tup ham
yong‘og‘ingiz yo‘q. Jinnisiz, jinnisiz, – deganicha
ko‘chaga chiqib ketdi...
Orqasidan men ham chiqib ketdim.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling