Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
176
 ESHON BOBOMNING O‘N QOP
KITOBI 
O‘
sha kuni Eshonboboga nega cho‘chqa
boqtirganlarini bilib olish uchun enajonim buyurgan
hamma ishlarni bajaraverdim, bajaraverdim,
hecham yo‘q demadim. Qo‘ylarimizning oxuriga
g‘azon soldim,o‘choqning kulini oldim, bobojo-
nimning oyoqlarini uqalab qo‘ydim, oxiri:
Ayting endi, – dedim.
– Yaxshisi bobong aytsa bo‘lardi, – dedi enam.
– Yo‘q, siz aytasiz, bobom aytayotganda nos
chekib olay deb, hammasini aytmaydi.
– O‘g‘ilginam-ey, senda hamma narsani
bilishga havas baland, Xudo xohlasa, sen katta
olim bo‘lasan, o‘shanda hozir aytganlarimni kitob
qilib yozasan, xo‘pmi?
– Men xat yozishni bilmayman-ku?
– Ungacha o‘rganib olasan-da.
– Xo‘p, ayting tezroq...
– Ha o‘g‘lim, Eshon bobong bamisoli avliyoday
bir kishi...
– Enajon, avliyo degani kim degani?
– Avliyo degani odamlarga mehr-shafqatli,
yaxshilik qiluvchi, Ollohni esga solib, namozlik
o‘rgatuvchi degani... Oldin Qo‘qonda o‘qidilar,
keyin avliyolar makoni bo‘lgan Buxoroi sharif degan
ulug‘ shaharda o‘qidilar, qaytib kelib Qo‘qonda
maktabdorlik qildilar.
– Maktabdami?
– Yo‘q, madrasada. Xotinlari vafot qilgandan
keyin shaharda turgilari kelmay, yana o‘zimiz-
ning qishlog‘imizga qaytib keldilar...


Jannati odamlar
177
Dasht tomonda otalaridan qolgan katta bog‘
bor edi, o‘shaning yarmini sotib machit qurdilar,
maktab ochdilar. Rahmatli otang To‘xtavoy bilan
otishmada o‘lgan tog‘alaringni, butun qishloqdagi
bolalarni o‘qitdilar.
– Enajon, o‘sha maktadga nega meni ham olib
bormadilar?
Arslonim, unda sen tug‘ilmagan eding-da.
– O‘zingiz aytuvdingiz-ku, odam tug‘ilmasdan
oldin uning arvohi uchib yuradi, deb, ushlab darrov
olib bormabsiz-da?
– Voy shirinim-ey; buncha gapdon bo‘lma-
sang?.. Keyin o‘rislar keldi, urushlar bo‘ldi, kolxoz
zamon bo‘ldi, qizil shapka kiyganlar har xil
savollar berib Eshon hazratlarini qiynab yubor-
dilar, qochib ketdilar. Mirzacho‘l degan pana joy-
ga qochib ketdilar. Keyin Esonqul bobong,
Qambarali bobong, o‘zingning bobojoning ham-
malari borib, yolvorib-yolvorib qaytarib olib
keldilar... Keyin, ko‘rgansan, hazratimning bog‘la-
ridan katta anhor o‘tadi, ko‘rgansan-a? Barakalla,
azamatim. O‘sha anhordan kitoblar oqib kela-
veribdi, kelaveribdi.
– Voy, enajon, kitob nega oqib keladi?
– Istalin bobo Xudoning nomi yozilgan kitob-
larni o‘tga yoqinglar, yerga ko‘minglar, suvga
oqizinglar, kimdakim farmonimni bajarmasa î‘n
yilga qamayman, qamoqxonada chiritaman, debdi.
Eshon hazratlari suvda oqib kelgan kitoblarni yig‘ib,
tomga olib chiqib quritarkanlar, qoplar to‘lganda
qorong‘i kechada, hamma uxlaganda qabristonga
eltib kî‘mar ekanlar.
– Mening otam ko‘milgan qabristongami?



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling