Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
174
î‘ziga tortmoqchi bo‘luvdi, bobojonim uning
ko‘kragidan itarib yubordi. Yiqilmadiyu, qo‘lidagi
qamchisi bilan bobojonimni savalay ketdi, boshiga,
yelkalariga ura boshladi.
Dodlab yubordim. Urma, urma, mening bobom
bo‘ladi, deya baqirdim. Baqirganimcha borib
oyog‘ini quchoqlab, sonidan shunday qattiq
tishladimki, shunday qattiq tishladimki, joni og‘ridi
shekilli, tepib yubordi. Loyga orqam bilan shaloplab
tushdim. Turib endi bu oyog‘iga yopishib, uniyam
shunaqa qattiq tishladimki, qo‘lidagi qamchisi yerga
tushib ketdi. Ikki qo‘llab biqinimdan mahkam siqib
tepaga ko‘targan edi, yuziga barobar bo‘lib qolgan
ekanman, ikkovi qulog‘idan mahkam changallab
oldim, endi burnidan ham tishlayman deb turuv-
dim, bobojonim meni uning qo‘lidan tortib olib:
– Urma, zolim, – deb baqirdi, – ursang meni
ur, bolani nega urasan, zolim! O‘g‘illarimni otib
o‘ldirganing kammidi... Hoy, odamlar, nega qarab
turasanlar, cholni uryapti, bolani uryapti bu
zolim, nega nasha yeb qo‘ygan moldek angrayib
turasanlar.
Bobojonim meni yerga qo‘yib, ko‘kragini keng
olib ijroqo‘m boboga yaqinlashib yura boshladi.
– Qo‘ling qichigan bo‘lsa mana meni ur, to‘yguning-
cha ur, qonxo‘r!
Oq otli amaki sal oldinga yurib kelib ijroqo‘mga,
bas qiling, odamni sharmanda qildingiz-ku, devdi,
ijroqo‘m bular bilan yo miltiq, yo qilich bilan
gaplashish kerak, dedi. Shu payt dala tomondan
bitta melisa amaki ot choptirib kelib qoldi, qochoqni
ushladik, olib kelishyapti, dedi.
– Gapir tezroq, gapir! – buyurdi oq otli amaki.


Jannati odamlar
175
Hamma uylarni, hamma molxonalarni, hamma
bog‘larni tintishibdi-da, keyin soy bo‘yiga qarab
yurishibdi.
G‘ulom boboning devori tagida, qorning ustida
odamning izini êî‘rib qolishibdi, iz yangigina ekan,
devordan oshib o‘tishsa, o‘sha iz suvi yo‘q hovuzga
qarab boribdi, bunday tikilib qarashsa, hovuzning
ichi to‘la sholining poxoli emish, poxol ham
yangigina solingan emish. Tagini titkilashsa Eshon
bobo o‘tirganmish.
– Ana, o‘zini ham olib kelishyapti, – dedi shu
gaplarni aytayotgan amaki.
Dala tomondan Eshon bobomni haydab ke-
lishayotgan ekan, ikkita otliq, ikkita piyoda
amakining oldida bitta-bitta qadam tashlab
kelyaptilar. Egnilarida bobojonimnikiga o‘xshagan
qora chakmon, boshlarida kichkinagina sallacha,
oyoqlarida mahsi-kavush, kavush rosa loy bo‘lib
ketibdi. O‘rtada to‘xtab hammaga bir-bir qarab
chiqdilar-da:
– Boshlaringga ko‘p tashvish soldim-da,
hamqishloqlarim, afsus, – dedilar.
Odamlar har xil gaplarni aytishdi. Orqada to‘n
yopinib turgan ayollar yig‘lagandek bo‘ldi, bolalar
ham yig‘lagandek bo‘ldi, bolalar ham yig‘lashdi.
Men ham yig‘ladim. Yugurib borib oyoqlaridan
achomlab olay devdim, bobojonim qo‘yib
yubormadi.
Bitta amaki oq otlining oldiga borib, cholni
qiynamang, mayli, o‘rniga meni qamang, devdi,
oq otli, buni ham ushlanglar, deb buyurdi. Eshon
bobomga qo‘shib o‘sha amakini ham haydab
ketishdi.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling