Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
168
qarama, sen bilan tegishli joyda gaplashib qo‘ya-
man... Keyin chollar yig‘ila boshladi. Oxirida
qochoq Eshon shoshilib kelib. qulog‘ini ushlab
Ollohu akbar, Ollohu akbar deb azon ayta boshladi,
past ovoz bilan aytdi... Keyin qishloqqa borib, jin
aravamga minib sizga ma’lumot yetkazdim. Gap
shu, ushlaysiz. Ushlamasangiz bilib qo‘ying, sizning
ustingizdan ham tegishli joyga ma’lumot beramiz...
Hamma jim edi, bobom ikkimiz ham jim
turaverdik. Odamlar endi boshlarini battarroq egib
olishdi, biz ham battarroq egib oldik. Hayitvoy
o‘rtog‘im yonimga kelib:
– Qulog‘ingga bitta gap aytaman, – deya
shivirladi.
Qulog‘imni og‘ziga yaqinroq tutgan edim:
– Eshon bobomni men ko‘rganman, – deya
shivirladi.
– Qachon?
– Kecha.
– Qayerda ko‘ruvding?
– Tovuqxonada yotgan ekan.
– Qanday qilib ko‘rding, men ko‘rganim
yo‘q-ku?
– Otam qorong‘uda ovqat olib kelgandi,
orqasidan sekin poylab kelib êî‘rib oldim.
– Shu gaplarni ijroqo‘m boboga aytasanmi?
– Yo‘q, aytsam meni ham qamab qo‘yishadi.
– Menga nega aytding bo‘lmasa?
– Sen ham menga bitta gap aytgin-da, senda
qiziq gap ko‘p-ku.
– Hozir hech ham qiziq gapim yo‘q, –
deb shivirladim. – Qiziq gap aytsam, uyimiz
kuyib ketadi, mollarimiz ham kuyadi... Eshon


Jannati odamlar
169
bobomning arvohini ham ko‘rganim yo‘q,
bildingmi...
O‘rtog‘im bilan pichirlashib so‘zlashayotga-
nimizda oq ot mingan amaki boshqalar bilan nima
to‘g‘risida gaplashayotganini eshitolmay qoldim,
juda alam qildi. Endi bobojonimning oldiga o‘tib
hamma gaplarni astoydil eshita boshladim. Eshit-
ganlarimni uyga borsam enamga ham aytib bera-
man, deb o‘yladim. Ey, enam ham kelsa bo‘larkan,
orqada to‘n yopingan enalar turibdi-ku, enam ham
to‘nini yopinib turaverardi-da.
Oq ot mingan amaki Yusuf komsomoldan
namozga borgan chollarni tanib olganmiding, qani
menga ko‘rsat-chi, devdi, komsomol amaki oldinga
chiqib davrani aylanib bu, mana bu, mana bunisi
ham deb qo‘lidagi qamchisi bilan chol bobolarni
ko‘rsataverdi. Keyin Matmusa bobo, Qambarali
bobo, Eshonqul bobo, Ahmadqul bobo, o‘zimning
bobomni ham qo‘shib o‘rtaga olib chiqishdi. Qo‘rqib
ketdim, juda ham qo‘rqib ketdim. Bobojonimni
qamab qo‘yishsa-ya, unda enam ikkovimiz nima
qilamiz, kechasi uxlaganda qo‘rqamiz-ku, deb
o‘yladim. Keyin enajonim o‘rgatgan duolarni
pichirlab o‘qiy boshladim. Ey Xudo, bobojonla-
rimizni qamashmasin, – deb pichirlab turdim.
Yig‘lagim kela boshladi. Yig‘lasam Eshon bobom
biznikiga borganini bilib qolishadi, deb yig‘lamas-
likka harakat qildim.
Oq otli amaki otdan tushib, jilovini sherigiga
ushlatib, yangigina moylangan, qo‘nji uzun xirom
etigi bor ekan, o‘sha loy bo‘lib qoladi deb otidan
tushmagan ekan-da, qo‘lidagi dastagiga kumush
qadalgan chiroyli, judayam chiroyli qamchisi bilan



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling