Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
166
Voy, yana ikkita melisa amaki bor ekan, ot
choptirib ular ham kelib qolishdi.
– Axtarib ko‘rdik, – deyishdi.
Sandiqlarini ham ochdilaringmi? – deb so‘radi
oq otli amaki.
– Ha, ochib ko‘rdik.
– Tomidagi bedasini-chi?
– Ularni ham titkilab tashladik.
– Landovurlar, kim o‘zarga ot choptirishni
bilasan xolos, – deb urishdi oq otli amaki, –
borlaring, boshqa hovlilarni ham qaranglar...
ko‘chalarga qorovul qo‘yganmisan?
– Qo‘yganmiz, qishloq o‘rab olingan, qush ham
uchib chiqolmaydi.
Kelgan melisa amakilar endi, bizning uyimiz
tomonga qarab ot choptirib ketishdi. Biznikiga ham
kirishsa-ya, voy, kirganlari bilan bari bir Eshon
bobom biznikida yo‘q-ku. Yo‘q bo‘lgandan keyin
topisholmaydi, to‘g‘rimi?.. Bechora Eshon bobom-
ey, endi u kishiga rahmim kela boshladi. O‘sha
kuni biznikiga kelganida arvoh emas ekanlar-da,
o‘zlari ekan-da, enajonim birovga aytib qo‘ymasin
deb shunday degan ekan-da... bechora Eshon
bobom-ey, ushlab olishsa urishadi endi...
Asta bobomning etagidan tortib:
– Keta qolaylik, – deb shivirladim.
– Bor, o‘zing keta qol, o‘g‘lim, – deb shivirladi
bobom ham.
– Yo‘q, qo‘rqaman.
– Qo‘rqma, o‘g‘lim.
– Hammangni qamayman deyapti-ku, yuring
keta qolaylik, sizni ham qamab qo‘yishadi, keyin
enam ikkovimiz yig‘laymiz.


Jannati odamlar
167
– Sabr qil, o‘g‘lim. Baribir ketgazgani qo‘yish-
maydi, sabr qil...
O‘rtoqlarimning oldiga o‘tay, gaplashib turib
tomosha qilamiz deb o‘yladimu, keyin darrov, yo‘q,
o‘tmayman, o‘tsam Eshon bobomni somonxonamiz-
da ko‘rganimni aytib qo‘yaman, aytmasam ham
o‘zlari ko‘zimdan bilib olishadi deb darrov fikrim-
dan qaytib, oq ot mingan amaki menga qarayap-
timikan, yo‘qmikan, deb mo‘ralab uni kuzata
boshladim. Yo‘q, qaramayapti ekan. Ijroqo‘m bobo
bilan maslahat qilishyapti. Shu paytda odamlarni
uyoq-buyoqqa itarib Rajab komsomol bilan Yusuf
komsomol kirib kela boshladi. O‘ho‘, ular juda
zo‘r, hamma qo‘rqadi. Rais bobo ham, ijroqo‘m
bobo ham, jamiki amakilar ham qo‘rqishadi.
Ko‘chada duch kelib qolsa, o‘shalar o‘tib ketguncha
devorga qisilib turishadi. Bo‘lmasa kattalarga chaqib
berishar ekan-da. Chaquv tushsa o‘sha amakilarni
darrov qamab qo‘yishar ekan.
– Noto‘g‘ri axborot beribsiz-da, o‘rtoq, – dedi
oq ot mingan amaki.
– Axborot to‘g‘ri, – dedi Yusuf komsomol, –
men bu qochoq, teskari targ‘ibotchining iziga
tushganimga o‘n kun bo‘ldi. Bugun u bog‘da
paydo bo‘lsa, ertaga bu bog‘da paydo bo‘ladi.
Oxiri yashirincha namoz î‘qiydigan joylarni aniqla-
dim. Qambarali cholning, ana, o‘ziyam ko‘zini chaq-
chaytirib turibdi, menga unaqa qaramang, sizdan
qo‘rqadigan joyim yo‘q, men hukumatning odami
bo‘laman... ana shu cholning bog‘ida ko‘rimsizgina
uy bor. O‘sha yerda namoz o‘qishadi. Ha-ha, qochoq
shu yerga albatta keladi dedim-da, kechasi bilan
uxlamay po‘yladim... He, chol, menga unaqa



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling