Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
184
gimni yecha boshladi. Men etikni yomon ko‘ra-
man, undan botinka yaxshi, ipini bunday-bunday
qilib yechsangiz oyoqdan kuni nam tortib hech
yechilmay turaveradi. Enam bir poyidan tortgan
edi, ostimdagi po‘stak bilan qo‘shilib sudralib
poygakkacha borib qoldim. O‘shanda ham yechil-
madi. Bunisini tortuvdi, endi o‘choq tomonga
sudralib keldim. Eh, shu etikni bugun kiymasam
bo‘lar ekan, ikkovimiz ham rosa qiynaldik. Enam
ustasidan rosa xafa bo‘ldi, uyi donga to‘lsin, solgani
idish topolmasin degan gaplarni aytdi. Keyin
muzlab ketgan oyog‘imdan o‘pib:
– Ta’ziringni yebsan-ku, bolam, – deb qo‘ydi.
O‘rnimdan turib enajonimning bo‘ynidan
achomlab o‘zi sal-pal yig‘lagim kelib turuvdi,
rosmana yig‘lab yubordim. Enam, qo‘y bolam,
yig‘lama, devdi, ovozimni chiqarib battar
yig‘ladim.
– Nega yig‘laysan axir, nega? – ko‘ksiga bosib
yelkalarimdan silay boshladi enajonim.
– Endi meni ham qamasharkan, – deb zo‘rg‘a
gapirdim.
– Seni nega qamasharkan, qulunim?
– Oyoqlarini tishladim-ku, qulog‘ini qonatdim.
– Qaysi o‘rtog‘ing bilan urishding?
– O‘rtog‘immas, ijroqo‘m boboni tishladim
deyapman.
– Ijroqo‘m boboni, voy sho‘rim, nimalar
deyapsan?
– O‘zi bobomni urdi-ku, qamchi bilan urdi,
nega uradi bo‘lmasa?
– Voy, Otajon, gapirsangiz-chi. Bolangiz nima
deyapti, eshityapsizmi?


Jannati odamlar
185
Bobojonim Bo‘rhovuz bo‘yidan qaytib kelib
kampirim o‘zi eshitgan bo‘lsa bo‘ldi, yuragini
g‘ashlab nima qildim, deb enajonimga hech narsa
aytmay, qamchi zarbidan shishgan yuzini ko‘rsat-
may sandalga kirib yotvolgan ekan. Enam ertalab-
dan buyon molxonadan chiqqanim yo‘q, kimdan
ham eshitardim, siz bo‘lsangiz meni odam qatoriga
qo‘shmaysiz, men sizning cho‘ringizman, dedi.
Bobomning yuzidagi shishini ko‘rib yig‘lashga
tushdi. Eshon hazratlari musichadek beozor kishi
edilar, parishtadek begunoh edilar, xudoyo cho‘chqa
boqmay cho‘chqadek bo‘kirib o‘lgurlar, deb qamoq-
qa olib ketgan amakilarni rosa qarg‘adi. Mening
sho‘rlik cholginamda nima ayb, begunoh go‘dagim-
da nima ayb, qamchi ko‘targan qo‘llaring go‘rlarda
chirigurlar, degan gapni ham aytdi.
Kevin uyning burchagida o‘tirib olib, otishmada
o‘lgan tog‘alarimning nomini aytib, sizlar tirik
bo‘lganlaringda qari otalaringni zolimlarga kaltak-
latib qo‘yarmidilaring, zo‘ravonlarning ta’zirini
berib qo‘yardinglarku, bevaqt ketgan azamatlarim,
shahid bo‘lgan arslonlarim, deb yiglayverdi,
yig‘layverdi. Birpas bobom yig‘ladi, birpas enam
yig‘ladi. Bir-birlarini hecham yupatisha olmadi,
yupatib turib yana yig‘lab yuborishadi. Bobom
ovozini chiqarmasdan, ko‘z yoshlarini artib-artib
yig‘lasa, enam xuddi tog‘orada xamir qorayot-
gandek, kigizni mushtlab-mushtlab, g‘ijimlab yig‘-
laydi.
Oxiri bir-birlariga suyanib jim bo‘lib qolishdi.
Enajonim bobomning yelkasiga boshini qo‘ygan edi,
bobom meni erkalaganda yumshoq-yumshoq silaydi-
ku, o‘shanaqa qilib yuzlarini, boshlarini silab, qo‘y



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling