Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Jannati odamlar
199
aytmayman, cho‘yan soqqa bersa ham, yaltiroq
tugma bersa ham aytmayman, Eshon bobomni hech
kimga aytmadim-ku dedim. Enam gapimga ishonib
chiqib ketdi. Uyda o‘tirgim kelmay o‘zim ham
o‘ynagani jo‘nadim. Tag‘in Hayitvoy o‘rtog‘inikiga
kirarkan deb o‘ylamang, yo‘q, endi ularnikiga hech
ham kirmayman. Qachon ko‘rishsak, o‘la endi
ijroqo‘mni tishlaganing uchun seni ham qamashadi
deb qo‘rqitadi. Kirsam-ku mazza qilardim-a, hozir
ayvonlarida rosa o‘ynashayotgandir. Chikildak,
zuvilloq, uzoqqa sakrash, balandga sakrash, yong‘oq
tepish... biz hammasini bilamiz, yongoq o‘ynashning
yetti xili bor. Mana, qo‘l bilan otib tekkizasiz –
bir, ikkitadan otib tekkizasiz – ikki, oyoqning uchi
bilan tepib tekkizasiz – uch, doiraning ichiga g‘uppa
tikib mo‘ljalga olasiz – to‘rt... Ey, juda ham xili
êî‘p. Men oldin ko‘p yutqazardim-da, keyin ko‘zim-
ning bittasini qisib turib mo‘ljalga olishni o‘rganib
oldim, endi hammasini yutaman. Hozir uyimizda
ikki xalta yong‘og‘im bor. Undan keyin chikildak
o‘yinimiz ham qiziq, yo‘q, to‘xtang, uni ham aytay,
rostdan ham juda qiziq. Mana, oldin bir quloch
keladigan kaltak kesasiz, keyin bir qarich keladi-
ganidan kesasiz, keyin kaltasini yerga qo‘yib
uzunining uchi bilan yerdan ko‘tarib osmonga ota-
siz-da, pasayib kelayotganida bir urasiz, uchib ketib
uzoqqa borib tushadi, endi bildingizmi! Keyin
sherigingiz kaltakcha borib tushgan joygacha nafas
olmay zuvillab boradi. Nafasi yetmasa qaytadan
yuguradi, yana yuguradi, eh juda mazza bo‘ladi.
Hayitvoy o‘rtog‘imnikiga kirmadim.
Murodxonlarnikiga qarab yurdim. Shu o‘rtog‘im
juda yaxshi-da. Meni sizlab gapiradi, men ham


Xudoyberdi To‘xtaboyev
200
sizlayman. Keyin-chi, otalarini dada deb chaqiri-
shadi. Borib eshiklari qiya turgan ekan, asta
mo‘ralab qarasam o‘rtog‘im ko‘rinmaydiyu dadasi
hovlida katta bolta bilan î‘tin yorayotgan ekan.
Aytuvdim-ku, dadasi meni yomon ko‘radi deb.
O‘shanda ayb rostdan ham mendan o‘tuvdi.
Uylarida o‘ynab o‘tiruvdik, o‘rtog‘im molxonada
qo‘rg‘oshin bor, o‘shandan eritib oshiqning ichiga
quysak og‘ir bo‘ladi, hammaning oshig‘ini yutib
olamiz, dedi.
Kirsak, molxonalarining shiptiga o‘ntacha
bedana osib qo‘yishgan ekan, hammasi bizni qo‘yib
yuboringlar, onalarimizning oldiga boraylik,
degandek yig‘lamsirab, to‘rni cho‘qib pitirlashayot-
gan ekan. Enam qushga ozor bergan, uni qafasga
solgan odam do‘zaxi bo‘ladi, olovda kuyadi derdi,
ertak ham aytib beruvdi. Qushlarni yaxshi ko‘rgani,
ozor bermagani uchun o‘sha odam jannatga tushgan
ekan. Murodxonga shuni aytib, jon o‘rtoq, beda-
nalarni qo‘yib yuboraylik, onalarining oldiga
borishsin, bizni duo qilishadi, keyin ikkovimiz ham
jannati bo‘lamiz, o‘sha yerda qo‘rg‘oshin quyilgan
oshiqlar ham ko‘p bo‘larkan, birga o‘ynab yuramiz
degandim, darrov rozi bo‘lib, uylaridan katta qaychi
olib chiqdi. Keyin o‘rtog‘im engashib turdi, men
yelkasiga chiqib to‘rni qiyt-qiyt qilib kesib, bechora
bedanani olib hovuchimda ham ushlab ko‘rdim,
iliqqina ekan, yuragi ham gup-gup qilib urib
turibdi. Qo‘yib yuborgan edim, shunaqa xursand
bo‘ldiki, shunaqa xursand bo‘ldiki, pir etib borib
ostonaga qo‘ndi-da, o‘sha yerda turib rahmat
sizlarga, hozir borib onamga aytaman, sizlar endi
jannati bo‘lasizlar deyayotgandek, sap-sariq



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling