Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
192
yeyishibdi. Keyin uyqusiray boshlashibdi. Boshlari
aylanib ketaveribdi, ko‘zlari ham yumilaveribdi.
Uch kundan buyon jang ichidamiz, ot ustidamiz,
uxlaganimiz yo‘q, ha mayli, uxlasak, uxlaylik deyi-
shib, to‘nlarini taglariga solib, egarlarga boshlarini
qo‘yib uyquga ketishibdi. Qorovulga chiqqan yigit
oshni hammadan ko‘p yegan ekan, hammadan
qattiqroq uxlabdi. O‘zini uxlaganga solib yotgan
sotqin sakrab turib uchqur bir otni minib jazo
otryadining boshlig‘iga – Marifxo‘ja komandirning
huzuriga qarab qushdek uchib boribdi. O‘rtoq
komandir aka, topshirig‘ingizni a’lo bajardim, endi
mukofotning kattasini berasiz debdi. Marifxo‘ja
amaki askarlarini boshlab, qilichlarini yalang‘och-
lab, miltiqlarini o‘qlab yetib kelibdi. Qarashsa
rostdan ham qo‘rboshi amakilar taxtadek qotib
uxlab yotgan ekan.
– Bas qil, o‘g‘lim, – dedi bobom, o‘rnidan turib,
– men endi buyog‘iga chidolmayman, yaramni
tirnab yubording, G'ulomboyning o‘gli.
Bobom oyog‘i og‘rib turgan bo‘lsa ham
cho‘loqlanib hovliga chiqib ketdi. Og‘ilxonaga kirdi
shekilli, qaytmadi. Mening ham endi eshitgim
kelmay qoldi. Uxlab yotgan amakilarni qilich bilan
chopib tashlashsa-ya deb qo‘rqa boshladim.
O‘tirganlar bo‘lsa ayting, keyin nima bo‘pti
deyishaverdi... keyin... juda yomon bo‘pti.
Hammasini otib tashlab, bitta Islompolvon
amakini otga o‘ngarib olib ketishibdi.
Qo‘rg‘onchamizdagi ancha odamlarniyam
qo‘rboshiga nega joy berding deb qamab qo‘yishibdi.
Men endi butunlay qo‘rqib ketdim. Ijroqo‘m bobo
bizni ham nasha berib ushlab olsa-ya deb qo‘rqdim.


Jannati odamlar
193
Mehmonlar chiqib ketgandan keyin ham qo‘rqa-
verdim. Bobomdan ko‘ngil so‘ragani Zahro xolam
bilan Boqqol pochchamlar kelishuvdi, ularning ham
gaplariga quloq solgim kelmadi. Xolam, erkalab,
xayriyat, otamning himoyachisi bor ekan, ijroqo‘m-
ning tizzasidan tishlab olmaganida otamni yana
urardi, kel azamatim, peshonangdan bir o‘pay de-
gandi, ishingizni qiling, deb jerkib berdim. Keyin
Ahmadqul bobom chiqdi. Bu Marifxo‘ja deganlari
dahshat xo‘ja bo‘ladi, bundan ehtiyot bo‘laylik,
dedi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling