Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Jannati odamlar
207
bo‘lsam masjidga imom bo‘laman, Hayitvoy, Dilijon
o‘rtoqlarimga rosa maqtanaman... Zo‘r bo‘pti, zo‘r
bo‘pti, xayriyat, xayriyat deb o‘ylayotgandim,
Esonqul bobom, hoy bola, echkiga o‘xshab hadeb
sakrayvermagin, dedi. Xayolga berilib turgan
joyimda o‘yinga tushayotgan ekanman, uyalib
ketdim. Choy damlayotganimda ham yana xayolga
berilaveribman. Ahmadqul bobom:
Rahmonberdi, bobongga o‘xshab ko‘knori
ichib olganmisan, – deb urishdi, – qumg‘ondagi
suvni choynakka emas, yerga quyyapsan-ku.
Voy, rostdan ham qaynagan suvning yarmini
yerga to‘kib qo‘yibman, zo‘rg‘a qaynatuvdim-a, endi
battar uyalib ketdim. Qochib chiqib ketardimu
qiziq-qiziq gaplarni eshitmay qolaman-da. Eshit-
sam, hammasini enajonimga aytib xursand
qilardim. Undan keyin men bolalarning gapidan
ko‘ra mana shu chol bobolarning gapini yaxshi
ko‘raman. O‘rtoqlarim bilan o‘ynab turganimda
bobolar to‘planishsa, darrov o‘sha yoqqa qarab
chopib ketaveraman. Nega men shunaqa ekanman?
Nega shunaqaligimni enam ham bilmas ekan. O‘zi
sen aqllisan-da, yana ham aqlli bo‘lging keladi-da,
deydiyu boshqasini aytmaydi.
Endi o‘nta qo‘yni qanday yig‘sak ekan, deb
maslahat qila boshlashdi. G‘ulom bobom, Eshon
hazratlari ko‘p tabarruk zot, u kishini qutqarsak,
dinimizni, imonimizni qutqargan bo‘lamiz. Zo-
limdan qochib himoya so‘rab to‘ppa-to‘g‘ri bizning
qo‘rg‘onchaga keldilar. Biz u hazratni himoya
qilolmay qo‘lga tushirib qo‘ydik. Endi qutqarish
ham bizning zimmamizda. Xudo xohlab mana
qutqaryapmiz ham. Xudoga ming qatla shukr, hali


Xudoyberdi To‘xtaboyev
208
yurtimiz imonsiz bo‘lganicha yo‘q, xayr-ehson
ko‘tarilgani yo‘q. Mayli, kafansiz ko‘milaylik,
ammo hazratimizni o‘zimiz qutqaramiz. Xudo xoh-
lasa, chin dunyoga borganda yuzimiz yorug‘ bo‘ladi,
degan gaplarni aytdi.
O‘zimning bobom yiqqanimizcha yig‘aylik,
yetmasa mayli to‘rt yashar buqam bor, semirib
tuyacha bo‘p ketgan, o‘shani sotsam, oltita qo‘y
beradi, dedi.
Ahmadqul bobom:
– Menda qo‘y yo‘q hisobi, ikkita echki beraman,
– devdi, Esonqul bobom hoy pakana, echkiday
ma’ramay tek o‘tir, deb uniyam urishib berdi.
Qumg‘on yana qaynagan edi, endi to‘kmasdan
juda ehtiyot bo‘lib katta oq choynagimizga damla-
dim-da, bobomning oldiga keltirib qo‘yib qulog‘iga:
– Mening yong‘oqlarimni sota qolaylik,
o‘shangayam qo‘y olsa bo‘ladi, – deb shivirladim.
– Jim o‘tir, – deb qo‘ydi bobojonim.
– Jon bobojon, î‘sha yong‘oqlarni sota qolaylik.
– Jim deyapman.
– Cho‘yan soqqalarimniyam sotsa bo‘ladi,
hamma bolalar menga sot, menga sot deb yuri-
shibdi.
– Bor, ko‘chaga chiqib birpas o‘ynab kelgin,
gapga qo‘shilavermasdan, – deb bobom ovozini
baland qilib meni urishib berdi. Alam qildi,
judayam alam qildi. Eshon bobom kelganlarida
menam qo‘y olib berganman, derdim, barakalla
mulla o‘g‘lim, derdilar. Endi bobomga hecham choy
qaynatib bermayman, qaynatsam yarmini yerga
to‘kib tashlayman, ajab bo‘lsin, soqoliniyam tara-
mayman. O‘ynab kel, o‘ynab kel emish. O‘ynagani



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling