Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Jannati odamlar
201
ko‘zlarini mo‘ltillatib bizga ancha tikilib turdi-da,
keyin pir etib hovliga chiqib ketdi.
– Ana ko‘rdingmi, bizni duo qildi, – dedim
sevinib.
– Ko‘rdim, – dedi o‘rtog‘im, – qaychini menga
ber endi, men ham bittasini chiqaray, axir
jannatga birga boramiz-ku.
Endi men engashib turdim. Murodxon yel-
kamga chiqdi. Voy, juda og‘ir ekan, o‘zi mendan
bir yosh katta-da, katta bo‘lsa ham o‘rtoq bo‘laver-
ganmiz. Bitta bedanani chiqaruvdi, ko‘zi ko‘r
ekanmi, eshikni hech topolmaydi. Bechora-ey,
biram rahmim keldiki. Sigirning tagidan ushlab
hovliga o‘zimiz chiqarib yubordik.
Keyin galma-galdan yelkamizga chiqib beda-
nalarni qo‘yib yuboraverdik. Endi oltinchisini
chiqarayotuvdik, o‘shanda o‘rtog‘imning yelkasida
men turuvdim, ostonada Otaxon amakim ko‘rinib
qoldi. Ichkari ancha qorong‘u-da, bizga tikilib turdi,
biz ham tikilib turdik.
– Nima qilyapsizlar? – deb so‘radi.
Men javob qaytaray desam esimga hech gap
kelmadi. Jim turaverdim.
O‘rtog‘im: – Dada, biz jannati bo‘lamiz, – dedi
maqtangandek bo‘lib. Otaxon amakim bizga
yaqinlashib keldi-da, nima qilayotganimizni endi
ko‘rdi shekilli:
– Hu, o‘sha jannati bo‘lgan! – deb o‘shqirdi.
O‘rtog‘imning yelkasidan tushib, qo‘limdagi
qaychini tashlash esimga kelmay, ushlaganimcha
ko‘chaga qarab otildim. Ko‘cha eshigimizgacha
quvlab keldi, juda qattiq quvdi. Oyog‘imga enam-
ning kavushini kiyib borgan edim, o‘shani yechib


Xudoyberdi To‘xtaboyev
202
qochgandim, menga yetolmadi. Kira solib ko‘cha
eshigimizni tanbalab, yonidagi supaga chiqib oldim.
– Och! – deb eshikni mushti bilan urdi Otaxon
amakim.
– Ochmayman, – dedim.
– Nima qilib qo‘yding, esi yo‘q.
– Oltitasini chiqardik, xolos, endi siz ham
jannati bo‘lasiz.
Och deyapman, bobong bilan gaplashib qo‘yay,
sayroqi bedanalar edi! Har bittasi bittadan qo‘yga
arzirdi, och!
– Och-may-man, – dedim, – jannati qush-
larni to‘rga solganlar do‘zaxi bo‘ladi, bildingizmi,
ishonmasangiz enamdan so‘rang. Endi siz ham
do‘zaxda kuyasiz, hozir enajonimni chaqiraman.
Keyin enam chiqdi, bobojonim chiqdi, rosa
janjallashishdi. Men bog‘ning etagiga borib berkinib
oldimda, o‘sha yerda o‘tiraverdim. Bobom, yanagi
yili senga ellikta bedana ilintirib beraman, qishda
sandalda o‘tirib to‘r to‘qib beraman, deb arang
ko‘ndirdi! Men, bobom urishmasin, deb ataylab
kechgacha yig‘lamsirab yurdim... O‘shandan buyon
mana shu amakidan juda qo‘rqaman.
Hozir o‘tin yorayotgan ekan, eshikning
tirqishidan tilimni chiqarib bir masxara qildim-da,
orqamga qaytib ko‘chaning o‘rtasida to‘xtab qoldim,
qayoqqa yurishni bilmay turaverdim. Ko‘cha
eshigimiz tomonga qarab turuvdim, uyimizga
Esonqul bobom, Ahmadqul bobom yana bitta bobo
kirib ketayotgan ekan, o‘sha yoqqa qarab yugurdim.
Bilaman, hozir qiziq-qiziq gaplar bo‘ladi, mazza
qilib eshitaman endi. Uyga kirishim bilan bobo-
jonim:



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling