Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Jannati odamlar
203
Keldingmi, o‘g‘lim, qumg‘onni bir qaynatib
bergin, – dedi erkalatgandek qilib.
Boshqa vaqt bo‘lganda, bobojon, qo‘limni
kuydirib olaman deb ko‘nmasdim-ku, hozir juda
xursand bo‘ldim. Qumg‘on qaynatishni bilaman,
enam o‘rgatib qo‘ygan. Oldin olov yondirib olinadi,
keyin eng ustiga ho‘l o‘tindan qo‘ysa ham bo‘ladi.
Tagidagisi yonib ustidagisini o‘zi quritib oladi,
bildingizmi?.. Endi Matmusa bobom bilan G‘u-
lom bobomlar ham kelishdi, hammalari kelisha-
verdi.
– Qani, mullo Matmusa, xush xabarni so‘zla-
chi – dedi Esonqul bobom.
– Shu aytganlaringni qildim, – dedi Matmusa
bobom.
– Yo‘q, sen bir boshdan so‘zlaginki, eshitib
dilimiz taskin topsin, bir haftadan buyon ignaning
ustida o‘tiribmiz-da.
Matmusa bobom tong saharlab eshagiga minib
tuman markaziga, boshliq bo‘lib ishlaydigan
o‘glinikiga jo‘nabdi. Nonushtani nabiralarim bilan
birga qilarman deb qaymoq ham olgan ekan. Eshagi
juda ahmoq ekan-da, shu eshakni ilgariroq sotib
yubormaganiga hozir attang qilayotgan ekan, yo‘li
hech ko‘paymabdi. Eshak har odimda nos chekib
tumshug‘ini osmonga qilarmish, xala qilsa orqa
oyog‘ini osmonga otarmish... kechikib boribdi.
Borsa, boshliq o‘g‘li allaqqachon ishga chiqib ketgan
ekan.
– Uh, – dedi bobom cho‘zib, – hoy Matmusa,
gapni bo‘ladiganini gapirsang-chi.
– Shoshma, Erkavoy, – dedi Matmusa bobom,
– shoshma o‘rtoq, bo‘ladiganini ham aytaman.


Xudoyberdi To‘xtaboyev
204
– Taom lazzatli bo‘lganda uni shoshmasdan
chaynash kerak-da, – deb gap qo‘shdi Ahmadqul
bobom ham. O‘zimning bobom yana uh tortib
oldi. Matmusa boboning kelini ko‘p odobli ham
mehribon ekan, xursand bo‘lganidan o‘zini qo‘y-
gani joy topolmabdi. Otajon, xayriyat bizni ham
yo‘qlar ekansiz, oyda-yilda bir kelay demaysiz-a,
nabiralaringizni sog‘inmaysizmi, debdi.
Matmusa bobom, hoy kelin, hukumat ering
ikkovingga qo‘sh ot qo‘shilgan izvosh berib qo‘yibdi.
O‘shanga o‘tirib, o‘zlaring borsalaring podsholik-
dan tushib qolasizlarmi, degan ekan, kelin qayta-
qayta uzr so‘rab darrov eriga sim qoqib, otamiz
shunaqa-shunaqa ishlar bilan kelganlar, debdi.
Nodirbek amaki darrov o‘zining qo‘sh ot qo‘shilgan
izvoshini jo‘natibdi. Idorasi ham zo‘r ekan, de-
vorlari bo‘rlangan, oqlangan, kursilarida odamning
surati ko‘rinarmish. Nodirbek amaki o‘rnidan turib:
– Assalomu alaykum, ota! – degan ekan,
Matmusa bobom:
– Ey, salomingni qo‘y, bolam, – debdi. Qani
ota, o‘tiraylik, degan ekan, ey o‘tirmayman, debdi.
Hammasidan xabarim bor, ota, degan ekan, Mat-
musa boboning jahli chiqib, xabaring bo‘lsa nega
borib yurtdan dil so‘ramading, deb urishibdi.
– Xo‘sh, gapning bo‘ladiganini aytsam, – yana
so‘zlashda davom etdi Matmusa bobom, – No-
dirbekka qiyin ekan, ota, yolg‘izman deydi bechora
o‘g‘lim. Axir, deyman, Eshon hazratlari qulo-
g‘ingga azon aytuvdi, ehtimolki shu sabab elning
hurmatida yurgandirsan. Bilaman, ota, bilaman,
deydi yana. Butun boshli bo‘ri bor bu yerda, ularga
qarshi borish osonmas, qaytaga o‘sha dalada ket-



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling