Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Jannati odamlar
197
borsam melisa amakilar meni ham qamab
qo‘yishadi, deb ko‘nmadim.
– Uy qizi bo‘lib shu yerda o‘tiraverasanmi?! –
dedi enam xafa bo‘lib.
– Ha, uy qizi bo‘lib o‘tiraveraman, – dedim
men ham xafa bo‘lib.
– Bo‘lmasa chiqib birpas o‘ynab kelgin.
– O‘ynagim ham kelmayapti, – dedim, – siz
qayoqqa borsangiz men ham o‘sha yerga borgim
kelyapti.
– Mening zarur ishim bor, î‘g‘lim.
– Mening ham zarur ishim bor, – deb ostonada
yo‘lini to‘sib turib oldim.
Enam meni aldayapti, aldaganini bilib turib-
man. Kechasi o‘zimni uxlaganga solib, sal-pal
xurrak ham otib, bobom ikkovlarining maslahat
qilayotganlarini bitta qo‘ymay eshitib olganman.
Enam Otinbibinikiga borib mushkulkushod o‘qitar-
kan, o‘qitganini hech kim bilmasligi kerak ekan,
bilsa teskari tashviqot yuritdi deb qamab qo‘yarkan.
O‘qitmasa Eshon bobomni, yana ikkita amakini
qamoqxonadan hech ham chiqarishmas ekan. Eshon
bobom chiqmasalar qo‘rg‘onchamizdagi hamma
odamlar iymonsiz bo‘lib, nonni teskari tishlaydigan,
suvga tupuradigan, bismillosiz ovqat yeydigan bo‘lib
qolarkan. Bobojonim pichirlab, to‘g‘ri qilasan, onasi,
yurt vazmin bo‘lib qoldi, boshi falokatdan chiq-
mayapti, mushkulkushod o‘qitsang, o‘qita qol, zero
avliyolar qo‘llab, ishlarimiz yurishib ketsa, lekin
hech kimga sezdira ko‘rma... degan gaplarni ham
aytdi. Ana shularning hammasini eshitib olganman.
– Jon o‘g‘lim, o‘tkazib yuborgin, – yolvordi
enam.


Xudoyberdi To‘xtaboyev
198
– Meni ham olib borsangiz o‘tkazaman, – dedim
qo‘limni yozib.
– Yosh bolalar boradigan joy emas, azamatim.
– Hozir katta yigit bo‘lib qolding dedingiz-ku.
– Gapni ko‘paytirma.
– Ko‘paytiraveraman.
Enam meni hech ham urmaydiyu gapiga
ko‘ndirolmasa yig‘lamsirab, meni hech kimim yo‘q,
meni hamma qiynayveradi, endi boshimni olib
chiqib ketaman, Zahrobu qizimnikiga ketaman,
o‘shaning bolalarini o‘g‘il qilaman, erkalatib
yuraman, deb qo‘rqitadi. Enamning ketib qolishidan
rostdan ham qo‘rqamiz. Unda bizga ovqatni kim
pishirib beradi, sigirimizni kim sog‘adi, to‘g‘rimi?..
Hozir ham shunday qiluvdi, ostonadan pastga
tushib:
– Mayli, bora qoling bo‘lmasa, – dedim.
– Asalim-ey, – dedi peshonamdan o‘pib.
– Baribir borayotgan jo‘yingizni bilaman, –
deb maqtandim.
Keyin yozda otinbibi xolamnikiga mushkul-
kushod o‘qitgani borganimizda enamning yonida
o‘tirib hamma so‘zlarini yodlab oluvdim, o‘shani
o‘qiy boshladim.
Loilaha illoanta, –
Loilaha illoanta
Mushkulkushod naxshi band
Sali alo saodat
Har kim aytsa bir soat
Duo bo‘lgay ijobat, –
ana shularni o‘qib bo‘lganimdan keyin hayron bo‘lib
qarab turgan enajonimga qo‘rqmang, hech kimga



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling