Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
190
eshitsin, shahidlarni eslash savob bo‘ladi. Hamma
gapni G‘ulomboy otangdan eshitgansan. Katta
akang ham uch kungacha go‘r kavlab shahidlarni
ko‘mgan edi. Aytaqol, o‘g‘lim, mana bular eshitsin.
Endi hamma Qosimali akamni qistay boshladi.
Men ham qistadim. O‘sha bog‘da qo‘rboshi amakilar
qanday shahid bo‘lganini judayam bilgim kelayot-
gandi-da. O‘zi men qo‘rqinchli voqealarni, uchar
otlarga mingan qo‘rboshilar haqida qiziq-qiziq hi-
koyalarni, undan keyin devlar, ajdarholar to‘g‘risi-
dagi ertaklarni yaxshi ko‘raman. Bobojonim bo‘lsa
shunaqalar haqida hech gapirmay, katta bo‘lsang,
bilib olasan deb qo‘ya qoladi... Axir men katta
bo‘lib qolganman-ku? Hozir katta bo‘lmasam,
qachon katta bo‘laman, Kelgan amakilar, Rahmo-
njon azamat yigit ekansan, bobongni himoya
qilibsan, barakalla deyishdi-ku.
Qosimali amakim hammasini bilar ekan. Bo-
bomdan ham ko‘p bilar ekan. O‘sha qo‘rboshi ama-
kilar uyda kuyib shahid bo‘lgan kuni qattiq shamol
kelib, hammayoqni taraqlatib muzlatib, tuf desa
tupik ham yerga tushguncha muzlab qoladigan bir
payt ekan. Qishlog‘imizni ham, yerlarimizni ham,
suvlarimizni ham, osmonda uchib yurgan qushla-
rimizni ham, bosmachi bo‘lib men hech joyni bosib
olganim yo‘q, sening o‘zing bosmachisan deb o‘sha
shapkalilarga qarsrii urishib tog‘-toshlarda sarson
yurgan qo‘rboshi amakilar kechasi Hoshim baqqol-
ning bog‘iga qo‘ngan ekan. Otlarini bog‘laydigan
ayvon, o‘zlarini sovuqdan pana qiladigan kichkina
qo‘rg‘oncha ham bor ekan.
Bir kecha tunaymizu ovqat g‘amlab yana toqqa
chiqib ketamiz deyishgan ekan.


Jannati odamlar
191
– To‘g‘ri aytyapmanmi? – deb so‘radi Qosimali
amaki.
– To‘g‘ri aytyapsan, – dedi bobojonim, –
chindan ham sovuq qattiq edi. Hovuzdagi muz otni
ko‘tarardi.
Keyin qo‘rboshilarning boshlig‘i Islom polvon
degan amaki bobomga xabar yuboribdi. Bobom
ellikboshi ekan-da. Darrov bitta qo‘y so‘ydirib, non
yoptirib, palov damlashsin deb guruch, sabzi-
piyozlar olib ularning yoniga yetib boribdi.
Qo‘rboshi amakilar otlarini xashakka qo‘yib,
egar-jabduqlarini yamab, daryoni kechib o‘tayot-
ganlarida etiklariga suv kirib, paytavalari ho‘l bo‘lib
qolgan ekan. O‘rtaga olov yoqib o‘shalarni quri-
tishibdi. Sergo‘sht sho‘rvani mazza qilib ichishibdi.
Keyin bobom olib borgan katta qozonda palov ham
pishira boshlashibdi. Oralarida bitta sotqin bor
ekan. Juda ayyor ekan, tulkidan ham ayyor ekan.
O‘zi usta mergan ekanu osmondagi qushni urib
tushirar ekanu, baribir sotqin ekan. Sheriklarimni
qanday ushlab bersam, qanday qilib mukofotning
eng kattasini olsam ekan, deb xayollar surib, rejalar
tuzib, orzular qilar ekan. Egarining ostiga katta
odamlarning mushticha keladigan nashani bekitib
yurar ekan. Hamma o‘zi bilan ovora bo‘lib qolgan-
da, oshpazning ko‘zini chalg‘itib o‘sha nashani
qozonga tashlab yuborib, yana hech narsa ko‘rma-
gandek bo‘lib gulxanning yoniga borib paytavasini
quritishga mashg‘ul bo‘libdi. Qiziq-qiziq gaplarni
aytib sheriklarini kuldirib o‘tiraveribdi. Palov
pishgandan keyin davra qurishib o‘rtaga laganlarni
qo‘yib, oling-oling deyishib, qo‘y boqqanning umri
uzoq bo‘lsin degan gaplarni aytishib mazza qilib



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling