Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

 ENAJONIM ERTAK AYTADI 
– 
H
à, î‘g‘lim, tinchlan, Xudo xohlasa, yomon-
ning jazosini o‘zi beraveradi, hammasi o‘ziga ayon.
Kimni jazolaydi, kimni mukofotlaydi, o‘zi biladi.
Marifxo‘jaga o‘xshaganlar ham jazosiz qolmas.
Kimki birovga choh qaziydi, nohaq bo‘lsa o‘zi
tushadi. Kimki birovga yomonlikni ravo ko‘ribdi,
o‘sha yomonlik balosiga o‘zi duchor bo‘ladi...
Yaxshisi, ertagimni tingla. Tinglab-tinglab uxlab
qolgin, toylog‘im, azamatim.
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim-qadim
zamonda, shu o‘zimizning Farg‘ona tomonda, dovu
daraxtlarga êî‘milgan, yam-yashil qishloqda ikki
kishi yashagan ekan. Birini Novcha, birini Pakana
deyishar ekan. Ikkovi ham Xudoning bandasi ekan.
Yashabdilar, yashabdilar, oxiri bir kuni pakanasi,
e o‘rtoq, shu do‘ppidekkina qishloqda yashab o‘tib
ketaveramizmi, axir biz ham dunyoni bir ayla-
naylik, sayohat qilaylik, ish bo‘ri emas, toqqa qochib
ketmaydi, qaytib kelib yana ishlayveramiz, debdi.


Xudoyberdi To‘xtaboyev
194
Novcha ham zerikib yurgan ekan, jon-jon deb rozi
bo‘libdi. Rosa tayyorgarlik ko‘rishibdi, xurjun-
larning ko‘zini oziq-ovqatga to‘ldirishib, hayyo-huy
deb safarga jo‘nab ketishibdi. Eldan elga, yurtdan
yurtga o‘tishibdi, ko‘p ajoyibotlarni ko‘rishibdi.
Oxiri xurjunlarining ikki ko‘zini sovg‘a-salomga
to‘ldirib o‘z yurtlariga qaytmoqchi bo‘lishibdi.
Ammo bir sinovga duch kelib qolishibdi. Hamma
narsa Ollohning o‘zidan, ehtimolki, bu sinovni
Ollohning o‘zi yuborgandir... Yo‘llari sahroyi-biyo-
bonga tushib qolibdi. Bo‘ron ko‘tarilib, chang-to‘zon
ichida adashibdilar. Bir kun o‘ngga yurishsa – bir
kun chapga yurisharmish...
Bu ahvolda hali ko‘p yuradiganga o‘xshaymiz,
deb o‘ylabdi Pakana, yaxshisi suvim bilan oziq-
ovqatimni ehtiyot qilay. Shunday deb o‘ylabdi-da
bor narsasini xurjunning ichiga berkitibdi, Nov-
chaning suvidan ichib, nonidan yeb yana ikki kun
yo‘l bosishibdi, oxiri Novchaning noni bilan suvi
tugabdi, och-nahor qolishibdi, shunday bo‘lsa ham
noumid bo‘lmay, bir kun o‘ngga, bir kun chapga
qarab yo‘l bosaverishibdi. Uxlash uchun yotishganda
Pakana sherigiga sezdirmay xurjunidagi suvidan
ichib, nonidan yeb quvvatlanib olarkan. Novcha
oxiri holdan toyib yiqilibdiyu, o‘zidan ketibdi,
behush yotib qolibdi. Pakana, sherigim baribir
o‘ladi, o‘lishini kutib o‘tirib vaqtni boy berib
qo‘ymay, nonim bilan suvim borligida biyobondan
chiqib olay, deb o‘ylabdi, o‘ylabdi. Behush yotgan
hamqishlog‘ining hamyonini, xurjunidagi sov-
g‘alarni olib, o‘zinikiga qo‘shib, kechir o‘rtoq, ikki
kishi o‘lganidan bir kishining o‘lgani ma’qul, deb
shu ishni qildim, iloyo joying jannatda bo‘lsin deb



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling