Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
180
ko‘zlaridan duv-duv yosh to‘kilibdi, vujudlari
terakning bargidek dirillab qaltirabdi. Oxiri chidol-
mabdilar, yulqinib chiqib, o‘zlarini olovga tashlab-
dilar, yonayotgan bir kitobni olib ko‘ksilariga bosib
o‘chiribdilar, shapkalilarga qarab «kofirlar, it
emchagini emganlar, xudoyo qo‘llaring go‘rda
chirisin» deb qarg‘ab, qo‘llaridagi chala yonib
turgan kitob bilan boshliqning naq boshiga urib-
dilar. Boshliqni urib bo‘lmas ekan, ular huku-
matning odami hisoblanisharkan, ularni urgan
odam, albatta, o‘n yilga qamalar ekan. Hazra-
timning qo‘llarini orqasiga bog‘lab olib ketibdilar,
eshigi temirdan yasalgan qorong‘i uyga qamab
qo‘yibdilar. Yotaveribdilar, yotaveribdilar. Namoz
o‘qibdilar, Ollohning nomini tillaridan qo‘ymab-
dilar. Shapkalilar orasida ham insoflilari bor ekan.
O‘sha insofli odam eng katta boshliq ekan. Hazratim
qamoq muddatini melisa idorasida qorovullik qilib
o‘taysan, deb farmon beribdi. Xudo ko‘ngliga solgan
ekanda, shuning uchun Hazratimni qamalishdan
saqlab qolibdi. O‘shandan buyon Eshon hazratlari
qorovullik qilib, kozarmodagi cho‘chqalarga ham
qarab turarkanlar...
– Endi uxla azamatim, men ham uxlayman.
Ana bobong ham uxlab qoldi, shekilli, xurrak
otayapti...
 QO‘RG‘ONCHAMIZ UCH KUN
YIG‘LADI 
R
ostdan ham mozor boshigacha ergashib
bordik, xolos, u yog‘iga o‘tmadik. Past mahallaning
bolalari juda yomon, nega bizning ko‘chaga kel-


Jannati odamlar
181
dilaring, nega eshigimizdan mo‘ralab qaradilaring
deb quvlashadi, itlari ham qo‘shilib quvlaydi. Mozor
boshigacha katta bolalar ham, men ham sal-pal
yig‘lab, sal-pal hiqillab bordik. Otliq amakilar oldida
asta-sekin ketayotgan Eshon bobom bizga bir
martagina qarab qo‘ydilar, xolos. Hali aytuvdim-
ku, kulimsirab turuvdilar deb, endi hech ham.
kulimsiramay, yig‘lamsirab qaradilar. Qorong‘u
uyga qamab qo‘yishsa qo‘rqaman deyotgandirlar-
da. Yurishdan to‘xtab qarab turuvdik, Eshon bobom
ham to‘xtab, orqalariga o‘girilib, endi bizga sal
kulimsirab qaradilar, hammadan ko‘p menga
qaragandek bo‘ldilar. Men ham hammadan ko‘p
tikilib turdim.
– Taqsir, qani yursinlar, xayrlashuv tugadi, –
dedi haydab borayotgan otliq amaki.
Shundan keyin hammalari jo‘nab ketishdi. Biz
ham orqamizga qaytdik, kelayotganimizda har xil
gaplardan gaplashdik. Qulijon o‘rtog‘im bor-ku,
o‘sha melisa amakilarning yelkasidagi yulduzini
sanabdi: novchasida bitta, pakanasida uchta
yulduz bor ekanu, qolgan ikkita melisa amaki
yelkasiga opalar lozimiga jiyak qadaydi-ku, haligi
yiltirab turadigan, o‘shanaqa lattadan qadab olgan
ekan.
Shunga o‘xshash yaltiroq latta Qulijon o‘rto-
g‘imda ham bor ekan, ertaga yelkasiga tiktirib
olar ekan. Abduhalim o‘rtog‘im ijroqo‘m bobosini
qamchi bilan urayotganida yig‘labdiyu yugurib borib
oyog‘idan tishlash hech esiga kelmabdi.
Oldin sening bobongni urganda, oldin sen uni
tishlab olganingda sendan o‘rganib olardim-da,
keyin men ham boplab tishlar edim, dedi.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling