27
Gialinli silindrlar tiniq va shaffof bo‘lib, ularning paydo bo‘lishi koptokcha
kapillyarlari o‘tkazuvchanligining oshishi natijasida rivojlangan
proteinuriya bilan
bog‘liq. Gialinli silindrlar buyrak kasalliklarida aniqlanadi. Peshobda gialinli
silindrlarga turli xil elementlar yopishish mumkin:
-
Epitelial silindrlar. Gialinli silindrlarga buyrak epiteliysi
hujayrasi yopishsa
epitelial silindr deyiladi. Peshobda epitelial silindrlarning paydo bo‘lishi
buyraklar tubulyar apparatining zararlangaligini bildiradi.
-
Donador silindrlar. Gialinli silindrlarga bakteriyalar yopishsa donador silindr
deyiladi. Peshobda paydo bo‘lishi glomerulonefrit,
pielonefrit, diabetik
nefropatiya, buyrak amiloidozi, yomon sifatli gipertenziya va b.da aniqlanadi.
-
Eritrotsitar silindrlar. Gialinli silindrlarga eritrotsit
yopishsa eritrotsitar
silindr deyiladi. Buyrak koptokchalari patololgiyasi natijasida rivojlangan
gematuriyada aniqlanadi. Glomerulonefrit, buyrak o‘smasi va infarkti, buyrak
venalari trombozi, o‘tkir osti bakterial endokarditga xos.
-
Leykotsitar silindrlar. Gialinli silindrlarga leykotsitlar yopishsa leykotsitar
silindr deyiladi. Leykotsitar silindrlar
piuriya kuzatilganda buyrak
kanalchalarida hosil bo‘ladi va buyrakning yiringli kasalliklari, pielonefritga
xos.
2.
Mumsimon silindrlar.
Buyrak kanalchalari distal qismida kuchli atrofiya kuzatilganda hosil bo‘ladi.
O‘tkir osti yomon sifatli glomerulonefrit, buyrak amiloidozi, buyrak etishmovchiligida
aniqlanadi. Mumsimon silindrni peshobda paydo bo‘lishi buyrakda og‘ir
patologik
jarayon borligidan dalolat beradi.
Noorganik qoldiq
Peshob muxiti kislotali bo‘lganda siydik kislotasi tuzlari (urat, siydik kislotasi
kristallari), oksalat kristallari bo‘lsa, ishqoriy bo‘lganda
amorf fosfatlar, tripelfosfatlar
uchraydi.
28
1.
Siydik kislotasi tuzlari urat va siydik kislota kristallari sifatida peshobda bo‘ladi.
Peshobda uzoq vaqt siydik kislotasi tuzlari bo‘lishi siydik tosh kasalligi yoki
podagraga olib kelishi mumkin.
a.
Uratlar jigarrang yoki pushti rangli amorf kichik donachalar sifatida ko‘riladi.
Ishqorda va qizdirilganda eriydi.
Do'stlaringiz bilan baham: