Klinik laboratoriya tashxisi
b. Siydik kislota kristallari
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oksalat kristallari
- Amorf fosfatlar
b. Siydik kislota kristallari ariq rangdagi kristallar bo‘lib, ishqorda oson eriydi,
kislotada erimaydi. Peshobda siydik kislotasi tuzlari paydo bo‘lishi sabablari: - antibakterial terapiya; - ich ketishi, qusish; - ko‘p miqdorda go‘sht maxsulotlari iste’mol qilish; - xomiladorlik; - siydik ajratish trakti infeksiyalari; - ximioterapiya fonida ko‘p xujayralarning parchalanishi; - to‘qimalar parchalanishi - o‘sma, leykozlar, zotiljam va b. 2. Oksalat kristallari oksalat kislota ammoniy yoki kalsiy tuzlaridan iborat. Oksalat tuzlari turli xil o‘lchamdagi konvert yoki oval shakldagi tuzlardir. Oksalat tuzlari uzoq vaqt bo‘lishi siydik tosh kasalligiga olib keladi. Peshobda oksalat tuzlari paydo bo‘lishining sabablari: - oksalat kislotasiga boy ovqatlar iste’mol qilinganda: pomidor, ismaloq, shavel, olma, uzum, apelsin va b.; - modda almashinuvi buzilganda – oksalat kislotali diatez; - etilenglikol bilan zaxarlanish (antifriz, tormoz suyuqligi). 3. Amorf fosfatlar kalsiy va magniy fosfat tuzlaridan iborat. Bu moddalar organizmga ovqat bilan tushadi. Amorf fosfatlar tuz cho‘kmalaridan iborat bo‘lib, tosh hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Peshobda amorf fosfat tuzlari paydo bo‘lishining sabablari: - ko‘p qusish; - ichak funksiyasi buzilganda; 29 - fosfatlarni peshob orqali ajralishi kuchayganda (raxit, fosfat - diabet). 4. Tripelfosfatlar odam uchun eng xavfli bo‘lgan fosfat toshlaridir. Tripelfosfatlar qisqa vaqt ichida xavfli darajada kattalashadi, koralsimon toshlarni hosil qiladi. Peshobda tripelfosfatlar aniqlanishi toshlarning hosib bo‘lishi boshlanganidan darak beradi. Peshobda tripelfosfatlar paydo bo‘lishining sabablari: - ko‘p miqdorda o‘simlik maxsulotlari qabul qilinganda; - sistit, pielolnefrit, ishqoriy reaksiya bilan kechganda; - organizmda gram musbat va gram manfiy bakteriyalar, zamburug‘lar natijasida rivojlangan siydik ajratish tizimi infeksion va yalig‘lanish kasalliklari, pionefroz; - steroidlar bilan davolash; - peshob ajralishi buzilishi yoki peshob tutib turish. SHilliq Normada peshobda shilliq bo‘lmaydi. Siydik chiqaruv yo‘llari yallig‘lanish kasalliklarida, ya’ni sistit, uretrit, siydik tosh kasalligi, prostatitda shilliq aniqlanishi mumkin. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling