Klinik laboratoriya tashxisi


Addis-Kakovskiy sinamasi normal ko‘rsatkichlari


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

Addis-Kakovskiy sinamasi normal ko‘rsatkichlari 
Ko‘rsatkich
Norma
Leykotsitlar
2000000 
Eritrotsitlar
1000000 
Silindrlar
20000 
Zimnitskiy sinamasi
Zimnitskiy sinamasi sutka davomidagi peshob miqdori va peshobning nisbiy 
zichligini 
aniqlash 
orqali 
buyraklarning 
peshobni 
osmotik 
suyultirish 
va 
konsentratsiyalash xususiyati baxolanadi.
Bemor odatdagidek ovqat iste’mol qiladi, iste’mol qilingan suyuqlik miqdorini 
qayd etadi, ya’ni ortiqcha miqdorda suyuqlik qabul qilmaslik lozim. SHu bilan birga 
sinama o‘tkazish vaqtida diuretiklar qabul qilinmaslik kerak. Normada iste’mol qilingan 
suyuqlik mikdorining 65-75% siydik bilan ajraladi. 
Zimnitskiy sinamasida kun davomida har 3 soatda peshob aloxida 8 ta idishga 
yig‘iladi.
Zimnitskiy sinamasini o‘tkazish tartibi quyidagicha: 


32 
1. 8 ta bankaga xar 3 soat belgilanadi, ya’ni 9:00, 12:00, 15:00, 18:00, 21:00, 
24:00, 03:00 va 6:00. 
2. Sinamani boshlashdan oldin siydik pufagi bo‘sh bo‘lishi kerak, ya’ni bemor 
ertalab soat 6:00 da turishi va peshobni unitazga ajratishi kerak.
3. Soat 9:00 dan boshlab peshob 9:00 deb markirovka qilingan idishga yig‘iladi 
va shu tarzda xar 3 soatda 8 ta idishga peshob yig‘iladi.
4. Agar bemorda 3 soat davomida peshob bo‘lmasa, ayniqsa bu xolat tunga xos, 
shu idish bo‘sh qoldiriladi va keyingi idishga yig‘ilaveradi. Aksincha, agar shu 
vaqtdagi idish to‘lib qolsa, lekin yana peshob bo‘lsa shu vaqtdagi peshob 
uchun yana bitta idish qo‘shiladi. 
5. Zimnitskiy sinamasini baxolashda xar bir idishdagi peshob miqdori 
o‘lchanadi. Normada 8 ta porsiyada peshob miqdori 50 ml dan 250 ml gacha 
o‘zgarib turadi. 
6. Peshob kunlik miqdori, ya’ni 8 ta porsiyadagi miqdori xisoblanadi. Sutkalik 
peshob miqdoriga ko‘ra poliuriya – peshob miqdori 2 l dan ko‘p, oliguriya 
peshob miqdori 500 ml dan kam, anuriya peshob miqdori 100 ml dan kam 
yoki ummuman ajralmasligi aniqlanadi. 
7. Kunduzgi diurez va tungi diurez xisoblanadi. Bunda soat 9:00, 12:00, 15:00 va 
18:00 da yig‘ilgan peshob kunduzgi peshob xisoblanadi. 21:00, 24:00, 03:00 
va 6:00 da yig‘ilgan peshob tungi diurez xisoblanadi. Normada kunduzgi va 
tungi diurez nisbati 3:1 yoki 4:1 bo‘ladi. 
8. Barcha peshob porsiyalarida peshob nisbiy zichligi tekshiriladi. 
Buyraklarning konsentratsiyalash xususiyati normal bo‘lganda nisbiy zichlik 
1010 dan 1026 gacha o‘zgarib turadi. Ertalabki peshobda tungi diurez 
kamayishi xisobiga nisbiy zichlik baland bo‘ladi. Kunduzgi peshob miqdori 
ko‘p va nisbiy zichlik past bo‘ladi. 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling