Klinik laboratoriya tashxisi
Buyrak epiteliysi hujayralari
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eritrotsitlar
Buyrak epiteliysi hujayralari buyrak kanalchalari epiteliysida bo‘ladi. Buyrak
epiteliysi hujayralari 20-30 mkm li, yumaloq yoki kubsimon shaklidagi, katta yadroli hujayralardir. Normal peshobda 5-10 ko‘ruv maydonida buyrak epiteliysi hujayrasi uchrashi mumkin. Bitta ko‘ruv maydonida buyrak epiteliysi hujayrasi 1 – 2 va undan ko‘p bo‘lishi buyrak to‘qimasining zararlanishidan darak beradi. SHu bilan birga leykotsituriya, gematuriya yoki silindruriya kuzatilishi pielonefrit, kanalchalar o‘tkir nekrozi, yomon sifatli nefroskleroz, salitsilatlarning toksik ta’siri, og‘ir metallar, etilenglikol bilan zaxarlanishda kuzatiladi. Leykotsitlar Leykotsitlar normada bir ko‘ruv maydonida 5 - 6 tagacha bo‘ladi. Leykotsituriya sabablari: - fiziologik xolatda og‘ir jismoniy mexnat bilan shug‘ullanuvchilarda lekotsitlar normadan 1,5 – 2 barobar ko‘p bo‘lishi; - siydik ajratish trakti infeksiyalari - o‘tkir va surunkali pielonefrit, sistit, uretrit; - medikamentoz - ampitsillin, aspirin, geroin qabul qilish. Leykotsitlar miqdorini oshishi bilan birga bakteriyalar ham aniqlanishi yalig‘lanish kasalligini tasdiqlaydi. Eritrotsitlar 26 Xujayralar mikroskop bir ko‘ruv maydonida sanaladi. Normada mikroskop bir ko‘ruv maydonida eritrotsitlar 0 - 2 bo‘ladi. Peshobda bir ko‘ruv maydonida eritrotsitlarning 3 va undan ko‘p bo‘lishi eritrotsituriya deyiladi. Peshobda eritrotsitlar soni bir ko‘ruv maydonida 100 tadan kam bo‘lganda peshob rangi o‘zgarmaydi va bu xolat mikrogematuriya deyiladi. Peshob rangi och qizil rangdan to‘q qizil ranggacha o‘zgarishi va peshob mikroskopiyasida eritrotsitlar soni ko‘p bo‘lishi makrogematuriya deyiladi. Bir ko‘ruv maydonidagi eritrotsitlar soni 200 va undan ko‘p bo‘lganda peshob rangi qizil tusga kiradi. Peshob orqali eritrotsitlarni ajralishi sabablari: - buyrak va siydik yo‘llari kasalliklari - glomerulonefrit, pielonefrit, siydik tosh kasalligi, o‘sma, siydik yo‘llari infeksiyasi; - prostata bezi adenomasi; - infeksion kasalliklar - malyariya, chechak, gemorragik isitma, infeksion mononukleoz; - ichak o‘smalari; - qon ivishi buzilganda – gipokoagulyasiya; - medikamentoz - sulfanilamid, urotropin, antikoagulyantlar dozasi oshib ketganda. Eritrotsitlar o‘zgargan bo‘lsa glomerulyar gematuriya bo‘lib, u silindruriya va proteinuriya bilan birga keladi. Glomerulyar gematuriya jiddiy belgi bo‘lib, uzoq vaqt kuzatilishi buyrak etishmovchiligiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun glomerulyar gematuriyani o‘z vaqtida diagnostika qilish juda muxim. Eritrotsitlar o‘zgarmagan bo‘lsa noglomerulyar gematuriya bo‘lib, u siydik yo‘llari va jinsiy a’zolardan ajralgan bo‘ladi. Silindrlar Silindrlar glomerulyar filtrdan o‘tgan plazma oqsillarining buyrak kanalchalarida ivib qolishi natijasida hosil bo‘ladi. Silindrlar turlari: Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling