38
2. NAJAS TAXLILI
Najas odam oshqozon
ichak traktida shakllanadigan,
odam xayot faoliyatining
yakuniy maxsulotidir. U suv, iste’mol
qilingan ovqat qoldiqlari, me’da
ichak trakti
ajralmalari, o‘t pigmentlari maxsulotlari, bakteriyalar va boshqalardan iborat.
Najas taxlili yordamida quyidagilarga baxo berish mumkin:
− ovqat xazm qilishqobiliyati orqali oshqozon
va ichaklarning fermentativ
faolligiga;
− najas mikrobiotsenozi va patogen mikroorganizmlar mavjudligi (disbakterioz);
− yallig‘lanish jarayonining mavjudligi;
− oshkozon va ichaklarni evakuatsiya qilish funksiyasi;
−
sodda jonivorlar,gelmintlar va ularning tuxumlari (sistalar) mavjudligi.
Najasnitekshirishnatijalarimaterialnito‘g‘riyig‘ibolishgaboglik.
Najasdefekatsiyadankeyin
8-12
soatichida
tekshirilishikerak.
Material
toza,
qurukidishgaolinadi.
Quyidagi xolatlar najas taxlilini o‘tkazishga qarshilik qiladi:
−
xuknadan olingan najas;
− surgi dori ichilganidan keyinolingan najas;
− shamchalar xolidagi dorilar qullanilgandan so‘ng olingan najas;
− kanakunjut moyi yoki vazelin moyi ichilganidan keyin olingan najas;
− najasning rangini o‘zgartiradigan dorilar (temir, vismut, bariy)
qabul
qilgandan keyingi najas.
Najas analizining makroskopik, mikroskopik, kimyoviy tekshiruvi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: