41
Normada najas xidi spetsifik bo‘ladi. Najas xidi iste’mol qilingan maxsulotlarga
bog‘liq: go‘sht maxsulotlari ko‘p qabul qilganda ko‘payadi,chirish dispepsiyasida najas
ko‘lansa xidli bo‘ladi, sutli maxsulotlar ko‘p qabul qilganda,qabziyatda kamayadi.
Patologik aralashmalar.
Normal najasda ovqat qoldiqlari bo‘lmaydi.
Quyidagi xollarda patologik
aralashmalar aniqlanadi:
− xazm bo‘lmagan ovqat qoldiqlari me’da osti bezi
etishmovchiligida va ichak
evakuatsiyasi tezlashganda kuzatiladi;
− yog‘ bo‘lishi me’da osti bezi etishmovchiligida bo‘ladi;
− shilliqbo‘lishi ichaklarda yallig‘lanish jarayonida kuzatiladi;
− yiring bo‘lishi og‘ir ichak yallig‘lanish jarayonida bo‘ladi (dizenteriya, yarali kolit,
ichak sili);
− qon oshqozon ichak trakti pastki qismidan qon ketganda kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: