Klinik laboratoriya tashxisi


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

Reberg – tareev sinamasi 
Reberg – Tareev sinamasi qon va peshobdagi kreatinin endogen klirensi orqali 
buyrak koptokchalari filtratsiyasi va kanalchalar reabsorbsiyasiga baxo beradi.
Odam qoni buyraklar orkali utganda nefronlarda qonning suyuq qismi 
filtratsiyalanadi. Natijada buyraklar orqali ortiqcha moddalar organizmdan siydik bilan 
chiqariladi. Kreatinin yunoncha “kreas” go‘sht suzidan olingan bo‘lib, mushak 
tukimasida kreatin fosfatining parchalanish maxsulotidan hosil bo‘ladi. Organizmdagi 
kreatinin mikdori odamning mushak massasiga bog‘lik. Kreatinin buyraklar orkali 
filtratsiyalanadi va peshob bilan chiqariladi. Kreatininning reabsorbsiyasi juda kamdir. 
Agar buyraklarning filtratsiya qobiliyati etarli bulmasa, konda kreatinin miqdori oshib 
ketadi.
Reberg – Tareev sinamasi peshob va qonda kreatinin miqdorini aniqlash orqali 
glomerulyar filtratsiya darajasini aks ettiradigan kreatinin klirensini baxolashdan iborat. 
Kreatinin klirensi (ingliz tilidan “kreatininni chikarilishi”) - bir dakikada buyrakda 
kreatinindan tozalashi mumkin bo‘lgan qon miqdoridir. Soglom odamda bu ko‘rsatkich 
o‘rtacha 125 ml/min. ni tashkil qiladi, ya’ni buyraklar har daqiqada 125 ml qonni 
kreatinindan tozalaydi.
Glomerulyar filtratsiya darajasi - barcha ishlaydigan nefronlar filtrlash 
darajalarining yigindisidir. Ushbu ko‘rsatkich buyraklardagi ishlaydigan nefronlar 
miqdorini aniqlashga yordam beradi.
Kreatinin klirensini ikki yul bilan aniklash mumkin: qon bioximik tekshiruvida 
kreatininni aniqlash va sutkalik siydikda kreatinin miqdorini aniqlash orkali. 
Amaliyotda qon bioximik tekshiruvi ko‘p qo‘llaniladi. Biroq bemorda glomerulyar 
filtratsiya kam bo‘lsa, patologik xolatning sabablarini aniqlash uchun Reberg – Tareev 
sinamasi tavsiya etiladi. Kreatinin klirensini muntazam ravishda tekshirib turish 
bemorning buyrak faoliyatini dinamikada kuzatib borish va medikamentoz terapiyani 
korreksiya qilish imkonini beradi. 


35 
Reberg – Tareev sinamasiga bemorni tayyorlash: 
1. Tekshirishdan 24 soat oldin spirtli ichimliklarni taыiыlash lozim. 
2. 12 soat davomida ovkat eyilmaydi. 
3. Tekshirishdan 48 soat oldin diuretik vositalarni bekor ыilish kerak. 
4. 24 soat ichida jismoniy yuklama va stressni bartaraf etish darkor. 
5. 30 dakika davomida sigaret chekmaslik lozim. 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling