33
− peshobning nisbiy zichligi 1025 dan oshmasligi kerak;
− - Xar porsiyada peshob xajmining xar xil bo‘lishi;
− Turli xil porsiyalarda peshobning nisbiy zichligi xar xil bo‘lishi (masalan,
1008 dan 1022 gacha) kerak;
Buyrak etishmovchiligida Zimnitskiy sinamasidagi ko‘rsatkichlar:
− Kompensatsiya bosqichida poliuriya, dekompensatsiya bosqichida oliguriya
yoki anuriya;
− Peshob bilan iste’mol qilingan suyuqlik miqdorining 65% dan kam qismi
ajraladi;
− Kunduzgi diurezdan tungi diurez oshadi( nikturiya);
− Barcha porsiyalarda peshob nisbiy zichligi 1015 dan past va deyarli bir xil
bo‘ladi (izogipostenuriya );
− Peshob turli xil porsiyalarda deyarli bir xil bo‘ladi.
Zimnitskiy sinamasi natijasini baxolash.
Zimnitskiy sinamasida gipostenuriyaga diuretiklar qabul qilish, surunkali buyrak
etishmovchiligi, ikki tomonlama
pielonefrit, og‘ir yurak etishmovchiligi, qandsiz diabet
olib keladi.
SHuningdek, peshobning barcha porsiyalarida keskin gipoizostenuriya –
nisbiy zichlik 1009 dan kam bo‘lishi buyrak etishmovchiligining og‘ir darajasini
ko‘rsatadi.
Giperstenuriyaga glyukoza oshishi xisobiga
qandli diabet, oqsil oshishi xisobiga
glomerulonefrit,
xomiladorlik
toksikozi,
suyuqlik
kamayishi
xisobigagipovolemiya olib keladi.
Poliuriya
qandli va qandsiz diabet, buyrak etishmovchiligi kompensatsiya
bosqichida kuzatiladi. Zimnitskiy sinovida oliguriyaga
olib keluvchi sabablar
ekstrenal omillar (terlashning kupayishi, suv qabul qilish cheklanishi, diareya,
kusish, shish va bo‘shliqlarga suyuqlik yig‘ilishi) yoki renal (buyrak
etishmovchiligi dekompensatsiya davri, pielonefrit, glomerulonefrit) sabablar
bilan bog‘lik bo‘lishi mumkin. Zimnitskiy sinamasida anuriya kuzatilishi qon
yuqotish,
travmalar, buyrak etishmovchiligi dekompensatsiya davri,
siydik
34
pufagi mushaklarining parezi, siydik tosh kasalligi yoki o‘smalarda siydik
yullarining tuliq obstruksiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: