Klinik laboratoriya tashxisi


Reberg sinamasini bajarish qadamlari


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

Reberg sinamasini bajarish qadamlari: 
1. Ertalab 6:00 da peshob ajratiladi. 
2. Bemorga 300 ml suyuqlik ichiriladi. 
3. Ertalab 7:00 da naxorga bioximik usulda zardobdagi kreatininni aniqlash uchun 
venoz qon olinadi.
4. Ertalab 8:00 da barcha peshob olinadi. 
5. Qon zardobi va peshobdagi kreatinin bioximik usulda aniqlanadi. 
Koptokcha filtratsiyasi tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
KFT = (PK x V) / (ZK x T) 
Bunda PK – peshobdagi kreatinin; V – peshob xajmi, ml; ZK- zardobdagi 
kreatinin; T- peshob yig‘ilgan vaqt, min. 
Koptokcha filtratsiyasi tezligi normal ko‘rsatkichlari 
YOshi 
Erkak 
Ayol 
1 yoshgacha 
65—100 
65—100 
1—30 yosh 
88—146 
81—134 
30—40 yosh 
82—140 
75—128 
40—50 yosh 
75—133 
69—122 
50—60 yosh 
68—126 
64—116 
60—70 yosh 
61—120 
58—110 
70 yoshdan katta 
55—113 
52—105 


36 
Koptokcha filtratsiyasi tezligi kamayishi buyrak etishmovchiligidan darak beradi. 
Quyidagi buyrak etishmovchiligi darajalari bor: 
1. Kompensatsiya bosqichi - KFT 30-50 ml/min. 
2. Subkompensatsiya bosqichi – KFT 15-30 ml/min. 
3. Dekompensatsiya bosqichi – KFT 15 ml/ min. dan kam. 
Normada kanalchalar reabsorbsiyasi 95-99% tashkil etadi. Kanalchalar 
reabsorbsiyasini aniqlash uchun quyidagi formula ishlatiladi: 
R = KFT – V / KFT x 100% 
Bunda R – kanalchalar reabsorbsiyasi, %; 
KFT – koptokchalar filtratsiyasi tezligi, ml/min; 
V – diurez, ml/min. 
Kreatinin klirensining kamayishi sabablari: 
− buyrak etishmovchiligi; 
siydik pufagi atoniyasi
− siydik tosh kasalligida tosh obturatsiyasi; 
− yurak etishmovchiligida dimlanish; 
− suvsizlanish; 
glomerulonefrit
− travmalar; 
Kreatinin klirensining kupayishi sabablari: 
xomiladorlik
− qandli diabetda diabetik nefropatiya rivojlanishidan oldin; 
− ovqat bilan ko‘p miqdorda oqsil iste’mol qilish. 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling