Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

Nazorat savollari: 
1. Sodolit va lazuritning hosil bo‘lishi. 
2. Dala shpatlari deganda nimani tushunasiz? 
3. Nefelinning amaliy ahamiyati. 
4. Amazonit deb nimaga aytiladi? 
5. Ortoklaz va mikroklinning amaliy ahamiyati. 
6. Nozean va gayuinga ta’rif bering. 
 
 


314 
Glossariy 
Singoniya – o‘xshash burchakli demakdir. Simmetriya ko‘rinishlarining 
o‘xshashligiga qarab ajratilgan guruhlari. Singoniyalar: triklin, monoklin, rombik, 
trigonal, tetragonal, geksagonal, kubik. 
Triklin – tri – uch va klin – qiyshiq degan so‘zlardan tashkil topgan, chunki 
bu singoniya kristallarining elementar yacheykasi parallelopipedlarida qirralar 
orasidagi burchaklarining uchtasi ham to‘g‘ri emas. (90º ga teng emas.) 
Monoklin – mono-bir. Elementar yacheykasi qirralari orasidagi burchakning 
ikkitasi to‘g‘ri (90º li), uchinchisi esa 90º ga teng emas. 
Kristall – (qadimiy grek tilida “muz” demakdir) Tabiiy yoki sun’iy yo‘l 
bilan olingan kimyoviy birikma va kimyoviy elementlarning hammasi 
kristallangan. 
Amorf – shaklsiz degan ma’noni bildiradi. Amorf moddalar ichki qonuniy 
tuzilishga ega bo‘lmaydi. 
Simmetriya – qadimiy grek tilida ten – o‘xshash demakdir. Kristallning 
shaklini tekshirish – o‘rganishda, ularni bir-biridan farq qilishda ko‘zga yaqqol 
ko‘rinadigan belgilardan biri ulardagi simmetrik tuzilishdir. Agar ikki shaklning 
biri – ikkinchisiga o‘xshash va teng mos kelar ekan, ular o‘zaro simmetrik shakllar 
bo‘ladi. 
Monoedr – faqat birgina yondan iborat sodda shakl.
Diedrikkita bir-biriga teng, o‘xshash, o‘zaro kesishadigan yonlardan 
iborat sodda shakl.
Pinakoid – ikkita bir-biriga teng, o‘xshash, parallel yonlardan tashkil topgan 
sodda shakl (pinaks – grekcha so‘z bo‘lib, taxta demakdir). 

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling