Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Murdani  eksgumatsiya  qilish


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53

 Murdani  eksgumatsiya  qilish  tergov  harakati  tergov    amaliyotida 

kam  uchraydigan,  zururat  tug‘ilgan  holatlarda  o’tkaziladigan 

harakatlaridan biri bo’lib hisoblanadi.  

Eksgumatsiya so’zi lotincha “exhumation” “ex” – dan, “humas” - yer, 

tuproq so’zlaridan olingan bo’lib, ya’ni yerga ko’milgan joydan qazib 

olish degan ma’noni anglatadi.  


239 

 

yuborilganligi qayd etilishi kerak. Bundan tashqari eksgumatsiyaga: ikkita 



xolis,  sud-tibbiyot  eksperti,  qabriston  vakili,  texnik  yordamchilar  (ikki 

kishidan  kam  bo‘lmagan  holda),  eksgumatsiyani  videoyozuvga  olish 

bo‘yicha  mutaxassis,  ekspert-kriminalist  va  zarur  bo‘lsa,  yana  boshqa 

sohadagi  mutaxassislar  qatnashishi  kerak.  Eksgumatsiyaga  gumon 

qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi hamda murdani tanib oluvchi shaxslar 

taklif etilishi mumkin. 

Murdani  eksgumatsiya  qilish  tergov  harakatini  o‘tkazishda  ishtirok 

etayotgan  barcha  shaxslarga  ularning  protsessual  huquq  va  majburiyatlari 

tushuntirilishi  va  mazkur  tergov  harakatining  maqsad  va  vazifalari 

to‘g‘risida ayon qilinishi lozim. 

Eksgumatsiya  qilinadigan  joyga  etib  borilgach,  ushbu  harakatda 

ishtirok  etuvchi  barcha  qatnashchilar  nazoratida  tergovchi  eksgumatsiya 

qilish  to‘g‘risidagi  qarorni  o‘qib  eshittiradi.  Qabriston  vakili  qaror  bilan 

tanishganligi  to‘g‘risida  imzo  chekadi.  Shundan  so‘ng,  tergovchi 

bayonnomada eksgumatsiyada ishtirok etuvchi barcha shaxslarning kimligi, 

qayerda  istiqomat  qilishi,  qaysi  muassasada  ishlashi  to‘g‘risidagi  aniq 

ma’lumotlarni  kiritib,  ularni  tegishli  huquq  va  majburiyatlari  bilan 

tanishtirganligi 

to‘g‘risida 

belgi 


qo‘yib, 

tasdiqlovchi 

imzolarni 

bayonnomada  qayd  etadi  va  texnik  yordamchilarga  qabrni  kovlash 

to‘g‘risida  buyruq  beradi.  Qabrni  kovlashdan  avval  qabrda  dafn  etilgan 

shaxsning  familiyasi,  ismi,  otasining  ismi,  qachon  tug‘ilganligi  va  vafot 

etgan yili, oyi va kuni bayonnomada aks ettirilishi lozim (bu ma’lumotlar 

tegishli  eksgumatsiya  qilish  qarorda  ham  bo‘lishi  shart).  Texnik 

yordamchilar  qabrni  kovlab  bo‘lganlaridan  so‘ng,  tergovchi  tobutga  olish 

to‘g‘risida  buyruq  beradi  (agarda  bu  harakat  xristianlarning  (qabristonida 

o‘tkaziladigan  bo‘lsa),  agar  bu  harakatlar  musulmonlar  qabristonida 

o‘tkaziladigan bo‘lsa, u holda xilxonadan kafanga o‘ralgan murda foto yoki 

videoga olinadi (xristian qabristonida tobutning dastlabki holati fotoga yoki 

videoga muttasil olib turilishi lozim). 

Tobut  tepaga  chiqarilgandan  keyin  tobutni  texnik  yordamchilar 

ochadilar va shu lahza foto yoki videovositalar bilan murda holatini qayd 

etish kerak va uning holati tergovchi, xolislar va sud-tibbiyot  mutaxassisi 

tomonidan  ko‘zdan  kechiriladi.  Musulmon  qabristonida  kafanga  o‘ralgan 

murda  tepaga  chiqarilgandan  keyin  fotosuratga  (videoyozuvga)  olinadi, 

so‘ng  matoni  murda  bilan  maxsus  tayyorlangan  joyga  o‘tkazib,  kafandan 

murda  ochiladi.  Bu  joyda  maxsus  tayyorlangan  oq  choyshabga  murda 

yotqiziladi va murdani tergovchi, xolislar va sud-tibbiyot eksperti ko‘zdan 



240 

 

kechiradi.  Ushbu  harakatda  ekspert-kriminalist  va  boshqa  sohadagi 



mutaxassislar ishtirok etishi mumkin. 

Eksgumatsiya qilingan murdani tashqi ko‘zdan kechirish va uning ichki 

organlarini  tadqiq  qilish  o‘lim  sababini  aniqlashdan  tashqari,  uni  vujudga 

keltiruvchi  hollarni  tiklashga  imkon  beradi,  bu  esa  jinoyat  ishi  bo‘yicha 

haqiqatni aniqlashda katta ahamiyatga ega. 

Murda eksgumatsiya qilingandan so‘ng ushbu tergov harakati bo‘yicha 

asos bo‘lgan maqsad amalga oshiriladi:  

1) murda ko‘zdan kechiriladi;  

2) murdani tanib olish uchun ko‘rsatiladi;  

3) ekspertiza zaruriyati bo‘lsa uni ekspertizaga yuboriladi;  

4)  taqqoslash  uchun  tadqiqot  o‘tkazish  kerak  bo‘lsa,  undan  tegishli 

namunalar olinadi.  

Bu  harakatlar  protsessual  qonunda  qayd  etilgan  qoidalarga  asosan 

amalga oshirilishi lozim. 

Eksgumatsiya qilingan murdaning ekspertizasi har doim to‘liq bo‘lishi 

kerak va sud-tibbiyot eksperti murdaning uchta qismidan – miya qobig‘idan, 

ko‘krak  qafasidan  va  ichakdan  (qorindan)  tegishli  ravishda  foydalanib, 

ochishi  va  ko‘zdan  kechirish,  ularning  holatini  qayd  etishi,  zarur  bo‘lsa 

namunalar (qon, ichakda bo‘lgan chiqindilar, soch tolalari, tirnoq tagidagi 

qoldiqlar,  jinsiy  organlarning  ichida  bo‘lgan  biologik  mikrocharralar 

v.h.larni)  olish  kerak.  Murdani  sud-tibbiy  jihatdan  yorib  ochish  yaqin 

bo‘lgan  sud-tibbiyot  o‘likxonasi  yoki  qabristonda  amalga  oshiriladi. 

Ekspertiza  qilishdan  avval  tergovchi  bu  to‘g‘rida  tegishli  qaror  chiqarishi 

kerak va u ekspert muassasasiga yuboriladi. 



Murdani  eksgumatsiya  qilish  natijalarini  protsessual  qayd  etish. 

Eksgumatsiyani  amalga  oshirgandan  keyin  tergovchi,  surishtiruvchi 

murdani  dafn  etish  to‘g‘risida  buyruq  beradi  va  texnik  yordamchilar 

murdani  qayta  qabrga  dafn  etadilar.  Ushbu  tergov  jarayoni  muttasil 

videoyozuvga  yozib  boriladi  yoki  ushbu  vositalar  bo‘lmasa  suratga  olib 

boriladi. 

Videoyozuv  tergov  harakati  ishtirokchilariga  ushbu  tergov  harakati 

yakunlanganidan so‘ng namoyish qilinadi va bu bayonnomada qayd etilib, 

tergov harakati qatnashchilari tomonidan imzolar bilan tasdiqlanadi. Agar 

eksgumatsiya paytida ushbu tergov  harakatida ishtirok etuvchi shaxslarda 

shu tergov harakatiga nisbatan biron bir qo‘shimcha, aniqlashtirish, e’tiroz, 

ariza  yoki  shikoyat  keltiradigan  bo‘lsalar,  u  holda  tergovchi  keltirilgan 

barcha  qo‘shimcha,  aniqlashtirish,  e’tiroz,  ariza  yoki  shikoyatlarni 

bayonnomada qayd ettirilishi lozim. 



241 

 

Eksgumatsiya  paytida  murdadan  olingan  namunalar  yoki  biron  bir 



obyektlar to‘g‘risida tergovchi bayonnomada qayd etishi va shu namunalar, 

obyektlar  nimaga  o‘ralgani,  muhrlangani,  imzolangani,  muhrning  raqami 

to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak. Eksgumatsiyani boshlash va 

yakunlash vaqti bayonnomada ko‘rsatiladi. Bayonnoma o‘tkazilgan tergov 

harakatiga iltimos bo‘lib, u to‘g‘ri qayd etilganligi to‘g‘risida ishonch hosil 

qilgan tergov harakatining qatnashchilari uni imzolari bilan tasdiqlaydilar, 

tergovchi  oxirida  imzo  chekadi.  Eksgumatsiya  harakatini  bayonnomada 

qayd etganda ushbu bayonnomaning  har bir sahifasi tergovchi va xolislar 

hamda sud-tibbiyot mutaxassisi tomonidan imzolanishi shart. 

Murdani ekspertiza qilib bo‘lgandan keyin uni qabristonga jo‘natiladi 

va  qayta  dafn  etiladi.  Tergovchi  murdani  eksgumatsiya  qilish  maqsadi, 

ekspertiza qilish masalasi asosida bu tergov harakatini o‘tkazganda murdani 

eksgumatsiya  qilinganligi  va  sud-tibbiyot  muassasasiga  yuborilganligi 

to‘g‘risida  tegishli  bayonnoma  tuzadi,  xolislar  va  shu  tergov  harakatida 

ishtirok etgan boshqa shaxslar bilan ushbu bayonnomani o‘z imzosi bilan 

tasdiqlaydi. Agar shu tergov harakatini o‘tkazish davomida foto, kino yoki 

video  vositalar  qo‘llanilgan  bo‘lsa,  bu  ham  bayonnomada  o‘z  ifodasini 

topish  lozim.  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  149-

modda). 

Surishtiruvchi yoki tergovchi murdaning tashqi ko‘rinishini u topilgan 

joyda  xolislar  va  sud-tibbiyot  sohasidagi  mutaxassis  shifokor  ishtirokida 

ko‘zdan kechiradi. Bunday mutaxassis shifokor ishtirok etishiga imkoniyat 

bo‘lmagan taqdirda, boshqa shifokor ishtirok etadi. Zarur hollarda murdani 

ko‘zdan kechirish uchun boshqa mutaxassislar, shuningdek ekspertlar jalb 

qilinadi.  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  138-

modda). 


Murda topilgan joyda uni tanib olish uchun ko‘rsatish chog‘ida tanib 

oluvchi tanib olish lozim bo‘lgan shaxs yoki narsaning belgilari, alomatlari, 

xususiyatlari  to‘g‘risida  oldindan  so‘roq  qilinishi  lozim.  (O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 126-modda).  

Surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida o‘tkazilgan tanib olish uchun 

ko‘rsatish to‘g‘risida bayonnoma tuziladi. Sud muhokamasida o‘tkazilgan 

tanib olish uchun ko‘rsatish sud majlisi bayonnomasida qayd qilinadi. 

Barcha  hollarda  bayonnomaga:  tanib  oluvchi,  tanib  olish  uchun 

ko‘rsatish  sharoiti,  jarayoni  va  natijalari,  tanib  olish  uchun  ko‘rsatilgan 

shaxslar,  ularning  yoshi,  bo‘yi,  millati,  turar  joyi,  ko‘zga  tashlanuvchi 

belgilari,  kiyimlari;  tanib  olish  uchun  ko‘rsatilgan  narsalar  tavsifi,  tanib 

olish  uchun  ko‘chmas  obyektlar  ko‘rsatilganda  esa,  shuningdek  tanib 



242 

 

oluvchi ko‘rsatgan yo‘nalishlar va izlanayotgan obyektga biror aniq joydan 



borish yo‘llari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi lozim. 

Tanib  olish  uchun  fotosuratlar  ko‘rsatilgan  bo‘lsa,  bayonnomaga 

fotojadval  ilova  qilinishi  lozim.  Tanib  oluvchining  ko‘rsatuvlari, 

shuningdek  unga  tergovchi,  sud,  taraflar  yoki  boshqa  shaxslar  tomonidan 

berilgan  savollar  va  qaytarilgan  javoblar  bayonnomaga  yozib  boriladi. 

(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 131-modda).  

Tanib olinmagan murdalarning barmoq izlari olinishi shart, murdadan 

tekshirish  uchun  boshqa  xil  namunalar  ham  olinishi  mumkin.  Tanib 

olinmagan  murdani  faqat  prokuror  ruxsati  bilangina  ko‘miladi. 

(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 138-modda). 

Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida surishtiruvchi yoki tergovchi 

bayonnoma  tuzadi,  sud  esa  eksgumatsiya  jarayoni  va  natijalarini  sud 

majlisining  bayonnomasida  qayd  etadi.  Bayonnomaga  qabr,  tobut  va 

murdaning  fotosuratlari,  kinotasvir  hamda  videoyozuvlari  ilova  qilinishi 

mumkin.  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  151-

modda). 


Agar  eksgumatsiya  paytida  foto,  kino,  ovoz  yozish,  videotasvirni 

qo‘llash harakatlari yoki murdadan qoliplar va namunalar olish harakatlari 

amalga  oshirilgan  bo‘lsa,  u  holda  texnik  vositalarning  to‘liq  nomlanishi, 

ularning  texnik  parametrlari,  ishlatish  qoidalari  va  sharoitlari,  murdaga 

nisbatan ular qanday jihatdan qo‘llanilganligi va olingan natijalarni, olingan 

qoliplar  va  namunalar  qanday  obyektlarga  yoki  narsalarga  o‘ralganligi, 

imzolar bilan tasdiqlanganligi bayonnomada qayd etilishi kerak.  

Eksgumatsiyadan  va  boshqa  protsessual  harakatlardan  so‘ng  murdani 

ko‘mish murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida qaror yoki ajrim chiqargan 

shaxsning  ishtirokida  amalga  oshiriladi.  Murda  ko‘milganligi  to‘g‘risida 

bayonnoma tuziladi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 

152-modda). 

Murda  eksgumatsiya  qilinganidan  va  boshqa  protsessual  harakatlar 

(ko‘zdan  kechirish,  tanib  olish  yoki  ekspert  tekshiruvi  uchun  namunalar 

olish) o‘tkazilganidan keyin murda qazib olingan joyiga qayta dafn etilishi 

kerak.  Agar  eksgumatsiya  harakatlari  va  murdani  qayta  dafn  etish 

harakatlari aynan bir kunning o‘zida amalga oshiriladigan bo‘lsa, bu holda 

yagona  bir  bayonnomada  bu  harakatlarni  qayd  etish  maqsadga  muvofiq 

bo‘ladi, agar murdani eksgumatsiya qilish va uni qayta dafn qilish orasidagi 

vaqt  bir  kundan  ko‘proq  muddatni  talab  qilsa,  bu  holda  murdani 

eksgumatsiya  qilish  uchun  qayta  dafn  etish  haqida  alohida  bayonnoma 

tuziladi. 



243 

 

Eksgumatsiyaning  maqsadi  amalga  oshirilganidan  keyin  tergovchi, 



surishtiruvchi  murdani  dafn  etish  to‘g‘risida  buyruq  beradi  va  texnik 

yordamchilar murdani qabrga qayta dafn etadilar va ushbu tergov jarayoni 

muttasil  videotasmaga  yozib  boriladi  yoki  ushbu  vositalar  bo‘lmasa 

fotosuratga  qayd  etib  boriladi.  Qayta  dafn  etish  jarayonida  tergovchi, 

surishtiruvchi  eksgumatsiya  to‘g‘risida  bayonnoma  tuzadi  va  uni  ushbu 

tergov  harakatida  ishtirok  etgan  shaxslarga  ovoz  chiqarib  o‘qib  beradi  va 

ishtirokchilardan shu tergov harakati hamda bayonnomani tergov harakatiga 

muvofiq  bo‘lishi  bo‘yicha  ular  qanday  qo‘shimchalar,  e’tirozlar,  arizalar 

yoki  tergovchining  harakatiga  nisbatan  shikoyatlari  bor  yoki  yo‘qligini 

so‘raydi.  Agar  tergov  harakatida  ishtirok  etgan  shaxslar  biron  bir  e’tiroz, 

shikoyat,  ariza  yoki  qo‘shimchalarga  ega  bo‘lsalar,  u  holda  tergovchi  bu 

e’tiroz,  shikoyat,  ariza  yoki  qo‘shimchalarning  hammasini  bayonnomada 

qayd  etishi  lozim.  Bayonnoma  ushbu  harakatda  ishtirok  etgan  barcha 

shaxslar tomonidan imzolanib tasdiqlanadi. 



 

7.10. Eksperiment  

(Muallif - yuridik fanlar nomzodi A.B. Rajabov) 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Eksperiment  so‘zi  lotincha  “exprimentum”  so‘zidan  olingan  bo‘lib, 

“sinash”, “tekshirib ko‘rish” degan ma’nolarni anglatadi. 

Ushbu  ta’rif  orqali  eksperiment  oddiy  ko‘rinsa-da,  uni  chuqurroq 

mulohaza  qiladigan  bo‘lsak,  ancha  o‘ziga  xos  jihatlariga  ega  ekanligini 

anglash mumkin. Chunki, jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan ba’zi dalillarni 

tekshirish  orqali  undagi  ma’lumotlarni  ishonchliligi  va  haqqoniyligini 

aniqlashda  samarali  qo‘llanilishi  mumkin.  ya’ni,  eksperiment  shaxsning 

bergan  ko‘rsatuvlaridagi  voqea,  holat,  vaziyat  va  jarayonlar  haqidagi 

ma’lumotlarning haqiqatga qanchalik mosligini, o‘sha voqea, holat, vaziyat 

va jarayonlarni tajriba o‘tkazish orqali qayta tiklab o‘tkazishdan iboratdir.  

Eksperiment  tergov  harakati  tekshiruvning  xususiyatlariga  ko‘ra  bir 

necha turlarga ajratiladi. Bularga:  

Eksperiment  tergov  harakati  deganda,  jinoyat  ishi  bo‘yicha 

ahamiyatga  ega  bo‘lgan  ma’lum  voqeaning  holatini  qayta  tiklash  yo‘li 

bilan  tajriba  harakatlarini  o‘tkazish,  biror  hodisaning  sodir  bo‘lish 

imkoniyatini  tekshirish,  shuningdek  hodisaning  voqelikda  qanday  yuz 

berishi va izlarning qolish yo‘sinlarini aniqlash, shaxsning qobiliyatlari 

(ko‘rish,  eshitish  yoki  jismoniy)  va  tergov  tusmollarini  tekshirish 

maqsadida o‘tkaziladigan protsessual harakat tushuniladi. 


244 

 

-



 

eshitish qobiliyatini tekshirish; 

-

 

ko‘rish qobiliyatini tekshirish; 



-

 

muayyan  xatti-harakatlarni  bajara  olish  yoki  bajara  olmaslik 



qobiliyatini tekshirish; 

-

 



ma’lum  bir  harakatlarni  muayyan  vaqt  oralig‘ida  sodir  eta  olish 

qobiliyatini tekshirish; 

-

 

tergov tusmollarini tekshirish v.h..  



Bundan  tashqari,  eksperiment  tergov  harakati  jinoyat  sodir  etilishida 

izlarni  qolish  yo‘sinlarini  aniqlash  uchun  ham  o‘tkazililishi  mumkin. 

Eksperiment  surishtiruvchi  yoki  tergovchining  qarori  yoxud  sudning 

ajrimiga asosan o‘tkaziladi.  

Eksperiment  tergov  harakatini  o‘tkazish  jarayonida  uning  samarali 

bo‘lishini ta’minlash  maqsadida jinoyat  yoki ijtimoiy  xavfli qilmish sodir 

etilgan paytdagi holat qayta tiklanishi zarur.  

Eksperimentni  uni  o‘tkazish  vaziyatini  hisobga  olgan  holda 

quyidagicha tasniflash mumkin: 

-

 



eksperiment  o‘tkazishga  faqat  tergovchining  qarori  yetarli 

bo‘ladigan holatlar; 

-

 

eksperiment  o‘tkazishga  prokurorning  ruxsati  talab  etiladigan 



holatlar; 

-

 



eksperiment o‘tkazish taqiqlanadigan holatlar. 

Ushbu qayd etilgan holatlar eksperiment o‘tkazishda jiddiy e’tibor talab 

etuvchi holatlar bo‘lib, bunday vaziyatda tergovchi yetuk bilim, tajriba va 

mahoratga ega bo‘lishi lozim bo‘ladi. 

Eksperiment o‘tkazishga prokurorning ruxsati talab etilmagan va qonun 

bo‘yicha  uni  o‘tkazishga  to‘sqinlik  qiladigan  holatlar  bo‘lmagan  taqdirda 

eksperiment o‘tkazishga faqat tergovchining qarori yetarli bo‘ladi. 

Eksperiment  natijasida  fuqarolar,  korxonalar,  muassasalar  va 

tashkilotlarga  mulkiy  zarar  yetkazilishi,  ishlab  chiqarish  tartibotining, 

transport  vositalari  harakati  jadvalining  buzilishi  va  boshqa  noxush 

oqibatlarning 

kelib 


chiqishi 

ehtimol 


bo‘lsa, 

surishtiruvchining, 

tergovchining bunday eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga prokuror 

sanksiya berishi lozim. 

  Agarda  eksperimentning  o‘tkazilishi  natijasida  jamoat  tartibi  yoki 

axloq  normalarining  buzilishi  ehtimoli  bo‘ladigan  yoki  shunday  oqibatlar 

yuz berishi muqarrar bo‘lsa, uni o‘tkazish taqiqlanadi.  

Eksperiment  tergov  harakati  o‘tkazishga  amaldagi  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  bo‘yicha  faqatgina  jinoyat  ishi 

qo‘zg‘atilgandan  keyingina  ruxsat  beriladi.  Jinoyat  ishi  qo‘zg‘atilmasdan 



245 

 

oldin  o‘tkazilgan  eksperiment  natijasida  olingan  ma’lumotlar  daliliy 



ahamiyatga ega bo‘lmaydi.  

Eksperiment tadqiqotini o‘tkazish ekspertga topshirilgan taqdirda uning 

harakatlari sud ekspertizasining tarkibiy qismiga kiritiladi va u eksperiment 

tergov  harakati  sifatida  baholanmaydi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual  kodeksi  154-modda).  Chunki  eksperiment  tergov  harakati 

ekspertizadan  farqli  o‘laroq  shaxsan  tergovchining  o‘zi  tomonidan 

o‘tkazilishi  lozim.  Ekspertiza  esa  tergov  harakatlari  sirasiga  kiritilsada 

bunda  tergovchining  harakatlari  faqatgina  ekspertiza  tayinlash  to‘g‘risida 

qaror chiqarish va uning bajarilishini (tadqiqot qismini) ekspertga topshirish 

bilan tamomlanadi, ya’ni tergovchi ekspertizani shaxsan o‘zi o‘tkazmaydi. 

  Surishtiruvchi yoki tergovchi eksperimentni xolislar, sud esa taraflar 

ishtirokida o‘tkazadi. Murakkab eksperimentlar kamida ikki nafar xolis va 

bir necha mutaxassis ishtirokida o‘tkazilishi mumkin. 

  Jinoyat  protsessining  ishtirokchisi  sifatida  tergovchi  ushbu  tergov 

harakatini  o‘tkazilishida  markaziy  o‘rinni  egallaydi.  U  eksperiment 

o‘tkazilishini rejalashtiradi, tashkillashtiradi, majburiy va ixtiyoriy ishtirok 

etuvchi shaxslar doirasini belgilaydi hamda tergov harakati o‘tkazilishining 

boshidan oxiriga qadar bevosita rahbarlik qiladi.  

Eksperimentni  o‘tkazish  o‘z  ichiga  asosan  uchta  bosqichni  qamrab 

oladi:  uni  o‘tkazishga  tayyorgarlik  ko‘rish,  o‘tkazish  va  natijalarini 

rasmiylashtirish bosqichlari. 

Eksperimentni  o‘tkazishga  tayyorgarlik  ko‘rish  bosqichida  tergovchi 

quyidagi harakatlarni amalga oshiradi: 

-

 



jinoyat  ishi  materiallarini  va  ish  holatlarini  sinchiklab  o‘rganib 

chiqish va eksperiment o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqaradi (prokurorning 

sanksiyasini olish talab etilgan holatlarda prokurorning sanksiyasini oladi); 

-

 



tergov  harakatining  ishtirokchilariga  o‘zini  tanishtirib,  ularning 

protsessual  huquq  va  majburiyatlarini,  shuningdek  eksperimentning 

maqsadi,  bajarish  ketma-ketligini  va  mazmunini,  har  bir  ishtirokchining 

vazifalarini  hamda  faqatgina  tergovchining  ko‘rsatmalari  asosan  harakat 

qilishlarini,  shuningdek  ishtirokchilar  o‘rtasida  ularning  bir-birlari  bilan 

qanday aloqa qilish tartibini va boshqalarni tushuntiradi; 

-

 

eksperimentni  o‘tkazish  joyi  va  vaqtini  belgilaydi  (bunda  jinoyat 



sodir etilgan vaqtdagi vaziyatni iloji boricha qayta tiklash mumkin bo‘lgan 

joy va vaqt tanlanishi lozim);  

-

 

jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar yoki ularning vakillariga, gumon 



qilinuvchiga, ayblanuvchiga va uning himoyachilariga tergovchi, tarjimon, 

mutaxassislarni  rad  etish  xohishlari  bor  yoki  yo‘qligini  aniqlaydi  hamda 



246 

 

mutaxassis  va  tarjimondan  o‘z  o‘zini  rad  qilish  uchun  asoslar  ularda  bor 



yoki yo‘qligini so‘raydi v.h.. 

Eksperiment  tergov  harakatining  ishtirokchilari  ham  ikki  guruhga 

ajratiladi.  Birinchi  guruhga  mazkur  tergov  harakatida  ishtirok  etishi 

majburiy bo‘lgan ishtirokchilar bo‘lib, unga tergovchi va kamida ikki nafar 

xolis  kiritiladi.  Ikkinchi  guruhga  esa  tergov  harakatida  ishtirok  etishi 

majburiy bo‘lmagan ishtirokchilar bo‘lib, unga guvoh, jabrlanuvchi, gumon 

qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, mutaxassis kabi ishtirokchilar kiradi. 

Eksperiment  o‘tkazishga  mutaxassis  va  ekspert,  shuningdek  tajriba 

harakatlarini  olib  boruvchi  shaxslar  jalb  qilinishi  mumkin.  Ko‘rsatuvlari 

tekshirilishi  lozim  bo‘lgan  shaxslar  esa  bu  jarayonda  ishtirok  etishi  shart 

bo‘ladi.  

Bunda  guvohlar  va  jabrlanuvchilar  ko‘rsatuv  berishdan  bo‘yin 

tovlaganlik  va  bila  turib  yolg‘on  ko‘rsatuv  berganlik  uchun  javobgarlik 

to‘g‘risida ogohlantiriladilar. Eksperiment ishtirokchilariga uning maqsadi 

va o‘tkazilish tartibi tushuntiriladi. 

Eksperimentning  ikkinchi  bosqichida  bevosita  tajriba  harakatlari 

amalga  oshiriladi.  Ya’ni  bunda  ma’lum  hodisa,  sharoit  yoki  hollatlarning 

qayta takrorlash harakatlari zarur bo‘lsa tajribalar bilan bog‘liq harakatlar 

o‘tkaziladi. 

Tajriba  harakatlarini  o‘tkazishdan  oldin  o‘rganilayotgan  hodisa 

sharoitlari tekshirilayotgan ko‘rsatuv yoki tusmollarga to‘la muvofiq holda 

tiklangan  bo‘lishi  lozim.  Buning  uchun  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi, 

sudlanuvchi,  jabrlanuvchi,  guvohlarning  har  biriga  alohida-alohida  o‘zi 

qatnashgan yoki shohid bo‘lgan hodisaning sharoit v.h.latlarini tiklash taklif 

qilinishi mumkin. Shundan keyin surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli 

tajriba harakatlarini o‘tkazadi, shu maqsadda o‘lchash, foto va videotasvirga 

olish, ovoz yozish, reja tuzish, chizmalar chizish, eksperimental qoliplar va 

izlarning nusxalarini tayyorlash mumkin. 

Eksperiment  o‘tkazish  sharoiti  tiklanayotgan  harakat  yoki  hodisalar 

jinoyat  sodir  etilgan  sharoitga  iloji  boricha  o‘xshash  bo‘lishi  lozim. 

Tajribalar imkon boricha bir necha marta o‘tkazilishi lozim. Tajribalarning 

sharoitlari ishning holatlaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirilishi mumkin. 

Gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  sudlanuvchi,  jabrlanuvchi,  guvoh, 

mutaxassis va ekspertga eksperiment yuzasidan savollar berilishi mumkin. 

Sudning ijozati bilan eksperimentda  ishtirok etayotgan  shaxslarga taraflar 

ham  savol  berishi  mumkin.  Taraflar  va  eksperimentda  ishtirok  etayotgan 

boshqa  shaxslar  surishtiruvchining,  tergovchining  va  sudning  e’tiborini, 

ularning  fikricha  ish  holatini  aniqlashga  yordam  berishi  mumkin  bo‘lgan 



247 

 

barcha  holatlarga  qaratishga,  eksperiment  sharoitiga  aniqlik  kiritishni  va 



tajriba  harakatlarini  takrorlashni  talab  qilishga  haqlidir.  Ko‘rsatuvi 

tekshirilayotgan shaxs eksperiment munosabati bilan o‘zining qo‘shimcha 

so‘roq qilinishini talab qilishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-

protsessual kodeksi 155-modda). 

Amaliyotdan  misol:  O‘g‘rilik  fakti  yuzasidan  qo‘zg‘atilgan  jinoyat  ishi  bo‘yicha  tergovchi, 

gumon  qilinuvchining  xonadonga  oynaning  tuynugi  orqali  kirishi  mumkinligini  tekshirish  uchun 

eksperiment  o‘tkazishga  qaror  qildi.  Eksperiment  joyiga  olib  kelingan  gumon  qilinuvchi  tuynuk 

orqali turar joyga kirmasligi, o‘g‘irlik haqida hech narsani bilmasligi va avval berilgan ko‘rsatmalari 

yolg‘onligi hamda ular tergovchining ta’siri ostida berganligini ma’lum qilib eksperimentda ishtirok 

etishdan bosh tortdi. 

Eksperiment  o‘tkazishning  uchinchi  bosqichi  yakunlovchi  bosqich 

hisoblanib,  mazkur  bosqich  tergov  harakati  natijalarini  bayonnoma  orqali 

rasmiylashtirish  va  ushbu  bayonnomani  ishtirokchilarga  tanishtirish  bilan 

nihoyasiga  yetadi.  Eksperiment  o‘tkazish  bayonnomasi  –  bu  asosiy 

protsessual hujjat bo‘lib unda eksperimentning o‘tkazish shartlari, jarayoni 

va natijalari to‘liq qayd qilinadi. 

Agarda  eksperiment  sud  tergovi  jarayonida  o‘tkazilgan  bo‘lsa, 

eksperimentning  borishi  va  natijalari  sud  majlisi  bayonnomasida  aks 

ettiriladi. 

Eksperiment bayonnomasi kirish, tavsiflovchi va xulosa (yakunlovchi) 

qismlardan tarkib topishi, uning kirish qismida esa quyidagilar aks ettirilishi 

lozim: bayonnoma tuzilgan sana va joy, tergov harakatining boshlanish va 

tugash vaqti; eksperiment o‘tkazgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, 

sharifi, lavozimi va unvoni, jinoyat ishining raqami va Jinoyat kodeksining 

qo‘zg‘atishga  asos  bo‘lgan  moddasi,  xolislarning  familiyasi,  ismi,  sharifi, 

tug‘ilgan yili, yashash manzili, boshqa ishtirokchilarning familiyasi, ismi, 

sharifi,  tajriba  harakatlarini  amalga  oshiruvchi  shaxsning  protsessual 

maqomi,  uning  familiyasi,  ismi,  sharifi,  eksperiment  ishtirokchilariga 

ularning protsessual huquq va majburiyatlari, javobgarligi tushuntirilganligi 

to‘g‘risida  belgilar,  xolislarga  ularning  huquq  va  majburiyatlari  va 

javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 74-

moddasi talablari asosida tushuntiriladi va ular bayonnomaga bu to‘g‘risida 

imzo qo‘yadilar. 

Shundan  so‘ng  mutaxassisga  uning  protsessual  huquq,  majburiyatlari 

va  javobgarligi  tushuntiriladi  va  mutaxassis  bu  belgini  o‘z  imzosi  bilan 

tasdiqlaydi. Bayonnomada eksperiment paytida qanday texnik vositalar kim 

tomonidan va qanday tartibda qo‘llanilganligi ko‘rsatiladi. 

Bayonnomaning  tavsif  qismida  eksperimentning  o‘tkazish  sharoiti 

ya’ni  kunning  qaysi  qismida  o‘tkazilganligi  va  ob-havoning  qanday 


248 

 

bo‘lganligi,  eksperimentning  o‘tkazish  uslubi,  eksperiment  ishtirokchilari 



o‘rtasida  majburiyatlar  qanday  taqsimlanganligi,  eksperiment  paytida 

qanday  harakatlar,  qanday  ketma-ketlikda  amalga  oshirilganligi,  uning 

natijasida qanday ma’lumotlar olinganligini, eksperiment o‘tkazish jarayoni 

va natijalarini qayd etishda qaysi turdagi texnik vositalardan (foto, video, 

ovoz  yozish  va  boshqalar)  foydalanilganligi  ko‘rsatiladi  hamda  olingan 

fotosurat, videotasvir yoki ovozli ma’lumotlar va boshqa shunga o‘xshash 

ashyolar bayonnoma ilova qilinishi lozim. 

Bayonnomaning  xulosa  qismida  tergov  harakati  ishtirokchilarining 

bayonnoma bilan tanishganliklari va  uni imzolari orqali tasdiqlaganliklari 

hamda  bayonnomaga  nisbatan  ularda  taklif  yoki  shikoyatlarning  bor  yoki 

yo‘qligi qayd etiladi. Eksperiment bayonnomasini tergovchi imzolagandan 

so‘ng u o‘z nihoyasiga yetkaziladi. 



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling