Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53

 

7.11. Olib qo‘yish va tintuv 

(Muallif – U.T.Turg‘unov) 

 

 

 

 

 

Tintuv  o‘tkazishning  maqsadi  (tor  ma’noda)  –  jinoyatdan  qolgan 



qurollar, predmetlar, jinoyat yo‘li bilan topilgan qimmatbaho narsalar, ish 

bo‘yicha  ahamiyatga  ega  boshqa  predmet  va  hujjatlar,  jinoyat  yo‘li  bilan 

topilgan qimmatbaho narsalar, ish bo‘yicha ahamiyatga ega boshqa predmet 

va  hujjatlar,  shuningdek  qidiruvda  bo‘lgan  shaxslar,  murda  yoki  uning 

qismlarini, garovga olingan va olib qochilgan shaxsni topishdan iboratdir. 

Tintuvning  maqsadi  (keng  ma’noda)  1)  ish  yuzasidan  ashyoviy  dalil 

ahamiyatiga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsa va hujjatlarni topish va olib 

qo‘yish;  2)  jinoyat  sodir  etganlikda  gumon  qilinuvchi  va  ayblanuvchi 

shaxslarni topish va ushlash; 3) berkitilgan murda yoki uning bo‘laklarini 

topish va ularni topilgan joydan olib qo‘yish; 4) jinoiy yo‘l bilan orttirilgan 

yoki xatlanishi lozim bo‘lgan mol-mulk va qimmatbaho narsalarni topish va 

olib qo‘yish, jinoyat tufayli yetkazilgan zararning qoplanishini ta’minlash. 

 

 

 



 

 

Olib  qo’yish  -  bu  mustaqil  tergov  harakati  bo’lib,  ish  uchun 

ahamiyatli  bo’lgan  ashyo  va  hujjatlarning  aynan  kimda  va  qayerda 

ekanligi  ma’lum  holatdagina  surishtiruvchi,  tergovchi,  sudya  va  sud 

tomonidan o’tkazilishi mumkin. 

Tintuv  –  shaxsni,  xonalarni,  tintuv  qilinayotgan  shaxs  va  uning 

oila  a’zolari  yoki  tashkilot  ixtiyorida  bo’lgan  xona  va  turar  joylarni, 

ochiq joylarni majburiy tekshirishdan iborat. 


249 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  157-



moddasiga  muvofiq  olib  qo‘yish  ish  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  ashyo  va 

hujjatlarning aniq saqlanish joyi va aynan qaysi shaxsnikida ushbu ashyo va 

hujjatlar saqlayotganligi aniqlangandan so‘ng o‘tkaziladi. 

 Olib  qo‘yish  harakatini  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atilganidan  so‘ng  amalga 

oshirish mumkin. Odatda olib qo‘yish ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladi, lekin 

agar  zarur  bo‘lib  qolsa  bu  tergov  harakati  majburiy  ravishda  ham 

o‘tkazilishi mumkin. 

 Olib  qo‘yish  ko‘pincha  muassasalar  va  tashkilotlarda  ashyo  va 

hujjatlarni  olib  qo‘yishda  o‘tkaziladi.  Olib  qo‘yiladigan  hujjatni  olishdan 

avval aynan shu hujjat bilan bo‘lgan boshqa hujjatlar ham ko‘zdan kechirilib 

olib qo‘yilishi mumkin. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  158-

moddasiga  muvofiq  jinoyat  ish  bo‘yicha  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  jinoyat 

qurollari,  jinoiy  yo‘l  bilan  topilgan  predmetlar  va  hujjatlar,  qimmatbaho 

narsalar biron shaxsda yoki biron joyda saqlanishi ma’lum bo‘lsa yoki bu 

to‘g‘rida  biror  gumon  paydo  bo‘lsa,  bu  tintuv  harakatini  o‘tkazish  uchun 

asos bo‘la oladi. 

 Tintuv  asosan  ish  bo‘yicha  daliliy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan 

predmetlarni,  hujjatlarni  aniqlash  (topish)  va  olish;  qidiruvda  bo‘lgan 

shaxslarning topib ularni ushlab olish yoki shu shaxslarni qayerda yashirinib 

yurishini  ko‘rsatuvchi  materiallarni  aniqlab  topish  va  olish;  ahamiyatli 

bo‘lgan  moddiy  mablag‘larni  (pullar,  qimmatbaho  narsalar,  aksiyalar, 

qimmatbaho  metallar  va  toshlarni)  aniqlab  topish  va  olish;  kelgusida 

musodarani  ta’minlovchi  yoki  jinoyatdan  ko‘rilgan  zararni  qoplovchi 

mulkni topish va uni xatlab qo‘yish maqsadida o‘tkaziladi. 

 Tintuv  o‘tkazish  uchun  qidiriladigan  obyektning  aniq  saqlanayotgan 

joyini bilish talab qilinmaydi va bu holat uni olib qo‘yishdan ajratadi. Tintuv 

o‘tkazishdan  avval,  u  haqda  qaror  qabul  qilishdan  avval,  ish  bo‘yicha 

yig‘ilgan  faktik  ma’lumotlar  baholanishi  va  tahlil  etilishi  lozim.  Tintuv 

murdani qidirishda ham o‘tkazilishi mumkin. 

 Tintuv  o‘tkazish  uchun  surishtiruvchi,  tergovchi  tintuv  to‘g‘risida 

qaror  chiqaradi  va  bu  qarorga  prokuror  o‘z  ruxsatini  qayd  etadi,  yoki 

prokuror muovini uning o‘rniga ruxsat berishi mumkin. 

 Tintuv  kechiktirib  bo‘lmas  tergov  harakati  bo‘lib  jinoyat  ishi 

qo‘zg‘atilganidan  so‘ng  tegishli  tergov  holati  taqozo  etadigan  bo‘lsa, 

vaqtning har qanday jarayonida o‘tkazilishi mumkin. 



Olib  qo‘yish  va  tintuv  o‘tkazish  tartibi.  Olib  qo‘yish  yoki  tintuv 

o‘tkazishdan avval dastlabki tayyorgarlik harakatlarini o‘tkazish lozim. Bu 



250 

 

harakatlar  qatoriga  ushbu  tergov  harakatlari  xavfsiz  va  kutilgan  natijali 



bo‘lishi uchun tegishli rejali chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va har bir bu 

tergov  harakatida  ishtirok  etuvchi  xodimning  huquq  va  majburiyatlari 

aniqlashtirilishi  va  asosiy  maqsad  barcha  uchun  to‘g‘ri  o‘zlashtirilgan 

bo‘lishini  talab  qiladi.  Tegishli  texnik-kriminalistik  vositalar  ham  tayyor 

holatga keltirilib qo‘yilishi talab qilinadi. 

 Agar  tintuv  to‘g‘risida  ogohlantirilgan  shaxs  qaror  bilan  tanishib 

chiqqandan  so‘ng  tegishli  qarorda  qayd  etilgan  predmet  va  ashyolarni 

taqdim  etib  ixtiyoriy  ravishda  ularni  tergovchiga  berish  hohishini  izhor 

qilsa, tintuv olib qo‘yishga aylanadi va tergovchi shu vaziyatda tintuv qilish 

bayonnomasi o‘rniga olib qo‘yish bayonnomasini qayd etishi kerak. 

 Tintuv  yoki  olib  qo‘yishning  ijobiy  o‘tishi  tintuv  yoki  olib  qo‘yish 

o‘tkaziladigan shaxslar to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni to‘liq ravishda 

yig‘ilishiga  asosan  bog‘langan  (bu  shaxslarning  yoshi,  oilaviy  holati, 

qanday kasb bilan shug‘ullanishi, ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchi bilan 

bo‘lgan  munosabati,  u  bilan  birga  istiqomat  qiluvchi  shaxslar  to‘g‘risida 

bo‘lgan axborot, ular bilan bo‘lgan munosabatlari, ishda va oilada bo‘lgan 

xatti-harakatlari va qanday ko‘nikma va mahoratlarga egaligi to‘g‘risidagi 

ma’lumotlar, nimaga moyillik ko‘rsatishi to‘g‘risidagi axborotlar, qurol va 

transportga ega bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar v.h.). 

 Tintuv  o‘tkazishdan  avval  tintuv  o‘tkaziladigan  bino  va  xonadon 

to‘g‘risidagi  mukammal  axborotlarni  to‘plab  olish  zarur.  Agar  tergovchi 

tintuv  qilinayotgan  shaxsdan  uni  ixtiyoriga  ko‘ra  tegishli  obyektlar  olgan 

bo‘lsa-da, ammo bu shaxsda ish bo‘yicha yana boshqa muhim predmetlar 

mavjudligiga  shubha  qilsa,  u  holda  olib  qo‘yish  emas,  balki  tintuv 

o‘tkaziladi. 

Amaliyotdan  misol:

 

Avtomobillarning  yopiq  to‘xtash  joyida  qasddan  yong‘in  chiqarish 



oqibatida  12  ta  avtobus,  7  ta  yengil  avtomashina,  9  ta  yuk  mashina  yonib  ketishi  fakti  bo‘yicha 

qo‘zg‘atilgan  jinoyat  ishi  prokuratura  tergovchisining  ish  yurituviga  topshirildi.  Yonib  ketgan 

avtomashinalarning hujjatlarini tekshirish uchun tergovchi avtokorxonaga keladi va uning boshlig‘i 

Mirzayevdan voqea tafsilotlari bo‘yicha tushuntirish berishini talab qiladi. Shundan so‘ng Mirzayev 

tungi soat 23:00 atrofida, ya’ni yong‘in boshlanishidan chamasi bir soat oldin avtomobillarning yopiq 

to‘xtash  joyidagi  xonalarning  birida  ushbu  yong‘inni  sodir  etishda  gumon  qilinayotgan  chilangar 

Nizomovni  ko‘rganligi  haqida  ma’lumotni  haydovchilardan  olganligini  aytadi.  Tergovchi  darhol 

Nizamovning  xonadonida  tintuv  o‘tkazish  to‘g‘risida  qaror  chiqaradi  va  o‘zi  bilan  hodisa  joyini 

ko‘zdan  kechirishda  qasddan  yong‘in  chiqarish  uchun  foydalanilgan  qopning  yonib  ulgurmagan 

qoldiqlarini  oladi.  Nizamovning  uyida  avtokolonna  boshlig‘i  va  mexanik  ishtirokida  tintuv 

o‘tkazilishi natijasida uning uyidagi yordamchi xonalarning birida o‘tinlar ostidan qopning qoldiqlari 

va mazut solingan kichkina chelak va unda maxsus tayyorlangan og‘irligi 4 kg. yog‘langan lattalar 

topildi. Tergovchi ularni qog‘ozga o‘rab olib ketishga tayyorlaydi. O‘tkazilgan tergov harakati haqida 

tergovchi  2 nusxada bayonnoma tuzdi, ammo Nizamovning uyida uning  14  yoshli  qizidan boshqa 

hech kim bo‘lmaganligi sababli, tintuv bayonnomasining nusxasini qoldirmadi hamda o‘zi bilan olib 

ketdi. 


251 

 

Tintuv qilinayotgan shaxsning oila a’zosi ham ko‘pincha uyda mavjud 



bo‘lgan  barcha  ashyo,  predmet  va  hujjatlar  to‘g‘risida  to‘liq  xabardor 

bo‘lmasligi  mumkin.  Agar  tintuv  qilinadigan  shaxs  biron  xonani  yoki 

obyektni ochishga to‘sqinlik qilsa va kalitini bermasa va uni sindirib kirish 

zaruriyati tug‘ilsa tergovchi quyidagi harakatlarni amalga oshirishi zarur: 

a)  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  161-

moddasi  9-bandi  tintuv  qilinayotgan  shaxsga  tushuntirilishi  uning 

g‘ayriqonuniy  harakatlarini  ta’riflab,  unga  shu  band  to‘la  o‘qib  berilishi 

lozim va kalitni berishini talab qilish kerak hamda bu bayonnomada qayd 

etilishi lozim;  

b)  ushbu  xonalarni  ochishda  tegishli  mutaxassislarni  taklif  qilib, 

eshiklarni  sindirmasdan  ochish  harakatlari  amalga  oshiriladi,  agar  bu 

harakatlar natija bermasa, u holda eshiklar buzib ochilishi kerak, eshiklarga 

imkon qadar kam zarar etkazilib bu xonalar ochilishi lozim. 

 Agar tintuv qilinadigan shaxs qo‘shnilari bilan birga hovlining ma’lum 

joyidan  foydalanib  kelgan  bo‘lsa,  u  holda  ushbu  fuqaroning  turar  joyi, 

hovlisidagi  umumiy  ravishda  foydalanadigan  joylari  ham  tintuvdan 

o‘tkazilishi  lozim.  Bunday  harakatlar  bu  fuqaro  bilan  birga  yashaydigan 

shaxslarga  unga  g‘ayriqonuniy  yordam  berish  hollarini  bartaraf  etishga 

imkon yaratadi. 

 Tintuv  o‘tkazishdan  avval  tintuvda  ishtirok  etuvchi  barcha 

shaxslarning protsessual huquq va majburiyatlari tushuntiriladi va bu haqda 

bayonnomada 

ularning 

imzolari 

qo‘yiladi. 

Tintuv 


harakatlari 

o‘tkazilgandan  so‘ng  yoki  tintuv  o‘tkazish  jarayonida  tergovchi, 

surishtiruvchi  tegishli  bayonnomani  qayd  etadi  va  u  tintuv  yoki  olib 

qo‘yishni o‘tkazish bayonnomasiga qo‘yilgan barcha talablarga rioya qilishi 

kerak. 

Tintuvning obyekti bo‘yicha turlari: 

1) shaxsiy tintuv; 

2) xonalarda tintuv qilish; 

3) ochiq joyni tintuv qilish; 

4) transport vositalarini tintuv qilish. 

Tintuv o‘tkazish vaqti bo‘yicha turlari: 

1) bir vaqtda bir necha joyda tintuv o‘tkazish; 

2) turli vaqtlarda tintuv qilish. 

Shaxsiy  tintuv  va  olib  qo‘yish.  Shaxsning  tintuv  va  olib  qo‘yishda 

shaxsning  o‘zini,  uning  ustida  bo‘lgan  ustki  va  ichki  kiyimlarni,  ba’zi 

holatlarda zarur bo‘lsa, uning badanini tintuv qilish harakatlaridan iborat. 


252 

 

 Shaxsiy  tintuv  va  olib  qo‘yish  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-



protsessual  kodeksining  157-161  moddalarda  nazarda  tutilgan  qoidalarga 

asosan  o‘tkazilishi  kerak,  ammo  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  162-moddasi  2-qismida  ko‘rsatilgan  vaziyatlarda 

maxsus  qaror  (maxsus  ajrim)  chiqarmasdan  ham  shaxsiy  tintuv  va  olib 

qo‘yish o‘tkazish mumkin. Shaxsiy tintuv dastlabki va qayta tintuv tarzida 

bo‘lishi  mumkin.  Dastlabki  shaxsiy  tintuv  xavfsizlik  choralarini  amalga 

oshirish  uchun  o‘tkaziladi  va  shaxsdan  o‘qotar,  sovuq  qurol  yoki  boshqa 

o‘tkir  va  qirrali  predmetlarni,  giyohvan  moddalarni  ishga  talluqli  bo‘lgan 

hujjatlar,  shaxsiy  guvohnomalar  va  boshqa  predmetlarni  olib  qo‘yish 

maqsadida  o‘tkaziladi.  Qimmatbaho  narsalarni  aniqlash  uchun  ham  shu 

maqsadda  shaxsiy  tintuv  o‘tkaziladi.  Shaxsni  tegishli  joyga  so‘roq  uchun 

olib kelganda ham uni qaytadan shaxsiy tintuv qilish mumkin va bu harakat 

mukammal bo‘lishi lozim. 

 Tintuv  qilingan  shaxsning  o‘zida  bo‘lgan  hujjatlari  va  narsalari  ham 

ko‘zdan  kechirilishi  shart.  Shaxsiy  tintuv  o‘tkazish  vaqtida  tintilayotgan 

shaxsning o‘zini tutishiga va harakatlariga e’tibor bermoq zarur, aks holda 

u o‘zida bo‘lgan jinoyatga aloqador yoki g‘ayriqonuniy narsa va hujjatlarni 

tashlab yuborishi mumkin. 

 Shaxsiy  tintuv  va  olib  qo‘yish  o‘tkazayotgan  vaqtda  shu  harakat 

o‘tkazilayotgan shaxsning xavfsizligi va sog‘lig‘iga zarar etmasligi uchun 

tegishli choralar ko‘rish zarur. 

Olib qo‘yish turlari: 

a) pochta-telegraf jo‘natmalarini olib qo‘yish; 

b)  davlat  siri  bo‘lgan  ma’lumotlarni  o‘z  ichiga  olgan  hujjatlarni  olib 

qo‘yish.  Tergovchining  jo‘natmalarini  xatlab  qo‘yish  va  pochta-telegraf 

muasasalarida ularni olib qo‘yish haqidagi qarori prokuror sanksiyasi talab 

qilinadi.  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  186-

modda). 

Olib 

qo‘yish 

yoki 

tintuvning 

natijalarini 

rasmiylashtirish 

xususiyatlari.  Tintuv  o‘tkazish  va  olib  qo‘yishning  asosiy  qayd  etish 

vositasi  –  bayonnomadir.  Olib  qo‘yish  yoki  tintuv  o‘tkazishni  qayd  etib, 

bayonnoma  tuzganda  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining  90  va  91-moddalarning  talabiga  to‘la  rioya  qilinishi  lozim. 

Bayonnoma tintuv yoki olib qo‘yish harakatlarini tugatgandan so‘ng aynan 

shu  tergov  harakatini  o‘tkazish  joyida  tuzilishi  kerak.  Agar  tintuv 

bayonnomasiga tintuv qilingan shaxs o‘z imzosini qo‘yishdan bosh tortsa, u 

holda  xolislar  va  tergovchi  ushbu  faktni  bayonnomada  qayd  etib, 

tasdiqlaydilar. 


253 

 

 Bayonnomaning  yakunlovchi  qismida,  shuningdek  bayonnomaga 



qanday  sxemalar,  qoliplar  ilova  qilinganligi,  tintuv  qatnashchilarining 

qanday  ariza,  shikoyat  yoki  e’tirozlari  tushganligi,  xolislarning  takliflari, 

mutaxassislarning bergan tushuntirishlari qayd etilishi kerak. 

 Olib  qo‘yish  bayonnomasida  esa  tergovchi,  surishtiruvchi  qachon, 

qayerda,  qaysi  shaxslar  ishtirokida  olib  qo‘yishni  o‘tkazganligi,  qanday 

obyektlar  olib  qo‘yilganligi  qayd  etiladi.  Bayonnomada  qanday  obyektlar 

olinganligi, ularning to‘liq ro‘yxati va alohida belgilari, xususiyatlari qayd 

etiladi.  Olib  qo‘yishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarga  avvalambor  ularning 

protsessual  huquq  va  majburiyatlari  tushuntirilishi  lozim.  Bayonnoma 

ushbu shaxslarning imzosi bilan voqelikda bo‘lgan harakatlarni shu hujjatda 

to‘liq  qayd  etilganligi  to‘g‘risida  tasdiqlovchi  belgi  bo‘lib  xizmat  qiladi. 

Agar shaxslar olib qo‘yish paytida tergovchining harakatlari ustidan tegishli 

e’tirozlar,  shikoyatlar  bildirsalar  ushbu  e’tiroz  va  shikoyatlar  majburiy 

ravishda bayonnomada qayd etilishi kerak. 

 Olib  qo‘yishda  qimmatbaho  narsalar  olinadigan  bo‘lsa,  ushbu 

qimmatbaho  narsalar  uchun  moddiy  javobgarlik  shaxsning  ishtirokini 

ta’minlab berish kerak. 

Olib qo‘yish, tintuvning tarkibiy qismi emas va o‘zi mustaqil harakat 

sifatida ifodalanadi. 

Diplomatiya  vakolatxonalarining  binolaridan  va  diplomatiya 

vakillaridan  olib  qo‘yish  yoki  ularda  tintuv  o‘tkazish.  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  165-moddasiga  muvofiq 



diplomatiya  vakolatxonalarining  binolaridan  va  diplomatiya  vakillardan 

olib 


qo‘yish 

yoki 


ularda 

tintuv 


o‘tkazish  ushbu  diplomatik 

vakolatxonalarining  rahbarlari  va  diplomatiya  vakillarining  roziligiga 

binoan  o‘tkazilishi  zarur,  aks  holda  bu  joylarda  olib  qo‘yish  yoki  tintuv 

o‘tkazish mumkin emas. Agar xorijiy shaxs diplomatiya daxlsizligiga ega 

bo‘lmasa,  u  holda  uning  turar  joyida  tintuv  yoki  olib  qo‘yish  o‘tkazish 

tergov  harakatlari  uning  roziligisiz  ham  o‘tkazilishi  mumkin,  ammo  bu 

to‘g‘risida 24 soat  ichida diplomatiya vakolatxonaning rahbariga (tegishli 

xorijiy mamlakatning favqulodda va muxtor elchisiga) xabar berish kerak. 

 Diplomatiya vakolatxonalarining binolarida va diplomatiya vakillarida 

tintuv yoki olib qo‘yish harakatlarini o‘tkazish vakolatxonalarda istiqomat 

qiluvchi  va  diplomatiya  daxlsizligiga  ega  bo‘lgan  shaxslarning  roziligiga 

asosan  o‘tkaziladi  va  bu  rozilik  O‘zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar 

vazirligi orqali so‘raladi. 

 Diplomatik  vakolatxonalarining  binolarida  va  diplomatik  vakillarda 

tintuv  yoki  olib  qo‘yish  o‘tkazishda  surishtiruvchi,  tergovchidan  va 


254 

 

xolislardan tashqari ushbu vakolatxonaning rahbari (Favqulodda va muxtor 



elchi) va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori hamda O‘zbekiston 

Respublikasining Tashqi ishlar vaziri yoki uning o‘rinbosari ishtirok etishi 

shart. 

7.

12.Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish,  

ko‘zdan kechirish va olib qo‘yish 

(Muallif – U.T.Turg‘unov) 

 

 



 

 

 



 

Pochta-telegraf  jo‘natmalarini  xatlash  to‘g‘risida  surishtiruvchi  va 

tergovchi prokurorning sanksiyasi olingan qaror, sud esa ajrim chiqaradi.  

 

Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrimda: 



jo‘natmalari  ushlab  turilishi  lozim  bo‘lgan  shaxsning  familiyasi,  ismi, 

otasining  ismi;  bu  shaxsning  aniq  manzili;  xatlanayotgan  pochta-telegraf 

jo‘natmalarining  turi;  xatlash  chorasining  muddati;  jo‘natmalarni  ushlab 

turish va bu haqda surishtiruvchi yoki tergovchiga ma’lum qilish qaysi aloqa 

muassasasiga yuklatilganligi ko‘rsatilishi lozim.  

Sud ajrimida pochta-telegraf jo‘natmalarini sudga etkazib berish haqida 

aloqa muassasasiga ko‘rsatma berilishi lozim.  

Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqidagi qaror yoki ajrim tegishli 

aloqa muassasasining boshlig‘i nomiga yuboriladi va uni bajarish  mazkur 

boshliq uchun majburiydir. Bu qarorni yoki ajrimni bajarmaslik yoki uning 

oshkor etilishi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.  

Xatlab  qo‘yilishi  mumkin  bo‘lgan  pochta-telegraf  jo‘natmalariga 

quyidagilar kiritiladi:  

-

 



barcha turdagi xatlar; 

-

 



telegrammalar;  

-

 



radiogrammalar;  

-

 



banderollar;  

-

 



posilkalar;  

-

 



pochta konteynerlari.  

Aloqa muassasasining boshlig‘i surishtiruvchi, tergovchining qarorida 

yoki  sudning  ajrimida  ko‘rsatilgan  xat-xabarlar  va  boshqa  jo‘natmalarni 

Pochta-telegraf  jo’natmalarini yoki ularning ayrimlarini xatlab 

qo’yish - gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi boshqa shaxslarga 

yuborgan  yoxud  boshqa  shaxslar  gumon  qilinuvchiga,  ayblanuvchiga, 

sudlanuvchiga  yuborgan  pochta-telegraf  jo’natmalarida  sodir  etilgan 

jinoyatga doir ma’lumotlar yoki ish uchun ahamiyatga molik hujjatlar va 

buyumlar  bor  deb  gumon  qilish  uchun  yetarlicha  asoslar  bo’lganda 

o’tkaziladigan tergov harakatidir. 



255 

 

ushlab turadi hamda bu haqda surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga darhol 



ma’lum qiladi.  

Pochta-telegraf  jo‘natmalarini  xatlab  qo‘yish  to‘g‘risidagi  qaror  yoki 

ajrim  chiqarilgandan  so‘ng  u  bevosita  ijro  etilishi  kerak,  buning  uchun 

pochta-telegraf jo‘natmalari ko‘zdan kechirilib olib qo‘yiladi.  

Pochta-telegraf  jo‘natmalarini  xatlab  qo‘yish  bu  jo‘natmalarni  ularni 

olish huquqiga ega bo‘lgan shaxsga yuborilishini taqiqlaydi. Pochta-telegraf 

muassasasining  tashabbusiga  ko‘ra  bu  hujjatlar  ularni  xatlab  qo‘ygan 

organning  ruxsatisiz  bu  hujjatlarni  oluvchi  shaxsga  yuborilishi  hollarida 

javobgarlik ularni yuborgan xodimga yuklatiladi. 

Jo‘natmalarni xatlab qo‘yish ularni: 

a) ko‘zdan kechirish;  

b) olib qo‘yish;  

v) manfaatdor shaxslarning o‘zaro xabarlashuvlariga chek qo‘yish;  

g) jinoyat sodir etishda qatnashgan shaxslarni aniqlash;  

d) jinoyat sodir qilgan va qidiruvda bo‘lgan shaxslarning yashiringan 

joylarini aniqlash;  

e)  jinoyat  qurollari  va  o‘g‘irlangan  narsalarni  topish  maqsadlarida 

o‘tkaziladi. 

 Jo‘natmalarni  xatlash  faqat  gumon  qilinuvchi  va  ayblanuvchi  hamda 

ular bilan bog‘liq shaxslarga nisbatangina qo‘llaniladi. 

Pochta-telegraf  jo‘natmalarini  ko‘zdan  kechirish  va  olib  qo‘yish. 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 167-moddasiga 

muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi aloqa muassasasiga borib, ushlangan 

pochta-telegraf  jo‘natmalarini  xolislar  ishtirokida,  zarurat  bo‘lganda  esa, 

tegishli  mutaxassis  ishtirokida  ochib,  ko‘zdan  kechiradi.  Ish  uchun 

ahamiyatga  molik  ma’lumotlar,  hujjatlar,  narsalar  topilgan  taqdirda, 

surishtiruvchi, tergovchi pochta-telegraf jo‘natmalarini olib qo‘yadi yoxud 

ulardan  nusxa  ko‘chirish  bilan  chegaralanadi.  Agar  ko‘zdan  kechirilgan 

jo‘natmalarda ish uchun ahamiyatga molik ma’lumotlar, hujjatlar, narsalar 

bo‘lmasa,  surishtiruvchi,  tergovchi  ularni  egalariga  yetkazish  yoki  o‘zi 

belgilagan muddatgacha ushlab turish haqida ko‘rsatma beradi. 

Ushlangan  jo‘natmalar  ko‘zdan  kechirilgan  har  bir  holda  bayonnoma 

tuzilib,  unda  qaysi  pochta-telegraf  jo‘natmalari  ko‘zdan  kechirilganligi, 

nimalar olinganligi va nimalar egalariga yuborilishi, nimalar esa vaqtincha 

ushlab  qolinishi  kerakligi,  qaysi  jo‘natmalardan  nusxalar  olinganligi 

ko‘rsatilishi  lozim.  Bayonnoma  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  90-92-moddalarida  nazarda  tutilgan  talablarga 

rioya etilgan holda tuziladi. 



256 

 

Har qanday jo‘natma: 

–  oddiy,  qimmatbaho,  buyurtma  xatlar,  telegrammalar,  banderollar, 

posilkalar,  otkritkalar  xatlab  qo‘yishligi,  ko‘zdan  kechirilishi  va  olib 

qo‘yilishi  mumkin.  Pochta-telegraf  xat-xabarlari  va  jo‘natmalari  chiqib 

ketayotgan  hamda  kirib  kelayotgani  ham  xatlanishi  kerak.  Xatlab  qo‘yish 

muddati dastlabki tergov muddatidan oshmasligi lozim. 

Ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlar, hujjatlar, ashyolar topilgan 

taqdirda  surishtiruvchi,  tergovchi  pochta-telegraf  jo‘natmalarini  olib 

qo‘yadi  yoxud  ulardan  nusxa  ko‘chirish  bilan  chegaralanadi.  Nusxa 

ko‘chirish  kseroks  orqali  amalga  oshirilishi  zarur,  chunki  hujjatning  asl 

nusxasi  kseroksda  nusxalashtirilganda  uning  nusxasi  ushbu  hujjatning 

kriminalistik  aynanligiga  mansub  bo‘lgan  belgilarini  yo‘qotmaydi. 

Kseroksda  olingan  nusxa  to‘la  ravishda  daliliy  ahamiyatga  ega  bo‘ladi. 

Kseroks  ishlatilganligi  to‘g‘risida  ko‘zdan  kechirish  va  olib  qo‘yish 

bayonnomasida  qayd  etish  kerak  va  uning  texnik  parametrlari  ham  qayd 

etilishi kerak. 

 Jo‘natmalarni olib qo‘yish va ko‘zdan kechirishda tergovchi ularning 

mazmunini sir saqlash choralarini ko‘rishi lozim. Aks holda fuqarolarning 

huquq  va  erkinliklarini  muhofaza  qilish  prinsipi  buzilgan  hisoblanadi. 

Pochta-telegraf  jo‘natmalarini  olib  qo‘yish  va  ko‘zdan  kechirish  ikki 

kishidan  kam  bo‘lmagan,  shu  muassasada  ishlovchi  xolislar  ishtirokida 

o‘tkazilishi  lozim.  Bu  esa  jo‘natmalarning  mazmuni  sir  saqlanishining 

kafolati hisoblanadi. 

 Ishga  aloqador  bo‘lmagan  pochta-telegraf  jo‘natmalarini  tergovchi, 

surishtiruvchi ko‘zdan kechirgach va nusxasini olgach, egalariga yetkazishi 

yoki o‘zi belgilangan muddatgacha ushlab turish haqida ko‘rsatma berishi 

mumkin. 


 Pochta-telegraf  jo‘natmalarini  ko‘zdan  kechirish  va  olib  qo‘yish 

bayonnomasi  tuzilishi  kerak  va  u  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual kodeksining 90-92-moddalarning talablariga to‘la rioya qilishi 

lozim. Ushbu bayonnomada ko‘zdan kechirilgan va olib qo‘yilgan obyektlar 

to‘liq tavsif etilishi tasdiqlanishi lozim. 


257 

 


Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling