Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53

 

7.6. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish 

(Muallif - yuridik fanlar nomzodi, dotsent D.M.Mirazov) 

 

Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish mustaqil tergov 

harakati  bo‘lib,  surishtiruvchi,  tergovchi  va  sud,  gumon  qilinuvchi, 

ayblanuvchi, 

sudlanuvchi, 

guvoh 


hamda 

jabrlanuvchilarning 

ko‘rsatuvlarini  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  muayyan  holatlarni  qayta 

tiklash yo‘li bilan tekshirib ko‘rishdan iboratdir. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  15-bobi 

ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatiga oid 

qoidalarni protsessual tartibga soladi. Bu tergov harakatining asosiy vazifasi 

tergovda  to‘plangan  material  va  faktlar  inobatga  olingani  holda 

ayblanuvchi,  gumon  qilinuvchi,  guvoh  va  jabrlanuvchining  ko‘rsatuvlari 

qanchalik  to‘g‘riligini,  ularning  ishga  daxldor  ayrim  holatlarini  yodiga 

tushirib, ko‘rsatuvlarni to‘ldirish, ishga daxldor moddiy ashyolarni qayerga 

yashirilganligini yoki joylashganligini aniq ko‘rsatishlariga erishish, jinoyat 

sodir  qilishda  jinoyat  joyiga  qayerdan  kirgan  va  chiqqan  yo‘nalishini 

(sxemasi, traektoriyasini) aniqlashdan iboratdir.  

Ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshirishdan  maqsad  esa, 

ko‘rsatuvlari  tekshirilayotgan  shaxsga  ma’lum,  ammo  surishtiruvchi, 

tergovchi  va  sudga  noma’lum  bo‘lgan,  jinoyat  hodisasini  aniqlash  uchun 

ahamiyatga  ega  narsalar,  hujjatlar,  izlar  va  belgilarni  topish,  shaxsning 

tergov  yoki  sud  muhokamasi  davomida  topilgan  narsalar,  hujjatlar,  izlar 

qayerda bo‘lganligini ko‘rsatib berishi, bir necha shaxsning ayni bir hodisa 

to‘g‘risida bergan ko‘rsatuvlaridagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash uchun 

muhim bo‘lgan joy yoki yo‘nalishni shaxs ko‘rsatib berishi, holatlarni qayta 

tiklash  v.h.disa  sodir  bo‘lgan  joydagi  sharoit  bilan  qiyoslash  orqali 

ko‘rsatuvlarning to‘g‘ri  yoki noto‘g‘riligini aniqlashdan iboratdir. Gumon 

qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining ko‘rsatuvlarini hodisa sodir 

bo‘lgan  joyda  tekshirish  natijalari,  bu  shaxslarning  muayyan  hodisalar 

haqida bilganlari faqat ularning jinoyat sodir etishga daxldorligidan darak 

bersagina, dalil kuchiga ega bo‘ladi. 

Ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshirish  yordamida  hal 

qilinadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: 



222 

 

- ko‘rsatuvlar berilgan joyning haqiqatdan mavjudligi; 



- ehtimol qilinayotgan jinoyatchining hodisa sodir bo‘lgan joyga kelish va undan 

chiqib ketish yo‘li; 

- tekshirilayotgan  joy haqida bir qancha guvoh yoki ayblanuvchining 

ko‘rsatuvlarida qarama-qarshiliklar mavjudligi

-  ko‘rsatuvlari  tekshirilayotgan  shaxsning  voqea  va  barcha  vaziyatlar 

haqiqatdan yuz berganidan xabardorligi; 

- ishga oid daliliy ahamiyatga ega yangi ashyolarni aniqlab topish

- jinoyat ishiga daxldor shaxslarni aniqlab topish; 

- ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxs xotirasini yanada faollashtirish

- jinoyat sodir bo‘lishiga imkon yaratgan vaziyatlarni aniqlash

- ekspertiza uchun batafsil axborot izlash; 

- tergov va qidiruv uchun ahamiyatli holatlarni batafsil bilish. 

Ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshirish  guvohlar, 

jabrlanuvchilar, 

gumon 

qilinuvchilar 



va 

ayblanuvchilarning 

ko‘rsatuvlaridagi dalillarni tekshirishning samarali usullaridan biridir. Uni 

o‘tkazish  so‘roq  qilingan  shaxsning  ko‘rsatuvlari  qanchalik  voqelikka 

to‘g‘riligini tekshirishga, daliliy ashyolarni aniqlashga, jinoyat yuz bergani, 

uni muayyan shaxslar sodir etganini aniqlashga imkon beradi.  

JPKning  94-moddasiga  binoan,  tekshiruv  deganda  qo‘shimcha 

dalillarni to‘plash tushunilib, ular tekshirilayotgan dalillarni tasdiqlashi yoki 

rad etishi mumkin. 

Demak,  ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshirish  ilgari 

so‘roq qilingan shaxsdan tekshirilayotgan voqeaga oid tushuntirishlar olish, 

shu voqea bilan bog‘liq bo‘lgan joy va obyektni ko‘rsatish hamda olingan 

daliliy  ashyolarni  tekshirish  maqsadida  ko‘rsatuvlar  bilan  solishtirishdan 

iborat  bo‘lib,  so‘roq  qilingan  shaxs  tergovchining  taklifiga  binoan 

protsessual  sharoitlarga  rioya  qilgan  holda  u  oldin  bergan  ko‘rsatuvlarida 

nazarda  tutgan  joy,  buyumlar  v.h.latlarning  bir-biriga  bog‘liqligini  bayon 

qiladi. 

Tergovchi 

esa 

ko‘rsatuvlari 



tekshirilayotgan 

shaxsning 

tushuntirishlarini  eshitadi,  uning  harakatlarini  kuzatadi.  Shuningdek, 

shaxsning  ko‘rsatuvlari  va  harakatlari  hodisa  sodir  bo‘lgan  joydagi 

vaziyatga mos yoki mos emasligini aniqlaydi. 

Ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshirishning  protsessual 

tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  133-

moddasida  ko‘rsatilgan  bo‘lib,  unga  binoan  mazkur  tergov  harakatini 

o‘tkazishdan  oldin  surishtiruvchi  yoki  tergovchi  xolislar  ishtirokida 

tekshirilayotgan  ko‘rsatuvlarni  e’lon  qiladi.  Ko‘rsatuv  bergan  shaxsdan 

ularning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishga 


223 

 

ehtiyoj  bor  yoki  yo‘qligini  so‘raydi,  tekshirishning  maqsadi  va  tartibini 



tushuntiradi.  Basharti  guvoh  yoki  jabrlanuvchining  ko‘rsatuvlari 

tekshirilayotgan bo‘lsa, ular ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik va atayin 

yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik haqida ogohlantiriladi.  

Tergov  harakatini  o‘tkazish  chog‘ida  ko‘rsatuv  bergan  shaxs  o‘ziga 

ma’lum  bo‘lgan  tekshirilayotgan  hodisaning  ayrim  sharoiti,  holatini 

tiklaydi,  ish  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  narsalar,  hujjatlar,  izlar  topilgan 

joylarni ko‘rsatadi, ayrim harakatlarni namoyish qiladi, hodisa sodir bo‘lgan 

joyda  sharoitning  o‘zgarganligiga  e’tiborni  qaratadi,  o‘zining  avvalgi 

ko‘rsatuvlarini aniqlashtiradi va ularga oydinlik kiritadi.  

Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatini 

o‘tkazishda  tergovchi  hozir  bo‘lgan  ishtirokchilarga  ularning  huquq  va 

majburiyatlarini  tushuntiradi  va  bu  haqida  tergov  harakatining 

bayonnomasida qayd etadi. Tergov harakatining ishtirokchilariga tekshiruv 

maqsadi,  vazifalari  tushuntiriladi,  ularning  ishtirok  etishdagi  vazifasi 

belgilanadi. 

Hodisa 


sodir 

bo‘lgan 


joyga 

kelishda 

tergovchi 

ko‘rsatuvi 

tekshirilayotgan  shaxsga  yo‘lning  to‘g‘riligi,  hodisa  joyiga  yo‘nalishni 

ko‘rsatishni taklif etadi va boshqa ishtirokchilarga bu harakatni diqqat bilan 

kuzatishni  va  ishga  ahamiyatli  bo‘lgan  ayrim  holatlarga  e’tibor  berishni 

tavsiya etadi.  

Hodisa joyida ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxs hech qanday chetdan 

ta’sir,  sha'ma  yoki  yordamchi  tushuncha  so‘zlar  kiritilmasdan  o‘zi  erkin 

ravishda  tushuncha  berishi  lozim.  Umumiy  so‘roq  o‘tkazishda 

qo‘llaniladigan  tartib-qoida  bu  holatda  ham  to‘liq  tatbiq  etilishi  mumkin. 

Shundan so‘ng tergovchi bevosita ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda 

tekshirishga kirishadi. 

Ko‘rsatuv  bergan  shaxs  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshirilayotgan 

hodisaning  sharoit  v.h.latini  tiklaydi,  ish  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan 

narsalarni, hujjatlarni, izlarni qidirib topadi va ko‘rsatadi, ayrim harakatlarni 

namoyish  qiladi,  tekshirilayotgan  hodisada  u  yoki  bu  narsaning  qanday 

ahamiyati  bo‘lganligini  tushuntiradi.  Ko‘rsatuvlarni  tekshirish  paytida 

hodisa sodir bo‘lgan joy, atrof-muhit sharoitining o‘zgarganligiga e’tiborni 

qaratish  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki  tushuncha  va  aniqlik 

kiritish  uchun  ko‘rsatuvi  tekshirilayotgan  shaxs  o‘zining  avvalgi 

ko‘rsatuvlarini  aniqlashtiradi,  ayrim  holatlarni  bir-biriga  bog‘lanishlarni 

oydinlashtirib  beradi.  Mazkur  holatlarda  ko‘rsatuvi  tekshirilayotgan 

shaxsning harakatiga, tushuntirishiga aralashish, gap qo‘shish yoki o‘rgatish 

va ishora qiluvchi savollar berishga yo‘l qo‘yilmaydi. 



224 

 

Tergovchi ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsga hodisa joyiga borish 



uchun  yo‘l  marshrutini  ko‘rsatishni  taklif  qiladi,  shunda  barcha  tergov 

harakati  ishtirokchilari  birgalikda  ko‘rsatilgan  yo‘l  bo‘yicha  hodisa  joyi 

tomon  yo‘l  oladi.  Ushbu  vaqtda  tergovchi  ko‘rsatuvi  tekshirilayotgan 

shaxsning erkin, hech qanday tashqi ta’sirsiz, mustaqil va o‘z ixtiyori bilan 

yo‘lni  ko‘rsatib,  joyga  borishi  va  u  yerda  qanday  harakat  yoki  holatning 

bo‘lganligini aytishini kuzatib turadi.  

Ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxs hodisa joyining umumiy chegarasini 

belgilab  ko‘rsatadi,  tergovchining  tekshiruv,  nazorat  qiluvchi  yoki 

qo‘shimcha savollariga tushuntirish beradi. Javob berishda so‘roq qilingan 

shaxs  jinoyat  sodir  qilingan  joyning  ayrim  holatlarini,  tekshirilishi  lozim 

bo‘lgan  faktlarni  dastavval  so‘roq  qilinganda  qanday  tartib  va  oldinma-

ketinlikda  so‘zlagan  bo‘lsa,  shunday  tarzda  ko‘rsatib,  hodisa  joyidagi 

o‘zgarishlarni,  buyum  va  ashyoviy  dalil  hamda  izlarning  topilgan, 

yashirilgan joylarini ko‘rsatadi, tushuntirib beradi. 

Hodisa  joyida  tergovchi  ko‘rsatuvi  tekshirilayotgan  shaxsga  jinoiy 

harakatning ayrim vaziyatlarini takror ko‘rsatish, uni kerak bo‘lsa, qiyoslab 

ko‘rsatishni taklif qilishi, ayrim holatlarni jinoiy hodisa bilan bog‘liqligini 

tushuntirib  berishi  talab  qiladi.  Tekshirilayotgan  ko‘rsatuvdagi  holatlar 

hodisa  joyidagi  vaziyatga  to‘g‘ri  kelmasa,  ba'zida  ziddiyatli  vaziyatlar 

mavjud  bo‘lib  qolsa,  tergovchi  bular  haqida  savol  javob  qilib,  ziddiyatli 

holatlarni bartaraf qilmog‘i lozim.  

Ko‘rsatuvlari  tekshirilayotgan  shaxsga  u  erkin  so‘zlab,  tegishli 

harakatlarni  namoyish  qilganidan  so‘ng,  ko‘rsatuvdagi  ayrim  holatlarni 

oydinlashtiruvchi,  shuningdek  uning  eslash  qobiliyatini  faollashtiruvchi 

savollar  berilishi  mumkin.  Tergov  harakatida  ishtirok  etuvchilar 

ko‘rsatuvlari  tekshirilayotgan  shaxsga  tergovchining  ruxsati  bilan  savol 

berishlari  mumkin.  Ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshirish 

tergov  harakatini  o‘tkazish  davomida  ish  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  va 

tegishli  holatlarni  aniqlash  uchun  turli  xil  savollarni  berish  mumkin. 

Ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshirish  jarayonida  so‘roq 

qilingan shaxsning ilgari ko‘rsatuv bergan yoki tergov  harakati davomida 

ko‘rsatgan  tekshirilayotgan  voqea  joyi,  narsalar  va  sharoitga  oid  savollar 

berilishi mumkin. Qonunda ishora qiluvchi savollar berish taqiqlanganligi 

sababli  ko‘rsatuvlari  tekshirilayotgan  shaxsga  biror  ma’lumot  berishi 

mumkin  bo‘lgan  imo-ishora,  belgi,  harakatlar  qilishga  yo‘l  qo‘yilmasligi 

kerak.  Agarda  ko‘rsatuvlari  tekshirilayotgan  shaxsning  so‘roq  davomida 

bergan  oldingi  ko‘rsatuvlari  bilan  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  bergan 

ko‘rsatuvlari  o‘rtasida  tafovut  yuzaga  kelsa,  bunday  holatga  oydinlik 



225 

 

kiritish  maqsadida  tergovchi  ishga  taalluqli  bo‘lgan  savollarni  berishi 



mumkin.  

Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish xolislar ishtirokida 

o‘tkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida ko‘zda 

tutilgan.  Mazkur  tergov  harakatining  o‘ziga  xos  jihatlari  tufayli  tergovchi 

holislarga nafaqat ularning huquq va majburiyatlarini, balki ko‘rsatuvlarni 

hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshirishning  maqsad  va  vazifalarini  ham 

tushuntirib  berishi,  ularning  e’tiborini  ko‘rsatuvlari  tekshirilayotgan 

shaxsning o‘zini tutishiga, harakatlarning ixtiyoriy va mustaqil ekanligiga 

qaratish kerak. 

Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatini 

o‘tkazish  jarayonida  tergovchiga  yordam  berish  uchun  mutaxassislar  jalb 

etiladi.  Tergov  va  sud  amaliyotini  o‘rganish  shuni  ko‘rsatmoqdaki, 

ko‘rsatuvlarni  keng  hududlarda  va  ko‘p  epizodlar  bilan  voqea  joyidagi 

murakkab  sharoitda  kechadigan  tekshiruvlarda  mutaxassisning  ishtiroki 

ijobiy  natijalarni  bermoqda.  Ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda 

tekshirishda mutaxassislarning ishtirok etishi tergovchiga kino-fotosuratga 

olish, videoyozuv, ovoz yozish ishlariga chalg‘imasdan, diqqatini ko‘rsatuvi 

tekshirilayotgan  shaxslarning  hatti-harakatlarini  izohlashga  v.h.disa  sodir 

bo‘lgan  joydagi  haqiqiy  sharoitga  qaratishiga  imkon  beradi.  Shuningdek, 

ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshirish  tergov  harakatiga 

mutaxassisni jalb etish tergovchiga mazkur tergov harakatini samaraliroq va 

kamroq vaqt sarflab o‘tkazishida yordam beradi. 

Ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda  tekshirish  tergov 

harakatining natijalarini rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-

protsessual kodeksining 134-moddasi asosida amalga oshiriladi.  

Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish jarayoni va uning 

natijalarini  qayd  qilish  mazkur  tergov  harakatining  yakunlovchi  bosqichi 

hisoblanadi.  Bunday  qayd  qilish,  bayonnoma  to‘ldirish,  fototasvirga 

tushirish,  video-tovush  yozish  uskunalarini  ishlatish,  reja  va  sxemalarni 

tuzishdan iborat.  

 

7.7. Ko‘zdan kechirish  

(Muallif - Cho‘tboev M.R.) 

Jinoyat protsessida isbot qilish ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal 

qilish  uchun  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  holatlar  to‘g‘risidagi  haqiqatni 

aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashga qaratilgan 

jarayon hisoblanadi. Mazkur jarayonni amalga oshirishda tergov harakatlari 

o‘ziga  xos  ahamiyat  kasb  etadi.  Ko‘zdan  kechirish  esa  ushbu  tergov 



226 

 

harakatlari tizimida o‘z o‘rniga ega.  



Ko‘zdan  kechirish  deganda,  biron  bir  moddiy  obyektning  o‘ziga 

xos  xususiyatlarini  kuzatish  orqali  inson  ongida  mazkur  obyekt  haqida 

tasavvur xosil qilishi tushuniladi. 

Tergov  harakati  sifatida  ko‘zdan  kechirish  esa  ijtimoiy  xavfli 

qilmishning  yuz  bergan-bermaganligini,  shu  qilmishni  sodir  etgan 

shaxsning  aybli-aybsizligini  va  ishni  to‘g‘ri  hal  qilish  uchun  ahamiyatga 

molik  boshqa  holatlarni  aniqlash  uchun  moddiy  obyektlarning  o‘ziga  xos 

xususiyatlarini  kuzatish  orqali  ma’lumotlar  to‘plashga  yo‘naltirilgan 

harakat hisoblanadi. 

Ko‘zdan  kechirish  tergov  harakatini  asosi  sifatida  jinoyat  izlari, 

ashyoviy  dalillarni  topish,  hodisa  sodir  bo‘lgan  vaziyatni  va  ish  uchun 

ahamiyatli  bo‘lgan  boshqa  holatlarni  aniqlashtirish  maqsadi  belgilab 

berilgan. 

Ko‘zdan  kechirish  tergov  harakatini  amalga  oshirish  vakolati 

surishtiruvchi,  tergovchi  va  sudga  berilgan.  Ko‘zdan  kechirish  tergov 

harakati  obyektlari  sifatida  hodisa  sodir  bo‘lgan  joy,  murda,  hayvonlar, 

tevarak-atrof,  binolar,  narsalar  va  hujjatlar  keltirib  o‘tilgan.  Bulardan 

tashqari  ko‘zdan  kechirish  obyektlari  sifatida  tirik  odam,  pochta-telegraf 

jo‘natmalari ham hisoblanadi. Biroq tirik odamni ko‘zdan kechirish alohida 

mustaqil guvohlantirish tergov harakati talablari asosida amalga oshiriladi. 

Pochta-telegraf  jo‘natmalarini  ko‘zdan  kechirish  esa  tintuv  va  olib 

qo‘yish tergov harakatlari tarkibiga kiritilgan pochta-telegraf jo‘natmalarini 

xatlash  jarayonida  belgilangan  talablar  asosida  amalga  oshirilishi 

belgilangan.  

Narsalarni olib qo‘yish va tintuv o‘tkazish chog‘ida topilgan narsa va 

hujjatlar  shu  tergov  harakatlarini  o‘tkazish  uchun  belgilangan  qoidalarga 

rioya qilgan holda ko‘zdan kechirilishi lozimligi belgilangan.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  136-

moddasida 

ko‘zdan 


kechirish 

tartibining 

umumiy 

qoidalari 



mustahkamlangan. Unga ko‘ra surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida 

ko‘zdan kechirish xolislar ishtirokida o‘tkaziladi. 

Xolis sifatida yashash va ish joylari aniq bo‘lgan, aqli raso, eshitish va 

ko‘rish  qobiliyati  yaxshi  bo‘lgan  shaxslarni  jalb  qilish  zarur.  Xolislikka 

savodsiz, jazo  o‘tayotgan, tilni  yaxshi bilmaydigan shaxslarni va huquqni 

muhofaza qilish idoralarida ishlaydigan xodimlarni jalb qilmaslik kerak. 

Jinoyat  ishi  sudda  ko‘rilayotgan  vaqtda  ko‘zdan  kechirishga  zarurat 

tug‘ilsa,  sud  bu  haqda  ajrim  chiqarishi  va  ko‘zdan  kechirishni  taraflar 

ishtirokida o‘tkazishi lozimligi ham alohida ta’kidlab o‘tilgan.  


227 

 

Agar  ko‘zdan  kechirish  tartibining  umumiy  qoidalari  hisoblansa, 



ko‘zdan kechirish tergov harakati turlari sifatida hodisa sodir bo‘lgan joyni, 

murdani,  hayvonlarni,  tevarak-atrofni,  binolarni,  narsalar  va  hujjatlarni 

ko‘zdan  kechirishga  ham  taalluqli  hisoblanadi.  Demak,  sudda  ushbu 

turlardagi  ko‘zdan  kechirish  lozim  bo‘lgan  barcha  hollarda  ajrim 

chiqarilishi 

lozim. 


O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining  139-moddasi  talablariga  ko‘ra  fuqaroning  uyi  yoki  xizmat 

joylari  tevarak-atrof  va  binolarni  ko‘zdan  kechirish  obyekti  sifatida 

o‘tayotgan bo‘lsa qaror yoki ajrim chiqarilishi belgilangan. Boshqa ko‘zdan 

kechirish  turlarida  bunday  qoida  keltirib  o‘tilmagan.  Demak,  sud  barcha 

hollarda ajrim chiqaradi, surishtiruvchi va tergovchi faqatgina tevarak-atrof 

va binolarni ko‘zdan kechirishda qaror chiqarishi lozim.  

Hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  ko‘zdan  kechirish  aynan  ana  shu  joyda 

jinoyat sodir etilganligi yoki uning izlari borligi haqida ma’lumotlar bo‘lgan 

taqdirda o‘tkaziladi.  

U boshlang‘ich va kechiktirib bo‘lmaydigan eng muhim tergov harakati 

hisoblanadi, aks holda jinoyat izlari tabiiy ta’sirlar natijasida buzilib ketishi, 

ataylab yo‘qotilishi mumkin. Shu sababli tergovchi hodisa sodir bo‘lganligi 

to‘g‘risida xabar olishi bilan har qanday ob-havo sharoitiga, vaqtga qaramay 

darhol  o‘sha  joyga  yetib  borishi  va  ko‘zdan  kechirishni  boshlashi  lozim 

bo‘ladi. 

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda haqiqiy hodisa holatini 

aniqlash  va  xolisona  tergovni  ta’minlashda  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lgan 

holatlar,  ya’ni  ko‘zdan  kechirilayotgan  obyektlarning  ahvoli,  o‘ziga  xos 

belgilari  aniqlanadi.  Shuningdek  sodir  bo‘lgan  hodisaning  xususiyati, 

jinoyatchining shaxsi va maqsadi kabi holatlar ham aniqlanadi. 

Demak,  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  ko‘zdan  kechirish  tushunchasiga 

umumiy  tushuncha  beradigan  bo‘lsak,  bu  tergov  xarakati  surishtiruvchi, 

tergovchi  va  sudlarning  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  sinchiklab  o‘rganib 

chiqishi  va  bu  yerdan  tegishli  dalil,  ashyolarning  topishlari  va  ularni 

jinoyatga  tegishli  yoki  tegishli  emasligi  o‘rganib  chiqishiga  qaratilgan 

umumiy faoliyatiga aytiladi. 

Hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  ko‘zdan  kechirish  birinchi  navbatda 

quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan bo‘ladi:  

-

 

hodisa yuz bergan joyning holatlari bilan shaxsan tanishish; 



-

 

ish  bo‘yicha  ahamiyatli  bo‘lgan  dalillarni,  izlarni,  narsa,  qurol  va 



hujjatlarni topish, qayd qilish va olish;  

-

 



hodisa natijasida yuz bergan o‘zgarishlarni aniqlash; 

-

 



jinoiy hodisasi holatlari bo‘yicha tergovni qiziqtiruvchi masalalarni 

228 

 

hal qilish; 



-

 

jinoyat ishi yuzasidan tusmollarni tuzish va ularni tekshirish; 



-

 

jinoyatchi  yoki  qidirilishi  lozim  bo‘lgan  guvohlarni  ko‘rsatuvchi 



ma’lumotlarni topish; 

-

 



tergov  davomida  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  jabrlanuvchi  va 

guvohlarning  ko‘rsatmalarini  tekshirib  ko‘rishga  imkon  beradigan 

ma’lumotlarni yig‘ish. 

Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda hodisa sodir bo‘lgan joy jinoyat ishi 

qo‘zg‘atilishidan oldin ham ko‘zdan kechirilishi mumkin. Bunga jinoyatga 

oid  arizalar,  xabarlar  va  boshqa  ma’lumotlarni  ko‘rib  chiqish  tartibini 

belgilovchi qonun normalari bilan ruxsat berilgan. 

Jinoyat  ishi  qo‘zg‘atilishidan  oldin  ko‘zdan  kechirish  faqatgina 

surishtiruvchi  va  tergovchi  tomonidan  amalga  oshirilishi  mumkin,  sud 

bunday  ko‘zdan  kechirishni  amalga  oshira  olmaydi.  Bu  mamlakatimizda 

sudlar tomonidan jinoyat ishini qo‘zg‘atish faoliyati amalga oshirilmasligi 

bilan izohlanadi. 

Amaldagi  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksida 

kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda ko‘zdan kechirish o‘tkazilganidan so‘ng 

kechi bilan yetmish ikki soatda, alohida hollarda esa, o‘n kun ichida jinoyat 

ishini qo‘zg‘atish haqida yoki qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul 

qilinishi lozimligi bayon etilgan. 

Hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  ko‘zlan  kechirish  tergov  harakati  obyekti 

katta  maydonlar  va  binolar  bo‘lgan  hollarda  ko‘zdan  kechirish  bir  necha 

surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin, bunda 

ularning  har  biri  kamida  ikki  nafar  xolis  ishtirokida  ko‘zdan  kechirishi 

lozim.  


Bunday ko‘zdan kechirish shaklida hodisa joyi sektorlarga bo‘linadi va 

tegishli tartibda ko‘zdan kechiriladi. Rasmiylashtirilgan barcha hodisa sodir 

bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayonnomalari taqsimotdan kelib chiqqan 

holda birin ketinlikda jamlanadi.  

Hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan barcha narsalar, hujjatlar va izlar 

xolislar ishtirokida o‘raladi va muhrlanadi. 

Katta  hajmdagi  narsalar  olinmaydi  va  muhrlanmaydi,  lekin 

surishtiruvchi  yoki  tergovchi  ularni  saqlash  choralarini  ko‘rishi  lozim. 

Saqlash choralari mulkni egasi, qo‘riqlash xizmatlari qaramog‘ida qoldirish 

yoki  soqchilik  tashkil  qilish  va  boshqa  shakllarda  amalga  oshirilishi 

mumkin. 

Amaliyotdan  misol:  O‘g‘rilik  jinoyatini  tergov  qilayotgan  tergovchi  hodisa  joyini  ko‘zdan 

kechirish  maqsadida xolislar bilan birgalikda jabrlanuvchi  Azimov xonadoniga keladi. Shu paytda 

Azimov xonadonida maktabning 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qizi va ularning voyaga yetgan qo‘shnisi 



229 

 

Otaxonova  bo‘lgan.  Tergovchining  kelishidan  maqsadini  bilgan  Otaxonova  uy  egalari  yo‘qligida 



o‘zgalarni xonadonga kiritishga yo‘l qo‘ya olmasligini, shuningdek tergovchining ushbu xonadonga 

kirishi  uchun  orderi  (tegishli  ruxsati)  yo‘qligini  ham  ta’kidlab,  ularni  xonadonga  kirishiga  rad 

javobini berdi. 

Murdani  ko‘zdan  kechirish  ayrim  o‘ziga  xos  jihatlarga  ega. 

Murdaning tashqi ko‘rinishini surishtiruvchi yoki tergovchi u topilgan joyda 

xolislar va sud-tibbiyot sohasidagi mutaxassis shifokor ishtirokida ko‘zdan 

kechiradi.  Bunday  mutaxassis  shifokor  ishtirok  etishiga  imkoniyat 

bo‘lmagan taqdirda, boshqa shifokor ishtirok etadi. Zarur hollarda murdani 

ko‘zdan kechirish uchun boshqa mutaxassislar, shuningdek ekspertlar jalb 

qilinadi. 

Murda topilgan joyda uni ko‘zdan kechirish alohida murdani ko‘zdan 

kechirish  bayonnomasida  emas,  balki  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  ko‘zdan 

kechirish bayonnomasida rasmiylashtirilishi lozim. 

Eksgumatsiya  vaqtida  murdani  ko‘zdan  kechirish  O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining eksgumatsiya tergov harakati 

va  ko‘zdan  kechirish  tergov  harakatlarini  tartibga  soluvchi  normalar 

talablari asosida amalga oshiriladi. 

Murda topilgan joyda uni tanib olish uchun ko‘rsatish chog‘ida tanib 

olish uchun ko‘rsatishdan oldin so‘roq qilish va tanib olish uchun ko‘rsatish 

holatini mustahkamlash qoidalariga rioya qilinadi. Mazkur talab faqatgina 

jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan jinoyatlar bo‘yicha 

amalga  oshirilishi  mumkin.  Chunki  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  329-moddasi  talablariga  asosan  tergov  oldi 

tekshiruvi vaqtida faqatgina hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish va 

ekspertiza tergov harakatlarini o‘tkazish mumkin. Bu muddat ichida boshqa 

tergov harakatlarini o‘tkazish qonun bilan ta'qiqlab qo‘yilgan. 

Tanib olinmagan murdalarning barmoq izlari olinishi shart. Shu bilan 

birga,  tanib  olinmagan  murdadan  ekspertiza  tekshiruvi  uchun  boshqa  xil 

namunalar  ham  olinishi  mumkin.  Bu  uchun  albatta  ekspertiza  tekshiruvi 

uchun namunalar olish to‘g‘risida qaror chiqariladi va namunalar ekspertiza 

tekshiruvi uchun namunalar olish bayonnomasida rasmiylashtiriladi. 

Tanib olinmagan murda faqat prokuror ruxsati bilangina ko‘miladi. 

Tevarak-atrof  va  binolarni  ko‘zdan  kechirish  chog‘ida  ko‘zdan 

kechirish obyekti bo‘lib fuqaroning uyi yoki xizmat joyi hisoblansa, mazkur 

vaziyatda surishtiruvchi yoki tergovchi ko‘zdan kechirish haqida qaror, sud 

esa  ajrim  chiqargan  holda  mazkur  ko‘zdan  kechirishni  amalga  oshirishi 

lozim.  Turar  joyi  ko‘zdan  kechirilayotgan  shaxs  yoki  tegishli  korxona, 

muassasa,  tashkilotning  vakili  chiqarilgan  qaror  yoki  ajrim  bilan 

tanishtirilib, bu haqda imzo chektiriladi. 


230 

 

Ko‘zdan  kechirish  korxonada,  muassasada,  tashkilotda  o‘tkazilsa  – 



ma’muriyat vakilining, harbiy qismda, shtabda va muassasada o‘tkazilsa – 

qo‘mondonlik  vakilining,  zarur  hollarda  esa,  moddiy  javobgar  shaxsning 

qatnashishi  shart  hisoblanadi.  Davlat  sirlariga  oid  bo‘lgan  narsalar  va 

hujjatlarni faqat maxsus ruxsatga ega bo‘lgan surishtiruvchi, tergovchi yoki 

sudya  xuddi  shunday  ruxsatga  ega  bo‘lgan  xolislar  ishtirokida  ko‘zdan 

kechiradi. 

Binolarni  ko‘zdan  kechirishda  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  olib  qo‘yish  yoki  tintuv  o‘tkazish  vaqtida  hozir 

bo‘ladigan shaxslar va olib qo‘yish va tintuv o‘tkazish tartibini belgilovchi 

normalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinishi lozim. 

Narsa va hujjatlarni ko‘zdan kechirish surishtiruvchi, tergovchi va sud 

tomonidan  ko‘zdan  kechirish  ko‘p  vaqt  yoki  qo‘shimcha  texnik  vositalar 

talab  qilmasa  ular  topilgan  joyda,  ko‘p  vaqt  yoki  qo‘shimcha  texnik 

vositalar talab qilsa basharti, keyinchalik surishtiruv, dastlabki tergov yoki 

sud muhokamasi o‘tkazilayotgan joyda amalga oshirilishi mumkin. 

Narsa  va  hujjatlarni  ko‘zdan  kechirish  ular  topilgan  joyda  amalga 

oshirilayotganida, mazkur narsa va hujjatlarning topilishiga sabab bo‘lgan, 

misol uchun tintuv, olib qo‘yish, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda 

tekshirish  va  boshqa  tergov  harakatlarining  bayonnomalarida  ko‘zdan 

kechirilib  qayd  qilinadi.  Alohida  narsa  va  hujjatlarni  qo‘zdan  kechirish 

bayonnomasi rasmiylashtirilishi talab qilinmaydi. 

Boshqa tergov harakatlarida bo‘lgani kabi narsa va hujjatlarni ko‘zdan 

kechirishda  texnik  vositalardan  foydalanish  mumkin.  Biroq  zaruriy  shart 

sifatida topilgan va ko‘zdan kechirilishi lozim bo‘lgan narsa va hujjatlarning 

keyinchalik  jinoyat  ishi  bo‘yicha  daliliy  ahamiyatga  ega  bo‘lishi 

mumkinligini  nazarda  tutgan  holda  ularning  yo‘qolishiga  yoxud 

shikastlanishiga olib kelmasligiga alohida e’tibor qaratish lozim. 

Ko‘zdan  kechirish  tergov  harakati  bayonnomasini  rasmiylashtirishda 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  90–92-

moddalarida  nazarda  tutilgan  dalillarni  bannomada  qayd  qilish  tartibi  va 

amalga  oshirilgan  ko‘zdan  kechirish  turidan  kelib  chiqqan  holda  ko‘zdan 

kechirish tartibining umumiy qoidalariga rioya qilgan holda surishtiruvchi, 

tergovchi tomonidan tegishli bayonnoma rasmiylashtiriladi. Sud tomonidan 

amalga oshirilgan ko‘zdan kechirish esa, sud majlisi bayonnomasida qayd 

etiladi. 

Bayonnomada  ko‘zdan  kechirish  davomida  topilgan  barcha  narsalar, 

ular qanday tartibda ko‘zdan kechirilgan bo‘lsa, xuddi shu tartibda, ko‘zdan 

kechirish paytida qanday holatda kuzatilgan bo‘lsa, xuddi shu holatda qayd 



231 

 

etiladi.  Ko‘zdan  kechirish  chog‘ida  topilgan  va  olingan  barcha  izlar, 



narsalar  va  hujjatlar  sanab  o‘tiladi.  Olingan  buyumning  egasiga  tegishli 

ma’lumotnoma yoki bayonnomaning nusxasi beriladi. 

Bundan  tashqari,  bayonnomada:  ko‘zdan  kechirish  qaysi  vaqtda, 

qanday  ob-havoda  va  qanday  yorug‘likda  o‘tkazilganligi;  qanday  ilmiy-

texnika vositalari qo‘llanilganligi va qanday natijalar olinganligi; ko‘zdan 

kechirishda ko‘maklashish uchun kimlar jalb qilinganligi va ko‘maklashish 

nimada  o‘z aksini  topganligi; qanday narsalar va hujjatlar qay tartibda va 

qanday muhr bilan muhrlanganligi; ko‘zdan kechirilganidan keyin murda va 

ish  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  narsalarning  qayerga  yuborilganligi 

ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. 



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling