Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


(O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  83-,  302-


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53

(O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  83-,  302-, 

304-, 307-, 309-, 310-, 311-moddalari.) 

Yuqoridagi  asoslarga  ko‘ra,  oqlov  hukmi  chiqarilganda  yoki  ish 

harakatdan  tugatilganda  oqlov  hukmida,  qarorda  esa  tergovchi,  prokuror 

reabilitatsiya  etilgan shaxsning o‘ziga yetkazilgan  mulkiy ziyonni undirib 

olish  huquqini  e’tirof  etishlari  lozim.  Shuningdek,  reabilitatsiya  etilgan 

shaxsga mulkiy ziyonni qoplash, ma’naviy ziyonni bartaraf qilish va boshqa 

huquqlarini tiklash tartibi tushuntiriladi. 

 


293 

 

8.4. Lavozimdan chetlashtirish 



(Muallif – yuridik fanlar doktori, dotsent G.Z.To‘laganova) 

 

Har  bir  shaxs  mehnat  qilish, 



erkin kasb tanlash, adolatli mehnat 

sharoitlarida  ishlash  va  qonunda 

ko‘rsatilgan  tartibda  ishsizlikdan 

himoyalanish huquqiga egadir. 



(O‘zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasi 37-modda).

 

 

Har bir shaxs mehnat qilish, 



kasb 

tanlash, 

qulay 

ish 


sharoitlarini  talab  qilish  va 

ishsizlikdan  himoya  qilinish 

huquqiga egadir. 

(Inson 

huquqlari 

umumjahon 

deklaratsiyasi 23- modda).

 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  255-



moddasida  ko‘zda  tutilgan  lavozimdan  chetlashtirish  jinoyat-protsessual 

majburlov choralari orasida alohida o‘rin tutadi. Ya’ni shaxs va fuqaroning 

mehnat huquqlarini bevosita cheklaydi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksida  lavozimdan 

chetlashtirish asoslari, qo‘llash va uning ustidan shikoyat qilish tartibi, amal 

qilish muddati, qonunga xilof ravishda lavozimdan chetlashtirish oqibatida 

yetkazilgan ziyonni qoplash qoidalari bir necha moddalarda bayon etilgan 

(O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining  

255-260-moddalari).  

Amaldagi  qonunchiligimizga  asosan  bu  chora  faqat  mansabdor 

shaxslarga  emas,  balki  har  qanday  toifadagi  shaxslarga  nisbatan 

qo‘llanilishi mumkin. Ilgari lavozimdan chetlashtirish shaxsni ayblanuvchi 

tariqasida ishga jalb etish to‘g‘risidagi boblarga kiritilgan bo‘lsa, endilikda 

unga protsessual majburlov choralari qatoridan alohida 29-bob ajratilgan. 

Bundan  tashqari,  ayrim  toifadagi  mansabdor  shaxslarni  lavozimidan 

chetlashtirish  tartibi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining  259-moddasi)  hamda  shaxsning  lavozimidan  qonunga  xilof 

ravishda chetlashtirilgani oqibatida yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik 

unga  nisbatan  oqlov  hukmi  chiqarilgan  yoki  jinoyat  ishi  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  83-moddasida  nazarda 

tutilgan  asoslarga  ko‘ra  tugatilgan  bo‘lsa,  to‘la  hajmda  qoplanishi 

(O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  260-moddasi) 

qayd etilgan.  

Mazkur protsessual majburlov chorasining ayblanuvchini lavozimidan 

chetlashtirish  ehtiyot  choralariga  juda  yaqinlashadi,  lekin  u  protsessual 

majburlov  choralarining  mustaqil  turi  hisoblanadi.  Chunki  u  ehtiyot 

choralariga  mansub  bo‘lgan  erkinlik  va  shaxsiy  daxlsizlikni  emas,  balki 

faoliyat turi va kasb tanlash kabi konstitutsiyaviy huquqni cheklaydi.  


294 

 

Bundan  tashqari,  O‘zbekiston  Respublikasining  2012-yil  18-



sentabrdagi  335-sonli  Qonuni  bilan  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual kodeksining 256-moddasiga kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq, 

ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish uchun asoslar mavjud bo‘lganda 

prokuror,  tergovchi  ayblanuvchini  lavozimidan  chetlashtirish  to‘g‘risida 

iltimosnoma  qo‘zg‘atish  haqida  mazkur  protsessual  majburlov  chorasini 

qo‘llash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.  

Ayblanuvchini  lavozimidan  chetlashtirish  to‘g‘risida  iltimosnoma 

qo‘zg‘atish  haqidagi  qarorda:  lavozimidan  chetlashtiriladigan  shaxs 

haqidagi  ma’lumotlar;  uning  ish  joyi;  lavozimdan  chetlashtirish  asoslari 

ko‘rsatiladi.  Qarorga  iltimosnomani  asoslovchi  zarur  materiallar  ilova 

qilinadi. 

Tergovchining 

ayblanuvchini 

lavozimidan 

chetlashtirish 

to‘g‘risida  iltimosnoma  qo‘zg‘atish  haqidagi  qarori  va  zarur  materiallar 

prokurorga  yuboriladi.  Prokuror  ayblanuvchini  lavozimidan  chetlashtirish 

to‘g‘risidagi  iltimosnomaning  asosliligini  tekshirib,  unga  rozi  bo‘lgan 

taqdirda, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida iltimosnoma 

qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi. Ushbu 

qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlar mazkur jinoyat-protsessual majburlov 

chorasini qo‘llash tartibini eng jiddiy ehtiyot chorasi hisoblangan qamoqqa 

olishga  yaqinlashtirdi.  Lavozimdan  chetlashtirish  o‘z  tabiatiga  ko‘ra, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  47-moddasida  nazarda 

tutilgan  xizmat  bo‘yicha  cheklashga  ham  o‘xshaydi,  lekin  ular  qo‘llanish 

maqsadlari  bo‘yicha  bir-biridan  keskin  farq  qiladi.  Xizmat  bo‘yicha 

cheklash  jazo  chorasi  bo‘lib,  u  faqat  harbiy  xizmatchilarga  nisbatan 

qo‘llanilsa, 

lavozimdan 

chetlashtirish 

har 

qanday 


ayblanuvchi, 

sudlanuvchiga  nisbatan  qo‘llanadigan  vaqtincha  protsessual  majburlov 

chorasidir.  Amaldagi  qonunchilikda  ayblanuvchi  yoki  sudlanuvchini 

mulkchilik shaklidan qat’i nazar, har qanday korxona va tashkilotda (davlat, 

xususiy) egallab turgan har qanday lavozimidan chetlashtirish mumkinligi 

nazarda tutiladi. Lavozimdan chetlashtirish vaqtincha qo‘llanadigan chora 

bo‘lib, u faqat dastlabki tergov va sudda muhokamasi davrida qo‘llaniladi.  

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining  

259-moddasiga  ko‘ra,  sudning  ayblanuvchini,  sudlanuvchini  lavozimidan 

chetlashtirish  to‘g‘risidagi  ajrimi  korxona,  muassasa,  tashkilot  rahbari 

uchun  majburiy  bo‘lib,  rahbar  ajrimni  olishi  bilan  darhol  uni  ijro  etishi 

hamda bu haqda tergovchini, prokurorni va sudni xabardor qilishi shart. 

 

 



 

295 

 

8.5. Majburiy keltirish 



(Muallif – yuridik fanlar doktori, dotsent G.Z.To‘laganova) 

 

Majburiy  keltirish  jiddiyligi  bo‘yicha  lavozimdan  chetlashtirish 



chorasidan  keyingi  o‘rinda  turuvchi  protsessual  majburlov  chorasi 

hisoblanadi.  



Majburiy  keltirish  –  protsessual  majburlov  chorasi  bo‘lib,  amaldagi 

jinoyat-protsessual qonunchilikka ko‘ra u ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, 

ekspert,  xolis  va  tarjimonlarga  nisbatan  ular  tomonidan  tegishli 

majburiyatlar bajarilmagan holatlarda qo‘llaniladi.  

Majburiy keltirish protsessual majburlov chorasi bo‘lib, u ayblanuvchi, 

jabrlanuvchi,  guvoh,  ekspert  va  sudlanuvchi  chaqiruvlarga  binoan  uzrsiz 

sabablarga  ko‘ra  hozir  bo‘lmaganda,  tergov  va  sud  harakatlari  yurituvini 

ta’minlash  maqsadida  surishtiruvni  olib  borayotgan  shaxs,  tergovchi, 

prokuror  va  sud  huzuriga  majburiy  tarzda  keltirishdan  iborat.  Majburiy 

keltirish  jinoyat-protsessual  javobgarlik  chorasi  yoki  jinoyat-protsessual 

sanksiya hisoblanadi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  262-

moddasiga  binoan  majburiy  keltirish  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi, 

sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohning protsessual harakatlarda yoki sud 

majlisida ishtirok etishini ta’minlash uchun, faqatgina bir holatda - basharti 

ular uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortganligi aniqlangan taqdirda 

qo‘llaniladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  57-

moddasida  fuqaroviy  da’vogar  deb  e’tirof  etilgan  shaxs  ayni  vaqtda 

jabrlanuvchining 

barcha 

huquqlaridan 



foydalanishi 

va 


uning 

majburiyatlarini  bajarishi  shart  ekanligi  ta’kidlangan.  Demak,  fuqaroviy 

da’vogar ham majburiy keltirilishi mumkin.  

 O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  74-

moddasiga binoan xolis o‘zi ishtirok etgan tergov harakatini yuritish bilan 

bog‘liq holatlar bo‘yicha guvoh tariqasida so‘roq qilinganda, O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  66-moddasida  nazarda 

tutilgan guvohning huquqlaridan foydalanadi va majburiyatlarini bajaradi. 

Binobarin,  xolis  guvohning  majburiyatlarini  bajarayotgan  hollarda,  unga 

nisbatan  majburiy  keltirish  tarzidagi  protsessual  majburlov  chorasi 

qo‘llaniladi.  

MDH  davlatlari  qonunchiligida  majburiy  keltirilishi  mumkin  bo‘lgan 

shaxslar  ro‘yxati  turlicha  ko‘rinishga  ega.  Bu  chora  Armaniston 


296 

 

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 153-moddasida faqat gumon 



qilinuvchi,  ayblanuvchi,  jabrlanuvchi,  guvohga,  Estoniya  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  783-moddasi  va  Rossiya  Federatsiyasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  111-moddasi  2-qismida  esa  gumon 

qilinuvchi,  ayblanuvchi,  jabrlanuvchi  va  guvohdan  tashqari  fuqaroviy 

da’vogar,  fuqaroviy  javobgar,  ekspert,  mutaxassis,  tarjimon  va  xolislarga 

nisbatan  qo‘llanishi  nazarda  tutilgan.  Belarus  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  128-moddasi  2-qismiga  ko‘ra  esa,  majburiy 

keltirish  tarzidagi  chora  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  yoki  sudning 

qarori  bilan  jinoyat  protsessi  ishtirokchilarining  barchasiga  nisbatan 

qo‘llanishi mumkin.  

 O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 97-moddasi 

ikkinchi qismida chaqiruv qog‘ozida shaxs kim sifatida, qaysi manzilga va 

kimning huzuriga chaqirilayotganligi, qaysi kunda va qaysi soatga kelishi 

kerakligi,  shuningdek  uzrsiz  sabablarga  ko‘ra  kelmay  qolgan  taqdirda 

qanday  oqibatlar  ro‘y  berishi  ko‘rsatilgan  bo‘lishi  lozimligi  ta’kidlangan. 

Chaqiruv  qog‘ozi  chaqiriluvchiga  topshirilib,  tilxat  olinadi.  Chaqiruv 

qog‘ozi  olib  borilganda  chaqiriluvchi  vaqtincha  yo‘q  bo‘lsa,  unga  berib 

qo‘yish uchun chaqiruv qog‘ozi u bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila 

a’zolaridan biriga, yotoqxona ma’muriyatiga, uy egasiga yoki fuqarolarning 

o‘zini-o‘zi  boshqarish  organi  vakiliga  topshirilib,  tilxat  olinadi.  Biroq, 

jinoyat-protsessual  qonunchilikda  chaqiruv  qog‘ozi  kechikib  yoxud 

qandaydir  sabablarga  ko‘ra  umuman  topshirilmaganda  qanday  yo‘l  tutish 

lozimligi  ko‘rsatilmagan.  Shaxs  uzrsiz  sabablarga  ko‘ra  kelmay  qolgan 

taqdirda  qanday  oqibatlar  ro‘y  berishi  to‘g‘risida  ogohlantirilmagan  har 

qanday  holatda,  unga  nisbatan  majburiy  keltirish  chorasi  qo‘llanmasligi 

kerak. Majburiy keltirish jinoyat-protsessual majburlov chorasi bo‘lib, 



u  tergov  va  sud  organlariga  chaqiruv  bo‘yicha  kelmayotgan  shaxsni 

majburiy  tarzda  keltirishdan  iboratdir.  Amaldagi  jinoyat-protsessual 

qonun  hujjatlariga  ko‘ra,  jinoyat  ishini  yuritish  munosabati  bilan 

surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror,  sud  tomonidan  belgilangan  tartibda 

chaqirilgan shaxslar aynan ko‘rsatilgan vaqtda hozir bo‘lishlari shart. Uzrsiz 

sabablarga  ko‘ra  kelmaganlari  taqdirda  ular  majburiy  keltiriladilar 

(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 261-modda).  

Amaldagi  jinoyat-protsessual  qonun  hujjatlariga  ko‘ra,  gumon 

qilinuvchi,  ayblanuvchi,  sudlanuvchi,  jabrlanuvchi,  guvohga  nisbatan 

majburiy keltirishni qo‘llash mumkinligiga, basharti ular uzrsiz sabablarga 

ko‘ra  kelishdan  bosh  tortganligi  aniqlangan  taqdirda,  yo‘l  qo‘yiladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  262-moddasi 


297 

 

ikkinchi  qismiga  ko‘ra,  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  sudlanuvchini 



oldindan chaqiruvsiz majburiy keltirish ular surishtiruv, dastlabki tergov va 

suddan  yashirinib  yurgan  yoki  aniq  yashash  joyi  bo‘lmagan  taqdirda 

qo‘llanilishi mumkin.  

Majburiy  keltirish  protsessual  majburlov  chorasi  sifatida  insonga 

jismoniy  ta’sir  ko‘rsatish  bilan  bog‘liq.  Majburiy  keltirish  to‘g‘risidagi 

qaror  yoki  ajrim  ijro  etish  uchun  ish  yuritilayotgan  joydagi  ichki  ishlar 

organiga  topshiriladi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining  264-moddasi  birinchi  qismi).  Majburiy  keltirish  chorasining 

ijro etilishi amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 

va Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 12-yanvardagi 2/1, 

2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni 

majburiy keltirish bo‘yicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi to‘g‘risida”gi 

Yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi.  

 

8.6. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish 

(Muallif – yuridik fanlar doktori, dotsent G.Z.To‘laganova) 

 

Hech 


kimga 

uning 


roziligisiz  tibbiy  yoki  ilmiy 

tajribalar  o‘tkazilishi  mumkin 

emas. 

(O‘zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasi 26-moddasi)

 

 

Jinoyat  sodir  etish  vaqtida 



o‘z  qilmishining  ijtimoiy  xavfli 

xususiyatini  anglagan  va  o‘z 

harakatlarini 

boshqara 

olgan 

shaxs aqli raso deb topiladi.  



Ijtimoiy  xavfli  qilmishni 

sodir  etish  vaqtida  aqli  noraso 

holatda  bo‘lgan,  ya’ni  surunkali 

ruhiy  kasalligi,  ruhiy  holati 

vaqtincha 

buzilganligi, 

aqli 

zaifligi  yoki  boshqa  tarzdagi 



ruhiy 

kasalligi 

sababli 

o‘z 


harakatlarining 

ahamiyatini 

anglay 

olmagan 


yoki 

harakatlarini  boshqara  olmagan 

shaxs javobgarlikka tortilmaydi. 

(O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat 

kodeksi 18-moddasi)

 

 

Milliy  sud-huquq  tizimini  isloh  etishning  mantiqiy  davomini 



anglatuvchi  sud  hokimiyati  mustaqilligini  mustahkamlash  masalalari 

298 

 

jinoyat  ishlari  yurituvining  sudga  qadar  bosqichlarida  sud  nazoratini 



kengaytirishni,  xususan,  tibbiy  muassasaga  joylashtirish  kabi  protsessual 

majburlov choralarini qo‘llashda tatbiq etilishini taqozo etdi. 

Jumladan,  2012-yil  18-sentabrda  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat 

protsessual  kodeksining  29-  va  31-boblariga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar 

kiritilib,  sudga  qadar  ish  yurituv  bosqichida  qo‘llanadigan  choralar,  ya’ni 

lavozimdan  chetlashtirish  va  tibbiy  muassasaga  joylashtirish  tarzidagi 

protsessual majburlov choralari faqat sudyaning sanksiyasi asosida qo‘llash 

tartibi qonunan mustahkamlandi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  265-266-

moddalari  ushlab  turish,  qamoqda  saqlash  kabi  jiddiy  protsessual 

choralardan  biri  sanaladigan  shaxsni  tibbiy  muassasaga  joylashtirish 

tartibini  belgilaydi.  Sud-tibbiyot  yoxud  sud-psixiatriya  ekspertizasini 

o‘tkazishda statsionar kuzatuv zarurati bo‘lsa, prokuror, tergovchi shaxsni 

tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida 

mazkur  protsessual  majburlov  chorasini  qo‘llash  asoslarini  bayon  etgan 

holda  qaror  chiqaradi.  Ushbu  chiqarilgan  qaror  prokuror  tomonidan 

o‘rganib chiqilib, sudga iltimosnoma kiritish yoki kiritmaslik masalasi hal 

qilinadi. Ushbu jarayonda prokuror shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish 

to‘g‘risidagi  iltimosnomaning  asosliligini  tekshirib,  unga  rozi  bo‘lgan 

taqdirda,  shaxsni  tibbiy  muassasaga  joylashtirish  to‘g‘risida  iltimosnoma 

qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.  

Sudya  shaxsni  tibbiy  muassasaga  joylashtirish  to‘g‘risidagi 

iltimosnomani  ko‘rib  chiqib,  shaxsni  tibbiy  muassasaga  joylashtirish 

to‘g‘risida yoki shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirishni rad qilish haqida 

ajrim chiqaradi.  

Har bir jinoyat sodir qilgan aqli raso shaxs o‘z qilmishining oqibatini 

tushungan holda qasddan harakat qiladi yoki ehtiyotsizlik natijasida jinoyat 

sodir  etadi  va  jinoiy  javobgarlikka  tortiladi.  Bu  masalaga  jinoyat  huquqi 

fanida  jiddiy  ahamiyat  beriladi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat 

kodeksining  18-moddasida  jinoyat  sodir  etish  vaqtida  o‘z  qilmishining 

ijtimoiy  xavfli  xususiyatini  anglagan  va  o‘z  harakatlarini  boshqara  olgan 

shaxs aqli raso deb topiladi. Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli 

noraso  holatda  bo‘lgan,  ya’ni  surunkali  ruhiy  kasalligi,  ruhiy  holati 

vaqtincha  buzilganligi,  aqli  zaifligi  yoki  boshqa  tarzdagi  ruhiy  kasalligi 

sababli o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini 

boshqara  olmagan  shaxs  javobgarlikka  tortilmaydi  (O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat  kodeksi  18-moddasining  2-qismi).  Demak,  jinoyat 

protsessida  jinoyat  sodir  etishda  gumon  qilinayotgan  yoki  ayblanayotgan 



299 

 

shaxsning aqli rasoligi yoki norasoligi masalasi hal etilishi muhim, chunki 



u  aqli  noraso  deb  topilsa,  jinoyat  ishi  alohida  toifaga  ajratiladi  va 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  61-bobida 

ko‘rsatilgan  tibbiy  yo‘sindagi  majburlov  choralarini  qo‘llash  to‘g‘risidagi 

ishlarni  yuritish  tartibida  olib  boriladi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  265-269-,  569-moddalarida  shaxsni  tibbiy 

muassasaga  joylashtirish  asoslari,  tartibi,  muddatlari,  bunday  qaror  va 

ajrimlar ustidan shikoyat qilish hamda bu toifadagi ishlarni to‘xtatib turish 

masalalari bayon etilgan. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish va tibbiy 

yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash shaxsni jamiyatdan ajratish bilan 

bog‘liq bo‘lgan keng ma’nodagi jinoyat-protsessual majburlov hisoblanadi, 

ya’ni  bu  choralar  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  25-

moddasidagi shaxsning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlarini cheklash 

bilan bog‘liq.  

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining  

265-moddasiga  ko‘ra,  jabrlanuvchilar  va  guvohlar  tegishli  sud 

ekspertizasini  o‘tkazish  uchun  tibbiy  muassasaga  majburiy  joylashtirilishi 

mumkin  emas,  zero  ular  gumon  qilinuvchining,  ayblanuvchining, 

sudlanuvchining O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 15-moddasi 

to‘rtinchi  va  beshinchi  qismlarida  nazarda  tutilgan  og‘ir  yoki  o‘ta  og‘ir 

jinoyatlarni 

sodir 


etganligini 

fosh 


qilayotgan 

va 


ular 

bergan 


ko‘rsatuvlarning 

ishonchliligini 

tekshirishning 

boshqa 


imkoniyati 

bo‘lmagan  hollar  bundan  mustasnoligi  belgilangan.  Ishni  sudga  qadar 

yuritish  bosqichida  shaxsni  tibbiy  muassasaga  joylashtirish  to‘g‘risidagi 

masala  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  31-

bobida belgilangan tartibda, sudlanuvchini tibbiy muassasaga joylashtirish 

haqidagi  masala  esa  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining  423  va  438-moddalarida  nazarda  tutilgan  tartibda  sud 

tomonidan hal qilinadi.  

Shuningdek, mazkur modda mazmuniga ko‘ra, gumon qilinuvchining, 

ayblanuvchining,  sudlanuvchining  tibbiy  muassasada  bo‘lgan  vaqti 

qamoqda  saqlash  muddatiga  qo‘shib  hisoblanadi.  Bu  holat  ham  shaxsni 

tibbiy  muassasaga  joylashtirish  chorasini  qamoqda  saqlash  jinoyat-

protsessual institutiga yanada yaqinlashtiradi.  

Shaxsni  tibbiy  muassasaga  joylashtirish  to‘g‘risidagi  iltimosnoma 

dastlabki  tergov  yuritilayotgan  joydagi  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  tuman 

(shahar) sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  265-

moddasiga  binoan,  ayblanuvchi  va  sudlanuvchining  ruhiy  holati  ustidan 



300 

 

statsionar  kuzatuv  zarurati  bo‘lganda,  ular  tegishli  tibbiy  muassasaga 



joylashtiriladi va bu holatda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 

kodeksining  236-moddasida  ehtiyot  choralarining  maqsadlaridan  birortasi 

ham  ko‘zda  tutilmaydi.  Biroq  shaxsga  nisbatan  ehtiyot  chorasi 

qo‘llanilmagan  bo‘lsa,  uni  tibbiy  muassasaga  joylashtirilishi  bir  vaqtning 

o‘zida  ehtiyot  choralari  ko‘zlaydigan  maqsadlarga  erishish  uchun  xizmat 

qilishi mumkin. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksi 


265-

moddasining  to‘rtinchi  qismida  jabrlanuvchi  va  guvohlarni  ekspertiza 

o‘tkazish  uchun  tibbiy  muassasaga  majburiy  tarzda  joylashtirish  mumkin 

emasligi ta’kidlangan.  

Shubhasiz,  jabrlanuvchi  va  guvohlar  majburiy  tarzda  tibbiy  va  ruhiy 

statsionarlarga  joylashtirilmasliklari  lozim.  Lekin  ular  gumon  qilinuvchi, 

ayblanuvchi,  sudlanuvchi  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining 

15-moddasi  to‘rtinchi  va  beshinchi  qismlaridagi  og‘ir  va  o‘ta  og‘ir 

jinoyatlarni  sodir  etishda  aybli  ekanligini  ochib  berayotgan  va 

ko‘rsatuvlarning 

ishonchliligini 

tekshirishning 

boshqa 

imkoniyati 



bo‘lmagan  hollarda  tibbiy  muassasaga  joylashtirilishlari  mumkinligi 

haqidagi  qoidaga  e’tiroz  bildirish  mushkul.  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  173-moddasi  5-bandidagi  jabrlanuvchi, 

guvohning  ruhiy  va  jismoniy  holatini  hamda  ular  ish  uchun  ahamiyatli 

bo‘lgan  holatlarni  idrok  qilish,  esda  saqlash  va  so‘roq  qilganda,  ifodalab 

berish  layoqatiga  ega  ekanliklarini,  shuningdek  jabrlanuvchining  jinoyat 

protsessi chog‘ida o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya 

qila olish layoqatini aniqlashda ekspertiza o‘tkazishning shart ekanligi ham 

faqat jinoyat ishini muvaffaqiyatli hal etishga ko‘maklashadi.  

Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 173-

moddasi  5-bandida  ko‘rsatilgan  holatlarda  ekspertizani  tayinlash  va 

o‘tkazish jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning 

majburiyatiga  kiradi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining  55-moddasida  jabrlanuvchining  surishtiruvchi,  tergovchi, 

prokuror  va  sudning  chaqiruviga  binoan  hozir  bo‘lish,  haqqoniy 

ko‘rsatuvlar  berish,  haqiqatni  aniqlashga,  dalillarni  yo‘q  qilish, 

soxtalashtirish,  guvohlarni  ko‘ndirishga  urinish  va  qonunga  xilof  boshqa 

harakatlar bilan to‘sqinlik qilmaslik, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va 

sudning  talabi  bo‘yicha  dalillar  taqdim  qilish  va  ishning  tergovi  va  sud 

majlisi  vaqtida  tartibga  rioya  etish  kabi  majburiyatlari  belgilangan. 

Guvohning  huquqiy  maqomiga  ham  shunga  o‘xshash  majburiyat  va 


301 

 

javobgarlik choralari xosdir. (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 



kodeksining 66-moddasi). 

Qonunda  jabrlanuvchi  yoki  guvohning  ekspertiza  tekshiruvi  yoxud 

guvohlantirish  o‘tkazishdan  bosh  tortganligi  uchun  jinoyat-protsessual 

javobgarlik  choralarini  belgilash  mumkin,  lekin  bu  choralar  ushbu 

subyektlarni jamiyatdan ajratish bilan bog‘liq bo‘lmasligi aniq. Bir vaqtning 

o‘zida xuddi shunday zarurat tug‘ilganida gumon qilinuvchi va ayblanuvchi 

jamiyatdan  ajratiladi.  Demak,  ularni  tibbiy  yoki  ruhiy  statsionarga 

joylashtirishda  ehtiyot  choralarini  qo‘llashga  xos  bo‘lgan  maqsadlar 

ko‘zlanadi.  Ushbu  fakt  orqali  tomonlarning  tengligi  prinsipi  buziladi. 

Shunday  jiddiy  majburlov  chorasini  qo‘llashni  gumon  qilinuvchi  va 

ayblanuvchining protsessual maqomi orqali asoslash ularning jinoyat sodir 

etishda aybdor deb topilmaganligini e’tiborga olganda ishonchsiz ko‘rinadi.  

Albatta, gumon qilinuvchi va ayblanuvchi, shuningdek jabrlanuvchi va 

guvoh  statsionar  ekspert  tekshiruvlariga  ixtiyoriy  tarzda  rozilik  bergan 

holatlar  bundan  mustasno.  Ushbu  holatda  tibbiy  yoki  ruhiy  statsionarga 

joylashtirish o‘zining majburlov xarakterini yo‘qotadi.  

Shaxsning  roziligisiz  tibbiy  yoki  ruhiy  statsionarga  majburiy 

joylashtirish  faqat  hibsda  saqlanayotgan  shaxslarga  nisbatan  qo‘llanilishi 

lozim. Hibsda saqlanmayotgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini tibbiy 

yoki ruhiy statsionarga majburiy joylashtirish zarurati tug‘ilgan hollarda esa 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 243-moddasida 

nazarda  tutilgan  tartibda  sudga  murojaat  qilinadi.  Gumon  qilinuvchi  va 

ayblanuvchini  tibbiy  yoki  ruhiy  statsionarga  majburiy  joylashtirish 

amaldagi  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  265-

269-moddalarida ko‘zda tutilgan tartibda amalga oshirilishi mumkin.  

Shaxs  tibbiy  muassasaga  ko‘pi  bilan  bir  oy  muddatga  joylashtirilishi 

mumkin.  Alohida  hollarda  shifokorlarning  statsionar  ekspertiza  o‘tkazish 

jarayonida  olingan  xulosasiga  asosan  bu  muddat  sudning  ajrimi  bilan  bir 

oyga  uzaytirilishi  mumkin  va  muddatni  yanada  uzaytirishga  yo‘l 

qo‘yilmaydi.  Ekspertiza  o‘tkazishni  tayinlagan  shaxs  yoki  ekspertlar 

tomonidan jiddiy qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan hollarda 

sudya o‘zining xususiy ajrimi orqali protsessual ta’sir choralarini ko‘radi.  



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling