Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Protsessual majburlov choralari, protsessual majburiyatlar
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Surishtiruv, dastlabki tergov va sudda protsessual majburiyatlarni hamda tartibni buzganlik uchun javobgarlik.
- Sudlanuvchi, prokuror va advokatdan tashqari
- 8.8. Jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash. (Muallif – yuridik fanlar doktori, dotsent G.Z.To‘laganova)
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22-, 43-, 44- moddalarida mustahkamlangan qoidalar ham barcha fuqarolarning
- xavfsizlikni ta’minlash choralari
- MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR
- Jinoyat protsessual majburlov choralarini o‘zaro qiyoslab tahlil qiling.
- Shaxsni konstitutsiyaviy huquqlarini cheklaydigan protsessual majburlov choralarini tavsiflab tahlil qiling.
- Tergov harakatlarini amalga oshirish jarayonida protsessual xatoliklarga yo‘l qo‘yilganmi 2-kazus
- Vaziyatga huquqiy baho bering. Tashkilot rahbarining vaji o‘rinlimi
8.7. Protsessual majburlov choralari, protsessual majburiyatlar va sud majlisida tartibni buzganlik uchun javobgarlik (Muallif – yuridik fanlar doktori, dotsent G.Z.To‘laganova) 302
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi to‘rtinchi bo‘limining 32-bobi 271-274-moddalarida ko‘rsatilgan eng so‘nggi protsessual majburlov choralari - protsessual majburiyatlar va sud majlisida tartibni buzganlik uchun javobgarlikdir. Protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik jinoyat protsessining har qanday bosqichida amal qilib, chora qo‘llangan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishga qadar jiddiy oqibatlarga olib keladi. Surishtiruv, dastlabki tergov va sudda protsessual majburiyatlarni hamda tartibni buzganlik uchun javobgarlik. Jinoyat protsessual huquqbuzarlik uchun javobgarlik qonunga rioya etmaslikda aybdor bo‘lgan shaxs xulqining uning o‘ziga nisbatan noqulay oqibatlarga olib keladigan rasmiy salbiy baholanishidir. Protsessual huquqbuzarlik uchun javobgarlik hamma vaqt faqat jarima xususiyatidagi sanksiyaning tatbiq etilishidir. Javobgarlik asosi – protsessual huquqbuzarlik deb ataladigan jamiyat uchun xavfli bo‘lgan hamda shuning uchun qonun bilan taqiqlangan qilmish (harakat yoki harakatsizlik)dir. Jinoyat protsessida javobgarlik qonunning ayb bilan bog‘liq buzilishi uchungina (qasddan yoki ehtiyotsizlik) yuzaga keladi. Protsessual huquqbuzarlik ko‘pincha jinoyat tarkibini (masalan, guvohning sud chaqiruviga ko‘ra kelishdan ataylab bosh tortgani) yoki intizomiy qilmish tarkibini tashkil etadi. Sud majlisida tartibni buzgan, raislik qiluvchining farmoyishlariga bo‘ysunmagan yoki sudni behurmat qilgan taqdirda tartibbuzar bunday harakatlarning takrorlanishi uni sud majlisi zalidan chiqarib yuborishga sabab bo‘lishi haqida, tartibbuzar esa, bundan tashqari, ma’muriy javobgarlikka tortilishi ham mumkinligi xususida ogohlantiriladi. Bu ogohlantirish ta’sir qilmasa, protsess ishtirokchisi sudning ajrimiga, boshqa shaxslar esa, raislik qiluvchining farmoyishiga muvofiq sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi. Ishni ko‘rish chiqarib yuborilgan shaxslarsiz davom ettiriladi. Sud majlisida tartibni buzganlik uchun javobgarlik esa faqat ishni sudda ko‘rish bosqichiga mansub bo‘lib, u asosan pul undirish, jarima solish, eng jiddiy hollarda esa ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Demak, ushbu ikki mustaqil protsessual majburlov chorasi bir-biridan tubdan farq qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 271-moddasiga ko‘ra jinoyat ishini yuritish chog‘ida Jinoyat kodeksining 230-241-moddalarida nazarda tutilgan odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatni sodir etgan protsess ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining umumiy qoidalariga binoan javobgarlikka tortiladilar. 303
Mazkur protsessual majburlov chorasi jinoyat
protsessi ishtirokchilarining juda keng doirasiga nisbatan qo‘llanilishi mumkin: Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning guvohlantirishdan, ekspertizadan o‘tish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar taqdim etish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini bajarishdan bosh tortganliklari uchun - jabrlanuvchi va guvohlar; Surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning talabi bilan izlanayotgan ashyolarni berishdan bosh tortganlik uchun - uyida olib qo‘yish, tintuv o‘tkazilayotgan shaxslar, shuningdek mol-mulki xatlangan shaxslar (gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va ularning yaqin qarindoshlaridan tashqari); Surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi qarorini bajarmaganlik yoki yetarli darajada bajarmaganlik uchun - aloqa muassasalarining xodimlari; Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, tergov eksperimenti o‘tkazish, murdani eksgumatsiya qilish, olib qo‘yish va tintuv o‘tkazishga to‘sqinlik qilayotgan mansabdor shaxslar va fuqarolar; Surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini oshkor qilganlik uchun, agar ular ma’lumotlarni oshkor qilishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan ogohlantirilgan bo‘lsalar - protsess ishtirokchilari; Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari - surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, mutaxassis, ekspert, tarjimon, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, xalq maslahatchilarining kelishiga to‘sqinlik qilganlik, jinoyatning sabablariga va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarga barham berish to‘g‘risidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning taqdimnomasi yoki sudning xususiy ajrimini bajarmaganlik yoxud talab darajasida bajarmaganlik uchun qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 272- moddasiga ko‘ra sud majlisida tartibni buzgan, raislik qiluvchining farmoyishlariga bo‘ysunmagan yoki sudni behurmat qilgan tartibbuzar bunday harakatlarning takrorlanishi uni sud majlisi zalidan chiqarib yuborishga sabab bo‘lishi, ma’muriy javobgarlikka tortilishi ham mumkinligi xususida ogohlantiriladi. Ogohlantirish kor qilmasa, protsess ishtirokchisi sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi va ishni ko‘rish chiqarib yuborilgan shaxslarsiz davom ettiriladi. Mazkur protsessual majburlov chorasi sud majlisi vaqtida tartibni buzgan prokuror yoki advokatga 304
nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. Ular tartibni buzganligi uchun sud majlisi zalidan chiqarib yuborilmay, ishni eshitish keyinga qoldiriladi, bir shaxsni bir necha ayblovchi ayblayotgan yoki bir necha himoyachi himoya qilayotgan hollar bundan mustasno. Ayblovchi yoki himoyachining nomunosib xulq-atvori to‘g‘risida sud xususiy ajrim chiqarib, uni tegishliligiga qarab, yuqori turuvchi prokuror yoki advokatlar malaka komissiyasiga yuboradi. Sud zalidan sudlanuvchi chiqarib yuborilgan bo‘lsa, ishni ko‘rish davom ettiriladi, lekin hukm sudlanuvchi ishtirokida e’lon qilinishi yoki e’lon qilinganidan keyin unga darhol ma’lum qilinib, tilxat olinishi lozim.
zalida tartibni buzgan shaxslar raislik qiluvchining chiqargan ajrimiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Sud muhokamasi vaqtida yoki ish apellyatsiya, kassatsiya yoxud nazorat tartibida ko‘rib chiqilayotganida muayyan protsess ishtirokchisining odil sudlovga qarshi jinoyat sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishiga asoslar aniqlangan bo‘lsa, sud bu protsess ishtirokchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 274- moddasida pul undirish va jarima solish to‘g‘risidagi masalani sud tomonidan hal qilish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligi bo‘yicha jarima solish tarzidagi protsessual majburlov chorasining faqat sudda tartibni buzgan shaxslarga nisbatan qo‘llash mumkinligi nazarda tutiladi va boshqa bironta moddada jarima jazosi qayd etilmagan. Boshqa mamlakatlarda jarima tariqasidagi jazo jinoyat protsessining turli bosqichlarida qo‘llanadi. Masalan: gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining munosib xulq-atvorini ta’minlay olmagan shaxsiy kafil (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksining 103-moddasi 4- qismi, Belarus Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 121-moddasi 2-qismi, Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 145- moddasi 5-qismi, Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 106-moddasi 4-qismi, Tojikiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 87-moddasi ikkinchi qismi); voyaga yetmagan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining munosib xulq-atvorini ta’minlay olmagan ularni kuzatuv ostiga olgan shaxs (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat- protsessual kodeksining 105-moddasi 3-qismi, Ukraina Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 164-moddasi, ikkinchi qismi, 436-moddasi
305
uchinchi qismi); jabrlanuvchi, guvoh, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ekspert, mutaxassis, tarjimon (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat- protsessual kodeksining 111-moddasi 2-qismi, Ukraina Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 70-moddasi uchinchi qismi, Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 160-moddasi, Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 120-moddasi, Tojikiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 327-moddasi ikkinchi qismi) kabi ishtirokchilardan o‘z protsessual majburiyatlarini bajarmaganligi uchun pul jarimasi undiriladi. Ya’ni, MDH davlatlarining ko‘pchiligida jarima tarzidagi chora sud muhokamasidan tashqari protsessning boshqa bosqichlarida ham keng qo‘llaniladi. Deyarli barcha MDH davlatlari qonunchiligidagi ekspert, mutaxassis, guvoh,
tarjimonning majburiyatlari, shuningdek shaxsiy
kafillik to‘g‘risidagi moddalarda mazkur ishtirokchilarga yuklatilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, ularga nisbatan pul jarimasi qo‘llanishi hamda jarimaning minimal va ba’zi davlatlarda maksimal miqdorlari ham belgilab qo‘yilgan.
(Muallif – yuridik fanlar doktori, dotsent G.Z.To‘laganova) Protsess ishtirokchilariga g‘ayrihuquqiy tahdid o‘tkazish jinoyat sudlov ishlari samaradorligini pasayishiga olib keluvchi omillardan biri bo‘lib, jinoyatchilikka qarshi kurashning bugungi kundagi ahvoli ushbu masalaga alohida e’tibor qaratish lozimligini taqozo etmoqda. Protsess ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashda “Inson huquqlar umumjahon deklaratsiya”si (8-modda), “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro Pakt” (14-modda), BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1985-yil 29-noyabrda qabul qilingan «Jinoyat va mansab suiiste’molligidan jabrlanganlar uchun odil sudlovning asosiy prinsiplari to‘g‘risidagi deklaratsiya», BMTning 2000-yil 15-noyabrda qabul qilingan «Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiya» (24-modda), BMTning 2000 yilda qabul qilingan «Jinoyatchilik va odil sudlov to‘g‘risida: XXI asr chaqirig‘iga javoblar» nomli Vena deklaratsiyasi, BMTning 2005-yil 22- iyulda qabul qilingan Rahbariy prinsiplari (27-modda) va boshqa xalqaro hujjatlardagi qoidalar huquqiy asos sifatida e’tirof etiladi.
protsessual kodeksining bir qancha
moddalarida ham
protsess 306
ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi qoidalar o‘z aksini topgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 270- moddasiga ko‘ra, jabrlanuvchi, guvoh yoki ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga, shuningdek ularning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlariga o‘ldirish, kuch ishlatish, mol-mulkini yo‘q qilib tashlash yoxud mol- mulkiga shikast yetkazish bilan yoki o‘zga g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinayotganligi haqida yetarli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror sud bu shaxslarning hayoti, salomatligi, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulkini muhofaza qilish, shuningdek aybdorlarni aniqlash hamda ularni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rishlari shart. Protsess ishtirokchilari xavfsizligining kafolatlariga jabrlanuvchilarning, guvohlarning, xolislarning yoki protsessning boshqa ishtirokchilarini, shuningdek ularning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini ta’minlash taqozo etgan hollarda sudning yopiq sud majlisi o‘tkazish huquqi ham taalluqlidir (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi). Jabrlanuvchilar, guvohlar, xolislar va protsess boshqa ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida tergov harakatlari bayonnomasining kirish qismlari tanishib chiqish uchun taqdim qilinmasligi mumkin. Bunday hollarda bayonnomalarning ko‘rsatib o‘tilgan protsess ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan kirish qismlari muhrlangan holda saqlanadi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 375-moddasi). Bundan tashqari, sud majlisiga chaqirilishi lozim bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatida protsess ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularning taxalluslari ko‘rsatilishi mumkin. Xavfsizligi ta’minlanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar ular ishtirokida o‘tkazilgan tergov harakatlari bayonnomalarining kirish qismi bilan birga muhrlangan holda sudga taqdim etiladi. Ular bilan faqat ayblov xulosasini tasdiqlovchi prokuror va ishni ko‘rib chiquvchi sudya tanishishlari mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 380-moddasi). Bunday shaxslarni tanib olish xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularning fotosuratidan foydalaniladi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 127-moddasi). Ishtirokchilarga nisbatan o‘tkaziladigan g‘ayrihuquqiy tahdid turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, telefon orqali suhbatda yoki shaxsiy uchrashuvda tahdidli so‘zlarni aytish, ko‘chalarda shaxsning orqasidan indamay kuzatib yurish, mol-mulkka shikast yetkazish yoki uni 307
yo‘q qilishga intilish, oila a’zolarini ta’qib ostiga olish, turli uydirma va bo‘htonlar tarqatish, zo‘ravonlik yoki o‘ldirish bilan qo‘rqitish v.h.
Ishtirokchilarga nisbatan g‘ayrihuquqiy tahdid solinishi mumkinligi to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar mavjudligi xavfsizlikni ta’minlash choralari ko‘rilishiga asos bo‘la oladi. Odil sudlovga ko‘maklashishni istagan shaxslarga o‘tkazilayotgan tahdid to‘g‘risidagi har qanday ma’lumotlar (shaxsning arizasi, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tahdid solish faktining aniqlanganligi, boshqa manbalardan olingan xabarlar) xavfsizlikni ta’minlash choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi. Vakolatli organlar tomonidan protsess ishtirokchisiga xavf solinayotganligi to‘g‘risida protsessual yoki boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar, shaxslarning xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi arizalari ushbu choralarni qo‘llash uchun asos bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 270-
moddasining 2-qismida: «Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ichki ishlar organlariga ishda ishtirok etayotgan shaxslarning hayoti, salomatligi, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulki muhofaza qilinishini ta’minlovchi barcha zarur choralarni ko‘rish xususida yozma ravishda topshiriq berishga haqlidir», deyiladi. Barcha zarur
choralar nimalardan iborat, ishtirokchilarga nisbatan qanday xavfsizlik choralari qo‘llanishi to‘g‘risida qonun hech qanday sharh bermaydi. Fikrimizcha, aynan shaxslarning hayoti, salomatligi, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulki muhofaza qilinishiga doir qanday choralar qo‘llanilishi qonunda aniq ko‘rsatilishi maqsadga muvofiqdir. Jinoyat-protsessual qonunchilikda protsess ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan kafolatlar tizimi ham nazarda tutilgan bo‘lib, jabrlanuvchi, guvoh yoki ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga, shuningdek ularning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlariga o‘ldirish, kuch ishlatish, mol-mulkini yo‘q qilib tashlash yoxud mol-mulkiga shikast yetkazish bilan yoki o‘zga g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinmoqda deyish uchun yetarli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror sud bu shaxslarning hayoti, salomatligi, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulkini muhofaza qilish, shuningdek aybdorlarni aniqlash hamda ularni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rishlari shart. Protsess ishtirokchilari xavfsizligining kafolatlariga jabrlanuvchi, guvoh, xolis yoki protsessning boshqa ishtirokchilarining, shuningdek ularning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini ta’minlash 308
taqozo etgan hollarda sudning yopiq sud majlisini o‘tkazish huquqi va boshqalar taalluqlidir.
MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR Mazkur mavzuni o‘rganishda talabalar protsessual majburlov choralarining barcha turlari va o‘ziga xos xususiyatlariga oid masalalarni xorijiy davlatlar qonunchiligida va tarmoq qonunlarda mustahkamlanishi holatini qiyosiy-huquqiy tahlil qilib, jinoyat ishlarini yurituvida ularning ahamiyatini aniqlashlari lozim.
1. Jinoyat-protsessual majburlov choralari jinoyat protsessida ishtirok etuvchi shaxslar xulq-atvoriga ta’sir etish usullari sifatida qo‘llaniladigan jinoyat protsessual tusdagi choralar hisoblanadi. Jinoyat protsessual
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat o‘zaro huquq va burchlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Fuqarolarning huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas. Shu bilan birgalikda fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasliklari shart. Jinoyat ishlarini ko‘rib chiqadigan davlat organlarining faoliyatida bu masalalar o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi, chunki shaxs jamiyat oldidagi protsessual majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda bajarmasa, uning erkinligini majburlov choralari orqali cheklashga to‘g‘ri keladi. Shaxsni konstitutsiyaviy
Ichki ishlar xodimi, tergovchi Qosimov Yakkasaroy ko‘chasidan ketayotganida qarama-qarshi tomonidan kelayotgan fuqaro Nodirovning kiyimlaridagi qon dog‘lari va izlarini ko‘rib qoladi va uni to‘xtatib, jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlanganligini ma’lum qiladi va unga uzoqda bo‘lmagan militsiya uchastkasiga borishini talab qiladi. Ayni vaqtda uning yonida jinoyat sodir etish quroli mavjud degan gumon asosida fuqaro Nodirovni shaxsiy tintuv qiladi va uning yonidan topilgan pichoqni olib qo‘yib, bu haqda bayonnoma tuzadi. Keyinchalik uning haqiqatdan ham
309
jinoyat sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atiladi. Dastlabki tergov jarayonida ayblanuvchi Nodirov yuqori turuvchi prokurorga tergovchi Qosimovning prokuror sanksiyasisiz tergov harakatlari olib borganligi va majburlov chorasi sifatida ushlab turish chorasini qo‘llaganligi ustidan shikoyat qiladi. Tergov harakatlarini amalga oshirish jarayonida protsessual xatoliklarga yo‘l qo‘yilganmi? 2-kazus Ashurov sodir qilgan jinoyati uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilingan. Prokuror ayblanuvchi Ashurovga nisbatan lavozimdan chetlashtirish to‘g‘risida iltimosnoma bilan sudga murojaat qilib, sud bu borada prokurorni iltimosnomasini qanoatlantirdi va lavozimdan chetlashtirish to‘g‘risidagi ajrim Ashurov ishlaydigan tashkilotga yuborildi. Lekin tashkilot rahbari Ashurovni juda qimmatli xodim ekanligini va uning vazifasini bajarishga muqobil kadr yo‘qligini vaj keltirib ajrimni ijro etishni rad etdi.
MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 1. Jinoyat protsessida protsessual majburlov choralarini qo‘llash asoslari va shartlari. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 2. Xorijiy davlatlarda protsessual majburlov choralari tizimi. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 3. Ushlab turish asoslari, tartibi va xususiyatlari. Ish shakli – nazorat ishi (esse).
|
ma'muriyatiga murojaat qiling