Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53

turishga  asos  bo‘ladi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining 221-moddasining 4-bandi. 

Qozog‘iston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  94-

moddasi,  Belarus  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  108-

moddasi 

1-qismi, 

Qirg‘iziston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining  132-moddasi  va  Moldova  Jinoyat-protsessual  kodeksining 

160-moddasi  1-qismida  ham  ushlab  turish  uchun  yuqorida  sanab  o‘tilgan 

asoslar ko‘zda tutilgan. 



285 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi 



deputati va Senati a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson 

huquqlari  bo‘yicha  vakili  (ombudsman),  Qaraqalpog‘iston  Respublikasi 

Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman 

va  shahar  Kengashi  deputati,  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyaviy 

sudining  sudyasi,  boshqa  sudlar  sudyalari,  prokuror  va  prokuratura 

tergovchisi ushlab turish chog‘ida majburlov chorasini qo‘llash immunitet 

huquqidan  foydalanadilar.  Ushlash  vaqtida  jinoyat  sodir  etishda  gumon 

qilinayotgan  shaxs  tomonidan  ko‘rsatiladigan  qarshilik  va  jamiyat  uchun 

xavf  tug‘diradigan  boshqa  harakatlar  bartaraf  etilishi  lozim.  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  39-moddasiga  binoan  ijtimoiy  xavfli 

qilmish  sodir  etgan  shaxsni  hokimiyat  organlariga  topshirish  maqsadida 

ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash uchun zarur bo‘lgan 

choralarning chegarasidan chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi. 

Ushlab turishni amalga oshirayotgan militsiya xodimi, boshqa vakolatli 

shaxs yoki fuqaro: qurollangan jinoyatchini odamlar gavjum bo‘lgan joyda 

qurol  ishlatmaslikka  da’vat  etish  va  uni  iloji  boricha  qurolsizlantirish  va 

harakatlanishini  cheklash  choralarini  ko‘rish;  o‘zlarini  tanishtirish, 

ushlanayotgan  shaxsning  talabiga  ko‘ra,  shaxsini  tasdiqlovchi  hujjatni 

ko‘rsatish;  ushlanayotgan  shaxsning  ushlash  vaqtida  barcha  harakatlarini 

sinchiklab  kuzatish;  zarur  hollarda  ushlash  uchun  ko‘makchi  kuchlarni 

chaqirish;  tegishli  huquqni  muhofaza  qilish  organi  bilan  aloqa  bog‘lash; 

ushlash  jarayoni  to‘g‘risida  xabar  berish;  ushlanayotgan  shaxsga  qanday 

jinoyat  sodir  etganlikda  gumon  qilinib  ushlanganligini  bildirib,  yaqin 

oradagi militsiya yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organiga borishni 

talab qilish; ushlangan shaxs militsiya va boshqa huquqni muhofaza qilish 

organiga  keltirilganda,  voqea  tafsilotlarini  o‘zining  yozma  arizasi  yoki 

so‘roq  bayonnomasida  batafsil  bayon  etish;  ushlab  turish  bayonnomasini 

tuzishda ishtirok etish kabi majburiyatlarga ega bo‘ladi. 

Ushlanayotgan  shaxsda  qurol  borligi  yoki  u  jinoyat  sodir  etganligini 

fosh qiluvchi dalillardan qutulish niyatida ekanligini taxmin qilishga yetarli 

asoslar mavjud bo‘lsa, ushlayotgan vakolatli shaxs uni shaxsiy tintuv qilishi, 

uning yonidan topilgan narsalarni olib qo‘yishi va bu haqda ushlangan shaxs 

militsiya  muassasasiga  yoki  huquqni  muhofaza  qiluvchi  boshqa  organga 

keltirilganidan so‘ng xolislar huzurida bayonnoma tuzishga haqlidir. Shaxs 

jinoyat sodir etilgan joyda daliliy ashyolar bilan qo‘lga tushgan hollarda, uni 

ushlab  turish  to‘g‘risida  darhol  bayonnoma  tuzilishi  hamda  ushbu 

bayonnomada  ushlangan  shaxsdan  daliliy  ashyolar  qanday  holatda 

olinganligi  aks  ettirilishi  lozim.  Bunday  imkoniyat  bo‘lmagan  hollarda 



286 

 

shaxs zudlik bilan militsiya yoki boshqa huquqni muhofaza qilish organiga 



olib borilib, o‘sha yerda tegishli bayonnoma tuziladi. 

Ichki  ishlar  organi  xodimi,  boshqa  vakolatli  shaxs  ushlab  turilgan 

shaxsga  advokatga  yoki  yaqin  qarindoshiga  telefon  orqali  qo‘ng‘iroq 

qilish yoki xabar berish, himoyachiga ega bo‘lish, ko‘rsatuvlar berishni rad 

etishga bo‘lgan protsessual huquqlarini tushuntirishi, shuningdek u bergan 

ko‘rsatuvlardan  jinoyat  ishiga  doir  dalillar  sifatida  uning  o‘ziga  qarshi 

foydalanilishi  mumkinligini  bildirishi  shart  (O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksining 224-moddasi).

 

Militsiya xodimi, boshqa vakolatli shaxs yoki fuqaro shaxsni qonunga 

xilof yoki O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-

moddasida  ko‘rsatilgan  asoslarsiz  ushlab  turganligi  yoxud  ushlab  turish 

vaqtida ular ushlash vositalari va usullariga, qilmishning hamda uni sodir 

etgan  shaxsning  xavflilik  darajasiga,  shuningdek  ushlash  sharoitiga 

butunlay  mos  kelmaydigan,  ushlash  zarurati  taqozo  etmagan  holda 

ushlanayotgan  shaxsga  qasddan  zarar  yetkazish  ushlash  choralari 

chegarasidan  chetga  chiqish  deb  topiladi  va  bunday  holatlar  favqulodda 

hodisa deb qaralib, bunga yo‘l qo‘ygan shaxslarning javobgarlik masalasi 

qonun doirasida hal etiladi. 

Ijtimoiy  xavfli  qilmishni  sodir  etgan  shaxsni  ushlash  vaqtida  unga 

yetkazilgan  zararning  qonuniyligini  baholashda,  qilmishni  sodir  etgan 

shaxsning ushlanishdan qochish maqsadida qilgan harakatlari, ushlayotgan 

shaxsning  kuchi  va  imkoniyatlari,  ruhiy  holati  va  ushlash  bilan  bog‘liq 

bo‘lgan boshqa holatlar hisobga olinadi. 



Ushlab  turish  bayonnomasini  tuzish  va  ushlab  turishning  asosliligini 

tekshirish.  Ushlab  turish  bayonnomasi  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror 

tomonidan  bevosita  shaxs  ushlangan  joyda  yoki  u  militsiya  yoki  boshqa 

huquqni  muhofaza  qilish  organiga  keltirilganidan  keyin  mazkur  organ 

boshlig‘ining  ko‘rsatmasiga  binoan  navbatchi  yoki  boshqa  xodim 

tomonidan darhol tuziladi. 

Ushlab  turish  bayonnomasini  tuzishda  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksining 225-moddasida nazarda tutilgan talablarga 

qat’iy rioya etilishi lozim.  

Militsiya  xodimi  yoki  huquqni  muhofaza  qiluvchi  boshqa  organning 

xodimi  amalga  oshirilgan  ushlab  turish  haqida  ushlangan  shaxs  militsiya 

muassasasiga yoki huquqni muhofaza  qiluvchi boshqa organga keltirilgan 

paytdan  boshlab  o‘n  ikki  soat  ichida  nazoratni  amalga  oshiruvchi 

prokurorga yozma shaklda xabar berishi shart  


287 

 

(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 225-modda). 



Ushlab turishning asosli ekanligini tekshirish, hujjatlarni talab qilish va 

ko‘zdan  kechirish  ushlangan  shaxs  militsiya  muassasasi  yoki  huquqni 

muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan boshlab 24 soatdan 

kechiktirilmay  o‘tkazilishi  zarur.  Agar  bu  muddat  ichida  shaxs  asossiz 

ushlab turilganligi aniqlansa, militsiya bo‘linmasining boshlig‘i yoki boshqa 

vakolatli  shaxs  ushlanganni  ozod  qilish  to‘g‘risida  qaror  chiqaradi.  Ozod 

etilayotgan shaxs ushbu qaror bilan tanishib, unga imzo chekadi. Qarorning 

nusxasi darhol nazoratni amalga oshiruvchi prokurorga yuboriladi. Militsiya 

bo‘linmasining boshlig‘i yoki boshqa vakolatli shaxs asossiz ushlab turilgan 

shaxsdan rasmiy tarzda uzr so‘rab, uning ushlanganligi hamda ozod etilishi 

sabablarini tushuntirib berishi lozim. 

Ushlab  turish  harakati  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atilgunga  qadar  amalga 

oshirilgan  bo‘lsa,  ushlangan  shaxsga  darhol  ushlab  turish,  jinoyat  ishini 

qo‘zg‘atish,  ishda  gumon  qilinuvchi  tariqasida  ishtirok  etishga  jalb  etish 

to‘g‘risidagi  qarorlar  e’lon  qilinadi.  Ayni  vaqtda  unga  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  48-moddasidagi  huquq  va 

majburiyatlari  tushuntiriladi.  Ushlangan  shaxs  yuqoridagi  qarorlar  bilan 

tanishganligi  va  unga  gumon  qilinuvchining  huquq  va  majburiyatlari 

tushuntirilganligini  tegishli  qarorlarga  imzo  chekish  orqali  tasdiqlaydi. 

Qarorlar  tanlangan  yoki  tayinlangan  himoyachiga  tanishib  chiqish  uchun 

taqdim etiladi. 

Ushlangan shaxs militsiya muassasasi yoki huquqni muhofaza qiluvchi 

boshqa  organga  keltirilgan  paytdan  boshlab  yigirma  to‘rt  soatdan 

kechiktirilmay  so‘roq  qilinishi  lozim.  Ushbu  muddatga  rioya  etilmagan 

hollarda,  ushlangan  shaxs  ushlanganidan  keyin  yigirma  to‘rt  soatdan 

kechiktirmay  so‘roq  qilinishini  talab  qilish  huquqiga  ega.  So‘roq  vaqtida 

ushlangan shaxsning himoyachisi ham ishtirok etishga xaqli. 

(O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  48  va  

110-moddalari) 

Fuqarolarning  jinoyat  sodir  etganlikda  gumon  qilinib  ushlanishining 

asoslari  va  qonuniyligi  prokuror  tomonidan  har  o‘n  kunda  kamida  bir 

marotaba  tekshirilib  boriladi  va  shaxsning  qonunga  zid  ravishda  yoki 

zaruriyatsiz ushlanganligi aniqlangan taqdirda, uni zudlik bilan ozod qilish 

choralari ko‘riladi. 

 

Gumon 


qilinuvchi, 

nisbatan  ushlab  turish  tarzidagi 

protsessual  majburlov  choralari 

 

Ushlab  turilgan  shaxsning 



qarovsiz  va  yordamga  muhtoj 

voyaga  yetmagan  farzandlari, 



288 

 

qo‘llanilganda,  bu  haqda  24 



soatdan  kechiktirmasdan  uning 

oila  a’zolariga  yoxud  yaqin 

qarindoshlariga,  agar  bu  shaxs 

chet 


el 

fuqarosi 

bo‘lsa, 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Tashqi  ishlar  vazirligiga  xabar 

berish 

shartligi 



to‘g‘risidagi 

qonun  talablariga  og‘ishmay 

rioya  qilinishi  lozim 

(O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining 217-modda). 

keksaygan  ota-onalari,  boshqa 

boqimlari 

bo‘lganda 

surishtiruvchi, 

tergovchi, 

prokuror 

ularni 


qarindoshlarining  yoki  boshqa 

shaxslar yoxud muassasalarning 

homiyligiga 

topshirishi, 

majburlov  chorasi  qo‘llanilgan 

shaxsning nazoratsiz qolayotgan 

mol-mulki yoxud uy-joyi bo‘lsa, 

ularni 


qo‘riqlash 

chorasini 

ko‘rishi 

shart 

(O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining 218-modda). 



 

Ushlab turish muddati va ushlab turilganlarni saqlash joylari. Ushlab 

turish  muddati  ushlangan  shaxsning  militsiyaga  yoki  huquqni  muhofaza 

qiluvchi boshqa organga keltirilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi va yetmish 

ikki  soatdan  ortiq  davom  etishi  mumkin  emas.  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksining 243- moddasining o‘ninchi qismiga ko‘ra, 

to‘plangan  materiallar  yetarli  bo‘lmagan  taqdirda,  sud  tomonidan  taraflar 

qo‘shimcha dalillar taqdim etishlar uchun ularning iltimosnomasiga asosan 

ushlab turish muddatini 48 soatgacha uzaytirilishi mumkin. 

Ushlab turish muddatlari MDH davlatlari qonunchiligida cheklangan: 

odatda  u  48-72  soatni  tashkil  etadi.  Ba’zi  MDH  davlatlari  va  ko‘plab 

rivojlangan mamlakatlar qonunchiligida ushlab turish muddati 48 soat qilib 

belgilangan.  (Rossiya  Federatsiyasi  Konstitutsiyasining  22-moddasi, 

Portugaliya 

Respublikasi 

Konstitutsiyasining 

28-moddasi). 

Ayrim 

mamlakatlarda  bu  muddat  24  soatdan  oshmasligi  lozim  (Belgiya 



Konstitutsiyasining 12-moddasi). 

Ushlab  turish  muddati  tugagunga  qadar  va  asoslar  mavjud  bo‘lganda 

shaxs ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi, unga ayb 

e’lon  qilinishi,  gumon  qilinuvchi  va  ayblanuvchini  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  109  —  112-moddalarida 

belgilangan tartib va qoidalarga rioya qilgan holda so‘roq qilinishi va uning 

ko‘rsatuvlari  baholanishi  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining  236  —  240-moddalari  qoidalariga  amal  qilgan  holda  ehtiyot 

chorasini tanlash haqidagi masala hal qilinishi zarur. 


289 

 

Agar  surishtiruv  yuritish  jarayonida  gumon  qilinuvchiga  nisbatan 



qamoqqa  olish  tarzidagi  ehtiyot  chorasini  qo‘llash  uchun  asoslar  borligi 

aniqlansa,  surishtiruvchi  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksining 342-moddasiga muvofiq, surishtiruv yuritish muddati o‘tishini 

kutmasdan,  ishni  darhol  tergovchiga  o‘tkazishi  shart.  Alohida  hollarda, 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining 

226-

moddasining  uchinchi  qismiga  muvofiq  qamoqqa  olish  tarzidagi  ehtiyot 



chorasi  gumon  qilinuvchi  sifatida  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual kodeksining 221-moddasiga asosan ushlangan shaxsga nisbatan 

sud  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining 

243-moddasida belgilangan tartibda qo‘llanilishi mumkin.  

Jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan keyin va ushlab turishning butun muddati 

mobaynida  surishtiruvchi,  tergovchi  ushlab  turishning  qonuniyligi, 

asosliligini tekshirish uchun hamda jinoyatni sodir etish holatlarini aniqlash 

va jinoyatni aynan mazkur gumon qilinuvchi tomonidan sodir etilganligini 

tasdiqlovchi  ma’lumotlarni  to‘plash  yuzasidan  tergov  harakatlari 

o‘tkazishlari  mumkin.  Yetmish  ikki  soat  ichida  shaxsning  asossiz, 

noqonuniy  ushlab  turilganligi  ayon  bo‘lsa,  ushlab  turish  tarzidagi 

protsessual  majburlov  chorasi  bekor  qilinib,  shaxs  darhol  hibsdan  ozod 

etiladi. 

Qonunda  belgilangan  ushlab  turish  muddati  o‘tgandan  so‘ng  sudga 

taqdim  etilgan  qamoqqa  olish  tarzidagi  ehtiyot  chorasini  qo‘llash 

to‘g‘risidagi  iltimosnoma  sud  tomonidan  ko‘rib  chiqilmaydi.  Bunday 

hollarda,  ushlab  turilgan  shaxsni  ozod  qilish  masalasi  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  234-moddasi  va  240-

moddasining ikkinchi qismiga muvofiq hal etiladi. Shu bilan birga, bunday 

iltimosnoma  sudga  qonunda  belgilangan  muddat  o‘tgandan  so‘ng,  biroq 

ushlab  turish  muddati  o‘tgunga  qadar  taqdim  qilingan  taqdirda,  sud  uni 

ko‘rib  chiqish  uchun  qabul  qilishi  lozim.  Bunday  holda,  sud  qonun 

buzilishiga  yo‘l  qo‘ygan  mansabdor  shaxsga  nisbatan  xususiy  ajrim 

chiqaradi. 

Shaxsni  noqonuniy  ushlab  turish  tufayli  yetkazilgan  ziyon,  basharti 

keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan bo‘lsa yoki O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  83-moddasida  nazarda 

tutilgan  asoslarga  ko‘ra  ish  tugatilgan  bo‘lsa,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  235-moddasida  nazarda  tutilgan  tartibda 

to‘liq hajmda qoplanadi. 

Ushlab turish tarzidagi protsessual majburlov chorasini o‘tash muddati 

ayblanuvchini  qamoqda  saqlash  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat 



290 

 

kodeksining  62-moddasida  belgilanganiga  mutanosib  ravishda  sud 



tomonidan  tayinlangan  jazo  muddatiga  kiritiladi,  ya’ni  sud  dastlabki 

qamoqning har bir kunini qamoq, intizomiy jazoga jo‘natish va ozodlikdan 

mahrum qilishning bir kuniga, axloq tuzatish ishlari yoki xizmat bo‘yicha 

cheklashning uch kuniga tenglashtirib hisoblaydi. Bu muddat ushlab turish 

bayonnomasida  qayd  etilgan  gumon  qilinuvchi  haqiqiy  ushlangan  vaqtga 

qarab belgilanadi. 

Ushlangan  shaxslar ozodlikdan  mahrum  etish  joyi  hisoblanmagan 

xizmat  binolarida  yoki  vaqtincha  saqlash  hibsxonasi  kameralarida 

saqlanadilar.  Ushlab  turilgan  harbiy  xizmatchilar  esa  gauptvaxtaga 

joylashtiriladi. 

 Ushlab turilganlarni huquqlarini ta’minlaydigan sharoitlar yaratilishi, 

ularni saqlash joylari sanitariya va boshqa qulayliklarga ega bo‘lishi shart. 

Ushlab  turilganlarni  istisno  tarzida  ayrim  joylarda  maxsus 

moslashtirilgan binolarda, dengiz va daryo kemalarda esa, maxsus ajratilgan 

kayutalarda saqlashga yo‘l qo‘yiladi. Jazoni ijro etish koloniyalarida ushlab 

turilganlarni  saqlash  uchun  ozodlikdan  mahrum  etilganlardan  alohida, 

maxsus kameralar jihozlanadi.  

Ushlab turilganlarni qamoqda saqlash joylarida saqlash tartibi va shart-

sharoitlari qonunda belgilangan. (Jinoyat-ijroiya kodeksining 35-40 va 58-

moddalari). 



 

Davlat 


hokimiyati 

va 


boshqaruv organlari jazolarni va 

boshqa  jinoyat-huquqiy  ta’sir 

choralarini 

ijro 


etuvchi 

muassasalar 

va 

organlar 



faoliyatini  qonun  hujjatlarida 

belgilangan hollarda va tartibda 

tekshiradilar 

(Jinoyat-ijroiya  kodeksi 

16-modda). 

 

Prokuror  ushlab  turilganlarni 



saqlash 

joylarida 

shaxslar 

saqlanishining  qonuniyligi,  ushlab 

turish tartibi va sharoitlari haqidagi 

qonun  hujjatlariga  rioya  etilishi, 

ularning 

qonunda 


belgilangan 

huquq  va  majburiyatlariga  rioya 

etilishi  va  jinoyat-ijroiya  qonun 

hujjatlarini  qo‘llayotgan  organ  va 

muassasalar,  mansabdor  shaxslar 

faoliyatida qonun hujjatlariga rioya 

etilishi ustidan nazorat olib boradi. 

(O‘zbekiston  Respublikasining  «Prokuratura 

to‘g‘risida»gi  Qonuni  (yangi  tahrirda  30- 

moddasi). 

Ushlab  turilganlarga  himoyachi,  qarindoshlari  va  boshqa  shaxslar 

bilan uchrashish uchun ruxsat berish tartibi .Ushlab turilgan shaxs, O‘zR 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  46-48-



291 

 

moddalarining  birinchi  qismlarida  nazarda  tutilgan  qoidalarga  ko‘ra, 



ushlangan yoki gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi qaror 

unga  ma’lum  qilingan  paytdan  boshlab  himoyachiga  ega  bo‘lish  hamda 

uchrashuvlar  soni  va  davom  etish  vaqti  cheklanmagan  holda  u  bilan  xoli 

uchrashish  huquqiga  ega.  Himoyachining  ishda  ishtirok  etishiga  jinoyat 

protsessining  har  qanday  bosqichida,  shaxs  ushlanganida  esa  uning 

harakatlanish  erkinligiga  bo‘lgan  huquqi  amalda  cheklangan  paytdan 

boshlab ruxsat etiladi. Ushlab turilgan shaxsga tanlangan yoki tayinlangan 

himoyachi  bilan  birinchi  xoli  uchrashuvga  birinchi  so‘roqqacha  ruxsat 

beriladi.  Qamoqqa  olish  tarzidagi  ehtiyot  chorasi  tanlanayotgan  ushlab 

turilgan shaxsning himoyachi bilan uchrashuviga O‘zbekiston Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  226-moddasini  birinchi  va  ikkinchi 

qismlarida  nazarda  tutilgan  muddatlar  inobatga  olingan  holda  ruxsat 

beriladi.  Qayd  qilingan  moddaning  qismlarida  nazarda  tutilgan  muddatlar 

bir  muncha  qisqa  muddatlar  bilan  chegaralanganligi  sababli  bunday 

uchrashuvning davomiyligi surishtiruvchi, tergovchi va prokuror tomonidan 

ikki soatga qadar cheklanishi mumkin. 

 Ushlab  turilgan  shaxsga  qarindoshlari  va  boshqa  shaxslar  bilan 

uchrashuvga  ushlab  turilgan  shaxslar  saqlanadigan  joyning  ma’muriyati 

ushlab 

turish 


to‘g‘risidagi 

materiallar 

qaysi 

tergovchi 



yoki 

surishtiruvchining  ish  yurituvida  bo‘lsa,  faqat  o‘sha  tergovchi  yoki 

surishtiruvchining  yozma  ruxsati  asosida  ijozat  beradi,  himoyachi  bilan 

uchrashuv bundan mustasno. 

Gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi  qamoqda  saqlanayotgan  muassasa 

ma’muriyati himoyachidan u o‘z himoyasi ostidagi shaxs bilan uchrashishi 

uchun surishtiruv, tergov organi yoki sud tomonidan yana boshqa maxsus 

ruxsatnoma berilishini talab qilishga haqli emas. Himoyachiga o‘z himoyasi 

ostidagi  shaxs  bilan  uchrashishga,  o‘zining  yoki  himoyasi  ostidagi 

shaxsning  talabiga  ko‘ra,  jinoyat  protsessining  har  qanday  bosqichida 

darhol,  gumon  qilinuvchi  bilan  esa,  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual  kodeksi  48-moddasining  birinchi  qismida  belgilangan 

qoidalarga muvofiq ruxsat berilishi shart.  

Ushlab  turilganni  ozod  qilish,  unga  ushlab  turish  tufayli  yetkazilgan 

ziyonni undirish asoslari va tartibi. Shaxsning qonunga zid ravishda yoki 

zaruriyatsiz  ushlangani  aniqlanganda  va  ushlab  turish  zaruriyati 

qolmaganda,  uni  zudlik  bilan  ozod  qilish  choralari  ko‘rilishi  lozim. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat-protsessual 

kodeksining 

234-


moddasining birinchi qismi 1-, 2-, 3-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar mavjud 

bo‘lganda,  ushlab  turilgan  shaxsni  ozod  qilish  to‘g‘risida  surishtiruvchi, 



292 

 

tergovchi, prokuror qaror yoxud sud ajrim chiqaradi. Ushbu qaror yoki ajrim 



ijro  uchun  kelib  tushishi  bilan  ushlab  turilganlar  saqlanadigan  joyning 

boshlig‘i tomonidan darhol ta’minlanadi. 

Ushlab  turilgan  shaxs  jinoyat  sodir  etganligi  haqidagi  gumon  turli 

holatlarga ko‘ra tasdiqlanmasa, masalan, jabrlanuvchi va jinoyat shohidlari 

ushlangan shaxsni jinoyat sodir etgan shaxs sifatida ko‘rsatishda xatoga yo‘l 

qo‘ysalar,  gumon  qilinuvchi  sodir  etilgan  qilmishga  aloqador  yoki  daxli 

bo‘lmasa, surishtiruvchi yoki tergovchi jinoyat sodir etishda gumon qilinib 

ushlab turilgan shaxsni darhol ozod qilishi shart. 

Prokuror,  tergovchi  yoki  surishtiruvchining  ushlab  turilgan  shaxsni 

ozod  qilish  haqidagi  qarori  yoxud  sudning  uni  ushlab  turish  muddatini 

uzaytirish to‘g‘risidagi yoki unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot 

chorasini  qo‘llash  haqidagi  ajrimi  qonunda  belgilangan  muddat  ichida 

(yetmish  ikki  soat  ichida)  ushlab  turilganlar  saqlanadigan  joyga  kelib 

tushmasa, ushlab turilganlar saqlanadigan joyning boshlig‘i bu shaxsni ozod 

qiladi va uning ozod qilinganligi to‘g‘risida prokurorga,  tergovchiga yoki 

surishtiruvchiga bildirish xati yuboradi. 

Zarur  hollarda  ushlab  turilganlar  saqlanadigan  joyning  ma’muriyati 

ozod qilingan shaxslarning yashash joyiga yetib borishga yordam beradi va 

ularning  ushlab  turilganlar  saqlanadigan  joyda  bo‘lgan  vaqti  haqida 

ma’lumotnoma  beradi.  Ushlab  turilgan  shaxsning  ozod  qilinishi  unga 

nisbatan qamoqqa olishdan boshqa ehtiyot choralari (munosib xulq-atvorda 

bo‘lish  to‘g‘risidagi  tilxat,  shaxsiy  kafillik  v.h.)  qo‘llanishiga  to‘sqinlik 

qilmaydi. Bunday hollarda shaxsga qonunda belgilangan muddatlar ichida 

ayblov e’lon qilingunga yoki ish harakatdan tugatilgunga qadar, u gumon 

qilinuvchi protsessual maqomida qoladi. 

Shaxsga  qonunsiz  ushlab  turish  tufayli  yetkazilgan  ziyon,  basharti 

keyinchalik  unga  nisbatan  oqlov  hukmi  chiqarilgan  yoki  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  83-moddasida  nazarda 

tutilgan  asoslarga  ko‘ra  ish  tugatilgan  bo‘lsa,  to‘liq  hajmda  qoplanadi 


Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling