Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


harakatlarini  dalillarni  to‘plashga,  tekshirishga  qaratilgan  vazifasi


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53

harakatlarini  dalillarni  to‘plashga,  tekshirishga  qaratilgan  vazifasi 

nuqtai nazaridan guruhlarga tasniflang va tahlil qiling. 

2.  Protsessual  harakatlar  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  jinoyat  protsessual 

faoliyat  ishtirokchilarining  real  xatti-harakatlari  uchun  huquqiy

 

vositadir. 



Boshqacha  aytganda,  protsessual  harakatlar  –  jinoyat-huquqiy  va  jinoyat-

protsessual  normalarni,  shuningdek  ayrim  hollarda  boshqa  huquqiy 

tarmoqlar  normalarini  amalga  oshirish  vositasidir.  Tergov  harakatlari 

tizimini  jinoyat  ishi  yuzasidan  o‘tkaziladigan  protsessual  harakatlar 

bilan  o‘zaro  qiyoslang  va  protsessual  shaklga  rioya  qilish  nuqtai 

nazaridan tahlil qiling. 

1-kazus 

2014-yil  26-iyul  kuni  taxminan  soat  22:00  larda  Hamza  tuman  IIB 

navbatchilik  qismidan  tushgan  xabarga  ko‘ra,  fuqaro  Bakiyev  Hamza 

tumanida  joylashgan  “Hamza”  dehqon  bozori  hududida  mast  holda  bo‘la 

turib, fuqaro Ivanov bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal natijasida 

uni  qasddan  o‘ldirish  maqsadida  ko‘krak  qafasi  old  devori  qorin 

bo‘shlig‘iga  bir  marotaba  o‘tkir  tig‘li  jism  bilan  urib,  voqea  joyidan 

yashiringan.  Natijada  fuqaro  Ivanov  olgan  tan  jarohati  bilan  7-sonli 

SHKSHning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan va unda ko‘krak qafasi oldi 

devori qorin bo‘shlig‘ida va jigar qismida kesilib sanchilgan tan jarohatlari 

borligi aniqlangan. 

Yuqoridagilarga 

ko‘ra, 

fuqaro 


A.S.Bakiyevning 

harakatlarida 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  25-,  97-moddalarida 

ko‘rsatilgan  jinoyat  alomatlari  mavjudligini  inobatga  olib,  O‘zbekiston 

Respublikasi  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining 

321-322,  330-moddasi  1-bandi,  331-moddasiga  asosan,  jinoyat  ishi 

qo‘zg‘atilgan.  Dastlabki  tergovdagi  bergan  ko‘rsatmasida  Ivanov  unga 

gumon  qilinuvchi  ko‘rsatilsa,  bir  ko‘rishda  tanib  olishini  bayon  etgan. 

Ivanov  gumon  qilinuvchining  alohida  belgilarini  bayon  etgan.  Tezkor-

qidiruv  natijasida  voqea  joyidan  yashiringan  gumon  qilinuvchi  qo‘lga 

olingan. O‘tkazilgan tergov harakatlari natijasida gumon qilinuvchi Bakiyev 

ekanligi aniqlandi.  



Ushbu  xolatda  tergovchi  tomonidan  qanday  tergov  harakati 

o‘tkazilgan  va  qanday  faoliyat  olib  borilgan?  Tergovchi  ushbu  holatda 

dalillarni qanday tekshirib ko‘radi? 

2-kazus 

Bosqinchilik  jinoyatini  sodir  etishda  gumon  qilinayotgan  fuqaro 

Erkayevni  fuqaro  Soliyevning  xonadonida  yashiringanligi  hamda  jinoyat 


276 

 

qurollari ham shu joyda ekanligi haqida yetarli ma’lumotlarga asoslangan 



tergovchi, Soliyevning xonadonida tintuv o‘tkazish haqida qaror chiqaradi 

va uni o‘tkazishga prokurordan ruxsat oladi.  

Soliyevning xonadonida tintuv o‘tkazilayotgan paytda uyga noma’lum 

erkak  kishi  kirib  keladi  va  ichki  ishlar  idoralari  xodimlarini  ko‘rib  tezda 

qaytib  ketishga  harakat  qiladi.  Tergovchi  ushbu  kishini  qaytarib,  undan 

shaxsini  tasdiqlovchi  hujjatlarini  ko‘rsatishni  talab  qiladi,  ushbu  shaxs 

o‘zini  Soliyevning  qo‘shnisi  Po‘latovman,  deb  tanishtiradi  va  yonida 

shaxsini  tasdiqlovchi  hujjatlari  yo‘qligi,  pasportini  esa  uyda  saqlashini 

aytadi.  Tergovchi  uning  Soliyevga  qandaydir  imo-ishora  qilishga  harakat 

qilayotganligini  ko‘rgach,  uning  yonida  ishga  taalluqli  narsalar  bo‘lishi 

mumkin  deb  tusmol  qilib,  Po‘latovni  shaxsiy  tintuv  qiladi,  ammo  uning 

yonidan hech narsa topilmagach, tergovchi unga ketish uchun ruxsat beradi. 

Ertasi kuni Po‘latov tergovchining ushbu harakatlarini noqonuniy deb 

hisoblab,  unga  nisbatan  chora  ko‘rishlarini  so‘rab,  prokurorga  shikoyat 

arizasi bilan murojaat qiladi. 

Ushbu  arizaga  prokuror  nomidan  protsessual  tartibda  javob 

tayyorlang. Agar Po‘latovning o‘rniga Soliyevning xonadoniga notanish 

ayol  kishi  kirib  kelgan  va  ayol  kishiga  nisbatan  ham  shaxsiy  tintuv 

o‘tkazilgan bo‘lsa, masalaning yechimi o‘zgaradimi? 


277 

 

VIII BOB. PROTSESSUAL MAJBURLOV CHORALARI 



(Muallif – yuridik fanlar doktori, dotsent G.Z.To‘laganova) 

 

Annotatsiya:  talabalar  tomonidan  mavzuning  o‘rganilishi  majburlov 



tushunchasi,  mohiyati  va  vazifalari,  protsessual  majburlov  choralarining 

turlari,  jinoyat  protsessida  shaxs  huquqlarini  cheklash  asoslari  va 

chegaralari,  ushlab  turish,  ehtiyot  choralari,  lavozimdan  chetlashtirish, 

majburiy  keltirish,  shaxsni  tibbiy  muassasaga  joylashtirish,  jinoyat 

protsessi  ishtirokchilarining  xavfsizligini  ta’minlash,  surishtiruvda, 

dastlabki  tergovda  va  sudda  protsessual  majburiyatlarni  hamda  tartibni 

buzganligi uchun javobgarlik to‘g‘risida atroflicha ma’lumot olishga imkon 

beradi. 

 

8.1. Protsessual majburlov tushunchasi, mohiyati,  



vazifalari va turlari 

 

Har  qanday  ushlangan  yoki 



qamalgan  shaxs  qisqa  vaqt 

mobaynida  sudga  keltirilishi  va 

qamalishining asosli va qonuniy 

ekanligi 

sud 

tomonidan 



tekshirilishi lozim. 

(Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar 

to‘g‘risidagi xalqaro Paktning 9-moddasi)

 

 

Fuqarolarning 



Konstitutsiya  va  qonunlarda 

mustahkamlab 

qo‘yilgan 

huquq 


va 

erkinliklari 

daxlsizdir, 

ulardan 


sud 

qarorisiz mahrum etishga yoki 

ularni cheklab qo‘yishga hech 

kim  haqli  emas.

 

(O‘zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasining  19-

moddasi)

 

 

Huquq  va  erkinlik  –  insonlarga  berilgan  eng  ulug‘,  daxlsiz  ne’matlar 



hisoblanib, jinoyat sudlov ishlarini yuritishda fuqarolarning konstitutsiyaviy 

huquqlarini turli darajada cheklovchi ba’zi  majburlov choralari qo‘llanadi 

hamda  mazkur  choralarni  qo‘llamasdan  adolat  tantanasiga  erishish 

imkoniyati yo‘qligi tabiiy holdir.  

Sodir  etilgan  jinoyat  uchun  tayinlanadigan  jazo  choralari  insonning 

tabiiy  huquqlarini  jiddiy  darajada  cheklaydi.  Shaxsning  aybdorligi  o‘z 

isbotini topgan hollarda sud qaroriga asosan jinoiy jazo choralarini qo‘llash 

davlatning  adolatli  va  asoslangan  harakati  hisoblanadi.  Davlat  bunday 

hollarda inson huquqlarini cheklashga nafaqat haqli, balki majbur hamdir. 

Jinoyat-protsessual  majburlov  choralari,  shu  jumladan  qamoqqa  olish 

tarzidagi  ehtiyot  chorasi  gumon  qilinuvchi  yoki  ayblanuvchiga,  ya’ni 


278 

 

aybdorligi sudda hali isbotlanmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Ba’zi 



majburlov  choralari  esa  boshqa  ishtirokchilar,  hatto  jabrlanuvchi  va 

guvohga  (O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  262-

moddasi)  nisbatan  ham  qo‘llanilishi  mumkin.  Shuning  uchun  mazkur 

choralarni  qo‘llashda  ishdagi  barcha  holatlar  davlat  organlari  tomonidan 

sinchkovlik bilan va har tomonlama o‘rganilishi, qarorlar adolatli, beg‘araz 

va xolisona tarzda qabul qilinishi lozim.  

O‘zbekiston  Respublikasining  1994-yil  22-sentabrda  qabul  qilingan 

Jinoyat-protsessual kodeksi barcha majburlov choralarini alohida to‘rtinchi 

bo‘limda 

«Protsessual 

majburlov» 

nomi 


ostida 

tizimlashtirdi  

(213-274-moddalar).  Bu  bilan  qonun  ijodkorlari  ba’zi  bir  jinoyat-

protsessual  institutlarni  protsessual  majburlov  choralariga  taalluqligi 

to‘g‘risidagi  bahslarga  barham  berdi.  Masalan,  ushlab  turishning 

protsessual  majburlov  chorasi  ekanligi  qonun  orqali  mustahkamlandi. 

O‘zbekiston  Respublikasida  inson  huquq,  erkinlik  va  manfaatlarini 

muhofaza  qilish  masalalariga  katta  e’tibor  qaratilmoqda.  Xususan,  

2008-yilning  1-yanvaridan  e’tiboran  mamlakatimizda,  Xabeas  korpus 

institutining  tatbiq  etilishi  -  qamoqqa  olish  uchun  sanksiya  berish 

huquqining sudlarga o‘tkazilganligi xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy 

kutib olindi. 

 

Milliy  sud-huquq  tizimini  isloh  etishning  mantiqiy  davomini 



anglatuvchi  sud  hokimiyati  mustaqilligini  mustahkamlash  masalalari 

jinoyat  ishlari  yurituvining  sudga  qadar  bosqichlarida  sud  nazoratini 

kengaytirishni,  xususan,  lavozimdan  chetlashtirish  va  tibbiy  muassasaga 

joylashtirish  kabi  protsessual  majburlov  choralarini  qo‘llashda  tatbiq 

etilishini taqozo etdi. 

Jumladan,  2012-yil  18-sentabrda  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  29  va  31-boblariga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar 

kiritilib,  sudga  qadar  yurituv  bosqichida  qo‘llanadigan  choralar,  ya’ni 

lavozimdan  chetlashtirish  va  tibbiy  muassasaga  joylashtirish  tarzidagi 

protsessual majburlov choralari faqat sudyaning sanksiyasi asosida qo‘llash 

tartibi qonunan mustahkamlandi.  

Jinoyat ishlarini ko‘rib chiqadigan davlat organlarining faoliyatida bu 

masalalar o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi, chunki shaxs jamiyat oldidagi 

protsessual majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda bajarmasa, uning erkinligini 

majburlov choralari orqali cheklashga to‘g‘ri keladi. 

 

 



 

279 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan jinoyat ishlarini 



yuritishda  ba’zi  toifadagi  shaxslarga  nisbatan  majburlov  choralari 

qo‘llanishi  mumkin.  Bu  choralar  shaxsning  huquqlari  va  qonuniy 

manfaatlarini  muayyan  darajada  cheklaydi,  biroq  ularni  qo‘llamasdan 

jinoyat-protsessual faoliyatni yuritib bo‘lmaydi.  

Protsessual  majburlov  choralari  shaxsning  O‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasida  mustahkamlangan  ko‘pgina  huquq  va  erkinliklarini 

cheklash bilan bog‘liq: erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlarini cheklovchi 

ushlab  turish,  qamoqqa  olish,  shaxsni  tibbiy  muassasaga  joylashtirish 

choralari  (25-modda);  respublika  hududida  bir  joydan  ikkinchi  joyga 

ko‘chib  o‘tish  va  O‘zbekiston  Respublikasidan  chiqib  ketish  huquqlarini 



Jinoyat-protsessual majburlov choralari 

Ushlab turish 

27-bob 

Ehtiyot choralari 



28-bob 

Boshqa jinoyat-

protsessual 

majburlov choralari 

29-31-boblar. 

Munosib xulq-atvorda bo'lish 

to'g‘risida tilxat 

Shaxsiy kafillik, jamoat birlashmasi 

yoki jamoaning kafilligi 

Garov 


Harbiy xizmatchining xulq-atvori 

ustidan qo'mondonlik kuzatuvi 

Voyaga yetmaganlarni kuzatuv 

ostiga olish uchun topshirish 

Qamoqqa olish 

Uy qamog‘i 

Lavozimdan chetlashtirish 

Majburiy keltirish 

Shaxsni tibbiy muassasaga 

joylashtirish 

Protsess ishtirokchilarining 

xavfsizligini ta'minlash 

 

Surishtiruv, dastlabki tergov 



va sudda protsessual 

majburiyatlar hamda tartibni 

buzganlik uchun javobgarlik 


280 

 

cheklovchi  munosib  xulq-atvorda  bo‘lish  to‘g‘risida  tilxat  chorasi  (28-



modda); xususiy mulkning daxlsizligi huquqlarini cheklovchi garov, mol-

mulkni  xatlash  choralari  (53-modda);  mehnat  qilish,  erkin  kasb  tanlash 

huquqlarini  cheklovchi  lavozimdan  chetlashtirish  chorasi  (37-modda)  va 

boshqalar.  

Ayblanuvchi  yoki  sudlanuvchining  dastlabki  tergov,  suddan  bo‘yin 

tovlashining  oldini  olish  uning  ishtirokida  tergov  harakatlari  va  sud 

muhokamasi  o‘tkazilishini  va  jinoyat  natijasida  yetkazilgan  zararning 

qoplanishi  ta’minlanishini  nazarda  tutadi.  Shu  bilan  birga,  ushbu  maqsad 

ayblanuvchi  zimmasiga  tergov  davri  va  sud  muhokamasi  chog‘ida 

qandaydir  harakatlarni  bajarish  yoki  ko‘rsatuvlar  berish  majburiyatini 

yuklamaydi. 

O‘zbekiston 

Respublikasining 

Jinoyat-protsessual 

kodeksida 

protsessual majburlov choralarini qo‘llash asoslari va bu boradagi umumiy 

qoidalar belgilanib, (26-bob), quyidagi muayyan majburlov choralar tizimi, 

ya’ni  majburlov  choralarining  turlari  aks  ettirildi:  ushlab  turish  (27-bob); 

ehtiyot  choralari  (28-bob);  lavozimdan  chetlashtirish  (29-bob);  majburiy 

keltirish  (30-bob);  tibbiy  muassasaga  joylashtirish  (31-bob);  protsess 

ishtirokchilarining 

xavfsizligini 

ta’minlash  va  sudda  protsessual 

majburiyatlar hamda tartibni buzganlik uchun javobgarlik (32-bob).  

Qonunda mazkur majburlov chorasini amalga oshirishning qonuniyligi 

va  asosliligining  bir  qancha  kafolatlari  belgilangan  bo‘lib,  uni  qo‘llash 

shartlari, asoslari, sabablari va muddatlari tartibga solingan.  

Protsessual  majburlov  choralari  dastlabki  tergov  va  sud  muhokamasi 

jarayonida  qo‘llanilishi  mumkin,  ularni  qo‘llash  surishtiruvchi,  tergovchi, 

prokuror  va  sudning  vakolatidir.  Protsessual  majburlov  choralari  faqat 

qonuniy  asoslar  mavjud  bo‘lganda  va  qonunda  belgilangan  tartibda 

qo‘llaniladi. 



 

8.2. Jinoyat protsessida shaxs huquqlarini  

cheklash asoslari va chegaralari 

 

Jinoyat-protsessual 



majburlov 

choralarini 

qo‘llashning 

konstitutsiyaviy-huquqiy  asoslari  insonning  erkinliklari  va  boshqa  daxlsiz 

huquqlari  oliy  qadriyat  deb  e’tirof  etilganligi  O‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasining  13-moddasida  mujassamlangan.  Bundan  tashqari, 

ushbu  moddada  demokratik  huquq  va  erkinliklarning  Konstitutsiya  va 

qonunlar bilan himoya qilinishi ta’kidlangan. 



281 

 

Jinoyat ishlari yurituvi sohasida davlat yagona maqsadga yo‘naltirilgan 



ikki  masalaga  e’tibor  qaratishi  lozim:  inson  va  fuqarolarning  huquq  va 

erkinliklarini  jinoyatlardan  muhofaza  qilish;  aybi  bo‘lmagan  shaxsning 

javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligini ta’minlash (O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  2-modda).  Jinoyat-protsessual 

majburlov  jinoyat  ishlarining  muvaffaqiyatli  va  to‘sqinliksiz  yuritilishi 

maqsadida  qo‘llaniladi,  u  jinoyatdan  jabr  ko‘rganlarning  huquqlarini 

himoya  qilishga  yo‘naltiriladi.  Aybi  bo‘lmagan  hech  bir  shaxs 

javobgarlikka  tortilmasligi  va  hukm  qilinmasligini  ta’minlash  uchun 

jinoyat-protsessual  qonunchilikda  protsessual  majburlov  choralarini 

qo‘llash  asoslari,  tartibi  qat’iy  tarzda  belgilab  qo‘yilgan.  Jinoyat  ishlari 

yurituvida  jinoyat-protsessual  majburlovning  asoslanganligi  aynan  mana 

shu qoidalarda namoyon bo‘ladi.  

I. 

Majburlov xarakteriga ko‘ra: 



a)  jismoniy  xarakterdagi  jinoyat-protsessual  majburlov  choralari: 

ushlab turish, qamoqqa olish, majburiy keltirish, shaxsni tibbiy muassasaga 

joylashtirish; 

b)  mulkiy  xarakterdagi  jinoyat-protsessual  majburlov  choralari: 

garov, mol-mulkni xatlash, pul undirish va jarima solish;  

d)  axloqiy  xarakterdagi  jamoat  birlashmasi  va  jamoaning  kafilligi, 

munosib  xulq-atvorda  bo‘lish  to‘g‘risida  tilxat,  shaxsiy  kafillik,  jamoat 

birlashmasi va jamoaning kafilligi, harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan 

qo‘mondonlik kuzatuvi, voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun 

topshirish, lavozimdan chetlashtirish. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Protsessual majburlov choralarini qollash uchun asoslar: 



Tergov yoki sud harakatlarini 

amalga oshirishga tosqinlik qilish; 

Oziga yuklatilgan majburiyatlarni 

bajarmaslik; 

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchining 

kelgusi jinoiy faoliyatining oldini 

olish; 

Hukmning ijrosini taminlash. 

282 

 

II. Qo‘llanish subyektlariga ko‘ra:  



a) faqat gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarga nisbatan qo‘llaniladigan 

jinoyat-protsessual majburlov choralari: ushlab turish, ehtiyot choralarining 

barcha turlari, lavozimdan chetlashtirish, mol-mulkni xatlash;  

b)  gumon  qilinuvchi  va  ayblanuvchilarga  nisbatan  qo‘llaniladigan, 

lekin boshqa shaxslarning mulkiy manfaatlariga  ta’sir ko‘rsatishi mumkin 

bo‘lgan jinoyat-protsessual majburlov choralari: garov, mol-mulkni xatlash; 

v)  faqat  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  jabrlanuvchi,  guvohlarga 

nisbatan qo‘llaniladigan jinoyat-protsessual majburlov choralari: majburiy 

keltirish; 

g)  jinoyat  sudlov  ishlarining  barcha  ishtirokchilari  hamda  boshqa 

shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jinoyat-protsessual majburlov choralari: 

pul undirish va jarima solish. 

III. Huquq va erkinliklarning cheklanishi darajasiga ko‘ra

a)  insonning  konstitutsiyaviy  huquq  va  erkinliklarini  cheklash  bilan 

bog‘liq  bo‘lgan  jinoyat-protsessual  majburlov  choralari:  O‘zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasining  25-moddasidagi  erkinlik  va  shaxsiy 

daxlsizlik  huquqlarini  cheklovchi  ushlab  turish,  qamoqqa  olish,  shaxsni 

tibbiy  muassasaga  joylashtirish  choralari;  O‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasining  28-moddasidagi  respublika  hududida  bir  joydan 

ikkinchi joyga ko‘chib o‘tish va O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketish 

huquqlarini  cheklovchi  munosib  xulq-atvorda  bo‘lish  to‘g‘risida  tilxat 

chorasi;  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  53-moddasidagi 

xususiy  mulkning  daxlsizligi  huquqlarini  cheklovchi  garov,  mol-mulkni 

xatlash  choralari;  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  37-

moddasidagi  mehnat  qilish,  erkin  kasb  tanlash  huquqlarini  cheklovchi 

lavozimdan chetlashtirish chorasi; 

b)  insonning  konstitutsiyaviy  huquq  va  erkinliklarini  cheklashga 

bevosita bog‘liq bo‘lmagan jinoyat-protsessual majburlov choralari: boshqa 

barcha turdagi jinoyat-protsessual majburlov choralari. 

 

8.3. Ushlab turish 

Muallif – yuridik fanlar doktori, professor B.X.Po‘latov) 

 

Ushlab turish maqsadi, asoslari, ushlab turish huquqiga ega bo‘lgan 



va  unda  immunitet  huquqidan  foydalanuvchi  shaxslar.  O‘zbekiston 

Respublikasida  amalga  oshirilayotgan  sud-huquq  tizimi  islohotining  eng 

muhim  vazifasi  insonning  konstitutsiyaviy  huquq  va  erkinliklari,  avvalo, 

shaxsiy daxlsizlik huquqlari ta’minlanishi hisoblanadi. 



283 

 

Hech 



kim 

qonunga 


asoslanmagan 

holda 


hibsga 

olinishi yoki qamoqda saqlanishi 

mumkin emas. 

(O‘zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasi 25-moddasi)

 

 

Hech 



kim 

asossiz 


qamalishi, 

ushlanishi 

va 

quvg‘in 


qilinishi 

mumkin 


emas.  

(Inson 

huquqlari 

umumjahon 

Deklaratsiyasining 9-moddasi)

 

Ushlab  turilganlar  huquqlarining  kafolatlari  Inson  huquqlari 

umumjahon  Deklaratsiyasining  3-,  7-,  10-,  11-moddalarida  o‘z  ifodasini 

topgan. Bundan tashqari 1966-yil 19-dekabrda qabul qilingan “Fuqarolik va 

siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt”ning 6-, 9-, 14-moddalari, 1984-

yil 10-dekabrda qabul qilingan “Qiynoq hamda  muomala va jazolashning 

qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga 

qarshi  Konvensiya”ning  2-16-moddalari,  1955-yil  30-avgustda  qabul 

qilingan “Mahbuslar bilan muomala qilishning standart qoidalari”, 1990-yil 

14-dekabrda  qabul  qilingan  “Mahbuslar  bilan  muomala  qilishning  asosiy 

prinsiplari”,  1988-yil  9-dekabrda  qabul  qilingan  “Qanday  shaklda 

bo‘lmasin,  hibsga  yoki  qamoqqa  olingan  barcha  shaxslarni  himoya  qilish 

prinsiplari” turkumi, 1982-yil 18-dekabrda qabul qilingan “Mahbuslar yoki 

hibsga  olingan  shaxslarni  qiynoq  hamda  jazolashning  qattiq,  shafqatsiz, 

insoniylikka  zid  yoki  qadr-qimmatini  kamsituvchi  turlaridan  himoya 

qilish”da sog‘liqni saqlash xodimlarining, ayniqsa shifokorlarning o‘rniga 

taalluqli  tibbiyot  etikasi  prinsiplari  va  boshqa  xalqaro  hujjatlarda  ushlab 

turilgan  shaxslarning  huquq  va  erkinliklariga  oid  qoidalar  keng  bayon 

etilgan.  

Ushlab  turilgan  bironta  shaxsga  nisbatan  qiynoqqa  solish,  zo‘rlik 

ishlatish,  qo‘rqitish,  aldash  hamda  insonga  nisbatan  boshqacha  shafqatsiz 

yoki uning qadr-qimmatini kamsituvchi  munosabatda bo‘lish, shuningdek 

qonunga  xilof  boshqa  choralar  qo‘llash  mumkin  emas.  Ushlab  turilgan 

gumon  qilinuvchiga  jismoniy  yoki  ruhiy  xarakterdagi  tazyiqlar 

o‘tkazilishiga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Ushlab  turilgan  shaxsning  huquqiy 

holatidan  foydalanib,  uni  jinoyat  sodir  etganlikda  iqror  bo‘lishga,  o‘zini 

yoki  boshqa  shaxslarni  fosh  etish  to‘g‘risidagi  ko‘rsatuvlarni  berishga 

majburlash taqiqlanadi. 

Jinoyat  sodir  etishda  gumon  qilingan  shaxsni  ushlab  turish  jinoyat 

sudlov  vazifalarini  hal  etishga  yo‘naltirilgan  bo‘lib,  ko‘pincha  kechiktirib 

bo‘lmaydigan  holatlarda  qo‘llanadigan,  shaxsni  qisqa  muddat  jamiyatdan 

ajratilgan  holda  saqlab  turishdan  iborat  bo‘lgan  preventiv  protsessual 

majburlov choralaridan biridir. 


284 

 

Ushlab turish quyidagi maqsadlarda qo‘llanadi: jinoyatni sodir etishda 



gumon  qilinayotgan  shaxsning  jinoiy  faoliyatini  oldini  olish;  dastlabki 

tergov va suddan bo‘yin tovlashning oldini olish; ushbu shaxsning haqiqatni 

aniqlashga to‘sqinlik qiladigan urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik, ya’ni jinoyat 

ishi  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  dalillarni  yashirish  yoki  yo‘q  qilib 

yuborishning  oldini  olish;  ushlangan  shaxsning  sodir  etilgan  jinoyatga 

aloqadorligini aniqlash. 

Ushlab  turish  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atilishidan  avval  ham  amalga 

oshirilishi  mumkin.  Bu  holda  ushlab  turish  nafaqat  militsiya  yoki  boshqa 

surishtiruv  organi  xodimi,  balki  muomalaga  layoqatli  har  qanday  shaxs 

tomonidan  amalga  oshiriladi.  Ular  ushbu  harakatni  amalga  oshirish 

davomida  yoki  undan  keyin  darhol  huquqni  muhofaza  qilish  organlariga 

xabar  berish  yoxud  ushlab  turishdan  oldin  shu  joyda  bo‘lgan  huquqni 

muhofaza  qilish  organi  xodimiga  murojaat  qilib,  uning  yordamidan 

foydalanishi lozim. 

Jinoyat  ishi  qo‘zg‘atilgandan  keyin  ushlab  turishga  faqat  tergovchi, 

surishtiruvchi, 

prokurorning 

qaroriga 

muvofiq 

yo‘l 


qo‘yiladi. 

Surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror  gumon  qilinuvchiga,  ayblanuvchiga 

nisbatan ushlab turish tarzida protsessual majburlov chorasi qo‘llaganida bu 

haqda  24  soatdan  kechiktirmasdan  uning  oila  a’zolaridan  biriga,  ular 

bo‘lmagan taqdirda esa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berishi, 

shuningdek  bu  haqda  ish  yoki  o‘qish  joyiga  ma’lum  qilishi  shart.  Ushlab 

turilgan  shaxs  boshqa  davlatning  fuqarosi  bo‘lsa,  yuqorida  ko‘rsatilgan 

muddat  ichida  O‘zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligiga  xabar 

berilishi  shart.  Ushlab  turish  asoslarining  ro‘yxati  qonunda  qat’iy 

belgilangan  bo‘lib,  uni  kengaytirilgan  tarzda  talqin  etishga  yo‘l 

qo‘yilmaydi. 

Shaxsni  jinoyat  sodir  etishda  gumon  qilish  uchun  asos  bo‘ladigan 

ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hollarda, uning surishtiruv va dastlabki tergov 

organlaridan qochishga urinishi yoki doimiy yashaydigan joyining yo‘qligi 

yoxud aniqlanmaganligi ushbu shaxsni gumon qilinuvchi tariqasida ushlab 


Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling