Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Murdani eksgumatsiya qilishning protsessual tartibi.
7.8. Guvohlantirish (Muallif – yu.f.n. Rajabov B.A.) Guvohlantirish deganda, shaxsning badanidagi alohida belgilar, dog‘lar, tan jarohatlari, jismoniy rivojlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, mastlik holati yoki jinoyat ishi uchun ahamiyatli boshqa xususiyatlarni aniqlash uchun o‘tkaziladigan, sud ekspertizasini talab etmaydigan, jinoyatning ochilishiga yordam beradigan majburiy tergov harakatini tushunish lozim. Jinoyat-protsessual huquqda guvohlantirish tergov harakati dastlabki tergov
bosqichida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 142–147-moddalari va sud
bosqichida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 445-moddasi asosida o‘tkazilishi huquqiy jihatdan tartibga solingan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida guvohlantirishni o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari aks ettirilgan ular quyidagilardan iborat:
– guvohlantirishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqarish; – guvohlantiriluvchi shaxsga uning huquq va majburiyatlarining tushuntirilishi;
– guvohlantirish majburiy tartibda o‘tkazilishi mumkinligi; – tergovchiga nisbatan o‘zga jinsga mansub bo‘lgan guvohlantiriluvchi shaxsning badani tekshirilganda, tergovchining ishtirok etishi mumkin emasligi;
– agar guvohlantirish shaxsni yechintirib yalang‘ochlash bilan bog‘liq bo‘lsa, bir jinsdagi xolislar ishtirok etishi;
– guvohlantirishning soat 6:00 dan 22:00 ga qadar o‘tkazilishi; 232
– guvohlantiriluvchi shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan yoki uning sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligi; – guvohlantirish jarayonida shaxs huquqlarining ta’minlanishi zarurligi. Amaliyotdan misol:
Nomusga tegish jinoyati yuzasidan berilgan arizaga asosan tergovchi jinoyat ishini qo‘zg‘atib, jabrlanuvchi Yuldashevani so‘roq qilgach, unga ertasi kuni guvohlantirish uchun kelishini aytadi. Lekin ertasi kuni jabrlanuvchi Yuldasheva tergovchining chaqiruviga binoan kelmaydi va unga yuborilgan chaqiruv xatini olishdan bosh tortib, guvohlantirish tergov harakati o‘tkazilishi jarayonida o‘zining sha’ni va qadr-qimmatini kamsitilishini xohlamaydi. Tergovchining qaroriga asosan Yuldasheva majburan keltiriladi va guvohlantirish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq shifokor tomonidan ikki nafar ayol xolislar ishtirokida guvohlantiriladi. Tergovchi shifokorning so‘zi bo‘yicha tergov harakati bayonnomasini tuzadi. Bayonnoma tergovchi, shifokor va xolislar tomonidan imzolanadi va unda jabrlanuvchi majburiy ravishda guvohlantirilganligi hamda bayonnomani imzolashdan bosh tortganligi qayd etiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, guvohlantirishni o‘tkazish asoslari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 142-moddasida ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra, mazkur tergov harakati orqali bir qator vazifalar hal qilinadi. Guvohlantirishning ushbu vazifalari nuqtai nazaridan kelib chiqib, uni ikki guruhga ajratishimiz mumkin. Birinchi guruh odam badanida: a) ish uchun ahamiyatga molik xususiyat yoki alomatlar; b) alohida belgilar; v) shaxsning jismoniy rivojlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; g) tan jarohatlarini; ikkinchi guruh: a) mastlik holatini; b) boshqa fiziologik holatini aniqlashga qaratilgan. Birinchi guruh vazifalarini tahlil qiladigan bo‘lsak, ish uchun
shaxsning kasbi yoki odatlariga ishora qiluvchi xususiyat va belgilar, masalan, biror-bir ishni bajarish natijasida vujudga keladigan qo‘ldagi qadoqlar, qo‘l va tirnoqlarning alohida tusi, teriga turli changlar yoki boshqa kirlarning kirib qolganligi, nafas olish xususiyatlari, biror ishni bajarish odatlari va shu kabilar tushuniladi. Birinchi guruhga kiritilgan keyingi vazifa shaxsning badanidagi ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan alohida belgilarni aniqlashdan iboratdir. Guvohlantirishni o‘tkazish jarayonida alohida belgilar bilan bir qatorda umumiy jismoniy belgilar va mazkur shaxsning muayyan irq, millat, xalqqa mansubligidan dalolat beruvchi belgilar aniqlanishi mumkin. Bu belgilarni aniqlash ko‘z bilan qarab idrok qilish orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, bu jarayonda bilishning boshqa shakllaridan, tekshirishning maxsus metodlari yoki usullaridan foydalanish talab etilmaydi. Guvohlantirishning birinchi guruh vazifalariga kiruvchi navbatdagi vazifasi shaxsning jismoniy rivojlanganligi holatinini aniqlashdir. Shaxsning jismoniy rivojlanganligi uning gavdasining tuzilishi, katta yoki
233
kichikligi, badanidagi a’zolarining normal yoki boshqacha hajmga egaligi, qo‘l yoki oyoq mushaklarining baquvvatligi yoki kuchsizligi va shu kabi holatlar tushuniladi. Shaxsning tanasidagi tan jarohatlarini, ya’ni tirnalgan, shilingan,
kodeksining 142-moddasida guvohlantirishning mustaqil vazifasi sifatida belgilangan. Ta’kidlash lozimki, guvohlantirish asosan odam badanining yuzasida joylashgan, aniqlash va qayd etish uchun maxsus tibbiy tekshiruvlarni talab etmaydigan tan jarohatlarini aniqlashga qaratilganligi bois, ko‘proq tirnalgan, shilingan va qontalash joylargan e’tibor qaratish lozim. Zero, sanab o‘tilgan jarohatlardan boshqa jarohatlarni (masalan ichki qon ketish) aniqlashda albatta tibbiy bilimlar talab etiladi, chunki ularning aksariyati shaxsning sog‘lig‘i va hayoti uchun xavfli oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Sud tibbiyotida tan jarohatlari deganda, mexanik, elektr, issiqlik va boshqa omillar ta’sirida organizmning anatomik yaxlitligining yoki tana a’zolari va to‘qimalari funksiyalarining buzilishi tushuniladi. Shilinishlar, tirnalishlar, qontalash joylar asosan o‘tmas qurollar (asbob, buyumlar) ta’siridan hosil bo‘ladi.
pardalar epiteliysining buzilishi tushuniladi. Uchli yoki g‘adir-budir sirtli narsa teri, badan yuzasi bo‘ylab sirg‘alishi natijasida yuzaga kelgan chiziqsimon shilinishlar tirnalishlar deb nomlanadi. Yaqinda yuzaga kelgan tirnalish pushti yoki och qizil rangli bo‘ladi; oradan ma’lum (bir necha soatdan bir-ikki kungacha) vaqt o‘tgach, tirnalgan joy qotgan qon va yiringli ajralmalardan zich g‘adir-budir po‘st bilan qoplanadi, keyinchalik u qurib, to‘qilib ketadi. Qontalash joy yoki gematoma urilgan, siqilgan yoki lat yeganda, kichik qon tomirlar yorilishi natijasida qon quyilishi hisobiga yuzaga keladigan teri ostidagi jarohatdir. Qontalash joy rangi u qachon hosil bo‘lgani haqida taxminiy bo‘lsa ham xulosa chiqarish imkonini beradi. Yaqinda hosil bo‘lgan qontalash joy to‘q qizil rangda bo‘ladi, u bir-ikki kun ichida avval ko‘kimtir-qizg‘ish, so‘ngra binafsha rang va nihoyat, ko‘k yoki kulrang- ko‘k tus oladi. Bu rang uch-olti kun saqlanadi. Qontalash joy hosil bo‘lganidan keyin sakkiz-o‘n beshinchi kunlari u sarg‘ish tus oladi, so‘ngra qontalash joy yo‘qolib ketadi. Shaxsni guvohlantirish jarayonida tan jarohatlaridan tashqari boshqa moddalar ham aniqlanishi mumkin. Ular mazkur shaxs jinoyat predmetlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan sochiluvchan narsalarga teginganidan v.h.disa 234
sodir bo‘lgan joyda bo‘lganligidan dalolat berishi mumkin. Guvohlantirish jarayonida qattiq, suyuq yoki gazsimon moddalar ta’sirida yuzaga kelgan dog‘lar ko‘rinishidagi jinoyat izlari ham aniqlanishi mumkin. Qon va spermadan hosil bo‘lgan dog‘larning aniqlanishi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Guvohlantirilayotgan shaxs badanida qon dog‘lari uning qo‘llarida, ayniqsa qo‘l barmoqlarida, bilaklarida, bo‘ynida, sochlarining ostida, badanining bukiladigan joylari (qo‘ltiq osti, chot)da, shuningdek sut bezlari ostida, tirnoq osti yoki sirtida joylashishi mumkin. Qon izlarining tirnoq ostida saqlanish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi. Guvohlantiriluvchi shaxsning mastlik holatini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 142-moddasiga asosan, guvohlantirishning ikkinchi guruhiga kiruvchi vazifalardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, mastlik spirtli ichimliklar, ayrim turdagi dorilar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar iste'mol qilish natijasida yoki zaharli moddalar va patologik omillar ta’sirida vujudga kelishi mumkin. Mastlikning asl sababini faqat mutaxassis, avvalo shifokor aniqlashi mumkin. Ayni vaqtda mastlik darajasini aniqlash ham muhim bo‘lib, buning uchun maxsus bilimlar va tibbiy tekshiruvlar talab etiladi. Mazkur holat, avvalo, og‘izdan alkogol hidi kelishi, qaddini tutib tura olmaslik, nutqining o‘zgarishi, qo‘l barmoqlarining titrashi, yuz terisining rangi keskin o‘zgarishi, vaziyatga xos bo‘lmagan xulq-atvor, ko‘zlarning holati, nutqning uzuq-yuluqligi, harakatlarni boshqara olmaslik kabi alomatlarda nomoyon bo‘ladi. Guvohlantirishning ikkinchi guruh vazifalari sirasiga kiruvchi keyingi vazifasi boshqa fiziologik holatlarni aniqlashdan iboratdir. Fiziologik holatlar tibbiyot fanining “fiziologiya” deb nomlangan bo‘limida o‘rganiladi va odamning organizmidagi hayotiy jarayonlar majmuini tashkil etadi. Odamning badanini guvohlantirish jarayonida biz yuqorida qayd etib o‘tgan guvohlantirishning vazifalari ham organizmdagi hayotiy jarayonlar, o‘zgarishlarni qayd etishga qaratilgandir. Qonun chiqaruvchi va “boshqa fiziologik holatlar” deganda, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 142-moddasi 1-qismida ko‘rsatilganlardan boshqa fiziologik holatlarni qayd etish zaruriyati yuzaga kelganda shaxs guvohlantirilishi kerakligini nazarda tutgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 143- moddasida guvohlantiriladigan shaxslar doirasi tartibga solingan. Unga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchi 235
guvohlantirilishlari mumkinligi, guvoh esa, uning ko‘rsatuvlari to‘g‘riligini tekshirish uchungina guvohlantirilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 144- moddasida esa, guvohlantirish o‘tkazish uchun bu to‘g‘risidagi qaror va ajrim chiqarilishi lozimligi tartibga solingan. Unga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchining badanida jinoyat izlari, ish uchun ahamiyatga molik boshqa belgilar yoki uning g‘ayritabiiy fiziologik holati to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar bo‘lsa, guvohlantirishni o‘tkazish haqida surishtiruvchi yoki tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqarishi mumkinligi bayon qilingan. Qaror uch qism: kirish, tavsiflovchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘lishi lozim. Qarorning kirish qismida qaror chiqarilgan vaqt va joy; qarorni chiqargan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, darajasi yoki maxsus unvoni; jinoyat ishining soni ko‘rsatiladi. Qarorning asoslantiruvchi qismida guvohlantirishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinishiga asos bo‘lib xizmat qilgan ma’lumotlar aks ettiriladi. Shu joyda guvohlantirish qaysi vazifani hal qilishga qaratilganligi ko‘rsatiladi (alohida belgilar, jinoyat izlari, tan jarohatlarini, mastlik holati mavjud yoki mavjud emasligini v.h.). Qarorning xulosa qismida guvohlantiriluvchi shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi; guvohlantirish o‘tkazilgan vaqt va joy, shuningdek yoritilishi lozim bo‘lgan holatlar ko‘rsatiladi. Tergovchi guvohlantirishda ishtirok etish uchun shifokor yoki boshqa mutaxassisni taklif qilishni nazarda tutgan bo‘lsa, bu holat ham qarorda aks ettiriladi. Qarorda guvohlantiriluvchi shaxsning chiqarilgan qaror bilan tanishtirilganligi haqida ham ma’lumot bo‘lishi kerak. Chiqarilgan qaror tergovchi tomonidan imzolanadi. Surishtiruvchining, tergovchining guvohlantirish o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori yoki sudning shu haqdagi ajrimi qaysi shaxs xususida chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga nisbatan majburiydir (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 145-modda). Guvohlantirishdan bosh tortayotgan shaxslar majburiy keltirilishi va guvohlantirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 142-moddasida ko‘rsatilganidek, guvohlantirish sud ekspertizasini tayinlash talab etilmagan hollarda o‘tkaziladi. Shuni e’tiborga olib, guvohlantirish bilan odamning sud tibbiyoti ekspertizasi o‘rtasidagi farq masalasini ko‘rib chiqish o‘rinlidir. Chunki ko‘rsatilgan protsessual harakatlarning yagona obyekti – odamning badani. Ularni o‘tkazish uchun protsessual asos bo‘lib, tergovchining qarori xizmat qiladi. Sud tibbiyoti ekspertizasini o‘tkazish jarayonida tergovchining iltimosiga binoan guvohlantirishning vazifalari ham hal qilinishi mumkin. 236
Ba’zan guvohlantirish sud tibbiyoti ekspertizasidan oldin o‘tkaziladigan harakat hisoblanadi, guvohlantirish jarayonida aniqlangan jinoyatning izlari ekspertiza o‘tkaziladigan paytga qadar butunlay o‘zgargan hollarda, guvohlantirish bayonnomasi ekspertiza o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan material vazifasini bajaradi. Ammo odamning sud tibbiyoti ekspertizasi va guvohlantirish o‘z tabiatiga va o‘tkazishning protsessual tartibiga ko‘ra ham bir-biridan farq qiladi. Bu protsessual harakatlarning vazifalari har xil. Guvohlantirish shaxsning badanida alohida belgilarni, jinoyat izlari va tan jarohatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lsa, tirik
odamlarning sud
tibbiyoti ekspertizasining vazifalari ancha kengdir. Alohida belgilar, jinoyatning izlari va tan jarohatlarini aniqlash ekspertizaning dastlabki bosqichi bo‘lib, undan keyin ularni tibbiy usullar yordamida o‘rganish va tekshirish amalga oshiriladi hamda ularning natijalariga ko‘ra ekspert xulosasi chiqariladi. Sud tibbiyoti ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 68-moddasida protsessual huquq va burchlari belgilangan ekspert tomonidan o‘tkaziladi. Tergovchi guvohlantirishni o‘tkazishni shifokorga topshirgan hollarda, shifokorning huquq va burchlari esa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 70-moddasida mustahkamlangan mutaxassisning protsessual maqomiga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 142, 144- moddalari guvohlantirish doirasida nafaqat odamning badanida jinoyatning izlari, alohida belgilar va tan jarohatlarini, balki odam organizmining ba'zi bir holatlarini, jumladan mastlik holatini, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa fiziologik holatlar, jismoniy rivojlanganlik holatini aniqlash imkonini beradi. Guvohlantirish natijasida olingan ma’lumotlar tegishli tartibda rasmiylashtirilishi lozim.
Bunday rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 90–92 va 147-moddalari talablari asosida bayonnoma shaklida amalga oshiriladi. Guvohlantirish bayonnomasi boshqa tergov harakati bayonnomalari kabi, kirish, tavsiflovchi va yakunlovchi qismlardan tarkib topishi lozim. Guvohlantirish jarayoni videoapparatura yordamida tasvirga olingan bo‘lsa, yoki fotoapparatura yordamida guvohlantiriluvchi shaxsning badani suratga tushirilgan bo‘lsa yoki badanda aniqlangan belgilar tananing qayerida joylashganligi bo‘yicha chizmalarda aks ettirilgan bo‘lsa, bularning barchasi guvohlantirish bayonnomasiga ilova qilinishi lozim. Bayonnomada tergovchining barcha harakatlari qanday ketma-ketlikda amalga oshirilgan bo‘lsa, shunday ketma-ketlikda qayd etilishi lozim. 237
Bayonnomaga qo‘yiladigan sanalar, o‘z navbatida, guvohlantirish o‘tkazilgan kun va vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak. Sud tergovida o‘tkaziladigan guvohlantirishni sud O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 142-147-moddalarida nazarda tutilgan talablarga amal qilgan holda o‘tkazadi. Guvohlantirish yechintirib yalang‘ochlash bilan bog‘liq bo‘lsa, alohida xonada shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan, guvohlantirilayotgan shaxsning jinsidagi xolislar ishtirokida o‘tkaziladi. Guvohlantirish o‘tkazib bo‘linganidan so‘ng protsessning mazkur ishtirokchilari sud majlisi zaliga qaytib kiradilar va u yerda taraflarning, guvohlantirilgan shaxsning va xolislarning ishtirokida shifokor yoki boshqa mutaxassis guvohlantirilgan shaxsning badanida izlar yoki belgilar aniqlangan bo‘lsa, shu xususda axborot beradi hamda taraflarning, sudyalarning savollariga javob beradi. Bu ma’lumotlar, shuningdek guvohlantirilgan shaxsning hamda
xolislarning mulohaza va tushuntirishlari sud majlisining bayonnomasiga yozib
qo‘yiladi va
ular shifokorning, boshqa mutaxassisning, guvohlantirilgan shaxsning va xolislarning imzolari bilan tasdiqlanadi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 445-modda). 7.9. Murdani eksgumatsiya qilish (Muallif - yuridik fanlar nomzodi Sh.A.Kulmatov) Ushbu tergov harakati aksariyat hollarda dastlabki tergov va surishtiruv jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolarni bartaraf etish uchun o‘tkaziladi. Ko‘zdan kechirish, tanib olish, tekshirish yoki ekspertizaga namunalar olish uchun murdani qabrdan chiqarib olish zarur bo‘lgan taqdirda tergovchi bu haqda qaror chiqaradi va prokurorning sanksiyasini oladi. Sud eksgumatsiyani surishtiruv organiga yoki tergovchiga topshirishi mumkin bo‘lib, bu haqda ajrim chiqaradi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksi 148-modda). Murdani eksgumatsiya qilish jarayonida tibbiyot nuqtayi nazaridan ushbu tergov harakati ishtirokchilarining sog‘lig‘i hayotiga xavf tug‘diruvchi omillardan saqlanish kerak, tegishli aseptika-antiseptika qoidalariga rioya qilib, tibbiyot niqoblari va qo‘lqoplarida, maxsus kiyimda va poyabzalda o‘tkazish va shundan so‘ng dezinfeksiya harakatlarini o‘tkazish kerak bo‘ladi. Bu harakatlar murdadan tarqaluvchi zaharli hiddan saqlanish, murdadan kelib chiqadigan kasalliklarni profilaktika qilish harakatlarini o‘z ichiga olishi zarur. Bu talablarni amalga oshirmagan surishtiruvchi yoki tergovchi u bilan ishtirok etayotgan tergov harakati 238
qatnashchilarini salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Shu bois, tergov harakatining qatnashchilari bu haqda tushuntirish o‘tkazishi va yuqorida qayd etilgan qoidalarga bo‘ysunishlari kerak (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 148-modda).
Tergovchi murdani eksgumatsiya qilishni sog‘liqni saqlash organlari bilan kelishgan holda va murda ko‘milgan joy vakilining ishtirokida amalga oshiradi. Eksgumatsiya surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, xolislarning ishtirok etishi shart. (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 149-modda). Bu tergov harakatida xolislar ishtirok etishi shart. Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorni (ajrimni) tergovchi, surishtiruvchi qabriston ma’muriyati va sud-tibbiyot ekspertizalari muassasasiga yuboradi va eksgumatsiya qilish kunini va vaqtini (aniq vaqtini) belgilaydi, agar murdani qabristondan ekspertiza muassasasiga yuborish kerak bo‘lsa, sanitar-epidemiologik stansiyaga transport vositasi bilan ta’minlash to‘g‘risida eksgumatsiya qilish qarorida bu muassasani qayd etib, u erga ham shu qarorni yuboradi va transportning qabristonga etib kelish vaqti qayd etiladi. Madomiki, murdani eksgumatsiya qilish tergov harakatini o‘tkazishda marhumning qarindoshlari norozilik bildirsalar, bu holat ichki ishlar organi yordamida bartaraf etilib, murdani eksgumatsiya qilish tergov harakati majburan o‘tkaziladi. Murdani eksgumatsiya qilishning protsessual tartibi. Eksgumatsiya tergov harakatini o‘tkazish haqida tergovchi qaror chiqaradi va prokurorning sanksiyasini oladi. Prokurorning ruxsatini olib, eksgumatsiya to‘g‘risidagi qarorni tergovchi qabriston ma’muriyatiga, sog‘liqni saqlash organiga hamda zarur bo‘lsa, sanitariya–epidemiologiya stansiyasi ma’muriyatiga va sud-tibbiyot ekspertiza o‘tkazish muassasasiga yuborish huquqiga ega. Ushbu qarorda eksgumatsiya qilish asoslari, zaruriyati, qayerda eksgumatsiya o‘tkazilishi, qachon bu harakat o‘tkazilishi, kim bu qarorni chiqarganligi, qaysi mansabdor shaxsga bu qaror ijro etilishi uchun
Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling