Ma'naviyat beqiyos kuch


Ma`naviyat – komillikka yetaklaydi


Download 171 Kb.
bet7/12
Sana16.03.2023
Hajmi171 Kb.
#1278941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Abdug`afforov Asadbek

Ma`naviyat – komillikka yetaklaydi
Bugungi o‘ta tezkor rivojlanish va taraqqiyot sha­ roitida mustaqil O‘zbekiston o‘zining buyuk kelajagini bilimli, aqlli, mehnatsevar, jasur, ma’naviyati yuksak, jismonan kuchli bo‘lgan yosh avlod timsolida ko‘radi. Bunday har tomonlama barkamol avlodni o‘stirib, voyaga yetkazish davlatimizning ustuvor vazifalaridan sanaladi.

Qaysiki jamiyatda ilmsizlik, jaholat mavjud bo‘lsa, u yerda muqaddas qadriyatlar zavol topadi, odamiylikning mazmun­mohiyatiga putur yetadi. Oqibatda bu jamiyat ta­ nazzulga yuz tutadi. Shunday ekan, har bir odam, fursatni g‘animat bilib, barkamol avlod tarbiyasi yo‘lida ter to‘kmoq­ ligi hayotiy zaruriyatdir. Zulmatni ilm nuri yoritadi. Tafak­ kur nuri, o‘z navbatida, jamiyat gullab­yashnashiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Faqat tafakkurgina o‘z ortidan ham moddiy, ham ma’naviy boylikni ergashtira oladi. U poklik, ma’rifat bulog‘i, xushxulqlik, go‘zal odob manbayidir.
Ilm­fan rivoji tufayli ta’lim­tarbiya, odob­axloq tu­ fayli esa fozil insonlar, bilimli, zukko zurriyotlar voyaga yetadigan ma’rifatli jamiyat vujudga keladi. Bunday ja­ miyat ravnaq topadi, yuksaladi. Fuqarolik jamiyati rivoj­ lanishida har bir insonning vatanparvarligi lozim bo‘la­ di. Vatanparvarlik, burchga sodiqlik, tinchlikni saqlash, tabiatni asrash kabi oliy qadriyatlarning inson ongiga singib borishi maqsadga muvofiqdir.
Ajdodlarimizning oltin meroslarini qalbga joylamas­ dan turib inson kamoloti haqida fikr yuritish qiyin. Inson­ ning hayotiga mazmun kiritadigan, o‘zligini anglatadigan buyuk qadriyat, bu — xalqimizning moddiy­ma’naviy merosi, hikmatlari, maqol­matallari va topishmoqlaridir. Bular ma’nan yetuk, jismonan baquvvat etib, el­yurt man­ faati va ravnaqi yo‘lida fidoyilarcha mehnat qiladigan yosh avlodni voyaga yetkazishda ma’naviy asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘tmish allomalarimiz hikmatlarida insonning ka­ molga yetishi haqida qimmatli fikrlar o‘z ifodasini topgan. Inson ilm­u ma’rifatga qalbini yuksaltirish, uni ma’naviy oziqlantirish orqali erishadi.
Ajdodlarimiz yaratgan noyob tarixiy obidalar, o‘zi­ mizning bunyodkorligimiz hisobiga qad ko‘tarayotgan muhtasham bino va inshootlar, obod mahallalar, fayz­u barakali oilalarning kun sayin ko‘payishi Vatan kaftidagi javohir sanaladi. Muhimi, bu javohir — ota­bobolarimiz qalb tafti, kelajakka bo‘lgan ishonch­irodasi, mustahkam imon­e’tiqodining mah­ suli va albatta biz hamda farzandlarimiz samarali mehnatining hosilasi hisoblana­ di. Aynan shuning uchun ham bu xilqat nodir, sevimli va qadrlidir.
O‘zbeklarga xos bo‘lgan ma’naviy merosimizda ona allasi muqaddas hisoblana­ di. Chunki, allada ona dardi, millat dardi uyg‘unlashib ketgan. Uning tub mohiya­ tida ma’naviyatni anglash, kamol topish, yurt ravnaqi kabi ezgu maqsadlar yotadi.
O‘zbek xalqining butun vujudida azaldan yangilikka intilish, bilim sirlarini chuqur o‘zlashtirish, teran fikrlash, o‘z oldiga ezgu maqsad qo‘yish va bu yo‘lda samarali mehnat qilish kabi olijanob sifatlari mustahkam o‘rnashgan. Bunday insonlar keng qamrovli bilimi hamda sevimli kasbining samarasidan jamiyat­ da alohida obro‘­e’tibor topgan bo‘lishsa, ibratli xulq­atvori tufayli hurmat­izzat qozonib, baxtli hayot kechirishgan. Inson kamolotining yuksalishida rostgo‘ylik, halollik, kechirimlilik, sabrli bo‘lish, isrofga yo‘l qo‘ymaslik, do‘stga sodiqlik va sir saqlash, so‘zlashish odobi va xushxulqlik singari fazilatlarni ulug‘laydi.
Inson shunday yaralganki, u tabiat va jamiyatda paydo bo'ladigan ko'pdan-ko'p rnuammolarga yoshligidanoq javob izlaydi, Hayotdagi turli voqea-hodisalarning mohiyatini tushunishga intiladi. Dunyoning sir-asrorini sodda va aniq qilib izohlab beradigan biiimlar, tasavvur va tushunchalarga qiziqadi. Shu tariqa u doimo haqiqatni bilishga intilib, nimanidir kashf qilib, yangiliklarni qidirib yashaydi. Odamzodning qadim-qadimdan o'z intilishlariga mos g'oya va mafkurani yaratish yo'lidagi urinishlari ham uning asl haqiqatni bilish, olg'a qarab intilish, o'zining orzulariga munosib bo'lib yashash zaruratidan kelib chiqqan, Chunki g'oya va mafkura maqsadni ravshanlash-tiradi, insonning, xalq va millatning ruhi va tafakkuriga mos tarzda ifodalab, bu yo'ldagi harakatlarni knchaytiradi. Maqsad aniq bo'lsa, oldinga qarab intilish ham, hayotning ma'nosini tushunish ham, haqiqatni anglash ham oson kechadi.
G'oya va mafkura harakat manbai bo'lib xizmat qiladi. Shu bois inson o'z orzu-intilishlari, qiziqish va ehtiyojlarini amalga oshirish borasida dasturilamal bo'ladigan g'oya va mafkuraga doimo ehtiyoj sezadi. Bashariyatning ko'p asrlik tarixi, xalqimizning ko'hna tajribalari, mustaqillik yillaridagi taraqqiyot yo'Ii ham inson va jamiyat hech qachon g'oya va mafkurasiz yashay olmasligini ko'rsatadi. Chunki tabiatda, jamiyatda bo'shliq bo'lmagani kabi, inson qalbi va ongida ham bo'shliq bo'lmaydi. Agar bunday bo'shliqqa yo'1 qo'yilsa, odamlar o'z orzu-intilishlari va hayotiy manfaatlariga mos qadriyatlarga emas, balki soxta g'oya hamda mafkuralarga ishonib, to'g'ri yo'ldan adashishi, yaxshilik o'rniga yomonlik, ezgulik o'rniga yovuzlik ortidan ergashib ketishi mumkin. Chunki soxta g'oya va maf-kuralar tajovuzkor bo'ladi. Tajovuz birovning hayoti, haq-huquqiga hujum qilib, uiarni izdan chiqarish, egallab olishga bo'lgan urinishni bildiradi. Tajovuzkor kuch bo*sh joyni tez egallaydi, zaif odamlarni tez bo'ysundiradi. U buzg'unchilik va vayronkorlikning asosidir. Shuning uchun dunyodagi aksariyat vayronkor kuchlar tajovuzkor g'oya va mafkuralardan kuch oladi. XX asrning 30-yillarida Germaniyada hukmronlik qilgan rashizm, o'tgan yuzyillik oxiri va XXI asr boshida Afg'onistonda ildiz otgan «Tolibon» harakatining kirdikorlari bunga misol bo'la oladi.
Bunyodkor g'oya va mafkuralar esa o'z ta'sirini ma'rifat asosida yoyishga intiladi. Prezident Islom Karimov aytganidek, ular jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurash olib boradi. Chunki bunday g'oya va mafkuralar o'z haq-huquqini chuqur anglab etgan millat yoki xalqning ezgu orzu-intilishlarini ifoda etadi. Bunday g'oya va mafkuraga ega bo'lgan xalq hech qachon tajovuzkor kuchlar ta'siriga tushmaydi. Chunki uning qalbi va ongida bo'shliq bo'lmaydi, u har qanday vaziyatda ham o'zini kuchli va g'olib his qiladi.

Download 171 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling