Ma'naviyat beqiyos kuch
O`zbekiston rivojining ma`naviy axloqiy negizlari
Download 171 Kb.
|
Abdug`afforov Asadbek
O`zbekiston rivojining ma`naviy axloqiy negizlari
Tarbiya fani o‘qituvchisi bilan birgalikda qadimiy va hamisha navqiron yozgi ta’til paytida yuqori sinf o‘quvchilari tarix misha navqiron Samarqand shahridagi tarixiy obidalar, qadamjolarga tashrif buyurishdi. Ular ziyorat ni Temuriy bobokalonimiz Mirzo Ulug‘bek qurdirgan rasadxonani tomosha qilishdan boshlashdi. U yerdan chiqib, Bibixonim madrasasiga o‘tishdi. Bu yerda odam tumonat edi. Ular maqbara eshigi oldida ziyorat qilib yur gan bir guruh chet ellik sayyohlarni ko‘rishdi. Ba’zi o‘quv chilar hatto chet tilida ular bilan suhbat qura ketdi. Bir o‘quvchi ustozidan so‘radi: «Nega ko‘p chet ellik sayyohlar yurtimizdagi Buxoro, Samarqand, Xorazm va Shahrisabz shaharlaridagi ziyoratgohlarga bir marta emas, qaytaqay ta kelaverishadi. O‘zlari istiqomat qiladigan yurtda shun ga o‘xshash ziyoratgohlar yo‘qmi?» O‘qituvchi tushuntirdi: «Biz hurmat qiladigan va doimo bilishimiz kerak bo‘lgan shunday qadriyatlar borki, ularni barcha davlat xalqlari qadrlaydilar, e’zozlaydilar». O‘qituvchining javobidan o‘quvchi umuminsoniy qad riyatlarning inson hayoti va faoliyatida qanchalik o‘rni bor ekanligini tushunib yet di. O‘zbekistonning rivojlanishi milliy va umumbashariy qadriyatlarga asos lanadi. Vatanimiz madaniyatida umuminsoniy qadriyatlar ustuvor mavqeni egallaydi. Umuminsoniy g‘oyalar va qadriyatlarning shakllanishi milliy mada niyatlarning rivojlanish xususiyatlari bilan bog‘liq. Bu borada O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, «biz o‘z taraqqiyotimizni o‘zga mamlakatlar taraqqiyotidan ayri tasavvur eta olmaymiz va hamma narsa biz o‘zimizga bog‘liq bo‘lib qolavermaydi». Bu o‘rinda aynan umuminsoniy qad riyatlarga urg‘u berilgan. Negaki, umuminsoniy qadriyatlar bilan milliy qad riyatlar o‘zaro bog‘liq bo‘ladi va birbirini to‘ldirib, boyitib boradi. Umuminsoniy qadriyatlar insonni e’zozlash, hayotni sevish, burch, sadoqat, ajdodlarga hurmat, vatanparvarlik, adolat, ma’rifatparvarlik, tinchlik, totuvlik, do‘stlik, hamkorlik singari fazilatlarni ifoda etadi. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik yoshlarimizni to‘g‘ri yashab, o‘z o‘rni ni topishga, yonatrofga oqilona munosabatda bo‘lishga, tug‘ilib o‘sgan diyorini muqaddas deb bilishga hamda do‘stlikning qadriga yetishga o‘rgatadi. Milliy qadriyatlar esa shu millat, shu yurt xalqlari tomonidan tarixdan e’zozlab kelinayotgan, inson ma’naviyatini boyitishga xizmat qiladigan qadriyat lardir. Milliy qadriyatlarda mehnatsevarlik, tarixiy xotiraga sadoqat, e’tiqodga hurmat, muomalada mulozamat, xayo va andisha muhim o‘rin tutadi. «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarida «...biz tarix sinovlaridan o‘tgan, milliy manfaatlarimiz, bugungi va ertangi orzuintilishlarimizga, taraqqiyot talablariga to‘la javob beradigan, yillar o‘tgani sari qadri ortib boradigan g‘oya va tushun chalarni qadriyat deb bilamiz», deyilgan. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni majburlab singdirib bo‘lmaydi. Bi ron bir milliy madaniyatni ulug‘lab, uni boshqa madaniyatdan ustun qo‘yish va boshqa xalqlarga majburan targ‘ib etish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ko‘p millatli mamlakatda milliy madaniyatlarni mensimaslik yoki ularni kamsi tish ijtimoiy barqarorlik va milliy totuvlikka putur yetkazadi. Shuningdek, turli ziddiyat va ixtilofarning paydo bo‘lishi uchun zamin yaratadi. Mustaqillik tufayli biz o‘z imkoniyatlarimizni erkin namoyon qilishga muvaf faq bo‘ldik. Buning bir necha sabablari bor. Birinchidan, O‘zbekiston Respublika sining Asosiy Qonuni — Konstitutsiyada insonlarning tengligi, ularning huquq va burchlari to‘laqonli o‘z aksini topganligi bo‘lsa, ikkinchidan, mamlakat hayotida amalga oshirilgan demokratik islohot va tamoyillarning inson hayoti va imkoniya ti bilan ham uzviyligidadir. Uchinchidan, yoshlarimizga yaratilayotgan shartsha roitlar, xususan, o‘zlarining shaxsiy biznesini amalga oshirishda banklardan beri layotgan kreditlar, sport sohasiga berilayotgan e’tibor va uning natijalari namoyon bo‘layotganligidadir. Jamiyatni rivojlantirishda fuqarolar tomonidan ma’naviy fazilatlarning o‘zlashtirilishi ularning jamiyatdagi o‘rnini belgilab beradi, shuningdek, ja miyatning barqaror bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviyaxloqiy qadriyatlar insoniylik xususiyatining mazmunmohiyatini tashkil etadi. Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari qondirilishida mulk va mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi muhim ahamiyatga ega. Agar mehnat turlari odamlarning qiziqishlari va qobiliyatlariga qarab taq simlansa, deyarli har bir odam o‘zi biladigan kasbini maromiga yetkazib baja radi, qolaversa, u o‘z ishi bilan jamiyat ravnaq topishiga muayyan hissa qo‘sha di. O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida iqtisodiy islohotlar bilan birga ma’naviyaxloqiy me’yorlarning birbiri bilan uzviy bog‘liqlikda amalga oshirilayotgani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ma’naviy sa lohiyatning kuchayishi, inson intellektual va axloqiy qo biliyatlarining rivojlanishi mamlakatni nafaqat iqtisodiy. Download 171 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling