Ma'naviyat beqiyos kuch


Nafosat va ma`naviyat. Shaxs imijining shakllanishida ma`naviyatning tutgan o`rni


Download 171 Kb.
bet8/12
Sana16.03.2023
Hajmi171 Kb.
#1278941
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Abdug`afforov Asadbek

Nafosat va ma`naviyat. Shaxs imijining shakllanishida ma`naviyatning tutgan o`rni
Insonlarning muomalasi, nutqi, aqli, kiyinishi, ularning qanchalik nazokatli, nozik didli eka­ nidan darak beradi. Shu bois, insonning aqli,
tashqi ko‘rinishi, nutqi, umuman, ezgu fazilatlarining uyg‘unlashuviga qarab, nafosat deb ataladi.
Nafosat (arabcha ahamiyat, qimmatbaho narsa, boy­ lik) — go‘zallik turi bo‘lib, narsa va hodisalarning tashqi ko‘rinishi (shakl, rangi)dagi alohida mukammallikni, mutanosiblikni ifodalaydi.
Insonga xos bo‘lgan nafosat madaniyati uning ja­ miyatdagi faolligi va o‘rni, boshqalar bilan munosabati, moddiy va madaniy merosini o‘zlashtirishiga ham bog‘liq.
Inson go‘zal bo‘lishi uchun nafaqat tashqi ko‘rinishga ega bo‘lishi, balki ichki dunyosi, ma’naviy­axloqiy fazilatla­ ri ham muhim o‘rin tutadi. Nafosat nafaqat inson tafakkur
tarzi va mehnati, balki bilim darajasining ham mahsulidir. Insonda hamma narsa go‘zal bo‘lishi kerak. Ma’naviyat­ li insonning fikrlashi ham, nutqiy savodxonligi ham go‘zal bo‘ladi. Bu ko‘proq muloqotda ko‘rinadi. Muloqot mada­ niyati har bir shaxsning o‘zaro munosabatini belgilovchi omildir. Insonning o‘zaro muloqotida namoyon bo‘ladigan so‘zlashuv madaniyati shaxs xulqi go‘zalligini aks ettiradi­ gan ma’naviy­axloqiy sifat hisoblanadi. O‘zaro muloqotda xushfe’llik, xushmuomalalik, shirinso‘zlik, ochiqko‘ngillik kabi axloqiy me’yorlar o‘z ifodasini topadi.
Yuksak madaniyatli kishilar muomalasida xayo, andi­ sha, muloyimlik va ibo yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bundan tashqari, muloqot ham madaniyatning muhim sifatlari­ dan sanaladi.
Ahli donishlar aytadilarki, insonda barcha narsa go‘zal bo‘lmog‘i lozim: chehrasi ham, kiyimi ham, qalbi ham, fikri ham. Demak, nafosat tashqi chiroy bilan ma’naviy go‘zallikning uyg‘unligini o‘zida mujassam etadi.
Muomala — odam uchun ehtiyoj, zarurat. Muloqot madaniyati boshqa kishilar qadr­qimmatini, izzatini joyiga qo‘yish kabi an’anaviy axloqiy­me’yoriy talablarni bajarish­ ni taqozo etadi. Uning eng yorqin, sermazmun va ifoda­ li tarzda namoyon bo‘lishi so‘z, nutq vositasida ro‘y beradi. So‘zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyatining muhim jihatlarini tashkil etadi. So‘z san’ati inson ma’naviya­ ti va ma’rifatining asosidir. So‘z san’ati ham adabiyot, xalq og‘zaki ijodi, san’atning barcha turi bilan aloqador.
Shirinso‘z odamning fe’l­atvori toza, beg‘ubor bo‘la­ di. Yaxshi so‘z insonning atrofiga yaxshi odamlarni yig‘adi. Ilmning eng yuksak cho‘qqilari ham so‘z mada­ niyatini o‘rganishdan boshlanadi. So‘zamollik insonlarni bir­biriga yaqinlashtiradi, yakdillikka undaydi. Notiqlik san’ati inson ma’naviyatining ajralmas qismi bo‘lib, nutq so‘zlamoq, notiq bo‘lmoq ma’nolarini anglatadi. Notiqlik san’ati insonlarning so‘zamolligini, so‘zga chechanligini bildiradi.
Nafosatning inson ma’naviyatiga ta’siri yoshlar dunyo­ qarashi hamda ularning tafakkur tarzi orqali namoyon bo‘ladi. Misol uchun, inson o‘zini o‘rab turgan barcha nar­ sa­hodisalarning go‘zal bo‘lishini xohlaydi. Biz taqib yur­ gan soat, biz kiygan kiyim, biz haydayotgan mashina, biz uchadigan samolyot, biz yashayotgan uy — ularning barcha­barchasida nafosatning o‘ziga xos o‘rni bor.
Siz dam olish kunlari ota­onangiz yoki boshqa biror qarindoshlaringiz bilan teatrga bordingiz. U yerda oila haqida bir spektakl namoyish etilmoqda. Zal to‘la odam. Hammaning ko‘zidan quvonch sezilib turibdi. Sahnada spektakl namo­ yish etayotgan aktyorlar o‘z rollarini shunaqangi mahorat bilan o‘ynashmoqdaki, go‘yoki haqiqiy o‘sha voqea — jarayon ko‘z oldingizda bo‘layotgandek tuyuladi. Sahnada aytilayotgan qisqa hajmdagi qo‘shiqlar shunaqangi jaranglab chiqadiki, bu qo‘shiq yurak­yuraklarga kirib borib, beixtiyor ko‘zingda yosh qalqadi. Spek­ takl oxirida rol ijro etgan aktyorlar teatrga tashrif buyurgan tomoshabinlarga ta’zim bajo keltiradi.
Bu o‘rinda ma’naviyatning nafosat bilan uyg‘unlashishini nafaqat his qilasiz, balki o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz ham.
Insonlarning o‘zligini anglashi, xalqining madaniy merosini, san’at, badiiy, ma’naviy merosini bilishi va qadrlashi, halol mehnat qilishi va bor kuch­g‘ayrati­ ni, bilimini Vatan taqdiri yo‘lida safarbar etishi unda nafosat madaniyati shakllan­ ganligidan dalolat beradi. Ma’naviyatli insongina nafosatni qadrlaydi. Allomalar aytganlaridek — go‘zallik dunyoni qutqaradi.

Download 171 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling